«kimyoi saodat»
Download 5,05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FASL Kunduzgi duolar bayonida
- IKKINCHI RUKN MUOMALOT
www.ziyouz.com кутубхонаси 130 O’NINCHI ASL Avrod (duo vazifalari) tartibi «Unvoni musulmoniy»da bayon qilg‘on so‘zlardan ma’lum va ayondurki, odamiy bu olamda g‘aribdur, zodi oxirat to‘plash , uchun bu olamga yuboribdurlar. Va ruh haqiqati Haq taolo dargohidin kelgandur. Yana ul makoni qudsga qaytgusidir. Bas, bu tijoratning sarmoyasi umrdurki, kundan- kunga nuqson va damdan-damga ziyondur. Kishi, har nafsidin ogoh va har amalni xolisan Allohtaolo uchun qilmasa, albatta ziyonkordur. Chunonchi, Haq taolo Qur’oni majidda xabar berur: «Val asri, innal insona lafiy husrin, illallaziyna omanuu va o’milus solihoti va tavasav bil- haqqi va tavasav bis-sabr». (Val asr). Oyatning tafsiri ulki: Qasamdur asr vaqtigaki, albatta inson ziyondadur. Faqat iymon keltirgan, yaxshi ishlarni qilgan odamlar bundan mustasnodir. Bas, umrning sarmoyasi hamisha o‘tkinchidur. Chunki odamiyni olur nafaslari Haq taoloning qadim ilmida sanog‘lidur. Bu xatarni bilgan odamlar har nafaslarini bir gavhar sanabdurlarki, aning birla saodati abadiyni mahkam ushlagan bo‘lur. Ushbu vajxdan hamma nafaslarini ogohliq birla Haq taoloning zikri va fikrida o‘tkaribdurlar. Va har nafas sarmoyasini oltin, kumush sarmoyasidan ziyoda bilibdurlar. Bas, kecha va kunduzning hamma vaqtlarini bir yaxshi amal va zikri tasbehga ta’yin qilibdurlar. Hech vaqtni g‘ofil o‘tkazmabdurlar va zoye’ qilmabdurlar, bilibdurlarki, saodati abadiyg‘a bu olamda Haq taoloning unsu muhabbati dilida g‘olib bo‘lg‘an odamlar yetg‘usidur. Bas, uns (do‘stlik) muhabbat, doimo zikr aytmoq va ma’rifat hosil qilmoq birla hosil bo‘lur. Va ma’rifat tafakkurdan o‘zga nimarsa birla hosil bo‘lmas. Bas, zikr va fikrg‘a mudovamat qilmoq saodat yo‘lidir. Dunyoni tark qilmoq va ma’siyat lazzatidin kechmak zikr va fikr farog‘atig‘a olib kelur. Davomli zikr aytmoq ikki tariqadur. Biri ulki, dilida hamisha Olloh der. Balki zikr aytmoqni hadisi nafas derlar. Balki hamisha Haq taoloning zoti qadimi mutolaasiga berilgan va sifoti va subuti mushohadasiga mustag‘raq bo‘lg‘ay. Va hech holda g‘aflatga yo‘l bermag‘ay. Bas, bu martaba nihoyati aziz va mushkuldur. Va har kishida toqat yo‘qturkim, dilni hamma holda bir sifat birla tutg‘ay. Ushbu sababdan avrodi muxtaliflar (turli virdlar, toat vazifalari) ta’yin qilibdurlar. Ba’zi virdlar tamomi jismi zohiriy birla, chunonchi namoz o‘tamak, ba’zisi til birla, chunonchi - o‘qimoq va tasbih aytmoq va ba’zisi dilga taallukdur. Chunonchi, tafakkur qilmoq. Toki, inson har zamon bir savob ishga mashg‘ul va har vaqt bir dardga omil bo‘lish birla oynai dilga g‘ubor, malomat va zang, kulfat yetkizmag‘ay. Bas, fazl uldurki, agarchi hamma vaqtlarini oxirat ishig‘a sarf qilolmasa ham, aksar vaqtini sarf qilg‘ay, toki qilg‘an yaxshi ishlari tarozuda og‘irroq bo‘lg‘ay. Bas, qiladigan yaxshi amallarini chin ixlos birla qilg‘ayki, ixlossiz qilingan amal foydasizdur. Bas, aksar vaqtlarni oxirat ishiga ixlos birla sarf qilg‘ay. Chunonchi Haq subhonahu va taolo xabar berur: «Fasbir, ala mo yaquluna va sabbih bihamdi rabbika qabla tului-sh-shamsi va qabla g‘urubiho va min a’no’i-l-layli fasabbih va atrafa-n-nahori la’allaka tarzo». (Taho, 130). Sabr-toqat qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano va ul zotni pok deb tasbih ayting, kechaning avvali va oxirida, kunduzning Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 131 avvalgi va oxirgi taraflarida ham tasbih ayting va namoz o‘qing, shoyad xursand bo‘lursiz. Yana bir oyatda Alloh xabar berur, qavluhu taolo: «Vazkur isma rabbika bukratan va asiylan va minal-layli fa-sjud lahu va sabbihhu laylan taviylan». (Inson, 26-27). Yana kechaning bir qismida ham U zotga sajda qiling va tunda uzoq (bedor bo‘lib) U zotga tasbex. ayting (Alouddin Mansur tarjimasi). Va yana bir oyatda Alloh xabar berur, qavluhu taolo: «Konu qalilan min al-layli mo yahjauna. Va bil ashori hum yastag‘firuna». (Vaz Zoriyat, 17). Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar va saharlarda avval qilgan xatolari uchun mag‘firat so‘rar edilar. Bas, bu oyatlarning hammasida ham Haq subhonahu va taolo zikrig‘a mashg‘ul bo‘lmoqga ishorat, sidqu ixlos birla amal qilg‘uvchilar saodatiga bashoratdur. Toki kecha va kunduz soatlarini taqsim qilmag‘uncha bu virdlar-vazifalarni bajarish mumkin bo‘lmagay. Bu vajxdan ani bayon etmak lozimdur. FASL Kunduzgi duolar bayonida Bilgilki, kunduzga besh virdni ta’yin qilibdurlar: Avvalg‘i vird subhdan to oftob chiqquncha. Bas, bu vaqt sharifdurki, Haq taolo bu vaqtni azimat va sharofatiga qasam qilibdur: Qavluhu taolo: «Val layli iza as’asa, va-s-subhi iza tanaffasa». (Takvir, 17-18). Kecha qorong‘uligi bilan va tong salqinligi bilan qasam qilurmanki... «Qul auzu bi-rabbil-falaq, min sharri mo xalaq...» Ayting ey Muhammad, men sig‘inurmen tongning parvardigori bo‘lmush Xudoi taologa va yaratgan narsalari yovuzligidan najot so‘rab Haqdan panoh tilayman. «Fa’liqul-asbahi ja’alal-layla sakanan va-sh-shamsa val-qamara husbanan-zalika pgaqdirul-azizil-alim». (A’nom, 96). Ya’ni: Ul zot zulmatni yorib, tongni chiqarguvchidir. U kechani sokin-orombaxsh qilib qo‘ydi. quyosh va oyni vaqt o‘lchovi qildi.Bu qudratli va dono zotning o‘lchovidir. Bu vaqtlar har nafas ogoh bo‘lg‘ay. Va kiyim kiymakda zikr va duoga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va kiyim kiymakdan murod, avratni yopishni va Haq taoloning farmonini bajarmoqni niyat qilgay. Va riyo va ru’unatdan hazar qilg‘ay. Vaqtiki, xalojog‘a kirsa, chap oyog‘ini ilgari qo‘yg‘ay. Va tahorat qilurda mazkur bo‘lg‘an duolarni o‘qig‘ay. Va namoz bomdodning sunnatini uyda o‘qib, masjidga chiqg‘aykim, rasul alayhissalom ushbu tariqada qilibdurlar. Sunnatdan keyin Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qilgan duoni o‘qigaykim, kitobi «Bidoyatul hidoyat»da keltirdim. Va masjidga borurda ohista yurgay. Va o‘ng oyog‘ini ilgari masjidga qo‘yg‘ay. Avvalgi safda o‘tirmoqni ahd qilg‘ay. Va muntaziri jamoat bo‘lib, tasbeh, tahlil va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Vaqtiki farzni ado qilsa, to oftob chiqquncha, ushbu tariqada o‘tirgay. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, oftob chiqquncha muroqaba qilib o‘tirish to‘rt qulni ozod qilmoq bilan tengdir. Bas, bu vaqtda to‘rt nav’ ibodatga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi, duo, tasbeh, Qur’on o‘qimoq va tafakkur qilmoq. Vaqtiki, salom bersa, duo birla boshlag‘ay. Va aytg‘aykim: «Ollohumma, salli ala Muhammadin va ala oli Muhammad, ollohumma, antas-salom va minkas-salom, hayyino, rabbano, bis-salom va adhilno doras-salom taborakta rabbano taolayta Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 132 yo zuljaloli val-ikrom». Andin keyin duoyi ma’suralarni (Qur’on va hadisdagi duolarni) o‘qigaykim, du’vot kitoblarida mazkurdir. Vaqtiki duodan forig‘ bo‘lsa, tasbeq va tahlilga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Har birini yuz marotaba aytgay. Va o‘n zikrki, fazilati xabarda sanoqsiz, kelibdur. Isnodini (roviylarini) zikr qilmoq uzoqg‘a tortadur. Avvalg‘i zikr: «Lo iloha illallohu vaxdahu lo sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamd, yuhyi va yumiytu va huva hayyun lo yamut bi yadihil-hayru va huva ala kulli shay’in qodir va ilayhil masiyr. Ikkinchi zikr: «Lo iloha illallohu al-malikul haqqul-mubiyn». Uchinchi zikr: «Subhonalloqi valhamdu lillahi va lo iloha illallohu vallohu Akbar, lo havla va lo quvvata illo-billohil a’liyil-aziym». To‘rtinchi zikr: «Subhonallohi va bihamdihi, subhonallohil-aziym ». Beshinchi zikr: «Subbuhun quddusun, rabbuno va robbul-maloikati var-ruh». Oltinchi zikr: «Astag‘firullohal-aziym, allaziy lo iloha illa xuva l-hayyul-qayyum va atubi ilayh». Yettinchi zikr: «Yo Hayyu, yo Qayyum, bi-rahmatika astag‘iysu va lo li kulli ila nafsi tazqi’iyn va aslahu Soni’i kull». Sakkizinchi zikr: «Ollohumma lo mone’a li mo a’tayta va lo mu’tiyali mo min’ata va lo yanfau val-jaddi minkal-jad». To‘qqizinchi zikr: «Ollohumma salli ala Muhammadin va ala oli Muhammad». O’ninchi zikr: «Bismillohillazi lo yazirru maa ismiqi shay’un fil-arzi va fis-samoi va xuva as-Sami’ul-aliym». Bu o‘n kalimaning har birini aqalli o‘n marotaba yo qudrati yetguncha o‘qigay. Har birini fazilati va xosiyati o‘zga darajadur. Va har birida o‘zgacha uns va lazzati bordur. Shundan keyin Qur’on o‘qimoqga mashg‘ul bo‘lg‘ay. To‘liq Qur’onni yod bilmasa, «Oyatal Kursi» va «Omanar-rasul» va «Shahidallohu», «Quli llohumma molikul-mulk» va surai «Sabbaha» («Hadid»)ning avvalg‘i oyatlarini va surai «Hashr»ning oxirgi oyatlarini o‘qigay. Va agar Qur’on, duo va zikrg‘a doir nimarsalarni o‘qishni xoxlasa, hazrati Xizr alayhissalom hazrati Ibrohim Tamimiyga ta’lim bergan duoni o‘qig‘aykim, fazilati bisyor va xosiyati beshumordur. Bu duolarni isti’onati ashara (o‘n quvvat) va musabba’oti ashara (o‘n yettilik) atarlar: O’n duoki, har birini yetti marotabadin o‘qig‘ay. Chunonchi, Surai Fotiha va «Qul a’uzu birabbil falaq» va «Qul a’uzu birabin-nosi» va surai «Ixlos» («Qul huvallohu ahad»), surai «Qul yo ayyuhal kofiruna» va «Oyatal Kursi» (bu oltisi Qur’ondadur). Va - to‘rttasi zikrdur.Chunonchi «Subhonallohi valhamdulillohi va lo iloha illallohu vallohu akbar» va yana «Allohummag‘firliy vali-volidayya val ustoziyya val-muslimiyna val-muslimot, val-mo‘miniyna val-mo‘‘minot al axyai min hum val amvot innaka mujiybud da’avot, va rof’iu-d-darajot va munzilul barakot -va qoziyul-hojot, birahmatika yo arhamar-rohimiyn». Bu avrodning fazilati, martabasi hikoyati uzundurki, kitobi «Ihyo-ul ulum»da keltirdim. Vaqtiki obid, bulardan forig‘ bo‘lsa, tafakkurg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, tafakkurning odobi va tariqini kitob oxirida bayon qilg‘umdur. Ammo onchakim tafakkur qilmoq har kuni lozim bo‘ladur. Ushbudurki, inson har kuni o‘limni yod qilg‘ay. Ajalni ancha yaqin bilg‘ayki, intihosi kundin ziyoda umr ko‘rmakni tasavvur qilmag‘ay. Bu nav’i tafakkurning xosiyati benihoyat ziyodadur. Bas, xaloyiq tuli amal (orzu havas) birla dunyog‘a yuz keltirubdurlar. Va agar aniq bilsalar erdiki, bir oy yo bir yil ichida vafot etgaylar, albatta dunyo ashg‘olidan yuz o‘gurib, oxirat ishig‘a mashg‘ul bo‘lur edilar. Bas, bir kunlik umrlari ma’lum emas, ammo o‘n yilda vuqu’ga kelur ishlarini qilurlar. Chunonchi Haq subhonaxu va taolo xabar berur: «Avalam yanzuru fi malakutis-samovoti val arzi va mo xalaqal-lohu min shay’in va an ‘asa an yakuna qod iqtaraba ajaluhum». (A’rof, 185). Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 133 Tarjimasi: «Oyo, alar nazar qilmadilarmi, osmonlar va yer saltanatig‘a va Alloh taolo yaratgan har bir narsag‘a va shul narsaga hamki, shoyad alarning ajallari yaqin kelib qolg‘on bo‘lsa». (Oltinxon to‘ra tafsiridan olindi). Vaqtiki, bu fikri taammul (chuqur o‘ylash) birla dili sof bo‘lsa, zodi oxirat qilmoqg‘a rag‘bat va harakat paydo bo‘lg‘aykim, hayotlig‘ ayyomida gunohva ma’siyatdin xazar qilish bilan xayr va saloh ishlarig‘a sa’y va qo‘shish aylab, favt (qo‘ldan berilgan) amallari tadoriki, fikr-andeshasida bo‘lg‘ay. Kishiki ko‘ngli ochiq bo‘lsa, toki osmon va zamin ajoyiblari va masnuotu g‘aroyiblarig‘a, balki hazrati Sone’ (Yaratguvchi) azza va jallaning ismi qadimlig‘i va oliy rag‘barlig‘ig‘a fikr-andesha qilsa, hamma ibodat va hamma tafakkurlardan ortiqrokdurki, Haq subhonahu va taoloning ta’zimi dilda barqaror bo‘lur. To ta’zim g‘olib bo‘lmag‘uncha muqabbat g‘olib bo‘lmas. Va saodatning kamoli muhabbatning kamoli bilandur. Va lekin bu har kishiga muyassar bo‘lmas. Magar kishikim, Haq subhonahu va taoloning ato qilg‘on ne’matlarini tafakkur aylab, olamdagi mehnatlardan, bemorlik va darveshlikda (ko‘rgan) andog‘ uqubatlardan xalos qilg‘onig‘a shukrguzorliq qilsa. Va shukr qilg‘oni uldurkim, Haq subhonahu va taoloning farmoniga bo‘ysunib, gunoh va ma’siyatdan yiroq bo‘lg‘ay. Bas, kecha va kunduzlari bul tafakkurga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Ammo, ikkinchi vird to oftob chiqqandan to choshtgohg‘acha (tushga yaqin vaqt- peshin vaqtigacha)dir. Oftob bir nayza bo‘yi o‘rlaguncha masjidda sabr qilg‘ay. Vaqtiki, karohiyat vaqti o‘tsa, ikki rakaat namozi ishroq (quyosh chiqqondan so‘ng o‘qiladigan) namozni o‘tagay. To choshtgoh bo‘lg‘uncha zikr va fikrga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va choshtgoh kunning to‘rt hissasidin avvalg‘i hissasidur. Bu vaqtda to‘rt rakaat namoz o‘tagay. (Ba’zi rivoyatda olti rakaat va ba’zida sakkiz rakaat). Naql qilubdirlarkim, odam namozi choshgoxdin forig‘ bo‘lsa, mo‘‘minlar xayriyotiga taalluqli ishlarga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi, kasal ko‘rmoq va namozi janozaga bormoq va musulmonlar hojatini ravo qilmoq va olimlar suhbatiga bormoq. Uchinchi vird choshgohdan to namozi peshing‘achadur. Mo‘‘minlar haqida turlicha fikr borki, barchasi to‘rt holatdan xoli bo‘lmas. Avvalg‘i holati ulki, kishi ilm o‘rganmakka mashg‘ul bo‘lsa, hech ibodat bundan fozilroq emasdur. Vaqtiki, farz namozlardan forig‘ bo‘lsa, ilm o‘rganmoqqa mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va lekin ul ilmni o‘rgangaykim, oxiratda manfaat qilg‘ay. Dunyo rag‘batini zaif va oxirat rag‘batini qaviy (kuchli) qilg‘ay. Va yaxshi amallari ayb va ofatlarini vayron aylab, sidqi ixlos tarafiga boshlag‘ay. Ammo ilmi jadal (tortishuv, bahs) va xilof va ilmi qisas (qissachilik) va munga o‘xshash ilmlarkim, qofiya birla tartib beribdurlar, bu nav’i ilm dunyo hirsini ziyoda qilur. Hasad va mubohat ruxsatlar tuxmini ko‘nglida paydo aylar. Va ilmi nofe’ni (foydali ilmlarni) kitobi «Ihyoul ulum» va «Javohirul Qur’on» va bu «Kimyoyi saodat»da jam’ qildim. Bularg‘a boqib amal qilg‘ay. Ikkinchi holat ulki, ilm o‘rganmakka qodir bo‘lmas, lekin zikr, tasbih va ibodatg‘a mashg‘uldur, bu ham ibodatlar darajasidurkim, ulug‘ martabadur. Alalxusus, ul zikrki, dilg‘a g‘olib va barqaror bo‘lg‘ay. Uchinchi holat ulki, xalqqa rohat va osoyish bo‘ladurg‘on ishga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi so‘fiy, zohid, darveshlar va olimlarga xizmat qilg‘ay. Bas, bu nafl ibodatdan yaxshiroqdurki, ham ibodatdur va ham musulmonlarga rohat va ham solihlar ibodatiga ko‘makdurki, ularning duosi xosiyatlar bergusidur. To‘rtinchi holat ulki, bu xizmatga ham qodir bo‘lmasa va lekin o‘z axli ayolining nafaqasi uchun kasb va hunarga mashg‘ul bo‘lsa va yo xalqning amonatini saqlasa. Xaloyiqga uning qo‘li va tilidin ozor yetmasa. Va kifoyat qilg‘ulikdan ziyoda dunyoni talab etmasa. Bas, bu tariqa (yashash) ham ibodat jumlasidandur. Agarchi muqarrar Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 134 bular darajasiga yetmas, ammo ashobi yamin darajasidurki, salomat manzilida va amonat ma’manida (iymon xonasida) mutammakkin (tinchlik, amonlikda barqaror) bo‘lg‘ay. Ammo ul toifakim, bu mazkur bo‘lgan to‘rt qismdan tashqari hayot kechirurlar halokat bo‘lg‘uvchilar jumlasidan, shayton tobe’laridandur. Ammo to‘rtinchi vird tush vaqtidan, namozi peshindan asrgacha bo‘lg‘ayki, tushdan ilgari qaylula qilg‘ay. Qaylula qilmoq ro‘zaning saharig‘a (saharlik vaqtiga) o‘xshashdur. Ammo kishi saharhez (saharda erta turuvchi) bo‘lmasa, qaylula qilmagi karohiyatdurkim, ko‘p uxlamoq makruhdur. Vaqtiki, qayluladan uyg‘onsa, peshin vaqtidan ilgari tahorat qilg‘ay va azondan ilgari masjidga (borgay) va tahiyyati masjid o‘tagay. To‘rt rakaat namoz o‘tagayki, rasul alayhissalom bu to‘rt rakaat sunnat namozga uzun sura qiroat qilib o‘qir erdilar. Va aytur erdilarkim, bu vaqtda jannatning eshiklari ochiqturar. Xabarda kelibdurki, kishi bu to‘rt rakaat sunnatni o‘qisa, yetmish farishta uning orqasida namozni o‘tarlar. To kecha bo‘lg‘uncha ul kishining mag‘firatini talab qilur. Vaqtiki, imom birla farzni o‘qilsa, ikki rakaat sunnatni o‘tagay. To namozi asrgacha ilm o‘rgatmak va yo ilm o‘rganmakka va yo musulmonlar manfaatiga sa’y-qo‘shish qilg‘ay. Va yo zikr aytmoq va yo Qur’on tilovat qilmoq va shunga o‘xshash ishlarda ba-qadari toqat mashg‘ul bo‘lg‘ay. Beshinchi vird - namozi asrdan to oftob botg‘uncha bo‘lg‘ay. Namozi asrdan ilgari masjidga borgay. To‘rt rakaat namoz o‘tagay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar, Xudo taolo raqmat qilg‘ay ul kishiniki, namozi asrning farzidan ilgari to‘rt rakaat namoz o‘tabdur. Namozi asrdan keyin tasbeh va zikrg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, bu vaqtning fazilati namozi bomdod vaqtining fazilatiga o‘xshashdur. Chunonchi Haq taolo xabar berur: «Va sabbih bihamdi rabbika qobla tuluish-shamsi va qabla g‘urubiho». (Toho, 130). Oyatning tafsiri ulki, «Zikri tasbeh aytgil, ey Muhammad s.a.v. parvardigoringga hamd aytmoq birla oftob chiqishidan ilgari va kun botmasdan avval». Bu vaqtda «Va-sh-Shams» va «Val layli» va «Qul, a’uzu birabbil falaq»ni va «Qul a’uzu birabbin-nos»ni o‘qigay. Quyosh botganda istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Hosili kalom ulkim, har vaqtni bir amalga ta’yin qilg‘ay, umrni zoye’ o‘tkarmagay. Ammo kechaning avrodi (vazifa, duolari) uch qismdur. Avvalg‘i vird namozi shomdan namozi huftongachadur. Bu ikki namoz orasini ogoxlik birla o‘tkargay. Fazilati juda ko‘pdir. Xabarda kelibdur, qavluhu taolo: «Tataja fa junubuhum anil mazoji’i». (Sajda, 16). Tafsiri ulki, ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar)». Bu oyat vaqtning fazilatida nozil bo‘libdur. Bu vaqtda namozga mashg‘ul bo‘lg‘ay. To namozi xuftanning farzini o‘taguncha. Buzurglar bu vaqtda namoz o‘taganning savobini kunduzi ro‘za tutgandan ortiqroq sanabdurlar. Vaqtiki, vitr namozidan forig‘ bo‘lsa, lahv va behuda (o‘yin-kulgi, befoyda) so‘zlarga mashg‘ul bo‘lmag‘ay, tokim mashg‘ulotlarining barchasi Haq taoloning zikri birla bo‘lg‘ay. Ammo ikkinchi vird (vazifa) uxlamoqdir. Agarchandiki, uxlamoq ibodat jumlasidan emastur, ammo odob va sunnat birla orasta bo‘lsa, ibodat jumlasidandur. Bas, sunnat uldurki, avval o‘ng qo‘lini bosib, yuzini qiblaga qilib yotg‘ay. Murdani lahadda yotquzg‘on misllik. Bilg‘ilki, uyqu o‘limning barobaridur. Uyg‘oklikhashrning mushobahatidur (o‘lganlarning tirilishiga o‘xshashdur), mumkindurkim, uxlaganda chiqqan ruh yana qaytib badaniga kirgay. Bas, o‘lumni va oxiratni yod qilib, tahorat Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 135 birla yotg‘ay. Va tavba qilg‘aykim, min ba’d (bundan keyin) gunoh qilmag‘ay. Va vasiyatnoma bitib, taqyasi (yostig‘i) tagiga qo‘yib yotg‘ay. Va takalluf (hashamat, bezak) birla uxlamagay. Qalin va yumshoq ko‘rpalar ustida yotmag‘aykim, uyqu umrni zoye’ qilg‘uvchidur. Shunday bo‘lg‘ayki, bir kecha-kunduz sakkiz soatdan ziyoda uxlamag‘ay, yigirma to‘rt soatning uch hissasidin bir hissasini bu tariqa lozim tutgan kishi oltmish yil umr qo‘rsa, yigirma yillik umri uyquda zoye’ bo‘lur. Uxlar vaqtda tahorat suvi birla misvokni boshida qo‘yib yotgay, vaqtiki yotar oldida bu duoni o‘qigay: Parvardigoro, sening ismi sharifingni yod qilmoq birla boshimni yerga qo‘ydim. Va sening ismi sharifing birla (boshimni) ko‘targaymen. Yuqorida mazkur bo‘lg‘on duoni o‘qig‘ay. «Oyatal Kursi», «Omanar rasul» va ikki «Qul ‘auzu» va surai «Taborak»ni o‘qig‘ay. Kishikim, bu tariqa zikr va tahorat birla uyquga borsa, to bedor bo‘lg‘uncha namoz o‘taganning savobini nomai a’moliga biturlar. Va ruhini Arshg‘a yetkururlar. Ammo uchunchi vird - tahajjuddurki, kechaning yarmi oxirida uyqudan bedor bo‘lib, ikki rakaat va ba’zi rivoyatda o‘n ikki rakaat namoz o‘tagay, hamma navofillardin (nafllardin) ortiqroqdur. Va bu vaqtda dil sof bo‘lur. Dunyo ishlaridan forig‘ bo‘lur. Va shabhezlik (tunda uyg‘onish) fazilatida xabarlar juda ko‘pdurki, kitobi «Ihyo- ul ulum»da kelturdim. Hosili kalom ulki, kecha va kunduzning hamma vaqtlarini bir amalg‘a ta’yin qilg‘ay. Va hech vaqtni zoye’ o‘tkarmagay. Hamma kechani ushbu tariqa birla o‘tkargay. Vaqtiki, bu tariqa amal qilmoqdan o‘zini ranjur va malol ko‘rsa, bilgaykim, odamiy bu olamda safardadur. Asli vatan oxiratdurki, safardagi kishi malomatdan xoli bo‘lmas. Va lekin o‘zig‘a tasalli bergaykim, tez va yaqin fursatda asli vatanida rohat va shodmon bo‘lg‘usidur. Bas, bu olamdagi umr oxiratdagi umri jovidong‘a nisbatan nochiz va nobuddur. Kishikim, o‘n yillik rohati uchun bir yil mehnat tortsa ajab ermas. Bas, yuz ming yil va balki rohati jovidona (abadiy rohat) uchun yuz yil ranj chekmak ne ajab. IKKINCHI RUKN MUOMALOT Bu rukn ham o‘z ichiga o‘n aslni qamrab oladi: 1) Adab birla taom yemak. 2) Aqdi nikoh qilmoq. 3) Kasb va tijorat qilmoq. 4) Halol (rizq) talab qilmoq. 5) Go‘shanishinlik (xilvatni ixtiyor) qilmoq. 6) Safar qilmoq. 7) Vajdu samo’ (Darvishlarning zikr tushishi). 8) Amri ma’ruf va nahyi munkarni bajo kelturmak. 9)Mutasaddilik (odamlarni to‘g‘ri yo‘lga, hidoyat yo‘liga boshlashda rahbarlik )qilish. 10)Raiyyatparvarlik, (ya’ni, xalqparvarlik, fuqaroparvarlik) bayonidadur. Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 136 AVVALGI ASL Taom yemak odoblari bayonida Bilgilki, zodi ibodat ham, zodi roh ham ibodat jumlasidandur. Va har nimarsaki, millatninganga hojati bordur, ul nimarsa millat jumlasidandur. Bas, dindorlikning taom yemakka hojati bordur. Zotan, hamma obidlar murodi hazrati Haq taolo diydoridur. Ul diydor farahosor (shodlik yetkazuvchi) tuxmi - ilm va amaldur. Bas, ilm va amalga davomat qilmoq badan salomat bo‘lmag‘uncha mumkin bo‘lmas. Va badan salomatligi taom va sharobsiz (ichimliksiz) bo‘lmas. Bas, taom yemak zaruriyatdandur. Chunonchi, Haq taolo Kalomi majidida xabar berur: «Kuluu minat-tayyiboti va’mayau solihan». Oyat tafsiri: «Luqmai haloldan yenglar va yaxshi ishlar qilinglar». Haq taolo yemakni va yaxshilik qilmoqni bir oyatda jam’ qilibdur. Bas, odam taomni ilm o‘rganmak va ilmga amal qilmoqg‘a quvvat va oxirat yo‘lida yurmakka qudrat uchun yesa - ibodat jumlasidandur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: mo‘‘minning hamma xayrotiga savob biturlar. Hattoki luqmani o‘zining og‘ziga va yo ahli baytning og‘zig‘a solsa ham savob biturlar. Bu vajhdanki, mo‘minning taom yemakdan maqsudi - amali solih qilmoqdur. Bas, taom yemak rohi din jumlasidan bo‘lg‘onining nishoni uldurki, haromdan hazar qilg‘ay. Va haloldan rizq topib, toat va ibodatg‘a quvvat bo‘lg‘uncha yegay. Va yemak odobi sunnatlarig‘a rioya qilg‘ay. Bilgilki, taom yemakda necha sunnat bordur: ba’zisi taom yemakdin ilgaridur va ba’zisi keyin. Ammo onchakim, taom yemakdan ilgaridur, avvali ulki, qo‘lini va og‘zini yuvg‘aykim, bu tariqa taom yemak ibodatdur. Va zodi oxiratdur. Taom yemakdan ilgari qo‘lini va og‘zini yuvmoq namozdan ilgari tahorat olg‘onga o‘xshashdur. Xabarda kelibdur: Kishikim, taomdan ilg‘ari qo‘lini yuvsa, kambag‘allik va tangdastlikdan qutilar. Ikkinchi odob ulki: Taomni dasturxonga qo‘yib yegay va xonga (xontaxtaga) qo‘ymag‘aykim, rasul alayhissalom ushbu tariqa qilibdurlar. Dasturxon safarni eslatar. Va dunyo safari oxirat safarini eslatar. Va ham tavozu’ga yaqindur. Bas, agar xonda qo‘yib yesa ham joizdurki, xonda qo‘ymoqni nahiy (man’) ham qilmabdurlar. Ammo o‘tmish kishilar odatlari sufrada ko‘ymoqdurki, hazrati Rasul alayhissalom dasturxonda qo‘yibdurlar. Uchinchi odob ulki, o‘tirib taom yeg‘ay. Bu tariqa birlaki, o‘ng tizzasini ko‘tarib, chap poyini bosib o‘tirgay. Va bir nimarsag‘a suyanib taom yemagay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Men taomni suyanib yemasmenki, bandadurman, bandavor o‘tirurman va bandavor taom yerman». To‘rtinchi odob ulki, niyat qilg‘ay taomni ibodatg‘a quvvat bo‘lmoquchun yeyishni. Ziyoda shahvatni qasd qilmag‘ay. Ibrohim ibn Shaybon rahmatullohi alayh aytur: «Sakson yildurkim, hech nimarsani baroyi lazzat va shahvat uchun yemabdurman». Bas, bu niyatning rostlig‘iga dalil ushbudurki, kam yemakni odat qilg‘ay. Vaxo‘p yemak ibodatni man’ qilur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, necha luqma taom odam pushtini rost tutqunchalik bo‘lsa kifoyadur. Odam shunchalik taomga qanoat qilibdur, me’dasi toza va salomat bo‘lib, kam yemagi va ichmagi bilan badani yengil bo‘lg‘usidur. Beshinchi odob ulki, to qorni obdon ochmaguncha taom yemagay, sunnatlarning fozilrog‘i qorin ochganda taom yemakdurki, qorin ochmay taom yemak mazmum va makruhdur. Kishi ochlik holatda taomga qo‘l ursa, to‘yib ketguncha yeb bo‘lmay (to‘ymay turib) taomdan qo‘l yig‘sa, hargiz tabibg‘a hojati tushmas. Oltinchi odob ulki, hozir bo‘lgan taomga qanoat qilg‘ay, laziz va pokiza taom izlab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling