«kimyoi saodat»
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FASL Insoniy ruh haqiqati bayonida
- FASL Ruhning abadiyligi bayonida
- FASL Vujud va ruh bayonida
- FASL Qabr azoblariniig turli-tumanligi bayonida
www.ziyouz.com кутубхонаси 56 o‘xsharkim, chirog‘ni qorong‘u uyda qo‘ysalar, uyning qorng‘uligini ravshan qilur. Munga o‘xshash, hazrati Haq subhonahu va taoloning qudratidin ruhi hayvoniy badanda bo‘lmoq birla ko‘rish va eshitmok^lik va hamma hislar hosil bo‘lg‘usidur. Agar ba’zi tomirga to‘siq bog‘lab, ruhi hayvoniy qon aylanishiga mone’ bo‘lsa, ul uzvi his-harakatdin qolib, mafluj (falajlangan, shol) bo‘lur. Bas, ruhi hayvoniy chirog‘ning o‘tiga o‘xshashdur va dil fatilaga (pilikka) o‘xshashdur. Chunonchi, chirog‘da yog‘ bo‘lmasa chirog‘ o‘char. Munga o‘xshash, vaqtiki odam taom yemakni tark qilsa, ruhi hayvoniyning mijozi aynib, botil bo‘lib, odam vafot etgusidur. Chunonchi, chirog‘ning fatilasi me’yordan ziyoda yog‘ quyilsa o‘char. Chunonchi, chirog‘ga tosh va tayoq tiqilsa chirog‘ o‘char. Yog‘ va pilik o‘z joyida bo‘lsa yonar. Munga o‘xshash, odam va hayvong‘a qattig‘ zaxm yetsa, aning sababidin o‘lar. Agarchandiki ruhi hayvoniy mijozi mo‘‘tadil bo‘lsa ham. Hayvoniy ruh quvvat va his-harakatini Haq subhonahu va taolo izn-dasturi birla osmon farishtalari nurlaridan qabul qilur. Vaqtiki hayvoniy ruh mijozi harorat g‘olibligi va yo burudat (sovuqlik) kasrati (ko‘pligi) va yo o‘zga sabablardin buzilsa, farishtalar nurlarini qabul qilmoqg‘a shoyistaligi qolmas. Chunonchi, oyna ravshan bo‘lsa hamma suratlarni ko‘rsatur. Vaqtiki, zang o‘lturib, tiyra (qorong‘u) bo‘lsa, hech suratini ko‘rsatmas. Va lekin ruhi insoniy farishtalarning nurlarini qabul qilmog‘i uchun mu’tadil bo‘lmog‘i shartdur. Vaqtiki, ruhi insoniy mijozi ayniqsa farishtalarning nurlarini qabul qilmasa, hayvoniy ruhi qolur. Bas, odam va hayvonotning o‘lgani ushbudur. Va ruhi xayvoniy mijozini e’tidolidin chiqarib, botil bo‘ladurg‘on sabablarni jam’ qilguchi Haq taolo maxluqotidin bir mavjudotki, ani Malakul mavt atarlarkim, xaloyiq aningdin bilurlar. Ruh haqiqatini tanimaslarkim, bas, jonzod o‘lganining ma’nosi ushbudir. Ammo odamning o‘lmagi unda ruhi hayvoniy borligi sabablidur. Va yana bir ruh bordurkim, ani ruhi insoniy atarmiz. Va anga dil deb ot qo‘yduk. O’tkan fasllarning ba’zida bayon qilindi. Ammo dil hayvoniy ruhjinsidin emasdur. Bas, ruhi insoniy jism emas, chunki u hajm, shakl, rangga muhtoj emasdir. Haq taoloning ma’rifati ruhi insoniyda qaror topgusidur. Chunonchi, Haq taolo yagonadurkim, hajmga, shakl va rangga muhtojligi yo‘q. Va yagonaning ma’rifati yagonadurki, uni o‘zidan boshqalar mukammal bilmas. Bas, Haq taoloning ma’rifati mangu barqaror bo‘lur. Bas, pilik, otash, chirog‘ va nurchirog‘, bu uchini faraz qilg‘ilki, fatila - dilning misolidur. Chirog‘ otashi -hayvoniy ruhning misolidur. Va chirog‘ nuri - insoniy ruhning misolidur. Chunonchi, chirog‘ning nuri chirog‘ otashidan latifroqdurkim, anga ta’sir qilg‘ali bo‘lmas. Munga o‘xshash insoniy ruh ham, hayvoniy ruhdan latifroqdurkim, ani ushlab bo‘lmas. Bu misol insoniy ruhning latofatiga nazar solmoq birla rostdur. Va lekin yana bir vajh birla bu misol rost kelmasdurkim, chirog‘ning nuri chirog‘ga tobe’ va aning furu’idur (qismi). Vaqtiki asli xarob bo‘lsa, furu’ ham xarob bo‘lg‘usidur. Ammo insoniy ruh hayvoniy ruhga tobe’ emas. Balki muning misolini agar xohish qilsang, iymon nurini faraz qilg‘ilki, chirog‘ nuridan latifroq bo‘lg‘ay. Va chirog‘ning yollig‘i ul nur birla bo‘lg‘ay. Ul vaqt bu misol rost kelgusidur. Bas, hayvoniy ruh insoniy ruhning uloviga o‘xshar, vaqtiki hayvoniy ruhning mijozida botil bo‘lsa, qolip o‘lar. insoniy ruh o‘lmas. Va lekin ulovsiz va qurolsiz qolg‘usidur. Bas, ulovning o‘lmagi va qurolini taboh (xarob) bo‘lmagi suvoriyni ma’dum (yo‘q) qilmas (ya’ni,vujud o‘lsa ruh o‘lmas.) Bas, hayvoniy ruhni insoniy ruhga asbob va ulov qilmoq ul vajhdandurki, Haq subhonahu va taoloning ma’rifatini sayd qilg‘ay. Agar ma’rifat saydini, o‘ljasini qo‘lg‘a kiritsa, asbob va ulovning halok bo‘lmog‘i insoniy ruh uchun xayriyat (yaxshilik)durkim, qafasdan xalos bo‘lur. Bu ma’noda hazrati rasuli akram s.a.v. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 57 xabar beribdurlarki: «O’lum mo‘minga tuhfa va hadyadur». Bas, kishi domni sayd uchun saklar. Vaqtiki sayd qo‘lga kelsa domning halokatini g‘animat bilur. Agar auz billoh (Alloh taoladan panohtilaymiz) sayd qo‘lga kelmasdin ilgari bu asbob va ulov halok bo‘lsa, aning hasrat va ma’siyatiga nihoyat yo‘qlur. Va bu aaam, hasrat qabr azobining avvalidur. FASL Insoniy ruh haqiqati bayonida Endi bilgilki hayvoniy ruh bu olami sifliy (past olam)dandurkim, turli xiltlarning latif buxor (bug‘)laridan iborat. Va xilt to‘rtdur. Chunonchi, suv. otash, tuproq va bodel. Va mijoz balg‘am va safro va savdodan iborat.Chunonchi, suv, olov. tuproq, va bod mijozda muxtalif va mutadil bo‘lmog‘i, qarorat, namlik, sovuqlik va quruqlikning miqdori farqi bo‘lganidan ilmi tibga hojat tusharki, to‘rt tab’ni e’tidolda (o‘rta darajada, ya’ni, na issiq va na sovuq va na quruq va na ho‘l holatda bo‘lmog‘lig‘ini mo‘tadil deyiladi) tutmoq birla hayvoniy ruh mijozini mo‘tadil saqlamoq kerak. Toki u insoniy ruhga ulov va asbob bo‘lmoqg‘a shoyista bo‘lg‘ay. Bas, insoniy ruh, tuban olamdan emasdur. Balki olami ulviydan (oliydan), farishtalar javharidandur. Bu olamda ruh badan shahrida g‘aribdur. Va lekin bu g‘ariblik insoniy ruhga shu sababdandurkim, oxirat safari zodi rohini tayyor qilg‘ay. Chunki, Haq taolo xabar berur: Kulna ahbatu minho jami’an. Oyatning tafsiri: Biz (Odam, Havvoga, shayton, tovus va boshqalarga) bu joydan- jannatdan tushing, dedik. (Baqara, 38). Va yana Haq taolo aytibdur: Inni xoliqun basharan min tiyn. Fi iza savvaytu va nafaxtu fihi min ruhi. (Sod, 71- 72). Oyatning tafsiri: Biz ayturmizki, odamni loydan yaratdik. Vaqtiki rost va muhayyo qildim ul odam jasadini va nafx qildim odam badaniga o‘z ruhimdan. Bas, bu oyatda ikki ruh hayvoniy va insoniy ruhning muxtalif turlicha ekaniga ishorat bor. Chunonchi, insondagi hayvoniy ruxda mijoz mo‘tadildur. Va ilmi tib birla ul ruhniig e’tidolini bilg‘ay, tokim bemorlikni daf’ qilg‘ay. Va halok bo‘lmokdin saklag‘ay. Munga o‘xshash, insoniy ruhki, dil qaqiqatidur, ani ham e’tidoli bordurkim, yaxshi ibodat va riyozatdur. Ani shariat birla bilg‘ali bo‘lur. Toki shariat insoniy ruhni e’tidolida saqlar va aning sihatlig‘iga sabab bo‘lur. Mundin keyin «Arkoni musulmoniy» bayon qilg‘umdur. Bas. ma’lum bo‘ldi: kishikim, insoniy ruh x.aqiqatini bilmasa, oxiratni basiyrat birla taniyolmas. Xaq taoloni tanimog‘i xam mumkin emasdur. Bas, o‘zligini tanimoq oxiratni tanimog‘ining kalitidurkim, dinning asli «al-iymon billohi val yavmul oxir» ya’ni Alloh va oxirat kuniga ishonch - bu ma’rifatni muqaddam kelturdim. Ammo insoniy ruh asrorlaridin bir sirki, ani bayon qilmadim. Charoki, ani bayon qilmoqg‘a ruxsat yo‘qturki hech kishining fahmiga sig‘mas. Haqtaoloni tanimoq va oxiratni tanimoq hammasi ushbu aslga asoslangandir. Jahd qilg‘il, toki riyozat va mujohada (sa’y va Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 58 g‘ayrat) tariqasi birla ul aslni bilg‘aysenkim, agar birovdan eshitsang, toqat qilolmassen. Va bisyor xalq Haq taoloning bu sifatini angladilar, bovar qilmadilar. Bu sifat odam vujudida bor ekaniga nechuk bovar qilurlar. Balki ul sifat Haq taoloda mavjud, bor ekaniga oyat va axodis ochiq-oydin dalolat qilmas. Fahmlariga sig‘mag‘on so‘zni xalq eshitsa inkor qilg‘ay deb anbiyo alayhimussalom aytibdurlarki: Kallimu-n-nosa ala qadri ‘uquvlihim. Ya’ni, insonga, aqli va fahmlariga sig‘adurg‘on so‘zni aytinglar. Anbiyolardan ba’zilariga vahiy kelibdurkim, sifatlarimdan xaloyiqning fahmiga sig‘maydurg‘onini bayon qilmanglar, fahm qilg‘undeklarini bayon qilinglar. Va agar fahm qilmay inkor qilsalar o‘zlariga ziyon qilg‘usidur. FASL Ruhning abadiyligi bayonida Bilg‘ilki,insoniy ruhning haqiqati qolipsiz, zotida qoyimdur. O’z zotining qiyomi va xos sifatlari aslida qolipga hojati yo‘qdur. Va o‘lim ruh haqiqatini nobud qilolmas. Balki o‘lganning ma’nosi - insoniy ruhning - qafasdan chiqishidur. Xashr va ba’s va maodning ma’nisi ul emasdurkim, ruhni o‘lgandan keyin tirguzgaylar. (Chunki, ruh o‘lmaydi.) Balki ma’nisi uldurki, ruhni yana qolipga keltirurlar. Bu ma’no birlakim. nobud bo‘lg‘on badanni muhayyo va tayyor aylab, ruh tasarrufig‘a kirgizurlar. Chunonchi, avval ham bu tariqa qilib erdilar. Haq taolo uchun avvalgidan osonroqdurkim, ilgari ham ruh qolipini yaratib erdi, ioda vaqtida ruh boqiy va qolip qismlari ham boqiydurlar. FASL Vujud va ruh bayonida Bilg‘ilki, bu borada ba’zi fuqaxo va mutakallimlar odam o‘lmagi birla ruh ham ma’dum (yo‘q) bo‘lur, undan keyin vujudga keltirurlar, deb o‘ylaydilar. Bu so‘z haqiqatga xilofdur. Bas, kishikim bu mazhabga boribdur, ahli basirat emas, va ahli taklid demakka ham yaramas. Agar ax/sh basiyrat bo‘lsa erdi, bilur erdikim, badanning o‘lmagi ruh haqiqatini nobud qilolmas. Va agar ahli taqlid bo‘lsa, oyatlar va hadislar mazmunidin bilur ediki, odam o‘lgandan keyin ruhyashayveradi. Insoniy ruh ikki qismdur. Sa’idlar (baxtlilar)ning va shakiylar (baxtsizlar)ning ruhlari. Va sa’idlarning ruhi borasida Kur’onda kelibdurki: Va lo taxzabanna - allaziyna qutilu fi sabilillohi amvotan bal ixya’un inda rabbihim yurzaquna. Farihiyna bimo atahumullohu min fazlihi. (Ol-i Imron, 169-170). Oyatning tafsiri: ul toifaki, haq yo‘lida o‘libdurlar, o‘lik gumon qilmagil, balki ular Haqtaolo o‘z fazli karamidin ato qilg‘on ne’matlaridin bahramand (rizqli) va lutfu marhamati birla bergan fazilatlaridan shod xursanddirlar. Ammo kofir va shakiylar haqida ulki, Badr jangida o‘lgan kofirlarni jam’ qilib, bir quduqqa tashladilar. Hazrat rasuli alayhissalom ul quduq tepasiga borib, ul kofirlarning har birini otini aytib, Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 59 qichqirib aytur erdilar: Ey faloniy! Ul va’dakim, Xudoi taolo dushmanlariga kahr na g‘azab qilmoqg‘a bizlarga berib edi, hammasini rost topduk. Xudoi azza va jalla ul va’dalarini tahqiqiga yetkurdi va sizlarga ham o‘lgandan keyin azob va uqubat qilmoqg‘a bergan va’dalarini Haq va rost ko‘rdunglarmu? Sahobalar ayttilarki: - Yo rasululloh! Bu murdorlar o‘lukdurlar. O’liklar so‘zni eshiturmi? Hazrat payg‘ambar s.a.v. ayttilarki «Qasam qilurman Xudoning ismi birlakim, Muhammadning joni aning qudrat qo‘lidadur. O’luklar sizlardin eshitguchirokdurlar. Va lekin javobidin ojizroqdurlar». Bas, har kishi. o‘liklar haqida vorid bo‘lg‘on hadislar va axbordin voqif bo‘lsa, chunonchi,alarning ahli motamdin ogoh bo‘lmog‘i va kimlar ziyorat qilg‘onini va onchakim olamda o‘tadur-hammasi bilurlar. Bas, shari - sharifda ruhning nobud bo‘lmog‘iga hech imo va ishorat ham yo‘qtur. Balki sifat va manzil o‘zgarur. Chunonchi dadisda kelibdurkim: go‘r (inson ruhi yashaydurg‘on), do‘zaxning g‘orlaridan biri va yo bihishtning bog‘chalaridan biridir. Aniq bilgilki, o‘lmak birla o‘z zotingdin va zotingga xos sifatlardin hech biri botil bo‘lmas. Va lekin his va harakat va sezgilarkim, dimog‘ va a’zolar vositasi birla edi, bular botil bo‘lur. Va sen tanho-mujarrad qolursen. Chunonchi, (inson vujudi) ulovga o‘xshashdurkim, kishining oti o‘lsa piyoda qolur. Ul kishi johil bo‘lsa donishmand bo‘lmas. Va agar ko‘r bo‘lsa, ko‘ruvchi bo‘lmas. Va agar ko‘ruvchi bo‘lsa ko‘r bo‘lmas. Faqat ruh piyoda qolg‘usidur. Bas, badan ulov, ruh suvoriydir. Ushbu jihatdan ul toifakim, maxsusotdin qat’iy nazar qilib, Haq taoloning zikriga mustagroq (g‘arq bo‘lgan cho‘mgan) birla muroqabatda o‘tursa chunonchi, tasavvuf yo‘lining ibtidosi ushbudir: Ahvoli oxiratni mushohada qilurlar. Va o‘zgalarga o‘limdin keyin ma’lum bo‘ladurg‘on nimarsalar, tushida ko‘rg‘an nimarsalar aksari yodlarida qolmas. Va lekin asari - ta’siri boqiy qolur. Chunonchi, agar bihishtni anga ko‘rguzgan bo‘lsa, ruhida rohat va zavq va xursandlik hosil bo‘lg‘usidur. Agar do‘zaxni anga arz qilg‘on bo‘lsa, azob va xastalik ul kishida bo‘lg‘usi. Va agar tushida, xayolan ko‘rgan nimarsa yodida bo‘lsa, hikoyat qilg‘uvsi. Naql qilibdurlarkim, hazrati Rasli Akram (s.a.v.) namozda turib muborak qo‘llarini uzatdilar. Namozdan keyin sahobalar arz qildilarkim: «Yo, Rasululloh! Sabab na erdiki, namozda turib qo‘llarini uzattilar?» Rasululloh s.a.v. aytdilarki, «Bihishtdan bir bosh uzum menga arz qildilar.Xohladimki, bu jahonga kelturgaymen, ersa g‘oyib bo‘ldi». Bas, gumon qilmag‘ilki, bihisht ne’matini bu olamga kelturmak mumkin bo‘lg‘ay (deb). Agar mumkin bo‘lsa, hazrati Rasululloh s.a.v. keltirur erdilar. Va mahollik vajhini zikr qilmoq darozdurkim, bayonga sig‘mas. Va maqsud uldurki, gumon qilmag‘il, hazrati Rasuli : alayhissalom biqisht ahvolini Jabroil alayhissalomdin eshitmak birla bayon qildilar (deb). Hazrati Rasuli Akram s.a.v. bihishtni o‘zlari ko‘rib bayon qildilar; va jannat haqiqatini bu olamda ko‘rmadilar, balki, o‘zlari bu olamdan g‘oyib bo‘lib, ul olamga borib ko‘rdilar. Va bu (hodisa) Rasuli akram s.a.v.ning bir nav’ mo‘jizalaridandur. Va lekin g‘oyib bo‘lmoq ikki tariqatda bo‘lur. Biri hayvoniy ruh o‘lmak birla, yana biri insoniy ruhning sayr etmog‘i birladur. Ammo bihishtni bu olamda ko‘rgali bo‘lmas. Chunonchi yetti osmon va yetti zamin pista po‘chog‘iga sig‘maganday, bihisht ham bu olamga sig‘masdur. Odamiyning bu olamdagi besh hissiyoti bihishtni ko‘rmakka toqat keltira olmakim, ul olamning havosi o‘zgadur. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 60 FASL Qabr azobining ma’nolari bayonida Endi qabr azobining haqiqiy ma’nolari haqida so‘zlaymiz. Bilgilki, qabr azobi ham ikki qismdur: ruhoniy va jismoniy (azoblar)ni hamma xaloyiq bilurlar. Ammo, ruhoniy azobni har kishi (ya’ni, hech kishi) bilmas. Va lekin odamiydan o‘lmagi birla qo‘l, oyoq, ko‘z, quloq - hamma a’zolaridagi havosni ( hirslarni) ayol, farzand, molu-mulk, hammasini olurlar. Agar odam dunyoda bir sevimli narsa bilan mashg‘ul bo‘lsa, ul narsani olib qo‘ysalar, ruhi bu narsaning firoqida azobga mubtalo bo‘lg‘usidur. Agar odam dunyodan hech narsaning muhabbatiga ko‘ngildan joy bermagan bo‘lsa, bu dunyodagi g‘alvalar, xafachilik, g‘am, tashvishlardan bezigan va ulardan forig‘ bo‘lishni orzu qilgan bo‘lsa, mazkur ruh o‘limdan rohat topgandir. Va agar dunyoda Xudoi taoloning do‘stligini hosil qilib, zikriga uns va ulfat bo‘lib, bu dunyodan yuz o‘girgan bo‘lsa, sevimli do‘stining diydoriga vosil bo‘lub, olam tashvishlaridan xalos va saodati abadiyga musharraf bo‘lg‘usidir. Andisha qilgilki, bir odam o‘zining aslini tanimabdur, boqiy, abadiy yashashni bilmabdur, agar bu dunyoni do‘st, sevimli deb o‘ylasa, hech shak shubha qilmagilki,o‘lgandan keyin ul ruh sevganlari firoqda azobga mubtalo bo‘lg‘usidir. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: Ahbib mo shi’ta fa innaka muforiquhu. Ya’ni, bu olamda nimalarni yaxshi ko‘rsang, albatta sen u narsadan judo bo‘lib, firoqi alamiga mubtalo bo‘lgungdur. Bas, do‘stu g‘amxo‘rim Xudoi taolodur, deb bilsa, mol dunyoni va dunyodagi nimarsalarni sevmasa, hech shak qilmag‘aykim, agar yo‘l ozig‘i bo‘lg‘uncha dunyolikni lozim tutsa, vaqtiki, bu olamdin borsa, ranj va mehnatdan xalos bo‘lub, rohat va osoyishga yetkusidur. Va har kishikim, bularni bilmaydur, qabr azobini tortmog‘ida hech shak yo‘qtur, dunyo mo‘‘minlar behishti emasdur, balki dunyodorlarning behishtidur. Ul toifakim, hamma himmatlarini dunyoga qo‘yibdurlar, ular haqida bu hadis mashhurdur: Ad-dunyo sijjinul mo‘miniyn va jannatul-kofiriyn. Ya’ni, bu dunyo-mo‘‘minlarning do‘zaxi va kofirlarning jannatidur. FASL Qabr azoblariniig turli-tumanligi bayonida Chunonchi, qabr azobining aslini taniding, ya’ni, qabr azobining sababi odamning bu dunyoni yaxshi ko‘rganidandur. Bilgilki, bu azoblar turli-tumandir. Ba’zilarga ziyoda va ba’zilarga kam, ya’ni mol-dunyoga do‘stligi miqdoriga boqib azob bo‘lur. Bas, kishikim, dunyolikdan oz narsaga ko‘ngil bog‘lasa, bu kishining azobi dunyolikdin joh, dabdaba, hashamatga ko‘ngil bog‘lagan kishining azobidan kamroq bo‘lg‘usidur. Chunonchi. bu olamda bir kishining bir otini g‘orat (talon) qilsalar, yana bir kishining o‘n otini g‘orat qilsalar, bir oti g‘oratga ketgan kishiniig ranj alami o‘n oti g‘oratg‘a ketgan kishidin kamrog‘ bo‘lg‘usidur. Bas, har kishining azobi va uqubati, osoyishi va rohati dunyodagi yo‘qotgan narsa va havaslarining miqdoriga ko‘ra bo‘lg‘usidur. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 61 Ul kishikim, mol-dunyo jam’ qilib, hamma himmatini dunyoning muhabbatiga bog‘lasa, bu toifa holidin Xudoi taolo xabar berurkim: Zolika biannahamus - tahabbul hayotad - dunv alal oxirati. (Nahl, 107). Oyatning tafsiri: «Ul toifadurkim, dunyoning besh kunlik tirikligini oxiratning abadul abad podshoxlig‘idan ziyoda ko‘rurlar, bu toifaning azobi qattiqroqdur». Naqldurkim, hazrat rasuli akram s.a.v. sahobalarga bu oyatni o‘qirdilar. Fa inna lahu maishatan zankan. (Toho, 124). Dedilarki, bilurmisizlar, bu oyat na ma’nida nozil bo‘lubdur? Sahobalar aytdilarki: «Xudo va Xudoning rasuli olimdur». Onhazrat alayhis salom ayttilar: «Kofirlarga go‘rdagi azobning biri bukim, har kofirga to‘qson to‘qqiz ajdarhoni musallat (tayin) qilurlar. Har yilonning to‘qquz boshi bor. Ul kofirga to qiyomatgacha nish urarlar». Bas, basiyrat ahli bu ajdaholarni qalb ko‘zi birla ko‘rub, mushohada qilibdurlar. Va axmoq bebasiyratlar ayturlarkim, biz go‘rga qararmiz, hech o‘lukda bu nav’ ajdaholarni ko‘rmasmiz. Agar rost bo‘lsa erdi, bizlar ham ko‘rar erduk. Bas, bu ahmoqar bilmaslarkim, bu ajdaholar o‘lukning ruhiga musallatdur. Va jonlarining ichida paydo bo‘lg‘uchidur. Balki ajdaholar o‘lmasdan ilgari odamiylar ichida bordur, anindin g‘ofildurlar, Bas, bilgil, bu ajdaholar aslida nafsdin va nafsning sifoti mazmuma (yomon, nafratli) fe’lidan. Bu ajdaholar boshining adadi va sifoti yomon xulqlarning miqdoriga ko‘ra bo‘lg‘usidur. Bu azobning asli tiynati mol-dunyoni do‘st tutishdandir. Bu ajdaholar kofirlarning ichida barqaror va yashirindur, ular kofirlarning joni ichra musallat bo‘lmog‘i (ularning) Xudo va rasulni bilmagani jihatidin emastur. Balki mol-dunyoni sevgani jihatdindur. Chunonchi: Xaq taolo xabar berur: Azhabtum tayyibatikum fi hayotikum ud - dunyo. Mazmuni: «Sizlar o‘z huzur - halovatlaringizni dunyodagi hayotingizdayoq tugatdingiz». (Ahqof, 20). Va agar ajdaholar odamiyning zoxir badanida bo‘lib, ko‘zga ko‘runsa, andin bir soatda xalos bo‘lish mumkin bo‘lur erdi. Va lekin bu ajdaholar jon ichida barqarordur. Andin qochib qutulmoq mumkin emas. Chunonchi, kishi kanizagiga oshiq bo‘lsa shuning ajdahosi ani joniga nish urar. Bas, bu ajdaho ul kanizakning ishqidurkim joni ichra barqaror va yashirindur. Agar ishq bo‘lmasa firoq ranji dilni xarob qilmas erdi. Bas, bu dunyoning mehri bo‘lmasa, bu ajdarlar ruh mamlakatini tasarruf qilolmas. Bas, har kishi azob-uqubatning sababini oxiratga o‘zi olib borg‘usidur. Ushbu ma’noda hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: Innamo xiya amolukum turaddu ilaykum. Ya’ni «Mundin o‘zga emasturkim, ul azob va uqubat o‘zunglarning amallaringdur, o‘sha ishlaringni senga hukmron qilg‘usidur» Xudoi taolo xabar berurkim: Va inna jahannama la muhiytatun bil kofiriyna. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 62 Oyatning Tafsiri: Chindan ham jahannam kofirlarni ixota qilib (o‘rab turgan) qo‘rg‘ondir. (Ankabut, 54). FASL Qabr azobining hammaga emasligi bayonida Hamono aytursen, qabr azobi dilning olam aloqalariga bog‘liq bo‘lg‘on jihatidan bo‘lsa olamda hech kishi yo‘qturkim, xotin, farzand va molu johni (mansab, amalni) do‘st tutmasa. Bas, hamma olam xalqiga qabr azobi bo‘lmog‘i va hech kishi bu azobdan xalos bo‘lmasligi lozim keladur. Aslida bunday emas. Balki olam sahnasida ba’zi toifa odamlar bo‘lurkim, dunyodan ko‘zi to‘q bo‘lub, dunyo mashrabgohidan ularga hech lazzat va osoyish bo‘lmas. Bunday odamlar hamisha o‘lumni orzu qilurlar. Ko‘proq darveshlar ushbu qabiladandur. Ammo tavongir (kuchli, qudratli) davlatmandlar ikki guruhi bo‘lurkim, dunyoning tirikchilik uchun zarur narsalarini do‘st tutarlar. Agar Haq taoloning do‘stligi ziyodaroq erur, ularga ham qabr azobi bo‘lmas. Bu toifaning misoli ul kishinig holiga o‘xsharkim, bir shaharga mutasaddi (hokim) bo‘lib, ne’matlari ho‘b, mo‘l, va imoratlaridan bahramand , xushhol, xurram va sarafroz bo‘lg‘ay . Va lekin bu kishi yana bir shaharning podshohligini orzu qilg‘aykim ul shaharda anvoi turli imoratlar va rango-rang ne’matlar bo‘lg‘ay. Vaqtiki, bu shaharning podshohligi muyassar bo‘lsa, o‘z shahridan chiqmog‘i, imorat va ne’matlarini tark qilmog‘i qiyin emas, unda ranj va alam bo‘lmas. Yangi podshohligining muhabbati o‘z shahrining ne’matlariga mehridan ko‘ra balandroqdir. Bas, anbiyo va avliyo va porsolarning ko‘ngillarida ham ayol, ham farzand, shahar, vatanlariga iltifoti bordur, ammo vaqtiki hazrati Haq subhonahu va taoloning do‘stligi - mehri paydo bo‘lib, andin lazzat va uns topsalar, ayol va farzand, shahar, vatan firoqi oson bo‘lg‘usidur, Va bu lazzat o‘lmak birla hosil bo‘lg‘usidur. Ammo ul toifa odamlarki, dunyoning lazzat va shahvatini do‘stroq tutubdurlar, qabr azobidan xalos bo‘lmaslar. Va juda ko‘p odamlar ushbu toifadindurlar. Chunonchi, Haq taolo xabar berur: Va in minkum illo voriduho. (Maryam, 71). Oyatning tafsiri: sizlardin do‘zaxga kirmaydurg‘on hech kishi bo‘lmas. Va bu qavm (ozroq) muddat azob tortarlar, vaqti yetib, dunyodin borg‘oni uzoq bo‘lub dunyo lazzatini faromush qilsalar hazrati Haq subhonaxu va taoloning asl do‘stligikim boqiy bor erdi, zohir va huvaydo (ravshan) bo‘lub, azobdin xalos bo‘lg‘aylar. Bu toifaning misoli ul kishining holiga o‘xsharkim, bir odamning bir imorati bo‘lg‘ayki, yana bir imoratdin muni yaxshiroq ko‘rg‘ay. Va yo bir xotini bo‘lg‘ayki, yana bir xotindin muni do‘st va mahbubroq bilg‘ay. Vaqtiki ul mahbubdin judo qilib, yana birini anga bersalar, bu kishi mahbubi firoqida necha muddat ranju-alamnok bo‘lur. Vaqtiki, keyingi xotiniga asl muhabbati va do‘stligi paydo bo‘lsa avvalgi imorati va mahbubining firoqi ranjidan xalos bo‘lg‘ay. Ammo ul kishiki, Haq taoloning do‘stligi ko‘nglida barqaror bo‘lmabdur, abadul abad azobda qolg‘usidur. Va kofirlarning (do‘zaxda) muhallad (doimiy, abadiy), bo‘lmog‘ining sababi ushbudur. Har kishi da’vo qilsakim, Xudoi taoloni do‘st tutarmen, va yo ayturkim, dunyodin Xudoi taoloni do‘stroq tutarmen (deb), bas, bu da’voni tanimoqqa (tekshirmoqqa) bir mahak (sinov toshi) bo‘luvchi dalil bordurki, aning birla yaxshiroq tanib olur. Chunonchi, nafs va shahvat odamiyni bir ishga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling