«kimyoi saodat»
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FASL Haq taoloning sifatlarini tanimoq bayonida
- FASL Haq subhonahu va taoloning hamma olamlarga podshohligi bayonida
www.ziyouz.com кутубхонаси 35 quvvatkim, jigardin suvni tortib, masonaga (siydik qopiga) quyar, saqqog‘a (suvchiga) o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, nazlani uchovdin (ichakdan) chiqarur, jorubkash (farrosh)ga o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, badanni tahob (xarob) qilmoq uchun safro va savdoni ziyoda qilur, iyor mufsidga (fasodchiga) o‘xshashdur. Va ul quvvatkim, safro va o‘zga illatni daf qilur, odil umaro (amirlar)ga o‘xshashdur. Bu so‘zlar sharhi ham bisyordur. Ammo maqsud ulki, bilg‘aysenki, botining olamida chandon muxtalif maxluqotlardurki, hammasi kecha vya kunduz sening xizmatingda bo‘larkim, bir soat osoyish olmaslar. Ammo sen xobi g‘aflatdadursenki, na bu xizmatkorlarni bilursen va na bu xizmatkorlarni berguvchig‘a shukru-sano ado qilursen. Agar kishi bir g‘ulomini bir yillik xizmatga bersa, hamma umringda ul kishiga shukr aytib, minnatdorlik qilursen. Ammo ul zotkim, chandon ming hunarmand va xizmatkorlarni zohiring va botining xizmatiga yuboribdur, bir lahza xizmatingdin g‘ofil bo‘lmaslar, bas, ul zotni va ul xizmatkorlarni hech yodingga kelturmassen. Va shukrguzorlik haqqin ado qilmassen. Bas, bilgilki, zohiriy va botiniy a’zolarning tarkibini bildurgon ilmni ilmi tashrix atarlar. Ulug‘ ilmdurkim, xalq aningdin bexabardur. Ul kishikim o‘qibdur, ilmi tibda ustod bo‘lmoq uchun o‘qur. Va ilmi tib ham muxtasar ilmdur. Agarchandiki ilmi tashrixni bilmog‘ingdin mazhab tarixini bilmoqqa doxil yo‘qtur, ammo bu ilmni bilgan kishi Haq subhonahu va taoloning ajoyib va g‘aroyib yaratish kudratlarini bilmoq birla uch xosiyat hosil qilur. Avval ulki, bilurkim: bu qolipni bino qiluvchi va bu shaxsni ofarida etuvchi (yaratuvchi) andog‘ qodir va barkamoldurkim, hech nuqson (ayb, kamchilik) va ojizlik aning qudratiga yo‘l topmas. Har ishni xoxlasa qilur. Va hech kori mundin ajibroq ermasdur, bir qatra zotga o‘lgandan keyin tirgizmak (tiriltirmoq) chandon osonrokdur.Ikkinchidan, bilurkim: Haq taolo olimi bokamoldurkim, ilmi hamma korlarga muhitdur, bu tariqa ajoyib maxluqotlarni mundog‘ purhikmatlari birla xalq qilmoq ilmi kamolsiz aslo mumkin emas. Uchinchi ulki, hazrati Haq subhonahu va taoloning bandalariga lutfu marhamati va inoyatining hech nihoyati yo‘qdurkim, bandalarga lozim nimarsani tamom yaratibdur, hech kam qilmabdur. Va ul nimarsalarkim, bo‘lmog‘i zaruriydur, barchasini to‘la-to‘kis ado qilibdur. Chunonchi, dil va jigar va o‘zga a’zoi rasolar, qo‘l va oyoq, zabon (til), ko‘z, va ul nimarsalarki, bandaning anga hojati tushmas va zarur ham ermas va lekin bu nimarsalar bo‘lg‘onidin bandaning ziynati xo‘blugi (go‘zalligi, husndorligi) ziyoda bo‘lur, ani ham ato qilibdur. Chunonchi, mo‘yni qoraligi va labning qizilligi va qoshning egriligi va mijjalarning (kiprik) tuzlig‘i (to‘g‘riligi). Va mundin o‘zga ham chandon inoyatlari bordur. Va Haq taoloning inoyati tanho odamga xos ermasdur, balki anqodin pashshagacha va fildan chumoligacha hamma mavjudotga shomildurkim (tegishli), hammasini guno-gun surat va rango-rang naqsh birla oroyishlar beribdur. Bas, tanning yaratilishi tafsiliga nazar qilmoq Haq subhonahu va taolo ma’rifatining kalididur. Shu sababdin bu ilmi sharifdur. Sharofati tabiblar hojati tushgan jihatdin ermas. Chunonchi, «She’r» va o‘zga kitoblarda, shoir va musannif (muallif) va hunarmandlarning qadri va sha’nini bilursan. Bas, Haqsubhonahu va taoloning ajoyib va g‘aroyib yaratish qudratlarini mushohada qilmoq ham hazrati Haq subhonahu va taoloning zoti va azimatini tanimoqg‘a bir kalitdur. Bas, badan ilmini bilmoq ham o‘z nafsini tanimoq uchun bir bobdur. Va lekin dil ilmini shunga o‘xshatish muxtasardurkim, tan otga o‘xshashdur. Va dil suvoriyga o‘xshashdur. Ofarinishdin (yaratilishdin) maqsud suvbriydir va markabni suvor uchun xalq qilibdur. Bas, o‘zingni osonlik birla tanigaysenkim, hech nimarsa o‘zingga o‘zingdin yaqin ermasdur. Kishikim o‘z nafsini tanimay, o‘zga nimarsalar haqiqatini bilmoqni da’vo qilsa, ul gadoyga o‘xshashdurkim, o‘zi yegali non topmagay va da’vo Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 36 qilgaykim, shaharning tamom muflislariga (kambag‘al, bechoralariga) men non berurman, deb. Bu nav’ quruq da’vo botil (puchga chiqqan, buzuq, behuda) va ajibdur. FASL Odamiyga ato qilingan dil gavhari bayonida Vaqtiki, dil gavharining sharofati va ulug‘ligi va azizligini bilding, yana bilg‘ilki, gavhari azizni senga kim beribdur va badaningda pinhon qilibdur, bas, bu gavhari noyobni talab qilmassen va aningdin g‘ofil bo‘lursen. Bu kamoli xiyonat va ziyonkorlikdur. Bas, jaxd qilg‘ilki, dil gavharini istab, dunyo ashg‘olidin (mashg‘ulotidin) forig‘ aylab, ani kamolu sharofatiga yetkurgilki, dilning oxiratdagi izzat va sharofati ulki, shodligidur beanduh va Bakryidur befano va qudratidur beajz, va ma’rifatidur beshubha. Haq taoloning jamolini ko‘rmakdur bekudurat. Ammo dilning bu olamdagi sharofati bukim, dilni oxiratda izzat va sharofatini topmoqg‘a loyiq va shoyistalik birla tutqaysen. Va garchi bu kunda odamdin noqisroq va bechoraroq narsa yo‘qturkim, ochlik va tashnalik, issig‘ va sovuq, g‘am va mehnatning asiridur. Har nimarsaiki anga lazzat va rohat yetkurur, ziyonkordur. Va aning manfaati ranju mashaqqatidadur. Bas, har kishining izzati va sharofati ilm birla va qudrat birla va yo himmat birla va yo jamoli va surati birla bo‘lur. Ba’zi odamning ilmiga nazar qilsang andin johilroq kishi yo‘qdur. Agar dimog‘ini bir tomiriga xalal yetsa, xataru halokdadur, va aning iloji nimadur? Va agar aning quvvati va qudratiga boqsang, andin ojizroq nimarsa yo‘qdurkim, agar pashsha va ari nish ursa uyqusiz va beqaror bo‘lur. Agar ani himmatiga nazar qilsang, taomidin bir no‘xat chog‘liq narsaga zarar yetsa, ranjur bo‘lur. Va agar jamoli va suratiga nazar qilsang mushkuldurkim, ichida bir najosat. Agar ikki kun o‘zini yuvmasa badbo‘ylikdin rasvo bo‘lur. Hikoyat: Bir kuni shayx Abu Sa’id shogirdlari birla sayr qilib, bir yerga yettilarki, halajoydin najosatni ul yerga chiqarib erdi. So‘fiylar burunlarini tutib, yuzlarini o‘gurib turdilar. Shayx andak (bir oz) boshlarini solib turib, muridlariga boqib turib, aytdilarkim: «Bu najosatning menga degan so‘zlarini eshitdinglarmi?!» Muridlar aytdilarki: «Ey, buzrikvorimiz! Anglamaduk». Shayx aytdilarki, bu najosat menga aytadurki: «Men tunu kun anvo’ zebu oroyish birla oshpaz va baqqollar oldida turar edim va sizlarni hamyonlaringdagi dinor va dirhamlaringni berib, meni qo‘lga kelturdinglar. Sizlar birla bir kechadin ziyoda hamsuhbat bo‘lolmadimki, bu hOlta keldim. Mening sizlardin qochmog‘im lozimmudur va yo sizlar mendan-mu?!» Muridlar bu ishlaridin bisyor xijolat bo‘ldilar. Bas, haqiqat mundog‘durki, odam bu olamda bisyor nuqson va ojizlik va nokaslikda va aning bozori ro‘zi qiyomatdur. Agar kimyoyi saodatni ko‘nglida tutib amal qilsa, hayvonlik martabasidin farishtalik martabasiga yetar. Va agar dunyoga ko‘ngil tutsa, qiyomat kuni it va to‘ng‘iz ul kishidin afzaldur. Charoki g‘ariblar tufroq bo‘lub, do‘zaxning ranju azobidin emin (amonda, tinch) bo‘lurlar. Va gunohkorlar do‘zax azobiga sazovor bo‘lg‘usidur. Chunonchi, sharofat va fazilatlaringni taniding, (endi) nuqson va bechoraligingni ham bilgaysenki, o‘zlik ma’rifati Haq jalla va a’lo ma’rifatining kalitidur. Bas, o‘zini tanimoqqa bu so‘zlar kifoyatdur. Bu kitob muxtasar, mundin ziyoda sharhni ko‘tarmas. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 37 FASL Haq subhonahu va taoloni tanimoq bayonida O’tgan anbiyolar kitoblarida bu qavl masturdirki (yozilgan): A’rif nafsaka, ta’rif rabbaka. Axbor va osorlarda kelibdurki: Man arafa nafsahu, fa qad arafa rabbahu. Hikmat: Avvalgi arabiyning tarjimasi ulki: tanigil o‘zligingni, tanursen parvardigorni. Ikkinchi hadisning tarjimasi ulki: inson o‘z nafsini, ruhini tanibdur, parvardigorini ham tanigay. Bu kalimalar dalildur mungaki, nafsi odamiy oyinaga o‘xshashdurkim, kishilar ul oynaga qararlar, haq taoloning jamolini ko‘rmaslar. Bas, Haq taoloni dil oyinasida ko‘rish, ikki vajh birla hosil bo‘lur. Avvalgi vajh mushkul va po‘shidaroqdur (yashirin) kim, ko‘pchilik kishilar ul vajhni fahm qilolmaslar. Bas, kishi fahmiga sig‘magan so‘zni qilmoq savob ermas. Ikkinchi sabab buki, hamma xalqning fahm qilmog‘i osondur. Odamiy o‘z zotining mavjudligidin Haq subhonahu va taoloning zoti vojibul vujudini tanir va o‘zidagi sifatlardin Haq taoloning sifati subutiyya va talbiyalarini bilur. Va o‘z mulki, badaniga egalik qilishdan Xudovandi olamning hamma olamg‘a egaligini anglar. Va bu so‘zlarning tafsiri ulki, vaqtiki, odamiy o‘z vujudini tanisa, bilurkim, bu olamga kelmasdin ilgari otasi pushtida nasiba yo‘q erdi, anda aql va sam’ (quloq) va basar (ko‘z), va fut (oyoq) va ustuxon va pay, go‘sht va po‘stdin nasiba yo‘q erdi. Bas, bu ajoyiblar odam vujudida o‘zi paydo bo‘ladimi va yo bir kishi paydo qiladimi? Bas, bu vaqtdakim darajai kamolda sen bir mo‘y (tuk) - chog‘liq nimarsani yaratmoqdan ojizsen. Va ul vaqtkim, bir qatra suv eding, mundin ojizroq eding. Bas, nochor o‘z zotingni bu tariqa qodir va tavonoligidin (kuchli, quvvatli) parvardigori olamning qudratlarini mushohada qilg‘aysen. Vaqtiki, odam o‘z badanida zohiriy va botiniy ajoyiblarig‘a nazar qilsa, olam yaratguvchisining qudratlarin bilurkim, bir qatra suvdin odami bokamol va bojamolni chandon ajoyib va badoyi’ (go‘zalliklar) birla xalq qilibdur. Vaqtiki, odam o‘z sifatlariga, g‘aroyib a’zolarining manfaatlariga boqsa, chunonchi: a’zoyi zohiriylari - qo‘l va oyoq, ko‘z va quloq va til. Va a’zoyi botiniy: jigar va qorataloq va yurak va mundin o‘zga hammasini ajoyib hikmat va g‘arib sifatlar birla ofarida qilibdur. Haq taoloning ilmi va qudratlari kamolini bilgilkim, Xudoi taoloning ilmi har narsaga qodirdir. Aning ilmidan tashqari hech ilm yo‘qtur. Va agar hamma oqillar jam’ bo‘lib (urinsa) odam a’zolarining bir uzvini (bo‘lagini) yarata olmaslar. Haq taolo xalq qilgon suratdin ho‘broq (chiroyliroq) yana bir surat taqdir qilmog‘ini fikr va andesha qilsalar, hargiz o‘xshata olmaslar. Masalan: tish surati yana bir suratda bo‘lmog‘ini fikr va andesha qilsalar. Chunonchi: o‘ttiz ikki adad tishlarning oldingisi sartez (uchli, o‘tkir) va toblig‘dir. Toki taomni kesib yegay. Va oziq - jag‘ tish barcha tishlarning ummiyasi (onasi)dur. Toki taomni yanchib, tegirmonning shaqildog‘i kabi, taomni yumshatadurg‘on tishlarga yetkurur. Tilning ostidagi qut (ozuqa)ga suv sepib xo‘l qilib, yumshoklikka salohiyat paydo qilur. Bas, hamma olamning oqillari mundin ho‘broq yana bir suratni tasavvur qilsalar vuqu’ga (yuzaga) kelmagi mumkin ermas. Va munga o‘xshash barmoqqim, to‘rti bir suratda va ibhoqim (bosh barmoq) bularining qiladurg‘on amali ma’lumdir. To‘rt barmoq uch Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 38 bandlik, bosh barmoqning ikki bandi bordur. Har nimarsani xoxlasa tutar. Mundin bo‘lak ham chandon xizmatlar qilur. Va agar hamma uqaloyi olam (oqillar) barmoqlar vasfini yana bir tariqada bo‘lmog‘ini xohish qilsalar, masalan, hamma barmoqlarning bir sifatda bo‘lmog‘ini va yo uch barmoq bir suratda bo‘lmog‘ini va yo barmoqlar olti bo‘lmog‘i va to‘rt bo‘lmog‘i, mundin o‘zga ham bir suratda tasavvur qilsalar, albatta noqis va notamom bo‘lg‘usidur. Komili va loyiqi uldurki, Haq subhonahu va taolo xalq qilibdur, bu vajh birla, ma’lumdurki, yaratuvchi hamma olamlarga muhitdir. Va hamma mavjudoti olam holiga donodur. Bas, odam a’zolaridin har birining hojatlarig‘a nazar qilsa, chunonchi, o‘z a’zolari, taom va libos, manzil va makon, va mundin o‘zga ham, temir va yogoch va misdin bo‘lg‘on asboblar va mundin o‘zga ham chandon nimarsalarni bandalarining hojati uchun Haq subhonahu va taolo o‘z lutfi inoyati birla yaratibdur. Bas, bu mazkur bo‘lg‘on so‘zlardin banda bilurkim Haq taolo bandalarig‘a mehribondur. Chunonchi, Haq taolo aytibdur: Sabaqat rahmatiy ala g‘azabi. ya’ni, mening rahmatim g‘azabimdan avval turur. Hazrati payg‘ambar s.a.v. aytibdurlarkim Haq taoloning bandalariga shafqati va marhamati sut emadurgon bolaga onasining shafqati va marhamatidin ziyodaroqdur. Bas, odam zotining kuch-quvvatidin hazrat vojibul vujud qodirligi va barkamolligini bilur. Va ajzo va atrofiy tafsilidin Xudovandi olamning ilmi hamma ashyoga muhitligini anglar. Va o‘z atrofi manfaatlari va ajoyib hikmatlari vuqufidin (bilish, xabardorlik) Haq taolo qudrat kamolini mushohada qilur. Banda o‘ziga nochor lozim bo‘ladurg‘on va yo ziynat uchun muxtoj bo‘ladurg‘on nimarsalarni o‘zida mavjud ekanidin Haq taoloning nihoyasiz lutfu marhamatlarini bilur. Ushbu vajhdin, o‘zligini tanimoq Haq subhonahu va taolo ma’rifatining kalididur. FASL Haq taoloning sifatlarini tanimoq bayonida Chunonchi, o‘z zotingni tanisang Haq subhonahu va taoloning zoti vojibul vujudini taniysan. Va o‘zingni tasdiqing birla Haq subhonahu va taoloning pok va muqaddasligini taniding. Bas, hazrati Haq subhonaxu va taoloning tanzih (pokligi) va taqdisi (muqaddasligi) uddirki, ul zot inson xayoliga keladurgon narsalardin munazzaxdur (pok, sofdir). Va bir makonga bog‘liq emas. Chunonchi, hech joy Haq taoloning tasarrufidin xoli ermasdur. Bas, odam vujudida bu nimarsalardin namuna bordur. Va ruhning haqiqatikim, bizlar anga Dil ot qo‘ydik, U ham xayoldagi rang, shakl, hajmlardan xolidir. Va anga miqtsor va kamiyat (andoza, hisob, adad) yo‘qdur. Va qismatni qabul qilmas. Va har nimarsaki, shakli, hajmi, rangi yo‘qdur, miqdori ham bo‘lmas. Va aql ham ani tasarruf qilolmas. Va odam faqat avval qo‘zi ko‘rgan narsalarni ravshan tasavvur qilur. Alvon ranglar va ashkoldin (shakllardin) bo‘lak nimarsa ko‘z va xayolning idrokidin xorijdur. Masalan: kishikim bilmagan nimarsadin savol qilsa, ayturkim, falon narsa nechukdur? Nechukdemakning ma’nisi: na shakldur - kattami va kichikmi, na rangdadur demak. Va ul nimarsaki, bu sifatlar aningda bo‘lmasa chiguna (qanday, qanaqa) deb savol qilmoq botildur. Va agar xoqlasakim, chigunalik yo‘l topolmaydurgon nimarsani bilg‘aysen, o‘z haqikdtingga qaragilki, ruh haqiqati ma’rifatdadur, qismatni qabul qilmas. Miqdor va kamiyat anga yo‘l topmas. Agar kishi sendin savol qilsaki, ruh nimadur?, javob uldurkim, hech nimaga o‘xshamas. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 39 Vaqtiki, o‘zingni bu sifat birla bilding, Haq taolo tanzih va taqtsisi chandon avlodur. Bas, odamiylar taajjub qilurkim, mavjudot nechun rangsiz, shaklsiz bo‘lg‘ay? Bovujud o‘zlarida bu sifat bo‘lg‘aykim, o‘zlarini tanimaslar. Balki odamiy o‘z badaniga sarhisob bersa, chandon nimarsadurki, bechun va bechigunadur. Masalan, ishq dardi va g‘azab va lazzatkim, bularning rangi va hajmidan savol qilmoq durust ermas. Balki agar kishi ovozning ta’m va bo‘y (hid) haqiqatini bilay desaki, na rangdur va na suratdadur, bilmaslar. Bu vajhdinkim, qanday va qanaqa deb so‘raladigan narsalarni fakdt ko‘rmak birla bilsa bo‘lur. Va ul nimarsaki, quloq birla bilgali bo‘lur, ko‘zni andin hech nasibasi yo‘qtur. Masalan, ovozni ko‘z birla ko‘rgali bo‘lmas. Chunki uning hajmi va shakli yo‘qtur. Chunonchi, surat va rangdin quloqning hech nasibasi yo‘qtur. Faqat akl va dil birla bilinadigan hamma hislarni va bilimlarni insondagi besh sezgi bilan bilib bo‘lmas. Bas, hajm va shakl ul maxsusotga xosdurkim, ko‘z birla ani ko‘rgali bo‘lg‘ay. Va bu so‘zlar tahqiqini «Ma’qulot» (Aqliy tushunchalar) otlig‘ kitobimda sharh qildim. Va bu kitobimda munchalik sharh kifoyatdur. Bas, maqsud bu mazkurotdin odamiy o‘z zotidagi ruhoniy sifatlarni bilg‘ay. Haq taolo zoti vojibul vujudining hajmsiz, shaklsiz, mangu, oliy ruhoniyat ekanligini bilgay. Chunonchi, jon-ruh mavjuddur, tanning podshohidur. Va har nimarsaki badanning ichida, hajmi va shaklini bilgali bo‘ladur - hammasi ruhning mamlakatidur. Munga o‘xshash, parvardigori olam hamma olamning podshohidur. O’zi hajmsiz va shaklsiz, Har nimarsaki hajm va shakl birla muttasifdur, (sifatlangan) maxsusotga o‘xshashdir. Va har nimarsaki, hajmsiz va shaklsizdur, chunonchi, dil va mundin o‘zga hammasi hazrati vojib taoloning mamlakati va aning tasarrufidadur. Yana bir nav’ izoh bukim, hazrati subhonahu va taoloni hech makonda deb bo‘lmas. Masalan: - ruh qo‘lda va yo oyoqtsa, va yo boshda, yo yana bir a’zoda degani bo‘lmas. Balki badanning hamma a’zosi qismatni qabul qilur. Va ruh qismatni qabul qilmas. Bas, qismatni qabul qilmaydurgon nimarsa qismatni qabul qiladurgon nimarsada barqaror bo‘lmog‘i maholdurkim, ul vaqtida ruh ham qismat-pazir (qismatni qabul qiluvchi) bo‘lmog‘i lozim kelur. Bas, ruh hech bir a’zoga o‘xshamas, va yo‘qolmasdir. Hech a’zo aning tasarrufidin xoli ermasdur. Balki hamma badan ruhning farmonidadur. Va ruh hamma badanning podshohidur. Chunonchi, hamma olam-Haq taoloning tasarrufidadurkim, Uni hech makonda deb bo‘lmas. Bas, ruhning tanzih va taqdisi - pokligi va muqaddasligi ul vaqt to‘liq bo‘lurkim, hamma olamlarning xosiyat va asrorlarini bilsa. Bas, ruhning haqiqatini bilmoqqa, qudrati va aning xosiyatlarini bayon qilmoqg‘a ruxsat yo‘qtur. Ruhning haqiqati munchalik ma’lumdurkim: Innalloha taolo xalaqa odama ala suratihi. Ya’ni: Alloh taolo xalq qildi odamni o‘z surati birla. (Bu qaqiqatni ham barcha xalq bilmas). FASL Haq subhonahu va taoloning hamma olamlarga podshohligi bayonida Vaqtiki, Haq taoloning zoti vojibul vujudi va sifati qadimiyligi, vazn, shakl, rang, zamon va makondin xoli ekani ma’lum bo‘ldi. Bas, bu ma’rifatning kalidi odam o‘zligini tanimog‘ida ekani mazkur bo‘ldi. Haq taoloning hamma olamlarga podshohligi qaysi vajh biladur? Va maloikaga - farishtalarga farmon qilmog‘i va maloika unga bo‘ysunmog‘i va olam ishlariga maloikalarni muakkil qilmog‘i va osmondin zaminga farmon yetkurmagi Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 40 va osmonda yer va sitoralarni (yulduzlarni) sayr qilmog‘i va rizqlar xazinasining ochqusini havola qilmog‘i nechukdur? Bu bobda bular haqiqatini bayon qilgumdurkim, Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmokda ulug‘ xosiyatlar bordur. Muni af’oli ma’rifat derlar. Chunonchi, avvalgi bobni ma’rifat zoti va ma’rifat sifati atalur erdi. Bas, ma’rifati af’olning kalidi ham odam o‘zligini tanimog‘idur. Vaqtiki, o‘zingni badan mamlakatiga podshohlik va tasarrufingni bilmasang, Haq taoloning podshohlik va tasarrufini nechuk bilursan? Avval o‘zingni tanigil va o‘z sifatlaringni bilg‘il. Masalan, «Bismilloh»ni bitmakni xohish qilsang, avval inson rag‘bati va irodasinda paydo bo‘lur. Va murod bu dildin zohiriy dildurkim, go‘shporai ul sanavbariy (yurak) ko‘Qoakning chap tarafidadur. Bas, bu dildan ruh dimog‘iga harakat qilur. Hamma quvvat, his-harakatlar muning birladur. Va bu ruhga o‘lim yo‘l topar, hayvondagi ruh ushbudir. Odam va hayvon o‘lmagi birla bu ruh ham o‘lar. Bu ruhni hayvoniy ruh atarlar. Va yana bir ruhkim, bizlar anga dil deb qo‘ydik, hayvonotda ul ruh yo‘qtur. O’lim anga hargiz yo‘l topmas. Va bu ruh xudoi azza va jalla ma’rifatining o‘rnidir. Vaqtiki, ruhi hayvoniy dimog‘iga yetsa, «Bismilloh» surati dimog‘ni xazinasida quvvat va xayolning makonida paydo bo‘lur. Va dimog‘din ta’sir ul paylarga yetarkim, ul paylar - (asab tomirlari) odamiyning hamma a’zosida rishtaga o‘xshab tarqab, barmoqlar uchiga tutashgan. Bu paylarni oriq kishining bilagida ko‘rgali bo‘lur. Bas, bu paylar jumbushga kelib, barmoqlar uchini jumbushga keltirur. Bas, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi suratga muvofiq qog‘ozda paydo bo‘lur. Bu suvratning qog‘ozda paydo bo‘lmog‘i hissiyotning yordami birladur. Xususan, ko‘z birladurkim, to ko‘z nigoron bo‘lmaguncha harf yozilmas. Bas, bandaning qilur ishining avvalgi rag‘bati va xohishi shudurkim, avval ko‘ngilda paydo bo‘lur. Munga o‘xshash, hazrati Haq subhonahu va taoloning sifatlaridin birini iroda atarlar. Hamma ishlarning avvali Xudoning irodasi bilandur. Chunonchi, bandaning xohish va irodasining asari avval dilda paydo bo‘lur. Andin keyin dilning vositasi birla o‘zga a’zo va quvvatlarga yetar. Haq taolo irodasining asari avval Arshda paydo bo‘lur. Andin o‘zga joylarga yetar. Chunonchi, badanning vujudida jismi latifdurkim, ruhi hayvoniy ot qo‘ydiq, dilning tomirlaridin bu asarni dimog‘iga yetkurur. Munga o‘xshash Haq taolo irodasining asarini Arshdin Kursiga yetkuradurg‘on javhari latiflar bordurkim, ani farishta atarlar. Va ruhlar ham derlar. Va ruhul quddus ham atarlar. Chunonchi, bandaning irodasi asari dildin dimog‘ga yetarkim, dimog‘ dilning xazinadoridur. Munga o‘xshash, Haq subhonahu va taoloning iroda sifatining asari Arshdin Kursiga yetarkim, Kursi quyida, Arshning ostidadur. Chunonchi, badanning qilur fe’lining suvrati dimog‘ xazinasining avvalgi tabaqasida paydo bo‘lur. Andin keyin xorijda suvratg‘a kelur. Munga o‘xshash ham nimarsaki olamda mavjud bo‘lib, andin keyin ul nimarsa olam ichida mavjud bo‘lur. Chunonchi, dimog‘dagi quvvati latif paylarni junbushg‘a keltirur. Munga o‘xshash, Haq taoloning Arshu Kursiga muakkal farishtalari bordurkim, osmok va sitoralarni (yulduzlarni) junbushga keltirur. Va dimog‘dagi quvvatni, pay va tomirlar vositasi birla barmoqlarni harakatga keltirgandek, farishta muakkal kavokib (yulduzlar) vositasi va soat robitasi (aloqa) birla olami sifliy chahor tab’ anosirni (to‘rt unsur - suv, tuproq, o‘t, havo) harakatga keltirur. Ya’ni harorat, rutubat (ho‘llik) va yubusat (quruqlik) va burudat (sovuqlik)dur. Chunonchi, qalam siyohni parokanda qilur va jam’ qilur, toki «Bismilloh» suvrati qog‘ozda naqsh bog‘lagay. Munga o‘xshash farishtai muakkallar harorat va burudat, anosiri arba’ani (to‘rt unsurni) harakatga keltirur. Qog‘oz siyoxni qabul qilg‘onga o‘xshash, ansori arba’aning rutubati shaklni qabul qilgusidur. Yubusat, ya’ni qurug‘luq ul Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 41 shaklni saqlag‘uvchmdur. Charoki, agar rutubat bo‘lmasa shakl paydo bo‘lmas. Ag‘ar yubusat bo‘lmasa shakl to‘xtamas. Chunonchi, qalam barmoqlar madadidin harakatga kelib, o‘z ishini tamom aylab, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi naqshga muvofiq hislar yordami birla qog‘ozda suvrat bog‘ladi. Munga o‘xshash anosiri arba’adin harorat va burudat harakatga kelib, faryshtai muakkallar yordami birla jonzot, o‘simlik, balki tamomiy mavjudot suvrati Lavhul mahfuzdagi suvratga muvofiq jahon maydonida jilvaga kelur. Chunonchi, bandaning qilur ishlari avval dilda paydo bo‘lur. Odam kori dilni orasta qilsa, badan mamlakati tadbirini xo‘bluq birla qilur. Munga o‘xshash, hazrati Haq taolo Arshni xalq qilug‘uvchi va Arshga g‘olibdurkim, hamma qudrati komilasi birla Arshni barpo aylab, olam mamlakati tadbirini qilg‘uvchidur. Summastavo ala-l-Arshi yudabbirul-amra. (Yunus, 3). Ya’ni, hazrati Haq taolo Arshga g‘olibdur. Hamma olam mamlakatining tadbirini qilg‘uvchidur. Bilg‘ilki, bu mazkur bo‘lg‘on hammasi haqiqatdurkim, ahli haqiqatga kashfi zohir birla ma’lum bo‘libdur. Innalloha taolo xalaqa odama ala suvratihi ma’nisini nechuk bilurlar? Haqiqat bilgilki, podshohlikni podshohlardin o‘zga kishi bilmas. Va agarchi Haq subhonahu va taolo vujuding mamlakatiga dilni podshoh qilmasa, hazrati xudovandi olamning podshohligini bilmas erdi. Bas, shukr qilg‘il ul podshohg‘akim, seni xalq qildi va o‘sha vujuding mamlakatiga seni podshoh ayladi. Bas, dildin senga Arshni muhayyo ayladi. Va dimog‘din Kursi bino ayladi. Va xazinai xayoldin Lavhul mahfuz berdi. Ko‘z va quloq va besh hissiyotdin xizmatchilar ato qildi. Va qubbai dimog‘ekim, hamma paylar manba’idur, ani osmon va sitoralar o‘rnida karam ayladi. Barmoq va qalam, siyohni (dilga) mute’ va musaxxar qildi. Bas, seni yagona Alloh bechun va bechigunalik birla ofarida qildi. Bularning hammasiga seni podshoh qildi va Haq taolo senga xitob qildiki, zinhor o‘zingdin va podshohligingdin g‘ofil bo‘lmag‘ilki, bulardin g‘ofil bo‘lsang, parvardigordin g‘ofil bo‘lganingdur. Fa innalloha taolo xalaqa odama ala suvratihi, a’rif nafsaka yo insonu, ta’rif robbaka. Va chindin ham Alloh taolo odamni o‘z suvrati birla yaratdi, va ey odam, o‘zingni bilgil va rabbingni bilgil! Download 5.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling