«kimyoi saodat»
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «KIMYOI SAODAT» ASARINING TO’LIQ MATNI HAQIDA
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 1 ABU HOMID G’AZZOLIY «KIMYOI SAODAT» (Ruh haqiqati) «Adolat» Toshkent 2005 Nashrga tayyorlovchilar: Mahkam Mahmud Andijoniy, Abdulloh Umar Toshkandiy. «KIMYOI SAODAT» ASARINING TO’LIQ MATNI HAQIDA Sharq falsafasi va uning tarmoqlari bo‘lgan tavhid, kalom, tafsir, hadis, ruhiy va tabiiy fanlar o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etib, buning o‘zaro uyg‘un rivojlanish yo‘llarini kashf etgan, fan va din bir-biriga dushman emas, do‘st ekanligini dalillab bergan atoqli faylasuf Muhammad Abu Homid G’azzoliy asarlari jahondagi juda ko‘p donishmand, faylasuflarning e’tiborini jalb etib kelgan. G’azzoliy «Kimyoi saodat»da bunday hikoyani keltiradi: Bir guruh ko‘rlar yo‘lni ko‘rmay, chetroqda ko‘zalar turgan joydan o‘ta boshladilar va «Kimdir yo‘limizga to‘siqlar qo‘yibdi» deb shikoyat qiladilar. Aslida ular ko‘rligi tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan edilar. Darvoqe’, Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi ko‘pchilik hikoyatlar «Ihyo»dan: «Nafs (ruh) chavandozga ; badan otga o‘xshaydi. Chavandozning ko‘rligi otning ko‘rligidan zararlioqdir. Yana: Aql qalbga qo‘shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda aql-fazilat emas». Imom Muhammad G’azzoliyning nomi va asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi. Muhammad va uning ukasi Ahmad bolalik chog‘larida otadan yetim qoldilar. So‘fiy amakisi ularni boqib, tarbiyalab, maktab va madrasalarda o‘qitdi. Arab olimi Abdurahmon Badaviy, turk olimi Ayniy Ilhon «Mustazxiriya» kirishida yozishicha. Zayniddin fiqq (islom shariati ahkomlari)dan ilk bilimlarni zamonasining mashhur olimi Ahmad bin Muhammad Rodgoniydan Oltan. Ustozining vafotidan so‘ng Nishopurga borib tahsilni davom ettirgan. Bu yerda unga Makka va Madina imomi Juvayniy ustozlik qilgan. 1085 yilda Juvayniy vafot etgach Zayiyh’ain Nishopurdan ketib. Shom. Quddus. Makka, Madinani ziyorat qilib, Bag‘dodga keladi. Saljuq sultoni Malikshohning dono vaziri Nizomul-Mulk unga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Uni mashhur Nizomiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlanadi. Imom G’azzoliy islom falsafasiga doir ko‘pgina buyuk asarlar yaratdi. Uning «Ihya al- ulum ad-din» («Diniy ilmlarning tirilishi»), «Makrsidul falosifa» (Faylasuflarning maqsadlari»), «Taxofutul falosifa» («Faylasuflarning ixtiloflari»), «Fazoyixul botiniya» («Botiniylikning rasvoligi»), «Qistosul mustaqim» («Haqiqat mezonlari»), «Ma’qulot», «Sifotul-asror», «Al-Munqiz min az-zalal» («Zalolatlar, yanglishuvlardan qutqaruvchi kitob»), «Javohirul Qur’on», «Mishkotul anvor» («Nurlar manbai»), «Yoqut at-ta’vil» («Talqin, tafsirilarning gavhari», Navoiyning aytishicha 40 jildli), «Me’zonul-amal», «Ajoyibul-qulub», «Risolai laduniya» kabi asarlari jahon falsafiy tafakkurining cho‘qqilarini Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 2 tashkil etadi. Arastu, Forobiy, V. Shekspir, Balzak, St. Sveyg, Luis Borxes, V. Belinskiy, N.G. Chernishevskiy, Jubron Halil asarlarining tarjimoni, yozuvchi va adabiyot nazariyotchisi Mahkam Mahmud rahmatli do‘sti, tarix, adabiyot bilimdoni Abdulloh Umarzoda bilon Muhammad G’azzoliyning «Kimyoi saodat» asarining to‘liq matnini ilmiy asosda nashrga tayyorlab juda savob xayrli ish qilganlar. Bu asar Sharq xalqlarining boy madaniyati va falsafasini o‘rganishda bebaho xazinadir. Najmiddin Komilov, Filologiya fanlari doktori, professor. Abduqayum Pardaev, Falsafa fanlari nomzodi. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 3 ABU HOMID MUHAMMAD G’AZZOLIY VA UNING MEROSI Alisher Navoiy «Nasoyimul muhabbat min shamoyimul futuvvat» («Mardlik epkinidan paydo bo‘lgan sevgi shabodalari») asarida jahon falsafasining ustozlaridan biri Imom G’azzoliy haqida bunday deydi: «Hujjatul islom Muhammad ibn Muhammad G’azzoliy- Tusiy - kuniyati Abu Homiddur va laqabi Zayniddin (din ziynati). Tasavvufda intisobi (nasab silsilasi) shayx Abu Ali Faryumadiyg‘adur (Abu Ali Faryumadiy bir tarafdan shayx Abul-Qosim Gurgoniy va ikkinchi tarafdan shayx Abul-Hasan Xaraqoniy va u orkqli shayx Abu Sa’id Abul-Xayr izdoshidur - M.M.)... Imom Muhammad holining ibtidosidaTusda va Nishopurda ulum (turli ilmlar) tahsilig‘a va takmilig‘a ishtig‘ol ko‘rguzdi. Andin so‘ngra Nizomul-Mulk bila muloqot qildi». Boshqa ba’zi manbalarga ko‘ra, imom Muhammad G’azzoliy, Umar Xayyom va Ismoiliya shia fidoiylarining boshlig‘i Hasan Sabboh bir madrasada o‘qiganlar (Husayn Jovidning «Xayyom» dramasini eslang). Ular orasida juda keskin bahs, mujodala, munozaralar bo‘lgan. Alisher Navoiy ham shunga ishora qilib yozadi: «Jamoati fuzale bilaki, oning suhbatida bo‘lur edilar, mutaaddid majolisda (juda ko‘p majlislarda) munozara va mujodala qildi va alarga g‘olib bo‘ldi. (Hijriy) to‘rt yuz o‘ttiz to‘rtda (Milodiy 1044) Bag‘dodga borib, dars aytdi. Va Iroq barcha anga shefta (oshifta) va firifta (maftun) bo‘ldilar. Baland qadr, arjumand poya topdi (yuksak martabalarga erishdi)». Allomaning shu davrdagi hayoti A.Arberri, F. Jabriy, Sayyid Xotamiy, M. Uott, A. Badaviy, L. Massinon, G. Kerimov, S. Grigoryan asarlarida yoritilgan. Ammo bu dunyodagi e’zoz-ehtiromlar va baland martaba, shon-shuhratni imom G’azzoliy o‘ziga munosib ko‘rmadi va hammasidan voz kechib, faqirlik va darveshlikni ixtiyor qildi. Navoiyning aytishicha, «So‘ngra borisin (obro‘, e’tibor, shon-shuhrat, izzu-joh, hashamatini) ixtiyori bila tark qildi va zuxdu inqito’ tariqin ilgari tutdi va haj azimati qildi. Va 488 (1085)da hajga musharraf bo‘lib, Shomg‘a murojaat qildi va muddate anda erdi. Va andin so‘ng Baytul-Muqaddasg‘a bordi...» Imom G’azzoliy yashagan davrda Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiya poytaxti Kunstantiniya (Konstantinopol, hozirgi Istanbul) iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli davlat, hoistianlarning tayanchi hisoblanardi. Ayni vaqtda Misrda hazrat Ali avlodlarimiz deb da’vat qilgan shialarning so‘l qanoti ismoiliya tarafdorlari kuchayib, Bag‘dod xalifaligiga qarshi jon-jahdlari bilan kurashayotgan edilar. Rim va Bizans (Vizantiya) - G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyalari o‘zaro nifoqlashsa ham, islom davlatlarini bir-biri bilan urishtirishda hamjihat edilar. Bag‘dod xalifaligining Sharqdagi tayanchlaridan biri - g‘aznaviylar davlatining so‘nggi hukmdori sulton Mavdud ibn sulton Mas’ud bobosi sulton Mahmud G’aznaviy tashkil etgan qudratli islom davlatining parchalanishiga yo‘l qo‘yib berdi. Ularning o‘rniga kelgan Saljuq hukmdorlari Alp Arslon va Malikshoh davrida islom davlatining qudrati oshib, Vizantiya imperiyasiga qarshi faol kurash boshladi. Vizantiya imperatori Roman Diogen G’arbdan xavf sOltan Misr fotimiylariga, Sharqdan bostirib kelayotgan Saljuq o‘rdulariga qarshi kurashda siyosiy, diplomatik nayranglarni ishga soldi. Misrdagi fotimiylar - alaviylar davlatini Bag‘dod xalifasiga va Saljuqlar davlatini Misr hamda Bag‘dodga qarshi qayrab, ularning orasini buza boshladilar. Bu nayranglarni anglagan Misr lashkarboshilari avvalroq harakat qilib, 1039 yilda Sharqiy Rim saltanatiga qarshi dengiz janglarida g‘olib kelib, Suriya va Falastin sohillarini Vizantiya qo‘shinidan ozod qildi. 1098 yilda misrliklar Quddusi sharifni fath etib, u yerda Misr xalifaligi noibini tayinladilar. Ammo afsuski, Mahmud G’aznaviy vafotidan keyin zaiflashgan Bag‘dod xalifaligining viloyatlari hokimlari har biri o‘ziga mustaqil «kichik davlat» tuzib olib, o‘zaro qirg‘in urushlarini boshladilar. Bu urushlarda diniy e’tiqoddan ko‘ra shaxsiy foyda, mansab, Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 4 hokimiyat birinchi o‘ringa qo‘yilganligi uchun ba’zi musulmon davlatlari (chunonchi, Tarablus, Lubnon - (Livan) amirlari o‘zining musulmon raqiblariga qarshi kurashda Ovrupodan yopirilib kelgan salibchilar bilan ittifoq tuza boshladilar. Salibchilar musulmon hukmdorlarining o‘zaro nizolaridan foydalanib Shom (Suriya) va Falastin shaharlarini bosib ola boshladilar. Ular 1096-1098 yillarda Frot daryosi sharqida Antioxiya davlatini barpo etdilar. 1099 yil yozida Ovrupo salibchilari Vizantiya imperatori bilan birlashib, Quddusi sharifni qamal qildilar. Shahardagi mingtagina musulmon lashkari salibchilarning 40 mingli qo‘shini hujumini 5 hafta davomida qaytarib turdilar. 1099 yilning 15 iyulida Quddusi sharifga bostirib kirgan salibchilar shahardagi musulmonlarni, masihiylarni va juhudlarni ommaviy ravishda qirdilar. Qirg‘indan omon qOltanlarni qul qilib sotdilar. Ana shu qirg‘indan so‘ng masihiylar va muslimlar salibchilarning diniy e’tiqodi uchun emas, talonchilik maqsadida kelganligini anglab yetdilar. Xuddi shu paytlarda Vizantiya-Rum podshosi Roman Diogen Misr g‘oziylari hujumidan ko‘ngli tinchib, sharqdan kelayotgan Saljuqiylarga qarshi kurashga bor kuchini tashladi. Sadriddin Ali al-Husayniy «Zubdatut tavorix» yoki «Axbor ad-davlati as-Saljuqiya» asarida yozishicha, sulton Alp Arslon bir vaqtning o‘zida (1070-1080 yillarda) Vizantiyaga va Turkistondagi qoraxoniylarga qarshi kurashgan. Sulton Alp Arslonga qarshi urushda Sharqiy Turkiston va Movarounnahr shaharlarini mudofaa qilgan qoraxoniylar hukmdori Tobg‘och Bug‘ro Qoraxon Abu al-Qosim ibn Sulaymon (1077-1113) saroyida «Qutadg‘u bilig» muallifi, bolosog‘unlik Yusuf xos Hojib xizmat qilgan edi. Atoqli ulamolardan Ziyo Bunyodovning aniqlashicha, Tobg‘och Bug‘roxon mashhur «Devonu lug‘otit turk» muallifi Mahmud Qoshg‘ariyga homiylik qilgan. Qoraxoniylar adolatga katta e’tibor berganlar. Saljuq sultoni Malikshox uzoq janglar davomida Qoraxoniylar davlatini chekintirdi. Ikkala musulmon davlati xukmdorlarining o‘zaro urushi shariatga zid edi. Bu yerda asosiy ayb kimda ekanini tarixchilar haligacha aniqlayolmadilar. Mantiqan Oltanda, ikkala islomiy davlat xukmdorlari tinch-totuv yashashlari zarur edi. Oxirida ular sulh tuzishga erishganlar. Shundan so‘ng Alp Arslon qo‘shinlari Xitoydan Shomgacha bo‘lgan mamlakatlarni egallashdi. Sulton Malikshoh bilan uning vaziri Nizomul-Mulk tarixda birinchi marta (Beruniy davridan) so‘ng barcha sharq munajjimlarini anjumanga to‘plab 21-22 mart kunlari Navro‘z - yangi yilning boshlanishi deb e’lon qilganlar. Malikshoh zamonida Umar Xayyom, Abu Homid G’azzoliy, Abul Fazl Bayhaqiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Nizomiy Aruziy, Nizomiy Ganjaviy, Abul Qosim Kushayriy, («Tafsirul kabir» muallifi), Muizziy, Fahoiddin Gurgoniy kabi shoirlar va allomalar yashab ijod qildilar. Manbalarda aytilishicha, Malikshoh zamonida musulmonlar va hoistianlar o‘zaro ahil-inokdikda adolatli va farovon jamiyatda yashaganlar, g‘am-kulfat ko‘rmaganlar (Ziyod Bunyodov, «Axbor ad-davlat as-Saljuqiya» muqaddimasi. Moskva, 1980 yil, 20 bet). Vizantiya imperatorining oltin taxtida oltin ustunli chodirlarda oltin xoch - salib ushlab, zeb-ziynatda dabdabali va hashamatli hayot kechirishini, son-sanoqsiz boyliklar uni mag‘lubiyatdan qutqazolmaganini o‘qiganimizda, Abu Homid G’azzoliy «Kimiyo»sining «Mol-dunyo ofati haqida» bobida aytilgan fikrlar xayolimizga keladi: «Vaqtiki (mansab) va hashamat zavqi paydo bo‘lsa, dini islom yo‘liga to‘siq bo‘lur. Va dil nifoq, xiyonat va ixtilofga oluda (aralash) bo‘lur». Muhammad rasululloh aytgan ekanlar: «Mol-dunyoning odamlar orasida sho‘rish, g‘avg‘o solishi ikki-uch bo‘rining qo‘ylar orasiga kirib sho‘rish, g‘avg‘o solishiga o‘xshashdir». Vazir Nizomul-Mulk sevimli shogirdi imom G’azzoliy bilan maslakdosh, fikrdosh bo‘lgan. Bir kuni Nizomul-Mulkning dushmanlari Malikshohga arz qilib: «Vazir faqihlar, so‘fiylar va Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 5 Qur’on hofizlariga har yili 300 ming dinor mablag‘ sarflaydi, agar shuncha pul sipohiylarga berilsa, Kunstantiya darvozasi allaqachon ochilar edi», - deyishdi. Sulton o‘z vaziri Nizomul- Mulkni chaqirib: «Nima gap?» - deb so‘radi. Vazir dedi: «Olampanoh, sultonim. meni qul qilib sotsang, 3 dinorga xam olmaydilar. Shunday ekan, Haq taolo sen bilan meni siylab shunday ko‘p boyliklar ato qilibdi, dunyoda hech kimni bunchalik siylamagan. Shularning hammasini sen bilan bizga ato etgan Allohning ulug‘ kitobini yodlab bizga yetkazgan ulamolar 300 ming dinorga arzimaydimi? Sening eng mohir merganing yoy o‘qini 1 mil (2 km) dan oshirmaydi. Agar qilich ursa, yonida turgan odamga yetadi xolos. Ammo haligi mablag‘ni men shunday lashkarga bermoqdamanki, bular duo, ibodat qilganida (quvvati) Arshi a’loga yetib boradi. Va bu duolarning Alloh dargohiga yetishiga dunyoda hech bir kuch to‘sqinlik qila olmaydi». Sulton Malikshoh bu so‘zlarni eshitib, ko‘zlariga yosh oldi va «Sen shu lashkarlarni (ulamo, Qur’on hofizlarini) ko‘paytiraver. Dunyoning bor xazinalarini sening poyingga tashlayman!», - dedi. «Zubdatut - tavorix» («Tarixlar qaymog‘i») muallifining yozishicha Nizomul-Mulk vazirlar orasida birinchi bo‘lib jasur lashkarboshilarga yer-mulklarni iqto’-sovg‘a qilib bera boshlagan. U Arab Iroqi, Ajam Iroqi va Xurosondagi juda ko‘p viloyatlarda «Nizomiya» madrasalarini qurdirgan. Abu Homid G’azzoliy Xuroson va Bag‘doddagi ana shunday madrasalarda minglab talabalarga ilohiyot, Qur’on va Hadisdan saboq bergan. Eron, Hindiston, Iroq va Xurosonni o‘z tasarrufiga Oltan g‘aznaviylarning buyuk davlatni o‘zaro nizolar zaiflashtirgach, tarix maydoniga chiqqan saljuqlar ana shu bepoyon xududlarda nisbatan tinchlik, osoyishtalik o‘rnatdilar. Saljuq sultonlari Alp Arslon, so‘ng Malikshoh, uning ma’rifatli vaziri Nizomul-Mulk zamonida ilm-fan va madaniyatning turli soxalari gullab-yashnadi. Shu davrlarda yetishib chiqqan Nizomiy Ganjaviy, Afzaliddin Hoqoniy, Umar Xayyom, Adib Sobir Termiziy, Rashiduddin Vatvot, Mahmud Zamaxshariy, Fahoiddin Roziy, Fahoiddin Gurgoniy, Yusuf xos Xojib, Farididdin Attor, Abu Homid G’azzoliy kabi mutafakkir, mutasavvif allomalar Sharq ma’rifatini, ilm- fanini yuksaklarga ko‘tardilar. Bulardan avvalroq Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning ijodi tufayli aniq fanlar tez rivojlanib, hurfikrlik keng yoyildi, diniy, ma’naviy bilimlarga e’tibor pasaydi. Mana shunday sharoitda buyuk faylasuf Abu Homid G’azzoliy aniq fanlarni yerga urmagan holda «Ihya al-ulum ad-din» («Din ilmlarining tirilishi») asarida ma’naviyatdan uzoqlashib ketgan moddiyunlik ta’limotlariga katta zarba berdi. G’arb olimlarining e’tirof etishlaricha bu zarbadan so‘ng moddiyunlik ta’limotlari bir necha asrgacha o‘zini o‘nglay olmadi. Ba’zilar bu fikrga qo‘shilmaydilar. Sababi «Kimiyoi saodat»da G’azzoliy tabiiy ilmlarga ham hurmat bilan qaraydi. U tib ilmini ham chuqur tushuntiradi. Daho shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida imom G’azzoliyning shu fikrini tasdiqlab: Ulum ichra o‘qur ersang yuz tuman fasl, Tamomi far’u din ilmi erur asl - deydi. Ya’ni, din ilmi - asl ildiz, boshqa ilm-fanlar esa uning shox-shabbalari, juz’lari, qismlaridir. Zero. din, axloq, ma’naviyat olimlari payg‘ambar vorislaridir. Shuning uchun Navoiy: «Birovkim qilsa olimlarga ta’zim, Qilur go‘yo payg‘ambarlarga ta’zim», - deydi. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 6 «Kimyoi saodat»ni forschadan turkiy tilga o‘girgan (Sharqiy Turkistonda) Ho‘tan podshohi Azizshoh saroyida xizmat qilgan ma’rifatchi olim Muhammad Isoning tarjimaga muqaddimasida yozishicha, Rasuli Akram Baytul - Quddusdan me’rojga ko‘tarilgan vaqtda Bani Isroil payg‘ambarlaridan Muso alayhissalom peshvoz chiqib, rasulullohga izzat-hurmatini bildiradi. So‘ng Muhammad alayhissalomdan: «Siz bir hadisi sharifingizda «Mening ummatlarimdan chiqqan ulamolar Bani Isroil payg‘ambarlaridek» - debsiz. Shu so‘zingizni nima bilan isbotlaysiz?» - deb so‘rabdi. Shunda Muhammad alayhissalom «Hujjatul islom» unvoni bilan mashhur bo‘lgan imom Muhammad G’azzoliyning ruhini chaqirib, Muso alayhissalomga yuzlashtiribdi. Ikkalasi ozroq suhbatlashgach, Muso payg‘ambar islom ulamolarining Isroil payg‘ambarlariga tengligini tan olib, hazrati Mustafoga yana ta’zim qilibdi. Tabiiyki, islom olamining har bir olimi ham bunday yuksak sharafga loyiq emas. Lekin Sharq xalklari tarixida rasululloh aytgan martabaga sazovor allomalarimiz ko‘pdir. Shulardan biri Navoiydan to‘rt asr avval Xurosonda, Tus yaqinidagi G’azzola qishlog‘ida tavallud topgan va asrlar davomida G’arb va Sharq falsafasining tamal toshini qo‘yib kelgan Zayniddin Muhammad Abu Homid G’azzoliydir. (1038-1111). G’azzoliy «Ixya al-ulum-ad-din» asarida barcha insonlarning avval ruhlari yaratilib, ular Allohga «Semga iymon keltiramiz, haqiqat va ezgulik yo‘lida yashaymiz, bizni haq yo‘lg‘a hidoyat qil. bizni adashganlardan. g‘azabingga uchraydiganlardap qilmagin, biz faqat Senga ibodat qilamiz. faqat Sendan najot tilaymiz» - deb va’da berganlarini, so‘ng ko‘pchilik insonlar al-Misoq-Ahdlashuv kuni bergan ana shu va’dasini unutib, yovuzlik, gunohkorlik yo‘lida yashayotganlarini aytadi (Zotan, Kur’oni karimning «Fotiha» surasi shu haqda). Mutafakkir fikricha so‘ng odamlar ikki guruhga bo‘lindilar. Bir guruhi (ko‘pchilik) Xudoga bergan va’dalarini unutib iymonsiz bo‘lib qoldilar. Bularning ko‘zi ochiq, lekin qalbi ko‘r bo‘lib qOltan. Boshqa guruh odamlari aql, tafakkur va dilning qudrati yordamida va’dalarini esladilar va iymonli, fazilatli, sabr-qanoatli, shukr qiluvchi. Mehr-muruvvatli, rahmdil, oliyjanob insonlar bo‘lib qoldilar. Bular haqiqat va ma’rifat nuri bilan qalbi, ko‘ngli yorishgan odamlardir. «Kimyoi saodat»da G’azzoliy bunday hikoyatni keltiradi: Bir guruh ko‘rlar yo‘lni ko‘rmay chetroqda ko‘zalar turgan joydan o‘ta boshladilar va «kimdir yo‘limizga to‘siqlar qo‘yibdi» deb shikoyat qildilar. Aslida ular ko‘rligi tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan edilar. Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi ko‘pchilik hikoyalar «Ihyo»dan olingan. «Nafs (ruh) chavandozga, badan otga o‘xshaydi. Chavandoziing ko‘rligi otning ko‘rligidan zararliroqdir. Yana: Aql qalbga kirgan nurdir». (Ammo ba’zilarniig dili aqlsizdir - M.M.) Arastu hakim «Axloqi kabir»da aytadi: «Aql dil go‘zalligi bilan qo‘shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda aql fazilat emas». Imom Muhammad G’azzoliyning asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi. Muhammad va uning ukasi Ahmad bolalik chog‘larida otadan yetim qoldilar, so‘fiy amakisi ularni boqib, tarbiyalab maktab va madrasalarda o‘qitdi. Arab olimi Abdurahmon Badaviy, turk olimi Ayniy Ilhon «Mustazxiriya» kirishida yozshiicha. Zayniddin fiqx, (islom shariati ahkomlari)dan ilk bilimlarni zamonasining mashhur olimi Ahmad bin Muhammal ROltoniydan Oltan. Ustozining vafotidan so‘ng Nishopurga borib tahsilni davom ettirgan. Bu yerda unga imomul haramayn (Makka va Madina imomi) Juvayniy ustozlik qilgan. (Bu, Chingizxon tarixini yozgan Ato Malik Juvayniy emas). 1085 yilda Juvayniy vafot etgach Zayniddin Nishopurdan ketib, Shom, Quddus Makka, Madinani ziyorat qilib, Bag‘dodga keladi. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 7 Saljuq sultoni Malikshohning dono vaziri Nizomul-Mulk unga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Uni mashhur Nizomiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlaydi. (Bu vazir Umar Xayyomga ham ko‘p yaxshiliklar qilgan, so‘ng botiniylarning ismoiliya mazhabi yo‘lboshchilaridan Hasan Sabbox. yuborgan josus «fidoiy» tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan). Abu Homid G’azzoliyning ukasi mutasavvif Ahmad G’azzoliy ham buyuk allomalardan biri bo‘lib, Jaloliddin Rumiy uni porloq yulduzga o‘xshatgan edi. Sulton ut-tariqat, shayx, imom Ahmad G’azzoliyning shogirdlari orasida Aynul-quzzot Abul Fazoyil Hamadoniy, shayx Ziyouddin Abu-n-Najib Suhoavardiy, shayx Ro‘zbehon Misriy, shayx Najmiddin Kubro kabi alloma, mutafakkirlar yetishib chiqqan. Aynul- quzzat Hamadoniy «Zubdatul-haqoyiq» kitobida ham Ahmad G’azzoliy, ham «Hujjatul-islom» Muhammad G’azzoliydan saboq Oltanini yozgan. Imom G’azzoliy mashaqqatli riyozatlarga to‘la umri davomida islom falsafasi, iymon-e’tiqodni yuksaklarga ko‘taruvchi ko‘pgina buyuk asarlar yaratdi. Uning «Ihya al-ulum ad-din» («Diniy ilmlarning tirilishi»), «Makrsidul falosifa» («Faylasuflarning maqsadlari»), «Tahofutul falosifa» («Faylasuflar yanglishuvi»), «Fazoyixul botiniya» («Botiniylikning rasvoligi»), «Ajoyibul-qulub», «Qistosul mustaqim» («Haqiqat mezonlari») asarlari arab, fors, turk, olmon, lotin, rus tillarida nashr etilgan. O’z asarlari bilan G’azzoliy falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatib, keyinchalik Ibn Rushd, Ibn Xaldun, Immanuel Kant, Rene Dekart, David Yum, Georg Gegel kabi mutafakkirlarning etishib chiqishiga maydon ochib berdi. Xususan, G. Gegel G’azzoliy haqida «Mantiq va metafizikaga doir asarlar muallifi, sharqona buyuk aql egasi» degan edi. G’azzoliyning «Faylasuflarning maqsadlari» asari 1145 yilda Ispaniyaning ilmiy markazlaridan biri - Toledo shahrida Dominik Gundisalvo tarjimasida lotin gilida nashr etilgan. «Ihya al-ulum» asarini arabchadan rus tiliga V. Naumkin tarjima qilib, sharhlar yozgan. O’rta asrlarda olimlar Forobiy va Ibn Sino fikrlari bilan G’azzoliy fikrlari hamohang ekanligini bilganlar. Keyingi davr G’arb olimlari Forobiy va Ibn Sinoga Abu Homid G’azzoliyni qarshi qo‘ya boshladilar. Lekin bizning zamondoshlarimiz agar Forobiyning «Arou ahli madinatul fozila» («Fozillar shahri aholisining qarashlari» yoki qisqarog‘i «Fozil odamlar shahri»), Ibn Sinoning «Risolai fil-ishq», «Hayy ibn Yaqzon» («Uyg‘oq o‘g‘li Tirik») va boshqa falsafiy asarlarini taqqoslab ko‘rsalar, bu allomalarning qarashlari bir-birlariga zid emas, balki ohangdosh ekanligini tushunib yetadilar. Jumladan, Forobiy va Ibn Sino ham, G’azzoliy ham ruh kamoloti bosqichlari xaqida fikr yuritib, o‘simliklar ruhi, hayvonot ruhi, insoniy ruh deb, farishtalar ruhi va ilohiy ruh deb tasnif qiladilar. Bu uchchala donishmand hayvoniy ruhdan insoniy ruhga ilm-ma’rifat, mashaqqat chekish bilan, dilni hayvoniy istak, mayllardan tozalash, poklash bilan yetish mumkinligini aytadilar. Ya’ni, barcha insonlarga ma’naviy kamolot yo‘llarini ko‘rsatadilar. Keyingi vaqtlarda Imom G’azzoliy ijodini Bo‘riboy Ahmedov, Aloviddin Mansur, Mas’udali, Q. Munirov, Mansurali, Mubashshir Ahmad, Miraziz A’zam, Abduqodir Zohid, Abdulla Sher. Poyon Ravshan, Sayfiddin Raf’iddin. Yo‘ldosh Eshbek, Rashid Zohid kabi olimlar tarjima va tadqiq etib, xayrli ishlar qildilar. Mazkur kitobning nashri uchun xizmatlarini darig‘ tutmagan ustoz Abdulaziz Mansurga, Najmiddin Komilovga, Mahmud Saporga, Erkin Abdurahmonovga, Normurod Narziyga, Urfon Otajonga, Rafiqjon Sotiboldievga, Shuhoat Ismoilovga, Maxammadjon Rahimovga minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Asarning turli nusxalarini topib Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy Download 5.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling