«kimyoi saodat»
FASL Xalloqi olamning farishtalari bayonida
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FASL Tabiiyunlar ojizligi bayonida
- FASL Olamning tuzilishi bayonida
- FASL «Subhonalloh valhamdu lilloh»ning ma’nosini bilmak bayonida
- FASL Odamiyning saodati bandalikda ekanlig‘i bayonida
- FASL Ahli ibohatning g‘alatda ekani bayonida
FASL Xalloqi olamning farishtalari bayonida Bas, Tangri odam podshohlig‘i va xalloqi olam podshoxlig‘ini tanimoqni ikki ilmi aziymga ishorat qildi. Avvalgi ilm, odam o‘zligini, ruhini tanimog‘idur. Va o‘z a’zolari aloqalari kayfiyati va quvvatlari va sifatlari ahvolini bilmak. Bu ilm uzundurkim, bular tahqiqi bayoni bu kitobga sig‘mas. (Insonshunoslik ilmi). Ikkinchi ilm hazrati xalloqi olam mamlakatining farishtalarga irtiboti (bir- birlari oldida martabasi) va farishtalarning bir-biriga, Arsh va Kursi va osmonlarning farishtalariga martabaviy munosabati tafsilidur. Bu ilm avvalgidin ham uzoqroqdur. Va maqsud bu ilmlardin ishorat mungaki, , to har kishi ziyrak va donodur, bu ilmlarga tasdiq aylab, zabt qilib, Haq subhonahu va taoloning azimatini tanig‘ay. Va ul kishi nodondur, hazrati xalloqi olam sifoti mutoalasidin g‘ofil va mag‘bun (aldangan) va jamoli bokamoli mushohadasidin Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 42 mahrumlig‘ini o‘zi ham bilmag‘ay. Va ul bechorai mahrum tabiiyunlar va munajjimlar olam ishlarini Quyosh va yulduzlarga tobe’ deb bilurlar. Bularning misoli mo‘rchaga (mayda chumoli) o‘xsharki, qog‘oz uzra yurur va ko‘rarkim, qog‘oz uzra siyoh naqshi paydo bo‘lur. Qalamni ko‘rub shod bo‘lub, ayturkim, bu ish haqiqatini bildimki, bu ishni paydo qilg‘uvchi qalamdur. Bu tabiiyun (moddaparast) misolidurki, muharrik (harakatlantiruvchi) lardin quyi martabadin ziyoda bilmas. Tabiiyun deb ul toifani ayturlarkim, olam ichra mavjud bo‘lur ishlarni falakka va dahoga nisbat berurlar. Masalan, yer muzlashini o‘z faslining tabiatidan bilurlar. Bas, boshqa chumoli kelur - avvalgidan cho‘ngrogi (kattarog‘i) ayturkim, sen g‘alat (xato) qilding, bu ish haqiqatini men rosti birla bildimki, bu naqshni paydo qiluvchi qalam ermas, balki naqqosh barmog‘idur, naqsh barmoqqa tobe’dur, va musaxxardur. Bu munajjimning misolidur. Ayturkim, toboye’ (tabiat) kavokibga (yulduzlarga) musaxxardur. Bu ham g‘alat qilur. Bilmaskim, kavokib farishtalarga musaxxardur. Bas, munajjim yulduzdan yuqori darajalarga yo‘l topmabdur. Chunonchi: munajjim va tabiiyun orasida olami ajsom (jismlar olami) mas’alasida ixtilof bordur. Munga o‘xshash ul toifakim, olami arvohga (ruhlar olamiga) yo‘l topibdurlar, ular orasida ham chandon ixtilof bordur. To‘laroq ilmni bilgan ulki, olam jismlaridin taraqqiy aylab, olami arvohdin andek nasiba topsa (bo‘lgay). Va bu darajadin ziyodaga sa’y va g‘ayrat qilmasa (intilmasa) unday kishiga olami arvoh (ruhlar olami)ga yo‘l masduddir (to‘silgandir). Bas, olami arvohiykim - olam anvoridur, anda ham bu nav’ mashaqqat va to‘siqlar bisyordur. Ba’zi darajasi kavokibga o‘xshash va ba’zi darajasi qamarga (oyga) o‘xshash va ba’zisi shamsga o‘xshashdur. Va bu taraqqiy ul kishining me’rojidurki, osmon va farishtalarni anga ko‘rsatgan bo‘lg‘aylar. Chunonchi: Haq subhonahu va taolo Ibrohim Xalilulloh haqida xabar beribdurki: Va ka-zolika nuri Ibrohim malakuta as-samovoti za-l-arzi. (An’om, 75). Ya’ni, Biz Ibrohim diliga nur berib, Yer va osmonlardagi malakut ajoyibotlarini ko‘rsatdik. Ushbu ma’nidin hazrati rasuli akram s.a.v. xabar beribdurlarkim: «Chindan ham Haq taolo nurli, yetmish ming hijob ila yashirindurki, uning jamolini ko‘ngil ko‘zi bilan kashf etsa bo‘lur». Bu hadisning sharhini kitobi «Mishkotul anvor» («Nurlar ziyosi»), Sifotul asror» («Sirlar sifatlari»)da bayon qildim. Bas, maqsud uldurki, tabiiyun bechora, olam ishini harorat va burudatga (issiq va sovuqqa) havola qilibdur. Rost aytibdurkim, agar harorat va burudat ilohiy sabablar jumlasidin bo‘lmasa, ilmi tib botil bo‘lur edi. Va lekin ul vajhdin xato qilurkim, nazari cheklangan quyi martaba bo‘lgan harorat va burudatni asl bilur. Kim yana kimga musaxxarligini bilmas. Haroret va burudat (olami sifliy) eng quyi o‘rindagi sabablar jumlasidandur. Munajjimki, sitoralarni ilohiy sabablar jumlasidin sanabdur, rostdur, agar mundog‘ bo‘lmasa kecha va kunduz barobar bo‘lur edi. Bas, Oftob sitoradurki, olam ravshanligi va issig‘ligi aning birladur. Zimiston (qish) va tobiston (yoz) barobar bo‘lur erdikim, yozning issig‘ligi ul jihatdindurki, oftob osmonning o‘rtasiga yaqin yurur. Xudovandi Karim osmonni issiq va ravshan qilibdur, Zuhalni sovuq va quruq va Zuhrani issiq va ho‘l qilibdur, deb aqida qilmoqning musulmonchilikka hech zarari yo‘qtur. Bas, munajjim ul sababdin xato qilurki, nujumni (yulduzlarni) asl bilib, olam ishlarini Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 43 anga havola qilibdur. Nujumning (kimga) musaxxarligidin xabar topmabdurkim, Va ash-Shamsa va-l-Qamara va an-nujuma musaxxxaratin bi amrihi. (A’rof, 54). Ya’ni, Quyosh, Oy va yulduzlar Haq subhonahu va taoloning amriga tobe’ va musaxxardurlar. Musaxxar deb ani ayturmizki, yana birovning farmoni birla ish qilg‘ay. Bas, nujum o‘zicha hech bir ish qilolmas, balki farishtalar farmonicha ish qilur. Chunonchi, payning amali atrof badanni harakat qildurmoqda, (u) dimog‘dagi quvvatning asaridindur. Bas, kavokib (yulduzlar) quyi martabadagi xizmatkorlardandur. Yulduzlar garchi naqiblar (e’tiborli zotlar) darajasidadur, ammo sifliy olamdadur. Anosiri arba’ga o‘xshash quyi martabadagi chokarlardandur. Kotib qo‘lidagi qalamga o‘xshash. FASL Tabiiyunlar ojizligi bayonida Ba’zi tabiiyunlarni (olamni faqat moddiy deb biluvchilarni) bu vajhdin tushunsa bo‘lurkim, hammalari rost ayturlar, va lekin ba’zilari ko‘rmay, ko‘rgan va bilganning da’vosini qilurlar. Bas, bularning misoli bir guruh ko‘rlarga o‘xshashdur. Eshitibdurlarki, ularning shaqrig‘a fil kelibdur. Bular jam’ bo‘lib kelib, filni qo‘llari birla silab, tanimoqni xohish qilib, ba’zisi filning qulog‘ini va ba’zisi oyog‘ini va ba’zisi dandonini (tishini) silab, yonib- yonib (shoshib-qaytib) qolg‘on ko‘rlarga fildin xabar berg‘aylar. Ul kishikim, filning oyog‘ini silabdur, aytibdurkim, fil ustunga o‘xshash narsa ekan. Va ulkim, qulog‘ini silabdur, ayturkim, fil gilamga o‘xshash nimarsadur. Bu toifalar hammalari rost aytur va ham xato qilurlar. Filni birgina a’zosi birla taniganini gumon qilurlar. Ammo ba’zi a’zosidin xabardor, o‘zgasidin xabarsizdurlar. Munga o‘xshash, munajjim va tabiiyun ham Hazrati Haq subhonahu va taoloning chokarlaridin ba’zisini tanib, aning saltanat va g‘olibligidan taajjub qilib, aytibdurlarkim, podshoh ushbudur. Va ul kishikim, anga rost yo‘lni ko‘rsatibdur va hammaning nuqsonini ko‘ribdur, ayturkim, bular yana birovning farmonidadur. Va har nimarsakim, boshqaga tobe’ va musaxxardur, xudo emasdur. FASL Olamning tuzilishi bayonida Kavokib va taboyi’ (tabiat) va falakul kavokibning burjlarikim, taqsim etilgandur o‘n ikki qismg‘a. Va Arshkim, bulardin mug‘ayirroqdur (boshg‘acha, g‘aroyibroq), misoli podshohning hujrai xosi bo‘lg‘aykim, vazir ul hujrada o‘lturgay. Va bul hujraning atrofida ravoqi bo‘lg‘aykim va har toqida ul vazirning bir noibi o‘ltirgay. Va yetti naqibsuvor bu o‘n ikki toqining tashqari tarafidin aylangay. Bu naqiblar (rahbarga yaqinlar) vazirning noiblari farmonidadur. Va to‘rt piyoda kamonandoz bu yetti naqibdin yiroqroq muntazir turarlarki, hazrat podshoxdin nechuk farmon yetkusidur. Va to‘rt kamand - arqonini bu to‘rt piyodag‘a beribdurlar, tokim, farmon taqozosi birla ba’zisini podshoh dargohiga tortarlar, va ba’zisini yiroq qilurlar. Va falakul kavokib - yulduzlar ul hujraning ravoqidur. Va o‘n ikki burj o‘n ikki toqidur. Vazirning noiblari nechand farishtadurlar. Bularning rahbari vazirkim, farishtai muqarrabdur. Aning darajasidin pastroqdurkim, bularning har biriga bir ilmni, ishni topshiribdurlar. Va yetti sayyora yetti suvoriydurkim, naqiblarga o‘xshash hamisha bu toq atrofini aylanur va har tokdin bir nav’ farmon ularga yetar. Va ul nimarsakim, anosiri arba’a atarlar, chunonchi: suv, otash, havo, tuproq - to‘rt Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 44 chokar piyodadurkim, o‘z vatanlaridin safar qilmaslar. Va to‘rt tab’ekim, chunonchi: harorat va burudat - sovuqlik va rutubat - xo‘llik va yubusat likdur. To‘rt kamanddurkim, anosiri arba’a qo‘lidadur. Masalan, vaqtiki kimarsaning holi tag‘yir topib, dunyodin yuz o‘girib, g‘am va anduh g‘olib, dunyo ne’mati ko‘ngliga noxush kelib, oxirat g‘ami anga g‘olib kelsa, tabib ayturkim, bu kasallikni molihuliyo (melanxoliya, xafaqonlik) atarlar. Muning iloji aftimun sharbatidur. (Qizil rangdagi giyoh bo‘lib, mazasi taxir achchiq bo‘lur. Uning sharbati asab va ruhiy kasalliklarga davo bo‘ladi. - M. M. A. U.) Va tib tabibi ayturkim, bu illat qish xavosining quruq tabiatidin bo‘lg‘ay.To bahor bo‘lib,rutubat anga g‘olib bo‘lmaguncha mijozi salohg‘a kelmas.Va munajjim ayturkim, bu illat savdoning g‘olibligidin va savdo Atoruddin paydo bo‘lur. Vaqtiki, Atorud o‘z yo‘lida Mirrixg‘a yaqin bo‘lsa, yaxshi emaski, bu illat paydo bo‘lur. Vaqtikim, Atorud ikki daraja sa’dlik martabasiga yetmaguncha bu hol o‘nglanmas. ; Bas, bu toifaning hammasi rost ayturlar va lekin o‘z bilganlarini ayturlar. Va ammo ul toifakim, hazrati Haq taolo dargohida saodatli hukm qilibdurlar, bas, ikki naqib dono karvonkim, ani Atorud va Mirrix atarlar. Ul kimarsa vaqtiga yetib, piyoda dargohidin havo piyodasiga yetkururlaryush, xushk - quruqlik kamandini dimog‘i boshiga tashlab, dunyo lazzatlaridin yuz o‘girib g‘am-anduh tozyonasi (qamchi) birla so‘qib (urib) irodat, talab jilovi birla yetaklab, hazrati Ilohiyat dargohiga haydarlar. Bas, bu ilmi tib va ilmi tabiat va ilmi nujumdan ermasdur. Bas, bu ilmi nubuvvat bahri rashhalaridin (tomchilar)durki, hamma atrof mamlakat va hamma ummol (xizmatchilar) naqib va chokarlar Allohga tobe’durlar. Bas, donolar bilurkim, Tangri taolo insonni nima uchun yaratibdur va xalqni na yerga chorlar va qaysi ishdin man’ qilur? Bas, munajjim, tabib va tabi’yun toifasi har so‘zkim, ayturlar, rost ayturlar va lekin hazrati podshoi asror va aning sipohsolorlari ahvolidin xabar topmabdurlar. Haq taolo bu tariqa balo va bemorlik va savdoi mehnat birla xalqni o‘z dargohiga chorlar. Va ayturkim, ul og‘riq ermasdur, balki, lutf, marhamatim kamandidurki, avliyolarimni ul kamand birla o‘z dargohimg‘a tortarman. Innal baloa muakkalun bil - anbiyoi summal amsolu fal amsolu. Haqiqatan balo muakkaldur payg‘ambarlarga, andin keyin ularga o‘xshashlarga. (Ya’ni, azizlarga keluvchi balo, ofatlarni Haq dargohiga chaqiruvchi vakillardur). Bas, bularga bemorlik nazari birla qaramagilki, bular ul toifalardindurkim: Mariztu fa-lam ta’udni, yo Muso! - nidosi bular haqida nozildur. Ya’ni kasal bo‘ldim, bas, iyodat qilmading, ey Muso! (Bu yerda: «Kasalni borib ko‘rganingda meni ko‘rgan bo‘larding» ma’nosida - qudsiy hadis). Bas, avvalgi misol odamning o‘z badaniga podshohlig‘i misolidur. Ikkinchi misol: Odamning o‘z badanidin o‘zga mamlakatda podshohlig‘i misolidur. Ushbu vajhdin bularni bilmak ham hazrati Haq taoloni tanimoq jumlasidandur. Bu sababdin ruh ma’rifatining unvonini avvaldin qilduk. FASL «Subhonalloh valhamdu lilloh»ning ma’nosini bilmak bayonida Bas, vaqti avvaldurki: Subhonallohi valhamdu lillohi va lo ilaha illallahu vallohu akbar! - so‘zlarining ma’nosini bilgaysenkim, bu to‘rt muxtasar kalimada olam jamlangandir. Haq taoloning (barcha Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 45 illatlardan) pokligini bilsang «Subhonalloh»ni bilganingdur. Vaqtiki, o‘zingni (tabiat olamig‘a) podshohliging tafsilidan Haq subhonahu va taoloning podshohligini tanidingkim, hamma sabablar va vositalar anga musaxxardur. Va kotib ilgidagi qalam misolidur. «Alhamdulilloh» ma’nisini bildingkim, Haq taolodin o‘zga ne’mat berguvchi va in’om qilguvchi yo‘qtur. Bas, Haq taolodin o‘zga hech bir zot hamd va shukr etmoqg‘a loyiq va sazovor ermasdur. Va lo iloha illalloh ma’nisini bilganingdan so‘ng «Allohu akbar» ma’nisini bilgaysen. Bilg‘ilki, Haq taoloni xalq o‘zlariga qiyos qilmoq birla bilmaslar. «Allohu akbar»ning ma’nosi: Alloxdan o‘zga mavjudotni ulug‘roq deb bo‘lmas. Charoki, hech mavjudot yo‘qturkim, Haq taologa nisbat qilmoqlik birla filjumla ulug‘luk anda (bo‘lsa): Va tabiatdagi hamma mavjudot Haq taolo vujudi nurining partavidur (shu’lasidur). Masalan: oftobning nuri oftobdin ulug‘roq degali bo‘lmas. Bas, «Allohu akbar»ning ma’nisi uldurkim, odam ahli ani qiyos ahli birla taniyolg‘ay. Maozallohkim (bu nido so‘zi bo‘lib, Allohdan panoh so‘rashdir), hazrati Haq subhonahu va taoloning tanzih va taqdisi - pok va muqaddasligi odamning tanzih va taqdisiga o‘xshash bo‘lmag‘ay. Haq taolo tamomi mavjudotga o‘xshamoqdin munazzah - pokdur, odamiyda na e’tibor bo‘lg‘aykim, maozalloh! Haq taoloning podshohligi pok va balanddurki, odamiyda sira andoq qadr va sharofat bo‘lmas. Hazrati Haq subhonahu va taoloning kamoli va jalolatini tanimoqg‘a odam noqis va ajzdur (ojiz), ba’zilar ilm va bashorat birla haqiqatga yo‘l topg‘ay. Bas, mazkur bo‘lg‘on so‘zlar misoli anga o‘xsharkim, agar go‘dak bizdin savol qilsaki, podshohlik va mamlakat raisi bo‘lmoqning tadbiri, lazzati nechukdur? Javob aytamizki, go‘y o‘ynamoq va chavgon surmoqning lazzatiga o‘xshashdur. Charoki, go‘dak mundin ziyoda bilmas. Ma’lumdurkim, saltanatning lazzatiga go‘y va chavgon o‘ynamoqni lazzati hech munosabati yo‘qtur. Va lekin har ikkisidagi shodlikni lazzat degali bo‘ladur. Shodliko‘xshash bo‘lg‘on sababdin saltanat lazzatini filjumla go‘dakka anglatqali bo‘lur. Bas, munga o‘xshash Haq taoloning kamoli jalolati haqiqatini o‘zidin o‘zga kishi bilmas. FASL Odamiyning saodati bandalikda ekanlig‘i bayonida Hazrati Haq subhonahu va taolo ma’rifatining sharhi uzundurkim, bu kitobi muxtasarga sig‘mas. Ma’rifat toliblari ko‘nglida ma’rifatga zavq-ishtiyoq paydo qilmoq uchun shu muxtasar kifoyatdir. Odamiyning tamomi saodati Haqtaoloning ma’rifatini bilmoq va anga ibodat va bandalik qilmokdur. Sababi ulkim, vaqtiki, odam vafot etsa Haq taolodin o‘zga najotkori qolmas. (Allohdin o‘zga madad qiluvchi yo‘q). Ilayhil marji’u val masiyru. Ya’ni, qaytib boradurg‘on yer Haq taoloning dargohidur. Har kishining sevgan joyi o‘z do‘sti va mahbubi huzuridadurkim, do‘stlug‘i qancha ziyodadur, saodati andin ziyodaroq bo‘lg‘usidur. Bas, Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmaguncha va aning zikrini to‘la etmaguncha, Haq taoloning muhabbati aning diliga jo bo‘lmas. Ma’lumdurkim, agar kishi kimarsani do‘st tutsa, aning zikrini to‘la qilur va zikr Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 46 qilmoq birla do‘stluq ziyoda bo‘lur. Ushbu ma’nodin xabar beribdurlarki: Avhallohu ila Dovuda ana yadukal - lozimu falzam yadaka. Ya’ni, vahiy yubordi Alloh taolo Dovud alayhissalomgakim, Sening chora- rasing (dardinga chora qiluvchi) va panohing mendurmen va hamma koring mening birladur. Bir soat mening zikrimdan g‘ofil bo‘lmag‘il. Bas, zikr ko‘ngilda ul vaqt g‘olib bo‘lurkim, banda toat va ibodatni vazifa bilib, mudovamat qilsa va ibodatning lazzati va farog‘ati ul vaqtda hosil bo‘lurkim, aloyiq (aloqalar, bordi-keldilar) va mol dunyo lazzatidan va dunyo shahvatidan uzilsa, ul vaqtda bu dunyodan ajralgan bo‘lurkim, gunoh va ma’siyatdin qo‘l yig‘sa. Bas, ma’siyatdin qo‘l yig‘moqlig‘ firoqi dil hosil qilmoq (ko‘ngilni uzmoq)ning sababidur. Toat va ibodat bajo keltirmoqlik Haq taoloning zikrini g‘olib qilur. Bu ikkisi Haqtaoloning muhabbatiga sababdurkim, odamiy saodatining mevasi ushbudur. Bu ma’nodan falox (najot, yaxshi hol, xayriyat) birla ta’bir qilibdurlar. Ya’ni najot va xaloslik Haq taoloning muhabbatidadur. Chunonchi, Haq taolo farmon qilibdurkim: Qad aflaha man tazakka va zakarasma rabbihi fa-salla. Ya’ni, «Darhaqiqat,(kufru isyondan) pok bo‘lgan va Parvardigorning nomini yod etib,ibodat qilganlar najot totusidir.» (A’lo, 14-15). Bas, hamma a’mol Haq taologa ibodatdan afzal emas. Va bu dunyoning hamma lazzatidin qo‘l yig‘moq ravo ermas. Chunki, agar kishi taom yemasa halok bo‘lur. Agar mubosharat (er-xotinlik muomalasi) qilmasa, nasli uzulur. Bas, ba’zi lazzatdan qo‘l yig‘moq va ba’zisini qabul qilmoq lozimdur. Bas, nafsni had e’tidolida (o‘rta darajada) tutmoq kerakkim, ikki holdin xoli bo‘lmas. Va odamiy o‘z aklu his-tuyg‘usi, g‘ayrati birla amal qilur. Va yo bir kishidan o‘rganmak birla amal qilur. Charoki, ruhida havo va havasning g‘olibligi davom etsa Haqni to‘sib qo‘yur. Har murodeki nafsning xohishidur, nafs balosi nohaqni haq va rost suratida ko‘rsatur. Bas, shunday ekan, ixtiyor jilovin havo va havasning ilkiga bermag‘aysen. Balki yana bir kishiga topshirgaysenki, xaloyiqning barguzidasi (tanlab olingan,mumtoz) anbiyo alayhissalomdur. Bas, Haq taoloning hukmlariga bo‘ysunib, o‘ziga aziz tuptaykim, bandaning saodati va qulchiligi ma’nosi ushbudir. Va har kishi shariat hadlaridan chiqib, o‘z ixtiyori birla amal qilsa, (ya’ni, o‘z bilganini qilsa) xatari halokdur. Ushbu ma’nodan Haq taolo xabar beribdurkim: Va man yataa’dda hududallohi fa-qad zallama nafsahu. (Taloq, 1). Oyatning tafsiri: kishikim Haq taoloning amri farmonidin chiqibdur, aslida o‘ziga zulm qilibdur. FASL Ahli ibohatning g‘alatda ekani bayonida Ul toifakim, ahli ibohatdur (hamma narsag‘a ruxsat bor deguvchilar) Haq taoloning amri-farmonidan chiqibdurlar. Bas, bu toifaning g‘alat (xato) Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 47 qilmog‘i jahliyati vajhidindur. Avvalgi vajh: guruhe johillarkim, Haq taologa iymonlari yo‘qtur, Haq taoloni ham zohiran bilmakni talab qilurlar. Va shakl. hajm birla Haq taoloni bilolmaslar, inkor qilurlar. Bas, mavjudot ahvolidan deb nujum va tabiat bilurlar. Va xayolida odam va hayvonot, balki hamma mavjudot ashkoli ajoyib va hikmathoi g‘ariblar birla o‘zicha paydo bo‘lg‘ondur, va hamisha bo‘lg‘usidur, deb faraz qilurlar. Va olam tabiiy ravishda,o‘zicha paydo bo‘lur, va yo birovning vositasi birla paydo bo‘lur deb aqida qilurlar. Bas, bu toifaning misoli kishiga o‘xsharkim, xushxat kitobni ko‘rib ayturkim, bu xat o‘zicha bitilgandur. Kotibi qodir,bu olam (ustozining bitg‘onini inkor qilur). Kishikim bu tariqa nobino (ko‘r) bo‘lsa, shaqovatdan (baxtsizlikdan) o‘zgani ko‘rmas. Tabiiyun va munnajimning g‘alat qarashlari yuqorida bayon qilindi. Ikkinchi vajh: ba’zilar oxiratga munkirdirlar (inkor etuvchi). Ayturlarkim, odam hayvonotga o‘xshashdur. Vaqtiki o‘lsa, nobud bo‘lur, anga savob va iqob (azob) bo‘lmas. Bas, bu johilliklari o‘zlariga haqoratki, o‘zlarini eshak va mol va giyoh qatorida bilurlar. Va ular inson ruhi haqiqatini tanimaslar. Inson ruhi abadiydurkim, hargiz o‘lmas. Va lekin badandan ul ruhni olurlar, ani o‘lim atarlar. Bu so‘zlar xaqiqatini to‘rtinchi unvonda bayon qilgumdur, inshoalloh taolo. Uchinchi vajh: ul toifai johillarkim, Xudoyi taologa va oxiratga imoni za’iflari bordur va lekin shariat ma’nosini bilmaslar. Va ayturlarkim: Ibodat va ma’siyat aning dargohida barobardur. Bu hollari (rasvoligini) Qur’onda ko‘rmaydilarmu? Haq subhonahu va taolo xabar beribdur: Va man tazakka fa- innamo yatazakka li nafsihi. (Fotir, 18). Va man jahada fa innamo yujahidu li nafsihi. (Ankabut, 6). Oyatlarning tafsiri shulki, kishi gunoxdin o‘zini pok tutsa, o‘z ruhining manfaati uchun o‘zini pok tutar.Va kishikim, zolimlar birla jihod qilibdurlar, bas, o‘z ruhining manfaati uchun jihod qilibdurlar va kishikim, amali solih qilibdur, bas, o‘z ruhi manfaati uchundur. Ya’ni, inson qilg‘on amallarining hosilini qiyomat kuni o‘zi ko‘rgusidur. Va ba’zilari gumon qilurlarkim, amalni kishi Xudoga qilg‘ay, o‘z ruhiga qilmag‘ay. Bu toifaning misoli bemorga o‘xsharkim, parhez tutmas va ayturkim, tabibning farmonini tutgon va tutmagonidan tabibga na ziyondur. Bu so‘zi rostdur va lekin parhez tutmag‘oni o‘zining halokatiga sabab bo‘lg‘usidurki, tabib sihatlig‘ yo‘lini bemorga ko‘rsatguchidur va anga dalolat qilguchidur. Chunonchi, badanning bemorligi bu jahonda halok bo‘lmoqg‘a sababdur. Chunonchi, dori yemak va parhez tutmoq badanning sihatligiga, toat qilmoq, ma’rifat hosil qilmoq va ma’siyatdin parhez qilmoq dilning salomatligiga sababdur. Yavma lo yanfau molun va lo banuna illo man atalloha bi-qalbin salimin. (Shuaro, 88-89). Ya’ni:U kunda na molu davlat va na bola-chaqa foyda bermas.Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargina foyda topurlar. To‘rtinchi vajh: ahkomi shariatni,shariat hukmlarini bilmaydigan guruhlar ayturlar: farmoni shar’iy buldurkim, dilni shahvat va g‘azab va riyodin xoli qilg‘aysen. Bas, bu so‘zlar amri maholdur.Odamning bu so‘zlari anga o‘xsharkim, qora kigizni yuvmoq birla oq qilg‘aylar. Bu aqmoqlar bilmaslarkim, shariat bu ishga farmon qilmabdur. Balki shariatning farmoni budurkim,shahvat va g‘azabni aql ila jilovlab turgay, shariatga va aqlga g‘olib qilmag‘ay. Va shariatga sarkashlik qilmag‘ay (bo‘yin tovlamag‘ay). Bas, bandaga lozimdurkim, shariatni e’tiborda tutg‘ay. Va gunohi kabiradan parhez qilg‘ay, toki gunohi sag‘irani Haq taolo avf qilg‘usidur. Bu ishlar mumkindur, bisyor Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 48 kishilar bu martabaga yetibdurlar. Va hazrati rasuli akram sallollohu alayhi vasallam aytibdurlar: Kishikim, anda g‘azab va shahvat bo‘lmasa, er ham, xotun ham ermasdur. Va yana aytibdurlar: Ana basharun ag‘zabu kamo yag‘zabul basharu. Ya’ni, men ham odamman, barcha odamlar kabi g‘azablanaman. Va Haq taolo xabar beribdur: Val-kozimiyna-l-g‘ayza a’fiyna ani-n-nos. Ya’ni, Haq taolo achchig‘ni yutguchi va xalqning gunohini avf qilguchilarni xush ko‘radi. (Oli Imron, 134). Beshinchi vajh: Ba’zilar Haq taoloning sifatlarini bilmaslar. Ayturlarki: Xudoyi taolo karim va rahimdur. Har tariqda bizlarga rahm qilguchidur. Va bilmaslarkim, Haq taolo bu olamda bisyor karimdur va shadidul iqobdur. Ya’ni qattig‘ azob qilguchidur. Va bilmaslarki, Haq taolo ko‘p bisyor xalqni balo, bemorlik va gurusnalik birla tutar. Bilmasmukim, to dehqonchilik va tijorat qilmaguncha mol va dunyo topmaslar. Va riyozat birla sa’y-harakat qilmaguncha ilm o‘rganmaslar. Hargiz dunyo talabida taqsir qilmaslar va «Xudoi taolo karim va rahimdur, betijorat va beziroat rizq ro‘z berguchidur» demaslar. Har bandaning rizqi o‘z mehnatiga, sa’y-harakatiga bog‘liq. Va mo min dobbatin fil-arzi illo alallohi rizquho. Yerda o‘rmalovchi bir narsa (jonzot) yo‘qki, uning rizqi Alloh zimmasida bo‘lmasa. (Hud, 6). Ro‘yi zaminda Alloh taolodan o‘zga rizq berguchi yo‘qdur. «Qur’on»da kelibdurki: Va an laysa lil-insoni illo mo sa’a. Ya’ni, inson o‘zi qilgan amaldan boshqa hech narsa topolmaydi. (Najm, 39). Vaqtiki Haq taoloning karamiga imonlari bo‘lsa, bu olamda nima uchun ziyoda rizq, dunyo talab qilurlar? Bas, bu aqidalari shaytonning ta’limidur. Oltinchi vajh: ba’zilar o‘zlarining qilgan amallariga mag‘rurdirlar. Ayturlar: martabaga yetibdurmizkim, bizlarga ma’siyat va ziyon kor qilmas. Amal va din mazhabimiz ikki tog‘ misllikdurkim, bu amallarimiz ma’siyat birla bulg‘angan emas. Bas, bu ahmoqlar aksari bu holda bo‘lurkim, agar bir kishi bularning kibr va o‘jarligiga zarba bersa, hamma umrida ul kishiga adovat saqlarlar. Va agar tama’ qilg‘on bir luqmalarni ular man’ qilsa, ularga jahon tang va tor (qorong‘u) bo‘lur. Va bu ablahlar hanuz mardlik kamarin bellariga bog‘lamabdurlar. (Aslida ular kibr havodan qutilgani uchun do‘stlariga rahmat aytishlari ravodur). Hech bir daraja payg‘ambarlar darajalaridan o‘tmas. Bas, anbiyo alayhimus salomlar andak xato va ma’siyatning sababidan zor-zor yig‘lab, uzrg‘a mashg‘ul bo‘libdurlar. Va sahrbai rizvonallohi-taolo alayhim ajma’iyn gunohi sag‘ira va kabirdan ehtiyot bo‘libdurlar. Bas, bu ahmoklar qaysi dalil birla bilurkim, darajalari payg‘ambar alayhissalomning darajalaridan ziyoda bo‘lg‘ay? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling