«kimyoi saodat»


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35

www.ziyouz.com кутубхонаси 
123
Va xaloyiq ham bu kishining holiga kulurlar. Va ayturlarki, dunyo ishig‘a nima uchun 
mashg‘ul bo‘lmas. Gumon qilurki, majnundir va yo savdoyidur. Bas, agar inson bu 
martabai foniyga yetmabdur, bu ahvoli kashflar anga zohir bo‘lmabdur. Va lekin zikr 
ang‘a g‘olib bo‘lsa, bu martaba ham saodat kimyosidur. 
Vaqtiki zikr g‘olib bo‘lsa, otashi muhabbatni ziyoda qilur. To ul martabag‘a yetarki, 
hamma mavjudotdan Haq subhonahu va taoloni do‘stroq tutar. Vosili saodat 
ushbudurki, oqibat o‘lmoq birla Haq taoloning dargohidurkim, jamoli bokamoli 
ilohiyning ishqi lazzatiga g‘arqbo‘lg‘usidur. Ul kishiki, dunyoni do‘st va mahbub 
tutibdur, o‘lgandin keyin aning dardu firoqi dunyoning ishqu muhabbatining 
miqdorig‘a boqib bo‘lur. Andog‘kim, «Unvoni musulmoniy»da bayon qildim. Bas, agar 
inson to‘la zikr etmoq birla so‘fiylarga kashf bo‘lg‘on holat ro‘y bermasa, noumid 
bo‘lg‘ayki, oxirat saodati faqat Haqqa yetishganlarga emas, barcha intilganlarga 
nasib etgay. Vaqtiki, inson zikr nuri bilan orasta bo‘lsa, kamoli saodatg‘a muhayyo 
bo‘lur. Bu olamda paydo bo‘lmagan holatlar o‘lgandin keyin paydo bo‘lg‘usidur. 
Bo‘lg‘aykim, hamisha zikr aytmoqbirla dilig‘a Haqtaoloni yaqin qilgay. Va hech vaqtda 
g‘ofil bo‘lmag‘ayki, zikr davomi hazrati Ilohiyatning malakut olamidur, ajoyibotlar 
kalitidur. 
Ushbu ma’noda rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kim jannat bog‘chalarini ko‘rmoqni 
xohlasa, Haq taolog‘a to‘la zikr aytgay». 
Bas, bu ishoratlar bilan ma’lum bo‘ldiki, hamma ibodatlarning mag‘zi zikrdir. 
Zikr haqiqati uldurki, amru nahiy ishlarida dastgirlik qilg‘ay. Chunonchi, gunoh va 
ma’siyat vaqtida Haq taoloni to‘la yod qilib, o‘zini gunoxdin to‘xtatgay. Va ibodat 
vaqtida farmon bajo kelturgay. Agar zikr aytquchi bu martabada bo‘lmasa, so‘z zikrig‘a 
mag‘rur bo‘lg‘onidur. Haqiqat zikridan nasiba topmabdur. 
 
FASL 
Tahlil va tasbih, tamjid va istig‘for bayonida 
 
Taxlil va tasbih, tamjid (Alloh taoloni ulug‘lash) va salavot va istig‘for fazilatlari 
bayonida rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, qiyomat kuni bandaning hamma yaxshi 
amallarini bir taroziga solurlar. Faqat kalimai «Lo iloha illallohu Muhammadur 
rasululloh»ni tarozuga solmaslar, Ani uchunkim, yetti osmonu zamin va bular ichidagi 
hamma mavjudotni tarozuga solsalar, hammasidin bu kalimai sharif og‘ir kelur. Rasul 
alayhissalom aytibdurlarki, «Lo iloha illallohu» deguchi agar sidqi dil birla bu kalimani 
aygsa, yengilroq gunoh qilg‘an bo‘lsa, hammasini bu kalima shafoat qilur. Rasul 
alayhissalom aytibdurlar, Kim «Lo iloha illallohu, vahdahu, lo sharika laxu, lahul mulku 
va lahul hamd, yuhyi va yumitu va huva xayyun, lo yamutu biyadihil xayri va huva ala 
kulli shay’in qodiyr» kalimasini har kuni yuz marotaba o‘qisa, o‘n qulni ozod qilg‘onning 
savobini topg‘ay. Yuz yaxshi amalni aning nomai a’molig‘a bitgaylar. Yuz yomon amalni 
aning nomai a’molidin o‘chirgaylar. Bu kalima iymonni shaytondan sakdagay. «Sahih»i 
Buxoriy»da borki, «Kim bu kalimani aytsa, hazrati Ismoil alayhissalomning avlodidin to‘rt 
qulni ozod qilg‘onning savobini topg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kimki yuz 
marotaba «Subhonaollohu va bihamdihi» desa, Alloh hamma yengil gunohlarini afu qilur. 
Kishi har farz namozdin keyin o‘ttiz uch marotaba «Subhonalloh», o‘ttiz uch marotaba 
«Alhamdulilloh», o‘ttiz uch marotaba «Allohu akbar» deb, oxirida «Lo iloha illallohu 
vahdahu lo sharika lahu lahul mulku va lahul hamd yuhyi va yumiytu va huva hayyun lo 
yamutu biyadihil xayru va huva ala kulli shay’in qodiyr» kalimasini o‘n marotaba o‘qisa, 
hamma gunoxlarini mag‘firat qilur. 
Rivoyat qilibdurlar, bir kishi hazrati Rasul alayhissalomga arz qildi: «Yo 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
124
rasululloh! Dunyo mendan yuz o‘giribdur. Tangdast va darveshga o‘xshabdurman. 
Tadbiri nadur?» Rasul akram s.a.v. aytdilarki, «Saloti maloika va tasbehi xaloyiqni 
eshitmadingmu, rizqu ro‘z ul tasbehning barakoti birladur». Ul kishi so‘radi: «Yo, 
rasululloq! Ul tasbeh qaysidur?» Rasul alayhissalom aytdilar: «Subhonallohu va 
bihamdihi subhonallohu aziym va bihamdihi, astag‘firulloh». Har kuni bomdod 
namozining sunnatidin keyin bu tasbehni yuz marotaba aytgil. Xoqlaganingcha dunyo 
berur. Agar dunyo talab qilmasang, Haq taolo har kalimasidan bir farishta xalq 
qilur. To qiyomatgacha tasbeh ayturlar, savobi senga bo‘lur. Rasul alayhissalom 
aytibdur: «Xaloslik ushbudurki, «Subhonallohu valhamdulillohu va lo iloha 
illallohu vallohu akbar». Xudo azza va jallaning dargohida hammadin do‘stroq ushbu 
to‘rt kalimadur. 
Va aytibdurlarki, bu kalimani osmonu zamin ichidagi hamma nimarsadan do‘stroq 
tutarmiz. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Ul kalimakim, tilg‘a yengildur, tarozumiz 
uchun og‘ir, hazrati Rahmon dargohida mahbubroqdur: «Subhonallohi va bihamdihi, 
astag‘firulloh!» 
Sahobai fuqarolar arz qildilarki, «Yo, rasululloh! Boy, badavlat sahobalar 
oxiratlik savobini hammasini olurlar, ular bizlar qilgan ibodatlarni ham qiladur va 
sadaqa bermak birla bizdan ko‘proq savob topadur, to‘g‘rimi?» Rasul alayhissalom 
aytdilarki: «Sizlar darveshlik sababidan aytgan har tasbeh va tahlil va 
takbiringlar sadaqadur. Har amri ma’ruf va nahiy, munkarni bajo keltursanglar, 
sadaqadur. Agar ahli ayolinglar og‘zig‘a luqma solsanglar ham sadaqadur». 
Bilgilki, tasbex. va taxdil, tamjid savobi darveshlar x.aqida ziyoda bo‘lmoqg‘a sabab 
bo‘lurki, darveshlar dili mol-Dunyo zulmatidan qora bo‘lmas. Sof, ravshandir. Har 
tasbehkim, sof ko‘ngil birla aytilur, ul donag‘a o‘xsharkim, pok va solih yerga 
tushgay, samarasi albatta ziyoda bo‘lur. Ammo dunyoning lazzati va shahvatiga oluda 
(bulg‘onch) bo‘lgan ko‘ngildan aytilgan 1'asbih sho‘r yerga tushgan uruqqa o‘xsharkim, 
hosili kam bo‘lur. 
Sahih naqldurkim, hazrat rasululloh s.a.v. bir kuni hujrai muborakdan shodmon va 
xuromon, muborak chehralari shodliq asaridan oftobdek duraxshon chiqib kelib, 
aytdilarki, «Ey, sahobalarim! Birodarim Jabroil alayhissalom kelib erdi. Dediki, Haq 
taolo aytur, ummatlaringdan har kishi menga bir marotaba durud (maqtov, duoi salom) 
aytsa, men anga o‘n marotaba rahmat yubormakka kifoyat qilmasmen. Va har kishi 
Menga bir salom yuborsa, men anga o‘n salom yubormak birla to‘xtamasmen». 
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishiki menga durud aytsa, hamma farishtalar anga 
durud ayturlar. Xoh ko‘p aytsin, xoh kam. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Menga yaqinroq 
va yaxshiroq kishi uldurki, menga durudni ko‘p aytgay, nomai a’moliga o‘n savob bitilur. 
Va o‘n ma’siyatni o‘chirurlar». 
Va yana rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, safhaga durud bitsa, (modomiki, ul 
durud safhada bordur) farishtalar ul kishiga istig‘for ayturlar. Istig‘for fazilati haqida ibn Mas’ud 
roziyallohu anhu ayturkim, Qur’onda ikki oyatdurkim, har gunohkor bu oyatni o‘qib mag‘firat 
talab qilsa. Haq taolo ul kishining gunohini mag‘firat qilur: 
«Vallaziyna izo faaluu fohishatan av zalamuu anfusahum zikrulloha fastag‘faruu li zunubihim. 
Va man yag‘firuz-zunuba illallohu va lam yusirruu ala mo faaluu va hum yalamuna. Uloika 
jazouhum mag‘firatun min rabbihim va jannatun tajriy min tahtihal-anhoru xolidiyna fiyho. Va 
ne’ma-ajrul omiliyn». (Oli Imron, 135-136). 
Mazmuni: (U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki 
qandaydir gunoh ish qilish bilan o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Ollohni eslab, gunohlarini 
mag‘firat qilishni so‘raydigan - har qanday gunohni yolg‘iz Ollohgina mag‘firat qilur, deb 
bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardur. Ularning 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
125
mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turuvchi 
jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshilik qilg‘uvchilarning ajrlari naqadar 
yaxshi ajr!» 
«Va mo arsalno min rasulin illo li yutoa’ bi-izni allohi va lav annahum iz zalamuu 
anfusahum jauuka fastag‘farul-loha vastag‘fara lahumurrasulu la vajadulloha tavvoban 
rahiyman». (Niso, 64). 
Mazmuni: Va alar vaqtiki o‘z jonlarig‘a zulm qilib erdilar, Sizning huzuringizg‘a kelib 
Alloh taolodan mag‘firat talab qilsalar erdi va rasul ham alar uchun mag‘firat tilasalar 
albatta alar Alloh taoloni kechirguvchi va rahm qilg‘uvchi (sifatida) topur edilar. (Sayyid 
Mahmud Tiroziy - Oltinxon to‘ra tavzixidan olindi). 
«Va man ya’mal suuan av yazlim nafsahu summa yastag‘firilloha yajidilloha g‘afuran 
rahiyman». (Niso, 110). Mazmuni: Va kishiki, bir yomon ishni qilur yo o‘z joniga, zulm qilur, 
keyin Allox. taolodan mag‘firat talab qilsa,, ul odam Olloh taoloni mag‘firatlik, 
mehoibon topar. (Oltinxon to‘ra izohidan). 
Haq subhonahu va taolo rasul sallalloqu alayhi va sallamga tavba va istig‘forni ko‘p 
aytmoqg‘a farmon qilgan. 
Kavlux.u taolo: 
«Fasabbih bihamdi rabbika vastag‘firhu, innahu kona tavvoba». (Nasr, 3). 
Mazmuni: Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday 
«sherik»lardan pok deng) va u zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, u tavbalarni qabul 
qilg‘uvchidir. 
Ushbu sababdan rasululloh ushbu kalimani ko‘p aytur erdilar: «Subhonaka allohumma va 
bixamdika, alloqumma mag‘firliy innaka antat-tavvobur rahiym». 
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kim istig‘forni ko‘p aytsa, hamma anduh va tanglikdin 
xalos bo‘lur. Ko‘ngliga kelmagan yerdan rizq-nasiba yetar». Yana aytibdurlar: «Har kuni 
yetmish marotaba tavba va istig‘for qilurmen». 
Bas, rasuli akram s.a.v. bu tariqa zikr qilsalar, o‘zga ummatlar hech vaqtda tavba va 
istig‘fordan g‘ofil bo‘lishi munosib emasdur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: uch 
marotaba bu istig‘forni o‘qisalar: 
«Astag‘firulloh allaziy lo iloha illo huva hayyul qayyum» Desalar, hamma gunoxlaridan 
qaytsalar mag‘firat qilur». 
Yana Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har banda tahoratni toza qilib, ikki rakaat 
namoz o‘tab istig‘for qilsa, Haq taolo uning gunohini mag‘firat qilay». 
 
FASL 
Istig‘for fazilati va duo odobi bayonida 
 
Bilgilki, zoriy va tazarru’ birla duo qilmoq ibodat jumlasidandur. Rasul alayhissalom 
aytibdurlarki: «Duo-ibodatning mag‘zidur». Bu vajhdinki, ibodatdan maqsad Haq taolodan 
yordam tilamoqdur. Bas, tilak ul vaqtda isbot bo‘lurki, o‘zini band&vdk va shikastalik birla Xudo 
azza va jallaning azimati va jalolatini duo qilmoqda mulohaza qilg‘ay va bilgayki, duo 
qancha tavba tazarru’ bilan bo‘lmog‘i yaxshiroqdur. Duo qilishda sakkiz odobga rioya qilg‘ay. 
Avvalg‘i odob - sharif vaqtlarda duo qilg‘ay. Chunonchi, arafa kuni va odina (juma) kuni va 
mohi ramazonda va sahar vaqtida va yarim kechada. 
Ikkinchi odob ulki, sharif ahvollarda duo qilg‘ay. Chunonchi, g‘oziylar jangga saf 
tortg‘on vaqtda va jangdin qaytg‘on vaqtda va farz namoz vaqtida. Xabarda kelibdurki, 
bu vaqtlarda osmonning eshiklari ochiq turar. Va azon va takbirning orasida va ko‘ngil 
yumshagan vaqtda duo qilg‘aykim, ul vaqtda rahmat eshigining ochyqlig‘ig‘a dalillar bor, 
Uchinchi odob - duoda har ikki qo‘lini ko‘tarib turgay. Va duo tamom bo‘lg‘onda ikki kaftini 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
126
yuzaga surgay. Xabarda kelibdur, Haq taolo karimdurkim, o‘z dargohiga talab-tilak birla 
ko‘tarilgan qo‘lni quruq qaytarmas. Rasul alayhissalom aytibdurlarki, «Kim duo qilsa, bu 
uch ishdin xoli qolmas, yo gunohi mag‘firat bo‘lur, yo alhol maqsudig‘a yetur, yo 
keladurg‘on zamonda duosi ijobat bo‘lur». 
To‘rtinchi odob - duoni taraddud bilan (rad etilishini o‘ylab emas), balki ijobat bo‘lmog‘iga 
ishonch bilan qilg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: 
«Afvullohi va antum muqminun bil-ijobati» Ya’ni, hojat talab qilinglar Alloh taolodan 
hojatning ravosiga ishongan holatda. 
Beshinchi odob - duoni zoriy va tazarru’ va shikastaliq birla qilg‘ay. Xabarda kelibdurki, 
g‘ofil ko‘ngil birla qilingan duo ijobat bo‘lmas. 
Oltinchi odob - shiddat va takror birla qilg‘ay. Va aytmag‘aykim, duo qildim, ijobat 
bo‘lmadi. Bas, duoning ijobat vaqtini Haq subhonahu va taolo bilgusidur. 
Vaqtiki, duosi ijobat bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Alhamdulilloh allazi bi-ne’ma yatimul-
hojat» Agar ijobat kechiksa, «.Alhamdu lillohi ala kulli hol» degay.   
Yettinchi odob ulki, duoning avvalida payg‘ambar alayhissalomga durud va tasbeh 
aytg‘ay. Rasul alayhissalom duoning avvalida «Subhona rabbiyal aliyul a’lal vahhob» der 
edilar. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, duo qilmoqni xoxlasa avval durud 
aytgaykim, durud birla insholloh, ijobat bo‘lur». Va Xudoyi taolo andin karimrokdurki, ikki 
duoning birini ijobat qilib, birini rad qilmas. 
Sakkizinchi odob - duo qilurda o‘zining jami’i gunohlarig‘a tavba qilg‘ay. Dilini 
batamom Haq taolog‘a mutavajjih qilg‘ay. Aksar duolarkim, rad bo‘lubdur, dilning 
g‘aflatlig‘i, zulmat va mas’iyatdan bo‘libdur. 
Ka’bul Ahbor roziyallohu anhu aytur: «Bani Isroil orasida qahatchilik voqe’ bo‘ldi. Hazrati 
Muso alayhissalom hamma ummatlari birla uch navbat namozi istisqo o‘qidilar (yog‘in tilab 
duo qilish). Namoz ijobat bo‘lmadi. Muso alayhissalom munojot qildilar, vahiy 
keldiki, orangizlarda suxanchin, ya’ni so‘ztashiydurgan chaqimchi kishi bordur. To ul 
tavba qilmaguncha ijobat qilmasmen. Muso alayhissalom aytdilarki, ey bor Xudoyo, ul 
kimdur? Tokim xalq orasidan quvlab chiqarg‘aymen. Haq taolo aytdiki, suxanchinlikdin 
man’ qilurmen, o‘zum nechuk suxanchilik qilurmen? Bas, Muso alayhissalom boshlab 
hammalari suxanchilikka tavba qildilar, shundan so‘ng yomg‘ir yog‘a boshladi». 
Moliki Dinor aytur, bani Isroil orasida qahatchilik paydo bo‘ldi. Borxo (takror-takror) namozi 
istisqo o‘tadilar. Yomg‘ir yog‘madi. Ul vaqtning payg‘ambarig‘a vahiy keldiki, 
«Aytg‘il, dilinglar nopok, haromdan to‘la bo‘lgan qursoqinglar birla va xuni nohaqqa oluda 
bo‘lg‘on qo‘linglar birla duo qildinglar. Ul sababdan sizlarg‘a g‘azabim ziyoda bo‘ldi. Va 
mendin yiroq bo‘linglar». 
 
FASL 
Duoi ma’sura (go‘zal duolar) bayonida 
 
Bilgilki, duoi ma’sura bisyordurur. Rasuli akram alayhissalom o‘zlari o‘qigan va 
kishig‘a o‘qimoqg‘a farmon qilgan duolar, duoyi ma’suradur. Bas, bu duolarni erta va 
oqshom namozlaridin keyin va boshqa vaqtlarda o‘qimoq sunnatdur. Duolarning aksarini 
«Ihyoul ulum» kitobimda jam’ qildim. Va necha xosiyatlik duolarni «Bidoyat ul hidoya» otlig‘ 
kitobimda keltirdim. Agar kishi xohlasa ul kitoblardan yod olg‘aykim, ul duolarni bu 
kitobda bitmak uzoqg‘a tortadur. Va nechand duolarkim, sunnatdur va xalq orasida ham 
unchalik mashhur emasdir, ul duolarni bu kitobda keltirdim, tokim, ul duolarni yod olib, 
ma’nosin fahm qilib, har birini o‘z vaqtida amalga kelturgaylar, Banda hech vaqtda Xaq 
taologa zoriy va tazarru’dan xoli bo‘lmag‘ay. Vaqtiki odam o‘z uyidin chiqsa, bu duoni 
o‘qig‘ay: 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
127
«Bismillohi tavakkaltu alalloh. Allohumma inniy a’uzubika an azilla av uzalla, av azilla, 
av azalla, av azlima av uzlama av ajhala av yujhala alayya». 
(Abu Dovud, at-Termiziy, an-Nasoiy «Sahih»laridan.) 
Ya’ni: «Parvardigoro, hazratingni ismi shariflari birla panoh tilaydurmen, kishini xor 
ko‘rmagimdan va kishi mani xor ko‘rmagidan va kishig‘a zulm qilmog‘imdan va kishi 
menga zulm qilmog‘idan va men kishini nodon xo‘rmagimdan va kishi mani nodon 
ko‘rmagidan ul Xudoning ismi birlakim, bu olamga mo‘‘min va kofirga ne’mat 
berguvchi, oxiratda mo‘‘minning gunohidin o‘tkuvchidur. Toat qilmoqga quvvat va 
gunohdan o‘zimni to‘xtatmoqg‘a qudratim yo‘qdur, magar Xaq taoloning inoyati birla, 
tavakkal qildim Alloh taologa». 
Vaqtiki, masjidga kirsa, bu duoni o‘qig‘ay: . 
«Alloxumma salli ala Muhammadin va ala Oli Muhammad va borik va sallim alayhim. 
Alloxummag‘firliy zunubiy vaftahliy abvoba raqmatika». 
Ya’ni: Ey, bori Xudoyo, rahmating gavharini Muhammad alayhissalomga va ularning oilasi 
va ashoblariga nisor aylagil. 
Yamin va barakat lutfu-raxmatingni ato qilg‘il ularning hammalariga. Ey bori Xudoyo, 
mag‘firat qil gunohlarimizni va ochg‘il bizga rahmating eshigini. 
Va masjidga kirishda o‘ng oyog‘ini ilgari qo‘yg‘ay. Va masjidda o‘tirib parokanda so‘z 
sodir bo‘lsa, bu duoni o‘qisa kaforat bo‘lur: 
«Subhonakallohumma va bihamdika ashhadu anlo iloha illa anta astag‘firuka va atubu 
ilayka amalti su’an va zallamtu nafsi fag‘firliy fainnahu lo yag‘firuz-zunuba illo anta». 
Ya’ni: Poklik birla yod qilurmen seni ey bor Xudoyo va senga hamd aytmoq birla 
guvohlik berurmanki, ibodat qilishga sazovor o‘zingdan boshqa iloh yo‘qtur. Va mag‘firat 
talab qilurman sendan va tavba qildim hamma gunoxlarimga. Va sening dargohingga 
qaytdim va avval yomon amallarni qilib, o‘z nafsimga zulm qildim. Bas, mag‘firat qilg‘il 
mani, shon (martaba) va qol ushbudurkim, sendin o‘zga gunoqni mag‘firat qilg‘uvchi 
hech zot yo‘qtur. 
«La iloha illallohu, vahdahu lo sharika lah, lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumiytu 
va huva hayyun lo yamutu biyadihil xayru va huva ala kulli sha’yin qodiyr». 
(«Muxtasar iymon» kalimasi.) 
Ya’ni: Alloq taolodan o‘zga Alloh yo‘qtur, Alloh yagonadir, hech sherigi yo‘qtur. 
Hamma olam Haq taoloning mulki va hamdlar Haq taologa xosdur. Tirguzuvchi ham, 
o‘ldiruvchi ham o‘zi. Hamisha tirikdurki, hargiz o‘lmas. Va Hamma yaxshiliq aning qudrati 
ilgidadur. Hamma ishlarga qodirdurkim, har na xoxlasa qilg‘uvchidir. 
Vaqtiki, yangi kiyim kiysa bu duoni o‘qig‘ay: «Ey, bori Xudoyo! Ato qilding va 
kiydirding bu kiyimni, sipos va sitoyish (mak^ov va shukrimiz) sengadur. 
Va talab qilurman xayr va barokotni, bu kiyim birla yaxshi amal qilmoqni va panoh 
tilaydurmen ani sharridin va ani birla yomon amal qilmoqdin». 
Yangi oyni ko‘rganda bu duoni o‘qigay: 
«Ollohumma ahhil alayno bil-amni val-amon va as-salomata val-islom». 
Ey bor, Xudoyo, ato qilg‘il bizlarga amin va omonliq, salomatliq va islomni. 
Vaqtiki shamol va bo‘ron tursa, bu duoni o‘qig‘ay: 
«Ollohumma an as’ala xayri hazihi ar-riyhi va xayri mo fiho va xayri mo arsalta bihi 
va nauzibillohi min sharriho va min sharri mo fiho va sharri mo arsalta bih». 
Ey, bor Xudoyo! Tilaydurman sendan bu shamolning yaxshiligini va ul shamoldagi 
nimarsalarning yaxshiligini va panoh tilaydurman Alloh taoloning inoyati (yordami) birla 
ul shamolning sharridan va aning birla yuborgan nimarsalarning sharridan. 
Vaqtiki o‘lumning xabarini eshitsa, bu duoni o‘qig‘ay: 
«Subhonallazi lo yamut abadan innalillahi va inna ilayhi rojiun». 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
128
Poklik birla yod qilurman ul Xudoyimniki, hamisha tirikdur. Hargiz o‘lmak, aning 
sha’nida yo‘qdur. Bizlar Alloh taoloning bandasidurmiz, dargohiga qaytguvchidurmiz. 
Vaqtiki sadaqa bersa, bu duoni o‘qig‘ay: 
«Rabbano taqabbal minno sodaqatana innaka antas sami’ul aliym». 
Parvardigoro, qabul qilg‘il bizlardan bu sadaqani, Sen bandalarning holini 
bilguvchi dono va eshitguvchisan. 
Vaqtiki tanaga zarar va ziyon yetsa, bu duoni o‘qig‘ay: 
«Rabbano an tabdalno xayri amniho lano ila rabbano rog‘ibun». 
Umiddurkim, parvardigorim tabdil (o‘zgartish) qilg‘ay va  yetkurgay  bizlarni 
bundan yaxshiroq holg‘a, bizlar parvardigorimning iroda va qazosiga 
rog‘ib(moyil)durmiz. 
Vaqtiki bir ishni boshlamoqchi bo‘lsa, bu oyatni o‘qigay: 
«Robbano otino min ladunka rahmatan va hayyi lano min amrino roshidan». (Kahf, 
10). 
Oyatning tafsiri ulki, parvardigoro, ato qilg‘il bizlarga lutfu in’oming xazinasidin 
rahmatni va bergin hamma ishlarimizda rushdu hidoyatni. 
Vaqtiki osmonga qarasa, bu duoni o‘qigay: 
«Rabbano mo xalaqta haza botilan subhanaka fa qino azoban-nor». (Oli Imron, 191). 
Yana bu duoni o‘qigay: 
«Taborakallaziy ja’ala fis-samoi burujan va jaala fiyho sirojan va qamaran muniran». 
(Furqon, 61). 
Oyatlarning tafsiri ulki, parvardigoro xalq qilmading osmonni botil va 
bex^daga, balki aningda chandon hikmatlar bordur. Poklik birla yod qilurmen seni. 
Bas, saqlag‘il bizlarni do‘zax azobidan. Xudoyimning ismat (poklik, begunohlik) va 
ulug‘ligini yod qilurman. Xalq qildi osmonda nechand burjlarni va ul osmonda 
bandalarning hojati uchun oftobni chirog‘ qildi va oy sham’ini so‘zonu furo‘zon 
(yolqinli va ravshan) qildi. 
Vaqtiki ra’d (momaqaldiroq) ovozini eshitsa, bu oyatni o‘qig‘ay: 
 
«Yusabbihur ra’du bihamdihi val maloikatu min xiyfatihi». 
 
Tafsiri ulki, pokligini yod qilurman Xudoyimning, tasbeh etadur ra’d anga hamd 
aytmoq birla va tasbeh etadur farishtalar aning g‘azabidin qo‘rqib. 
Vaqtiki soiqa (yashin) bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay: 
 
«Ollohumma, lo taqtulno bi g‘azabika va lo tahlakno bi azabika va ofino ba’da 
zolika». 
 
Mazmuni: «Ey, bor Xudoyo, o‘ldirmagil bizlarni g‘azabing birla va halok 
qilmag‘il bizlarni azobing birla va saqlag‘il bizlarni azobingdan mundin keyin 
ham». 
Vaqtiki qor, yomg‘ur yog‘sa bu duoni o‘qig‘ay: 
 
«Ollohu.mma, ja’alhu saqiyan va haniyan nofi’an va ja’alxu sababi rahmatika va lo 
taj’al sababi azobika». 
 
Ey, bori Xudoyo! qilg‘il, bu yomg‘ur suvini obi xushguvor (ichishga lazzatli, qilg‘il). 
Yomg‘ur bulutini naf’ qilg‘uchi va ul yomg‘ur sababila bandalaringga rahmat qilg‘il. 
Va ani bizga azob sababidan qilmagil. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
129
Vaqtiki odamning g‘azabi kelsa bu duoni o‘qigay: 
 
«Ollohummag‘firliy zunubiy va azhib g‘ayza qalbiy va ajirniy min ash shaytonir-rajiym». 
 
Ya’ni, Ey bor Xudoyo! Mag‘firat qilg‘il mani gunohimni va chiqarg‘il ko‘ngildan g‘azabni va 
xalos qilqil mani shayton rajiym sharridan. 
Vaqtiki qo‘rqinch vaqtda bu duoni o‘qig‘ay: 
 
«Ollohumma ana auzubika min fujurihim va auzubika min sharrihim». 
 
Ey, bori Xudoyo! Sig‘inurman, sening lutfu karamingga ularning tabohi (buzuq) va 
yolg‘on ishlaridan va panoh tilayman sening rahmating birla ularning yomonliklaridan. 
Vaqtiki bir uzni (a’zosi) og‘risa, qo‘lini ul og‘rigan yerga qo‘yib, uch marotaba bismilloh 
degay va yetti marta bu duoni o‘qig‘ay: 
 
«Auzu billohi va qudrata min sharri mo ajada va mo ijozi». 
 
Ya’ni, Ey, bor Xudoyo! Tilaydurman lutf va qudrating panohini menga yetgan ranj va 
alam jarohati va sitamidan. 
Vaqtiki kishiga g‘am-anduh yetsa bu duoni o‘qig‘ay: 
 
«Lo iloha illallohul-o’liyul-aziym, lo iloha illallohu rabbul-arshil-aziym, lo iloha illallohu rabbis-
samovotis-sab’i va rabbul-arshil-karim». 
 
Yo‘qdur, Xudodan boshqa hech (topinishga) sazovor zot, faqat Alloh taolo hammadan 
baland va ulug‘dur. Va yo‘kdur Xudodan boshqa sig‘inishga sazovor zot, faqat Alloh taolo, 
Arshning parvardigoridur. Va yo‘kdur Xudodan boshqa ibodatga sazovor, faqat Alloh taoloki, 
yetti osmon Arshi, buyuklik va yuksaklik podshohidur. 
Vaqtiki bir tashvishga giriftor bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay: 
«Ey, bor Xudoyo! Man bandangdurman. Otam va onam sening bandangdur. Ixtiyorim 
jilovi qudrating qo‘l ostidadur. Hukm va farmoningni tutquvchi, qazo va irodatingga 
bo‘yunsinguvchidurman. Talab qilurman sendan hamma ismlaring hurmati birla, atabsan ul 
ismlar birla o‘z nafsingni va nozil qilibsan ul ismlarni bandalaringg‘a yo ul ismni 
g‘aybingda o‘zing bilursan. O’zgalar xabardor emasdur. Qur’onni ko‘nglumning bahori va 
badanimning shifosi qilg‘aysan va siynamni nur maskani qilgaysan va mehnatim zangiga, 
ham-anduhu kulfatimning g‘uborig‘a sayqal bergaysan». (Oltinxon to‘ra tafsiri). 
Vaqtiki uxlamoq uchun yotsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Parvardigoro, Sening isming birla 
yonimni yerga qo‘ydim. Va Sening isming birla boshimni ko‘targayman. Bu nafsimni tamom 
qilg‘uvchi va kamolig‘a yetkuruvchi sendirsan. O’ldirmoq va tirguzmak faqat seng‘a xosdur. 
Bu olamda o‘zing hidoyat yo‘liga boshlagin va agar vafot qilsam, oxirat olamida mag‘firat 
qilg‘il, ishni solih bandalaring qatorida ya’ni, imon birla, saqlagil». 
Vaqtiki uyqudan bedor bo‘lsa, bu duoni o‘qigay: «Hamdu sano ul Xudogaki, bizlarni 
o‘ldirgandan keyin tirgizuvchi va qiyomat kuni hamma mavjudotni tiriltirib jannat va 
do‘zaxg‘a yuborg‘uvchi Haq subhonahu va taolodur. Va hamma mulk Alloh taolonikidur. 
Ulug‘liq, podshohliq, izzat va qudrat Haq taoloning‘ xossasidur. Uyg‘oq bo‘ldim men 
subh vaqtida islom birla va kalimai ixlos birla va hazrati Muhammad alayhissalomning 
dini va hazrati Ibrohim halilulloh millati birla. Haqga moyilliq holatidaman va shirk 
keltirguvchilardan emasman». 
 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling