«kimyoi saodat»


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35

OLTINCHI ASL 
 Mohi ramazon ro‘zasi 
 
Ramazon ro‘zasini tutmog‘liq rukn (ustun)dur musulmonchiliq ruknlaridin. Hazrat 
rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim: «Xudo taolo aytur: «Har yaxshi amalga o‘n jazo 
(mukofot) berurmen. Va ba’zi yaxshi amalga yetti yuz jazo berurmen. Magar ro‘za 
tutquvchining ajrini o‘zim berurmen. Qavluhu taolo: 
 
«Innamo yuvaffas-sobiruuna ajrahum big‘ayri hisobin». (Zumar, 10). 
 
Oyatning gafsiri: «Mundin o‘zga ermasdurkim, nafsning xohishidin sabr qilib
to‘xtag‘uvchilar ajri hech hisob va andozaga kelmas, ya’ni haddin tashqaridur 
(cheksizdur). 
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim, sabr-nisfi (yarim) iymondur. Ro‘za tutmoq tamom 
sabrning nisfidur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ro‘zadorning og‘zini bo‘yi (hidi) Haq 
taoloning nazdida iforning bo‘yidan xushbo‘yroqdur». Xudoi taolo aytur: «Bandalarim 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
110
farmonimni tutub, yemak va ichmakdin, hammasining xohishidin kechtilar. ularning ajru-
savobini o‘zum berurmen». 
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Ro‘zadorning uyqusi ham toatdur». Va Yana 
aytibdurlarkim: «Vaqtki, mohi ramazon kirsa, bihisht (jannat)ning eshigini ochurlar. Va 
do‘zaxning eshigini band qilurlar (yopurlar). Va shayotinlarni bandga solurlar. Va 
nido qilurlarkim: «Ey, toliblar, qo‘ping (turing)larkim, talab vaqti bo‘ldi. Va ey 
izlaguvchilar, ogoh bo‘linglarkim, maqsud gavharini qo‘lg‘a keltirur (maqsadga erishuv) 
mahali yetti. Bas, Haq taoloning fazli aziymidurkim, bu ibodatni xos (o‘zig‘a) nisbat 
berib aytibdurkim: «As-savmu liy va ana-ajziybihi». Hadisi qudsiy (ya’ni, lafz 
rasulullohdan bo‘lib, ma’no Allohdan). Ya’ni, ro‘za menga xos ibodatdur va aning 
ajrini o‘zim berurmen». 
Agarchi hamma ibodatlar Xudo taolog‘adur, ammo ro‘zani o‘zig‘a xos qilibdur. Chunonchi, 
hamma olam Haq taoloning mulkidur. Ammo xonai Ka’bani o‘ziga xos qilibdur. 
Bas, ro‘zada ikki xosiyat bordurki, ul jihatdin Haq taolo o‘zig‘a nisbat qilibdur. 
Avvalgi xosiyat ulki, xalqning ko‘zidan po‘shida va maxfiydurki, aningda hech riyo 
yo‘qtur. Ikkinchi ulki, Haq taoloning dushmani Iblisdur va aning lashkari nafsning 
xohishidindur. Bas, ro‘za bu lashkarga shikast berguvchidurki, ro‘za shaqvati nafsoniyni 
shikast qilur (sindirur). Ushbu vajxdin hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim: 
«Odamning ichida shayton, tomurda qon yurganga o‘xshash yurguvchidur. Oning yo‘lini 
ro‘za tutmoq va gurusnalik (ochlik) birla tang va tor qilinglar». 
Hazrati Oysha raziyalloqu anhoga hazrati rasul alayhissalom aytdilarkim: «Hamisha 
jannatning eshigini qoqg‘il». Aytdikim: «Yo rasulalloh! Qaysi nimarsa birla qoqg‘aymen?» 
Rasulalloh alayhissalom aytdilar: «Gurusnalik (ochlik) birla». 
Rasul akram s.a.v. aytibdurlarkim: «Ro‘za ofatlar orasida bir siparedurki 
(qalqon), sani hamma ofatlardin saqlar».  Va  rasululloh  alayhi  va  salam 
aytibdurlarkim, «Hamma ibodatlar eshigi ro‘zadur». Bu vajhdinki, ibodatg‘a mone’ 
bo‘ladurg‘on nafsning xohishidurkim, to‘qluq nafs xohishini ziyoda qilur. Va 
gurusnalik (ochlik) kam qilur. 
 
FASL 
Mohi ramazon ro‘zasining farzlari bayonida 
 
Bilgilki, ro‘za tutmoqda olti nimarsa farzdur. Avval ulki, ramazon oyining avvalini 
tahqiq qilg‘aykim, sha’bon oyining yigirma to‘qqizi va yo o‘ttuzi erkanini bilg‘ay. 
Bas, ro‘za tutmokda bir rostgo‘y kishining xabarig‘a e’timod qilib, ro‘za tutmoq 
durustdur. Ammo iyd (hayit) kunida ikki odil guvoqlik bermaguncha durust ermas. 
Kishigakim, mo‘‘tamad (e’timodli, ishonchli) kishi bu kun Ro‘za oyini ko‘rdim, deb 
aytsa, ul kishiga ro‘za tutmoq joiz va vojibdur. Agarchi, qozi aning so‘zini rostlig‘iga 
hukm qilmasa qam. 
Va agar falon shaharda ro‘za oyini ko‘rdim, deb xabar qilsa, bu shaharning xalqiga ro‘za 
tutmoq vojib ermas, bashartiki, bu ikki shaharning orasi o‘n olti farsangdin (bir farsang 
taxminan 7-8 kilometrga teng masofa) yiroqroq bo‘lsa. Ammo o‘n olti farsangdin oz 
bo‘lsa, bu shahar xalqiga ham ro‘za tutmoq vojibdur. 
Ikkinchi farz niyatdur. Har kecha bu niyatni yodida tutg‘aykim, ertalikka ramazon 
ro‘zasini ado qilurmen va har musulmonga ramazon ro‘zasi xotirida bo‘lsa, niyat 
ko‘nglida bo‘lg‘usidur. Agar shak oqshomi bu tariqada niyat qilsakim, tongla ramazondin 
bo‘lsa tutg‘aymen, agar sha’bondin bo‘lsa, tutmag‘aymen desa, bu niyat durust 
ermasdur. Va niyat qilg‘ondin so‘ng kechalarda bir nima yemak birla niyat botil bo‘lmas. 
Va agar xotun kishi hayzdin munqati’ (ajralgan) bo‘lur vaqtda niyat qilsa, ro‘zasi 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
111
durust bo‘lur. 
Uchinchi farz ulkim, yemak va ichmak va yo mundin o‘zga tariqa birla kursoqiga (ya’ni, 
qorniga) hech nimarsa doxil qilmag‘ay. Ammo hijomat qilmoq (qon oldirmoq) va surma 
tortmoq va qulog‘iga mil solmoq va yaraga paxta qo‘ymoq - ro‘zaga nuqs qilmas. Va agar 
beqasd bir nimarsa yutulsa, chunonchi chivin va yo g‘ubor va yo mazmaza qilg‘onda (og‘iz 
chayqaganda) suv xalqumiga yetsa nuqs qilmas. Magarkim, mazmazani mubolag‘a birla 
qilib, suv halqumga (tomoqqa, bo‘g‘izga) yetsa, ro‘za fosid bo‘lur. Va agar iftor bo‘ldi deb, 
iftor bo‘lmas vaqtda iftor qilsa va yo kecha o‘xshash deb, subhda saharlik yesa, qazosini 
tutar, kaforat lozim bo‘lmas. 
To‘rtinchi farz ulki, ramazon kunlarida xotun birla kunduzi mubosharat qilmag‘ay. Va 
agar er-xotun orasida shu ish kunduzi voqe’ bo‘lsa, ro‘zasi botil (buzilgan) bo‘lur. Va agar 
kechasi jimo’ qilib, subxdin keyin g‘usl qilsa, ro‘zaga (nuqs qilmas. 
Beshinchi farz ulki, hech vajh birla inzol (shahvat suvining oqishi) bo‘lg‘udek ishni 
qilmagay. Va agar o‘zidan emin bo‘lmasa, xotunini bo‘sa qilmoq va yo bag‘al qilmoq 
(quchoqlash) birla inzoli mani bo‘lsa, ro‘zasi botil bo‘lur. 
Oltinchi farz ulki, qasd birla qayt qilmog‘i durust emas. Va agar beixtiyor qayt qilsa, 
(qusib yuborsa) ro‘zasi botil bo‘lmas. Agar zikom (og‘izdan suv kelishi) sababidyn va yo 
o‘zga sababdin dimog‘dagi suv xalqumiga kelsa, ro‘zaga daxl (zarar) qilmas. Vaqtiki, 
dimog‘din (burundin) tomog‘iga kelgan suvni yutsa, ro‘zasi botil bo‘lur (ochilur). 
Ammo ro‘zaning sunnatlari ham oltitadur: Chunonchi, iftorni ta’jil birla qilmoq (kun 
botdimi, og‘iz ochishga shoshiling) va saharlikni hurmat va shukrona birla yemak 
va iftorni xurmo birla va suv birla ochmoq va missoq (og‘izni va tishlarni maxsus 
cho‘p bilan) toza qilmoq, sadaqa va taom birla saxovat qilmoq va Qur’on tilovat 
qilmoq va masjidda e’tikof (doimiy ibodat qilish uchun) o‘lturmoq, alalxusus, oxirgi 
o‘n kunligida e’tikof o‘ltirmoqkim, shabi qadr (qadr kechasi) oxirgi o‘nidadur. 
Hazrati rasuli akram s.a.v. bu o‘n kunni ichida makoni xobga (uxlash joylariga) bormas 
erdilar. Va ahli baytlar (xonadondagilar) ham ibodatdin o‘zga ishga mashg‘ul bo‘lmas 
erdilar. 
Bas,qadr kechasi yigirma biri va yo yigirma uchi va yo yigirma beshi va yo yigirma 
yettisi bo‘lg‘usidur. Bu mumkinroqdur. Avlosi (yaxshisi) bukim, bu o‘n kunda 
e’tikofga o‘lturgan bo‘lg‘aykim, e’tikof o‘lturg‘uvchi qazoyi hojatga tahorat 
olmoqdin ziyoda ta’xir (band, ovora) bo‘lmagay. Agar namozi janozaga borsa va yo 
kasal ko‘rgali borsa va yo guvohlik bergali borsa, e’tikofi botil bo‘lmas 
(buzulmas). Va e’tikof o‘lturguvchiga masjidda uxlamoq va taom yemak va qo‘lini 
yuvmoqning boki (zarari) yo‘qdur. 
 
FASL 
 Ro‘za haqiqati bayonida 
 
Bilgilki, ro‘zada uch vajxdur: Ammo avomning ro‘zasi ulkim, yuqorida mazkur 
bo‘ldi: ichmak, yemak va mubosharat qilmoqdin saqlanmoqdur. Bas, bu kamtarin 
martabadur. Ammo xoslar ro‘zasi hamma darajalardin balandrokdurkim, dilni Haq 
taolo andishasidin (fikri zikri) bo‘lak nimarsadin saqlanmoq va o‘zini zohiran va 
botinan Haq taologa topshirmoqtsur. Va agar Haq taoloning zikri va fikridin o‘zga 
nimarsani andisha qilsa, va dunsliq jihatdin muboh ishga shuru’ qilsa ro‘zasi botil 
bo‘lur. 
Va aytibdurlarkim, iftorda nima yerman deb kunduzi andisha qilsa, gunohqor 
bo‘lur. Bu vajqdankim, Haq taoloning va’da qilgan rizqiga qanoat qilmagan bo‘ladur. 
Bas, bu tariqada ro‘za tutmoq siddiqlar darajasidur, mundan ziyoda daraja yo‘qtur. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
112
Ammo xoslar ro‘zasiki, hamma noshoyista ishlardan o‘zini to‘xtatmoqdur. 
Bilgilki, ro‘za olti holat birla tugal bo‘lur: Avval o‘zini Haq taolo yodidan o‘zga 
mashg‘ulotlardan saklag‘ay, alal xusus nafsning xohishi paydo bo‘lur nimarsalardai 
yiroq bo‘lg‘ay. 
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki: «Ko‘zning nazari iblisning paykon 
(o‘q)laridan bir o‘qdurki, zahar birla sug‘orilgan kishi Haq taolodan qo‘rqib, bu 
nav’i ishlardan hazar qilsa, Haq taolo uning diliga iymon xil’atin (libosin) kiydirur».  
Anas ibn Molik raziyyallohu anhu rasuli akram s.a.v.dan rivoyat qilur: «Besh nimarsa 
ro‘zani sindirur: g‘iybat qilmoq, yolg‘on so‘zlamoq, suxanchinlik qimyuq (gap taishmoq), 
yolg‘on ont ichmoq va shahvat nazari birla nomahramga qaramoq». 
Ikkinchi holat ulki, tilni bexuda so‘zlardan asramoq va Qur’on o‘qimoqg‘a 
mashg‘ul bo‘lg‘ay. Ortiqcha munozara xam behuda ishlar jumlasidandurki, 
ziyonkordur. Ammo g‘iybat qilmoq, yolg‘on so‘zlamak. ba’zi ulamolar nazdida 
avomning ro‘zasini botil qilur. Xabarda kelibdurkim. ikki xotin ro‘za tutub erdi, tashna 
va ochlikdin xalok bo‘lurga yetdilar. Rasuli akram s.a.v.din ijozat tiladilarki, ro‘zalarin 
sindurg‘aylar. 
Rasulloh s.a.v. bir kosa berdilar, buyurdilarkim, xar ikkisi muni ichiga qayt qilsun. 
Xotunlar kosaga qayt qildilar, ularning og‘zilaridan bir pora ivigan qon tushdi. 
Xaloyiq taajjubga qoldi. Rasuli akram s.a.v. aytdilarki, ikki xotun Haq taolo halol 
qilg‘on nimarsalardan o‘zlarini to‘xtatib, ro‘za tuttilar. Harom qilg‘on nimarsa bilan 
og‘iz ochtilar, g‘iybatga mashg‘ul bo‘ldilar. Og‘izlaridan tushgan qon, xalqning 
go‘shtidur (g‘iybatdir). 
Uchinchi holat quloqni noshoyista so‘zlardin saqlamoq. Har so‘zkim demakka 
xo‘b ermas, eshitmakka ham yaramas. 
Bas, ma’siyat (gunoh) g‘iybat, yolg‘on, mundan o‘zga ham, eshitguvchi va 
deguvchi gunohda sherikdur. 
To‘rtinchi holat ulki, qo‘l va oyoq hamma a’zolarini noshoyista ishlardam tiymasa, 
ul bemorning xoliga o‘xsharki, suvdan parxez qilg‘ay va zahar ichgayki, gunoh-
zahardur. 
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, aksar ro‘zador bo‘lurkim. tashnalik va 
ochlikdin o‘zga ularga hech nasiba bo‘lmas. 
Beshinchi holat ulki, iftorda harom va shubhalik taom yemagay. Va halol, xolisni 
xam ko‘p yemagay. Vaqtiki, kunduz qilur amallaridan bo‘shasa, kechaning tadorikini 
qilg‘ayki, ro‘zadan maqsad shahvat nafsoniyni kam qilmoqdur. 
Ko‘p yemak birla shaxvat ziyoda bo‘lur. Alalxusus, alvon turluk taom jam’ 
qilmag‘ay. To me’da xoli bo‘lmaguncha, dil sof bo‘lmas. Balki sunnat uldurki, 
kunduzi ko‘p uxlamagay, toki ochlikka ta’siri bo‘lmagay. Va kechalikda to‘la 
yemagay. Va namozi tarovihni o‘tamay, uxlamagay. 
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, Xudo taoloning nazdida haloldan bo‘lsa ham 
to‘ygan (qappaygan) qorindan ortiq dushmanroq hech dushman yo‘qdir. Bas, 
haromdan to‘lgan qorin egalarining holi nechuk bo‘lg‘usidir? 
Oltinchi holat ulki, iftordan keyin tutgan ro‘zasining maqbulligini talab qilgay. 
Va mardudliqdin (rad etilishidan) xavf va andisha qilgay. 
Hasan Basriy rahmatullohi alayhiyd (xayit) kuni qavmni ko‘rdiki. o‘yin va kulgiga 
mashg‘ul edilar. Shayx Hasan aytdiki, Xudo taolo mohi ramazondin maydon yasabdur, 
tokim bandalar maydonda qilg‘on amallarin o‘tkargaylar. Bas, ba’zilar amallarin 
o‘tkaribdur va ba’zilar keyin qolibdur. Taajjub qilurman ul kishilarga ishlarining haqiqati 
ma’lum bo‘lmay (turib) kulgaylar. Qasam Xudogaki, agar qilgan ishlarimiz yuzasyadan 
pardani ko‘tarsalar, amali maqbul bo‘lg‘onlar shodliqga mashg‘ul bo‘lur erdi. Va mardudlar anda 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
113
motam tutar erdi». Bug‘doydan so‘rabdilarki, sen nima uchun kulmaysan deb. Bug‘doy 
«Tegirmonni o‘ylab turibman» deb javob bergan ekan. 
Bas, xulosai kalom ulki, ro‘za tutmoqaan yemaslik va ichmaslik birla kifoyalanish ruhsiz 
surati bo‘lg‘usidir. Bas, ro‘zaning haqiqati va ruhi uldirki, ro‘zani farishtalarga o‘xshab -tutg‘ay, 
ularda aslo shahvati nafsoniy yo‘qtur. Va shahvati nafsoniy hayvonotning lozimasidur. Bu 
sababdan, har odamki, 
. shahvati g‘olib bo‘lsa, hayvon jumlasidandur. Bas, kishiki, nafsg‘a shikast bersa, 
farishtaga o‘xshag‘onidurki, farishtalar Haq taologa shu sababdan yaqinrokdur. Kishi bu 
sifatda bo‘lsa, 
Haq taologa yaqin bo‘lg‘usidur. Ammo kishi, nafs xohishi birla taom yesa, shahvati ziyoda 
bo‘lur. Ruxda nur hosil bo‘lmas. 
 
FASL 
Ro‘zaning qazosi va kafforati bayonida 
 
Bilg‘ilki, ramazon kunlarida iftor qilmoq birla qazo va kafforat vojib bo‘lur. Va lekin 
har birining joyi bordur. Ammo qazo ul musulmon mukallifg‘a vojib bo‘lurki, 
uzr birla ro‘zasini sindursa, chunonchi kasal bo‘lsa va safar qilsa va yo hayz ko‘rsa va 
mundin o‘zga ham. Bas, bu kishilarga bir kunga bir kun qazo vojibdur. Kafforat lozim 
emas. Ammo devona va go‘daklarga (bu ham) vojib emas. Ammo kishi, qasd birla taom 
yesa va yo mujomaat qilsa (xotini birla yotsa) va boshqa ro‘za singudek ishni qasddan 
qilsa, qazo va kafforat lozimdur. Vojibdurki, kafforatiga banda (qul) ozod qilur va yo 
oltmish miskinga taom berur. Va yo oltmish kun fosila (orani uzmay) ro‘za tutar. Ammo 
beuzr ro‘zani sindirguvchilar qOltan kunda imsok qilg‘ay (yomonliklardan saqlangay.) 
Ammo hoiz (ayol) hayzdin pok bo‘lsa va yo musofir bir joyga yetsa va bemor sihat 
bo‘lsa, kunda imsok qilmak avlodur.  
Kishi ramazon oyi avvalida safar qilsa, ushbu kunda ro‘zasini sindirmagay. Agar safardan 
kelsa, qolg‘on kunini imsok qilg‘ay. Va musofirg‘a iftor tashkil qilmog‘idan ro‘za tutmoqlig‘i 
yaxshirog‘dur. Magar ro‘za tutmog‘idan mashaqqati ziyoda bo‘lsa, iftor tashkil qilmog‘i 
joizdur. Bir kung‘a bir kun qazosini tutar. Va homilali xotin va enaga ro‘za tutsa, bolasi 
halok bo‘lmog‘idin qo‘rqsa, iftor tashkil qilur. Qazosini keyin tutar. Va agar odam kasali 
ziyoda bo‘lmog‘idan va yo halok bo‘lmog‘idin qo‘rqsa, iftor tashkil qilur. Keyin qazosini 
tutar. Agar kim qariliq, bemorlik (holsizlik) sababli ro‘za tutguncha quvvati bo‘lmasa, 
ro‘za tutmas. Kunda bir miskinga to‘yg‘uncha taom berur. Kishikim, qazo ro‘zasini 
kechiktirib, ramazon hayitiga yetsa, ramazon chiqqandan keyin qazo ro‘zasini tutgay. 
 
FASL 
Bir yil ichidagi fazilatli kunlar 
 
Bilgilki, bir yil ichida ramazoni sharifdan o‘zga fozil kunlarda ro‘za tutmoq 
sunnatdur. Chunonchi: arafa kuni ashur oyining o‘n kuni, zulhijja oyining avvalida 
to‘qquz kun va muharram oyi va rajab oyi va sha’bon oyining avvalg‘i o‘n kunlarida 
ro‘za tutmoq sunnatdur. Xabarda kelibdurkim, «Mohi ramazondan qolsa, mohi 
muharramda ro‘za tutmoq fozilroqdur». Muharramning hammasida ro‘za tutmoq 
sunnat. Ammo avvalgi o‘nida ro‘za tutmoq sunnati muakkadadur (savobi 
ziyodaroqdur). Xabarda kslibdurki, muharram oyida bir kun tutilgan ro‘za o‘zga 
oylarda o‘ttuz kun ro‘za tutmoqdan afzalroqdur. Muharram oyini hammasini ro‘za 
tutib o‘tkazgandan Ramazon oyida bir kun ro‘za o‘tamaklik afzaldur. Hazrati rasuli 
akram s.a.v. aytibdurlar: 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
114
«Kishi mohi muxarramdan panjshanba va odina (juma) va shanba kunlarida ro‘za 
tutsa, aning nomai a’moliga yetti yilliq ibodat bitilur. Bilgilki, mohi muharram to‘rtdur: 
zulqa’da, zul qijja. muharram va rajab. Bularning fozilroq oyi zulhijjadurkim, haj 
kunlaridur. 
Xabarda kelibdurki, Haq taoloning nazdida hech vaqtda ibodat zulhijjaning 
avvalg‘i o‘nidin ortiqroq va do‘stroq emasdur. Zulhijjaning avvalgi o‘nida bir kun 
ro‘za tugmoq - bir yil ro‘za tutganga o‘xshashdur. Bu kechalardin bir kechani bedor 
o‘tkargan laylatul qadr kechasining savobini topganga o‘xshashdur. Sahobalar 
dedilarki, «Yo, rasululloh! G’azotning savobiga yetmasmu?» Rasululloh s.a.v. 
aytdilar: «G’azotda oti o‘lub, qoni to‘kilganning savobini topar». Rasul 
alayhissalom aytibdurlar: 
«Va karaha ba’zus-sahobati an yusoma rajaba kullaho hatto lo yuzohiy ramazona». 
Ya’ni, sahobalardan ba’zilari rajab oyining hammasida ro‘za tutmoqni makruh 
sanabdur. Tokim ramazonga o‘xshamagay. Ushbu sababdan rajab oyida bir kun, ikki 
kun va yo undin ko‘proq kunlarda ro‘za tutmabdurlar. 
«Hayot» («Hayot») otlig‘ kitobda keltiribdurlarkim, vaqtiki, sha’bondan yarmi 
bo‘lsa, ramazongacha ro‘za tutmag‘ay. Ushbu jihatdan ramazondan ilgari nechand kun 
fosila (orani ajratish) -qilmoq mustahabdur. Agar vasl qilsa (qo‘shsa) mohi 
sha’bon, ro‘zasini ramazonga yetkurub tutmagay. Joizdurkim, rasuli akram s.a.v. bir 
martaba vasl qilib ro‘za tutubdurlar. Nechand marotaba, fosila (sha’bon oyi bilan 
ramazon oyining orasini farq) dilibdurlar va mohi sha’bondagi ro‘za tutmoqqa, 
sharifrog‘i, ayyomi bayzdur (ayyomi bayz deb, oyning o‘n uchi, o‘n to‘rti va o‘n 
beshinchi kunini ayturlar). Va hafta ichida sharifrog‘i dushanba, panjshanba va 
jum’adir. Kishikim, yilning hammasida ro‘za tutsa, sharif kunlarga jome’ bo‘lur. Ammo 
besh kun ro‘zasini sindurg‘aykim, ikki iyd kuni va qurbon xayitidan keyin uch 
kunkim, ayyomi tashriqdur (uch kun qurbonliq qilinadigan kunlar). Kishikim, 
yilning hammasida ro‘za tutmasa, bo‘lg‘aykim, bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmag‘ay. 
Bu tariqa ro‘za tutmoq Dovud alayxissalomning ro‘zalaridurki, fazilati ziyodadur. 
Xabarda kelibdurki, Abdulloh ibn Umar va Amr ibn Os so‘radilarkim, «Ro‘za 
tutmoqning fozilrog‘i qaysidur?” Rasuli akram s.a.v. aytdilarkim, «Bir kun tutib, 
bir kun yemak fozilrog‘dur». Abdulloh aytdikim, «Mundin fozilroqni xohlarman». 
Rasul alayhissalom aytdilar: «Bundan ortiqrog‘i yo‘qdur. Ammo pastrog‘i ulki 
dushanba (kuni) ro‘za tutmokdur». 
Bas, kishikim, xaqiqat ro‘zasini tutubdur, o‘z holig‘a sarhisob berg‘aykim, ya’ni, 
ba’zi vaqtda iftor fozilroqdur va ba’zida ro‘za. Ushbu jihatdan rasuli akram s.a.v. ba’zi 
vaqtda ro‘za tutar edilar. Sahobalar aytur edilarki, mundan keyin aslo iftor 
qilmagaylar va ba’zi vaqtda ro‘za sindirar edilar. Aytur edilarki, mundan keyin ro‘za 
tutmaslar. Rasuli akram s.a.v.ning ro‘za tartiblari ma’lum emas. 
 
YETTINCHI ASL  
Haj safari bayonida 
 
Bilgilki, haj qilmoq musulmonchiliq ruknlaridan biridir. Rasuli akram s.a.v. 
aytibdurlar: «Kishi haj qilsa badanni fisqga va tilni behuda so‘zga oluda qilmasa, 
hamma gunohlaridan pok bo‘lur, «onasidan tug‘ilgandek». Rasul alayhissalom 
aytibdurlarki: «Ko‘p gunoqkorlardurki, anga hech nimarsa kaforat bo‘lmas. Magar 
Arofotda turmoqliq kaforat bo‘lur. Rasul alayhissalom (yana) aytibdurlarki, 
«Shaytonni hech qachon ul kundagidek xor va haqirroq va sariq yuzlik ko‘rgali 
bo‘lmas». Haqtaolo benihoyat rahmatini bandalariga yog‘dirur. Chandon gunoqi 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
115
kabiralarini afv qilur. Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Kishiki, haj niyatida uyidan 
chiqsa, yo‘lda o‘lsa, ul kishining nomai a’moliga to qiyomatgacha (har kuni) bir haj 
umraning savobini biturlar. Kishikim, Madinada o‘lsa, jannatga (qisob bermay) 
kirar. Rasul alayxissalom aytibdurlar: «Kishikim bir haj qilsa, anga behishtdan o‘zga 
hech jazo yo‘kdur». Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Hech gunoh bundan ulug‘roq 
emasdurki, Arofot (tog‘i)da turub, gunoqim mag‘firat bo‘ldimu ekan, deb gumon 
qilg‘ay. Va Ali ibn Mavqif (buzrukvorlardan edi) ayturkim, «bir yili haj qildim. Arafa 
kechasi edi. Ikki farishtani tushimda ko‘rdum. Yashil kiyim birla osmondan tushdilar. 
Biri yana biriga aytadurki. «Bilurmisen, bu yil hojilar necha edi. Yana biri 
aytdikim, «Bilmasmen». So‘rag‘uchi aytdikim, «Olti yuz ming kishi edi». Yana 
so‘radikim, «Necha kishining xaji qabul bo‘ldi? Aytdiki. «Bilmasmen». Yana o‘zi 
javob berdikim. «Olti kishining haji qabul bo‘ldi». Ersa bu tushning vahshatidin 
uyg‘ondim. Qattig‘ g‘am va anduhda qoldim. Va aytdim, «hech vakx men bu olti kishidin 
emasman». Va (shu) andisha va anduh birla baytul haramga bordim. Yana ul ikki 
farishtani tush ko‘rdim. Hamrohidan so‘raydur, «Bilurmisenki, bu kecha Haq taolo 
hojilarga nechuk hukm qildi? Hamrohi dediki. «Bilmasmen». So‘rag‘uchi aytdi: 
«Har birig‘a yuz ming kishini baxshish qildi, va gunohini mag‘firat qildi». Bas, uyqudan 
bedor bo‘ldim, shodliqdan Haq taologa shukrlar ado qildim. 
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo va’da qilibdurkim, har yili xonai 
Ka’bani olti yuz ming kishi haj birla ziyorat qilur. Va agar kishi kam kelsa, Haq
1
 taolo 
farishtalarni yuborur, toki adad tamomiga yetur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: 
«Xonai Ka’bani qiyomat kuni Haq nozanin mahbub suratida qilur. Sahroi qiyomatda 
jilvagar bo‘lub, har kishikim haj qilibdur, jo‘rasi birla jam’ qilib, qo‘lidan tutub 
jannatga eltur. Ammo fuzalo xaylining sohibi dastgohlari  va  zurafo  (ziyraklar, 
nozik  fahmlar)  zumrasining ramz ogohlari (ishora bilan biluvchilar) zehni solim 
(sog‘lom zehn) va tab’i mustaqimlariga xuffo pardasida mastur (yashirin, maxfiy) 
qolmag‘aykim, musannifi kitob, hazrati Imom Muhammad G’azzoliy oliyjanob, bu 
kitobi bo-savoblarida faroyizi  ro‘za,  namoz,  haj,  zakot  kabi musulmon kishiga vojib 
bo‘lgan besh majburiyat) tartibida kitobi hajni jami’i sharoit va arkoni sunan 
(sunnat) va mustahabot (mustahab amallari) va mufsidi (namozni va boshqa 
amallarni buzuvchi) makruhotlarini tafsilan taqrir rishtasiga tizib va safha 
maydoniga sizib (yozib)durlar. Bu faqir (tarjimon Muhammad Isoning) arzi ulki, 
hajning faroiz va arkoni forsiy va turkiy kitoblarida mastur. Balki hojii 
haramaynilar xabarlaridan mutavotur (og‘izdan og‘izga o‘tib) masmu’ (eshitilgan) va 
mazkurdurki. sharoiti hajni ehrom bog‘lagandan boshlab, hajni itmomiga (oxiriga) 
yetkurib, libosi ehromni tashlag‘uncha bajo kelturmoq lozimdur. Bu diyorlarda 
(Turkiston taraflarda) amalga kelturmakka farmon bo‘lmabdur. Bas, bu sharoit va 
arkonni turkiy til birla bu kitobg‘a kelturgandan ommai musulmonlarga juda ko‘p 
foyda va xosiyatlar so‘zsiz hosil bo‘lmog‘i shu vaqtgacha tasvirlangan 
emas. Bu vajhdan faqiri bebizoat (sarmoyasiz) dami be istitoat (kuch-quvvati 
yo‘q) jiqatdan hajning faroyizi va vojibotlarig‘a shuru’ qilmokdan o‘zimni ma’zur 
tutub, hazrati musannif bu kitobda zikr qilgan hajning xosiyati va fazilatlari 
tarjimasiga iktifo qilindi. (Duolar jumlasidan) Tavfiq topish va gunohdin uzoq 
bo‘lishlik Allohning yordami bilan bo‘ladi. (Quyiroqda safar odoblari mufassal bayon 
qilinadi - red.) 
 
 
 
 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling