«kimyoi saodat»
FASL Ko‘ngil tahorati va badan tahorati bayonida
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FASL Tahoratda makruh narsalar bayonida
- FASL Tayammum kayfiyati bayonida
- FASL Hammomga kirmak kayfiyati bayonida
- FASL Turli a’zolarning tahorati bayonida
- FASL Soqol qo‘yish odobi bayonida
FASL Ko‘ngil tahorati va badan tahorati bayonida Bildingki, zohiriy tahorat botiniy tahoratdan farqlidir. Bas, botiniy tahorat, ko‘ngil tahorati uch qismdur: avvalg‘i qism - javorih a’zoni gunoh va ma’siyatlardan pok tutmoq..Ikkinchi - dilni yomon xulqlardan pok tutmoq. Uchinchi - Xilvatxonai dilni Haq taoloning yodidan boshqa narsalardan pok tutmoq. Zohiriy tahorat ham uch qismdur: Avval najosatdan pok bo‘lmoq. Ikkinchi - jinsiy aloqadan pok bo‘lmoq. Uchinchi - badanni ziyoda mo‘y va tirnoqdan pok qilmoq. Har nimarsaki haq taolo xalq qilibdur, hammasi pokdur. Magar sharobki, mast qiluchidur, ozu ko‘pning farqi yo‘qtur, hammasi najasdur. Hamma jonivorlar pokdur, magar to‘ng‘uzkim najasul ayndur. Hamma jonivorlar o‘lmak birla najas bo‘lur.Magar to‘rt qism jonivor najas bo‘lmas. Chunonchi, baliq, asalari, chumoli. Va badanida qon oqmaydigan jonivorlardan, chivin, ari, ilon, chayon Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 84 kabi jonivorlarning og‘zidan tushgan narsalar paliddur. Magar tovuqning tuxumi va pilla qurti pokdur. Jonivorlarning terisi va ko‘zi yoshi pokdur. Va har nimarsaki najasdur, aning birla namoz o‘tamoq durust emas. Faqat besh nav’ najosatkim, andin yiroq bo‘lish qiyinligi sababli kechirimlidur. Magar kishikim yiqilib tushsa va yo chahorpolarning ayog‘idin sachrasa, yuvmoq lozim. Chunonchi, imkon qadar ehtiyot qilmoq chori bo‘lmasa etikka yuqqan najas kechirarlidur. Avvalo, etikni najosat izi yo‘q bo‘lg‘uncha tufroqg‘a surtib . namoz o‘tamoq joizdur. Chivin, burga, bitning qoni harchand kam yuqsa ham nopokdur. Beshinchi, ushoq, kichkina jarohatlardan chiqqan zardob va rutubatlar kechirarli. Ammo kishikim qon oldursa va yo jarohat bo‘lsa, yuvg‘ondin keyin asari qolsa, ani birla namoz o‘tasa, ul namozning qazosi lozim bo‘lurki, bu nav’ uzrlar hayotda uchrab turadi. Bilgilki, badanda va yo kiyimda najosati palid bo‘lsa bir marotaba suvga chaymoq birla ul najosatning asari qolmasa pok bo‘lur. Agar asari qolsa, yana yuvmoq vojibdur.Agar uvalab yo tirnoq birla asarini ketkizilsa ham pok bo‘lur. Va har qism suvkim, haq taolo yaratibdur, pok qilg‘uvchidur. Magar to‘rt qism suv pok qilmas: avvalo bir marta ishlatilgan tahorat suvi pok qilmas. Najosatga tegib o‘tkan suv pok qilmas Ammo rangi va ta’mi najosat sababidan o‘zgarmasa pokdur. Uchinchi - ul suvkim, ikki yuz ellik botmondan kamroq bo‘lsa (bir botmon turli joyda turlicha: ikki puddan o‘n bir pudgacha, bir pud 16 kg) ul suvg‘a andek najas tushsa, agar rangi o‘zgarmasa ham paliddur. Ammo agar ikki yuz ellik botmondin ko‘proq bo‘lsa, najosat sababdan o‘zgarmasa palid bo‘lmas. Bu qavl hazrati imom Shofe’iy alayhir rahma mazhabidur. To‘rtinchi - ul suvkim, rangi, bo‘yi va ta’mi pok nimarsa tushmak birla o‘zgarsa(chunonchi za’far, sovun va munga o‘xshashlar) bu suv pokdur. Ammo bir nimarsani pok qilmas. Ammo tag‘yir - o‘zgarish andak bo‘lsa, pok qilg‘uvchidur. Ikkinchi qism junubatdan pok bo‘lmoq.. Muningda besh nimarsani bilmak lozimdur. Odobi qazoyi hojat va odobi istinjo (najosatdan poklanish), tahorat odobi, cho‘milish odobi, tayammum odobi (suv yo‘q joyda qo‘lni tuproqqa urib, yuz va qo‘lning tirsagigacha surtiladi). Odobi qazoyi hojat. Agar sahroda bo‘lsa, tahorat ushatmoq uchun xalqning ko‘zidan yiroq borg‘ay. Iloji bo‘lsa kishining nazari tushmaydigan yerda o‘tirgay. O’tirmasdin ilgari avratni ochmagay. Oftob va mohtobga boqib o‘ltirmag‘ay. Qiblaga yuzini va orqasini qilib o‘ltirmag‘ay. Magar tosh misllik nimarsa to‘siq, g‘ov bo‘lsa zaruratdin joizdur. Ammo qiblani chap qo‘liga va yo o‘ng qo‘liga kelturib o‘lturgay. Va xaloyiq jam’ bo‘ladurg‘on yerda tahorat ushatmagay. Avlosi qattig‘ yerga turg‘un suvg‘a va mevalik daraxt tagiga bavl qilmagay (siymagay), va shamOlta qarshi tarafga tahorat ushatmag‘ay. Bavl sachratmoqdan emin bo‘lg‘ay. Tikka turib bavl qilmag‘ay va tahorat sindurg‘ali o‘tirganda chap oyog‘iga nazar solib o‘tirg‘ay. G’usl va tahorat qiladigan yerga bavl qilmag‘ay. Vaqtiki xalajog‘a kirsa chap oyog‘i birla kirgay. Va chap oyog‘i birla chiqqay. Haq taoloning ismi bitilgan nimarsani olib kirmagay. Va bosh yalang bavl qilmag‘ay. Xalojoyg‘a kirganda bu duoni o‘qig‘ay: «Auzu billoh min-ash-shaytonir-rajim najasil- xabiysil-muxabbasi». Vaqtiki, xalodin chiqsa, bu duoni o‘qugay: «Alhamdu lillohi-allaziy azhaba anniy mo yu’ziniy va abqo mo yanfa’uniy». Avvalgi duoning tarjimasi: Panoh tilaydurman Haq taoloning ionat birla nopok va najas mal’un shayton sharridinkim, Haq subhonahu va taoloning dargohidin quvulgan ash shaytonir rajiymdur. Ikkinchi duoning ma’nosi: Siposu-sitoyish (hamdu sano) ul xudoyimg‘aki, yo‘q qildi Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 85 menga ranj, aziyat yetur nimarsani va ato qildi manfaat beruvchi nimarsani. Har kishi qazoyi hojatga borur, o‘tirmasdin ilgari uch tosh va yo uch kesakni tayyor qilib o‘lturgay. Vaqtiki, qazoyi hojatdin forig‘ bo‘lsa, ul kesakni chap qo‘lida tutub orqasining pok yerida qo‘yib, najosatning joyiga yetkirub pok qilg‘ay. Ushbu tariqa birla uch daf’a pok qilgay. Agar uch daf’a birla pok bo‘lmasa, yana bo‘lak kesak birla artqay, toki kesakning adadi toq bo‘lg‘ay. Bas, mundin ziyoda ishlarni o‘zig‘a lozim tutmag‘aykim, vasvos yo‘l topqusidur. Istinjo qilur holatda bu duoni o‘qigay: «Allohuma tahhir qalbiy min an - nifoqi va hassin farjiy minal favohishi» Ey, bor xudoyo, pok qilg‘il ko‘nglumni gina va adovatdan, saqlag‘il olatimni gunoh va zalolatdan, vallohu a’lam. FASL Tahorat kayfiyati bayonida Vaqtiki, istinjodin forig‘ bo‘lsa, misvok qilg‘ay. Pok va baland yerda o‘tirib o‘ng tarafdin boshlag‘ay. Andin chap tarafiga, andin tishlarining ichi va tashini, andin til va tanglayini surib, ushbu tartib birla misvok qilg‘ay. Xabarda kelibdurkim, misvok qilib o‘tagan bir rakaat namoz, misvoksiz o‘tagan yetmish rakaat birla borobardur. Misvok qilurda Xudoi taolo zikrini, yo‘lini pok qilmoqni niyat qilg‘ay. Har vaqtda tahorat sindursa o‘z vaqtida tahorat olg‘aykim, rasululloh (s.a.v.) ushbu tariqada qilibdurlar. Har bora tahorat qilsa, misvokni tark qilmag‘ay. Va agar og‘zini chayqamay, uyqulag‘ondin va yo bo‘yluq (hidli) nimarsa yegandan so‘ng og‘zining ta’mi o‘zgarsa, agarchi tahorat olmasa ham misvok qilmoq sunnatdur. Vaqtiki misvokdin forig‘ bo‘lsa, tahorat qilmoq niyatida qiblaga qarab o‘tirib bu duoni qigay: «Panoh tilayman parvardigoro, sening inoyating birla shaytonlar ko‘nglumga xatorot (xavf-xatar) yetkurmagidan va panoh tilayman parvardigoro, senga ibodat qilur damda shaytonlar ojiz qilmog‘idan» Va uch marotaba qo‘lni band dastig‘acha yuvg‘ay. bu duoni o‘qig‘ay: «Allohumma inniy as’alukal yumna Val barakata va a’uzubika min ash-shumi val halokati». Qo‘lini bo‘shalishdan ilgari va keyin uch marotaba yuvmoq sunnatdur. Duoning ma’nisi ulki: «Ey, bor xudoyo, talab qilurman hazratingdan yaminu barakatni (o‘ng‘aylik,barakani) va panoh tilayman zabunliq va halokatdan». Andin keyin uch marotaba og‘izga suv olib, halqumiga yetkurib, g‘ar-g‘ara qilgay. Og‘ziga suv olurda bu duoni o‘qigay: «Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibodatika va tilovati kitobika» «Ey, bor xudoyo, yordam bergil va ko‘mak yetkurgil menga hazratingg‘a zikr va shukr aytmoqqa, ibodat qilmoqqa va Qur’on tilovat qilmoqg‘a». Andin keyin burung‘a uch marotaba suv olib istinshoq (burunga suv tortish) qilg‘ay. Burung‘a suv olurda bu duoni o‘qigay: «Allohumma arihniy min rayihati al-jannati varzuqniy na’iman va’zubika min duxoni», «Ey, bor xudoyo, xushbo‘y qilg‘il dimog‘imni behishtning xushbo‘ylig‘i birla va ro‘zi qilg‘il menga behishtning ne’matlaridan va panoh tilayman do‘zaxning badbo‘ylig‘idan». Andin keyin yuzini uch marotaba yuvgay. Yuzidagi mo‘ylarning tubiga suv yetkurgay. Agar saqoli qalin va to‘la bo‘lsa suv yetkurmak lozim. Yuzini yuvarda bu duoni o‘qig‘ay: «Allohumma bayyiz vajhiy yavma tabyazzu vujhu avliyoika va lo tusavvud vajhiy yavma tasvaddu vujuhu a’duika». «Ey,bor xudoyo, oq qilg‘il mening yuzimni ul kuni avliyolarning yuzini oq qilganday.Va qaro qilmag‘il yuzimni ul kuni dushmanlarning yuzini qaro qilganday». Andin keyin o‘ng qo‘lini tirsagini qo‘shib uch marotaba yuvg‘ay. O’ng qo‘lini yuvarda bu Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 86 duoni o‘qugay: «Allohumma,a’tiniy kitobiy bi-yaminiy va hosibniy hisoban yasiyran». «Ey,bor xudoyo,bergil mening nomai a’molimni o‘ng Qo‘limdan va amalim hisobini osonliq birla olg‘il». Andin keyin chap qo‘lni ushbu tariqa birla yuvgay.Har bora suv quyg‘onda barmoqlar orasini andek ochgaydoki barmoqlari orasiga,orqasiga ham suv yetkazgay.Chap qo‘lini yuvarda bu duoni o‘qigay: «Allohumma,la tu’tiniy kitobiy bi-shimoliy va lo min varoi zahriy va lo tuhasibni hisoban shadiydan». «Ey,bor Xudoyo,bermagil nomai a’molimni chap qo‘limdan va orqamdan hisob qilmag‘il amalimni qattig‘liq va shiddat birla».So‘ng boshiga mash qilg‘ay. Bu tariqa birlaki,barmoqlarini ho‘l qilib muttasil tutib peshona tarafidin boshning tepasi birla barmoqlarini surib orqag‘a yetkuzib keyin ikki kafti birla boshini ikki tarafdin qaytarib mash qilgan yerga yetkurgay. Boshga mash qilurda bu duoni o‘qigay: «Allohumma ag‘isniy birahmatika va anzil alayya min barakatika va azillaniy tahta arshika yavma lazilla fiyhi illa zilli arshika». «Ey,bor Xudoyo,faryodimg‘a Yettil,o‘z rahmating birla va nozil qilg‘il barakatlaringdan menga va soya bergil manga Arshning ostidan, ul kunikim hech soya yo‘qtur, magar arshingni soyasidin o‘zga». Andin keyin qulog‘iga mash tortg‘ay,bu tariqa birlaki barmoqlarini ho‘l qilib ikki ko‘rsatkich barmog‘ini ikki quloqning ichiga solib,ikki bosh barmog‘i bilan qulog‘ining orqasidan silab mash qilurda bu duoni o‘qigay: «Allohumma aj’al minallaziyna yastami’unal qayla fayattabi’una ahsanahu». «Ey, bor Xudoyo,qilg‘il meni ul toifalardankim, eshituvchilar hamda so‘zga amal qilg‘uvchidurlar ahsan qavlga, ya’ni oyat, hadisga». Andin keyin gardaniga mash qilg‘ay. Bu duoni o‘qigay: «Allohumma a’tiq raqabatiy minan-nori va a’uzubuka minas-salosili va ag‘loli». «Parvardigoro,ozod qilg‘il mening gardanimni do‘zaxdan va panoh tilayman lutfu inoyating birla g‘ul-zanjirlardan». Andin so‘ng oyoqlarini to‘pig‘ini qo‘shib uch marotaba yuvgay. Bu tariqa birlaki, o‘ng qo‘lining jimjilog‘idan boshlab, tahlil qilib, oyoqining jimjilog‘ida tamom qilgay. O’ng oyog‘ini yuvarda bu duoni o‘qigay: «Alpohumma sabbit qadamayya ala sirotin mustaqiym va aqdomil - mo‘‘miniyn» «Ey, bor Xudoyo, sobit qadam va barqaror qilg‘il mening ikki qadamimni va otam- onamning qadamlarini sirot ko‘prigi uza mo‘‘minlar qadami birla». Andin keyin chap oyog‘ini ushbu tariqa birla yuvg‘ay. Bu duoni o‘qig‘ay: «Allohumma a’uzu bika min at-tazilla qadamiy ala sirotin yavma tazilluu fiyhi aqdomul munofiqiyna». Ya’ni: «Ey, bor xudoyo, panoh tilayman lutfu karaming birla sirot ko‘prugi uza qadamim toymog‘idan ul kunikim titrar sirot ko‘prigida munofiqlarning qadami». Vaqtiki tahoratdan forig‘ bo‘lsa, aytgay: «Ashhadu an la iloha illallohu vahdaku la sharika lahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh». «Guvohlik beradurmen mungaki: Allohdan boshqa iloh yo‘qdur ibodat qilishga loyiq, faqat Haq-subhonahu va taologina bordur. Allohning hech sherigi yo‘qtur. Va guvohlik berurmanki, Muhammad (s.a.v.) Xudoi taoloning bandasi va Xudoi taolo bandalarig‘a yuborgan elchisidur». Andin keyin bu duoni o‘qig‘ay: «Allohumma j’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatahhiriyna vaj’alniy min ibodikas - solihiyna». Duoning ma’nisi ulki: «Ey, bor Xudoyo, qilg‘il mani tavba qilg‘uvchilardan. Va qilg‘il mani Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 87 solih bandalaringdan». Bas, bo‘lg‘aykim bu duolar ma’nosini fahm qilg‘ay. Agar bilmasa, arabcha bilur kishilardan o‘rgangay. Keyin bir marotaba «Oyatal Kursi»ni, uch marotaba surai «inna anzalnahu»ni («Laylatul-qadr»ni) o‘qig‘ay. Chunonchi hazrati Rasuli akram (s.a.v.) aytibdurlar: «Man qaraa inna anzalnohu fi laylatil qadri badal vuzuu salosa marrotin a’tohullohu taolo ajra alfishahidin allaziyna qutiluu fi sabilillohi». Hadisning tarjimasi: «Kishikim surai «inna anzalnohu fi laylatul-qadr»ni, tahorat Oltandan keyin uch marotaba o‘qisa, Alloh taolo ul kishiga Xudo yo‘lida shahid bo‘lgan mo‘‘minning savobini ato qilur Xabarda kelibdurkim, tahorat qilurda mazkur bo‘lgan duolarni o‘qisa , hamma a’zolari gunohdan pok bo‘lur. Har namozga tahorat qilg‘ay. Agarchi tahorati bo‘lsa ham. Xabarda kelibdurki, kishi toza tahorat qilsa, Haq taolo u kishining iymonini toza qilur. Vaqtiki tahorat tamom qilsa, bilgayki, bu a’zoi mag‘sula (yuviladigan a’zo) xalq nazargohidur. Haq subhonahu va taoloning nazzoragohi esa dildur. Ani tavba va istig‘for birla pok qilg‘ay. Va agar dilini tavba birla pok qilmasa, anga o‘xsharkim, kishi o‘z podshohini mehmondorchilikka taklif qilg‘ay, uyining tashqarisini yaxshi tozalagay va uyining ichi, podshoh o‘turadigan yerni nopok va najas qo‘yg‘ay. FASL Tahoratda makruh narsalar bayonida Bilgilki, tahoratda olti nimarsa makruhdir. Tahorat qilib turgan vaqtda so‘zlamagay va suvni yuzig‘a qattig‘ urmagay. Va qo‘lini silkitmagay. Oftobda qolib issig‘ bo‘lgan suv birla tahorat olmag‘ay va suvni ko‘p quyib isrof qilmag‘ay, Uch bor yuvilishi kerak bo‘lgan a’zoni, uchdin ziyoda yuvmag‘ay. Ammo yuz va qo‘lini g‘ubor o‘turmasun deb pok nimarsada artmoq ruxsatdurki, bu niyat birla artsa fazilatdur. Safol idishda tahorat olmoq, oftobada tahorat olmoqdan avloroq va tavaze’ga yaqinroqdur. Kishikim xotini birla suhbat qilsa, yo bedorliqda yo uyquluqda ob maniysi zavq va shahvat birla oqib ketsa ul kishiga g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Ammo uyqudan uyg‘ongan kishiga maniy ko‘rsa ham g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Va foilga va maf’ulga (er-xotin ikkalasiga) g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Va g‘usulda ham, tahoratdagi kabi, bajarishni niyat qilmoq, zam-zama(og‘iz chayqash), burunga suv tortib, tomog‘ning ichkarisiga suv yetkazish va hamma badanni olasiz yuvmoq zarur. Ammo sunnat uldurkim, avval bismilloh degay. Va uch marotaba qo‘lning ikkalasini yuvgay va badanida najosat bo‘lsa ani pok qilg‘ay. Andin keyin tahorat Oltay. Andog‘kim mazkur bo‘ldi. Va hamma sunnatlarni bajo kelturgay. Va oyog‘ini g‘usuldan keyin yuvgay. Va g‘usulning tartibi uch marotaba o‘ng tarafiga,uch marotaba chap tarafiga, uch marotaba boshig‘a suv quyg‘ay. Qo‘li yetadigan yerlarni yaxshilab yuvgay. Qo‘li yetmas yerlarga suv yetkizishga harakat qilg‘ayki hamma badaniga suv yetkurmoq farzdur. Qo‘lini va nazarini avratdin yiroq qilg‘ay. Va barmog‘ining uchi birla kindigining uchini ishqalab yuvg‘ay. FASL Tayammum kayfiyati bayonida Bilgilki, tahorat olmoqg‘a suv topilmasa va yo o‘zi va rafiqi ichkunchalik suv bo‘lmasa va yo suvning labida xavf-xatar bo‘lsa, va yo rafiqi suvni bu kishiga avvalgidin ziyoda bahoga sotsa va yo bu kishi bilan suvning orasi bir mil (to‘rt ming qadam) yo‘l bo‘lsa, va yo Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 88 jarohati bo‘lsa va yo kasal bo‘lsa, suv iste’mol qilmog‘liq uzr bo‘lg‘aykim, bu kishi to namoz vaqti kirguncha sabr qilg‘ay. Namozning vaqti kirganda pok tufroq uzra ikki alaqon kaf va barmoqlarini ochgan holda tufroqqa urib, namoz uchun tayammum qilmoqni niyat qilg‘ay. Bas, ikki kafti birlan tamom yuzini mash qiladi. Soqoli va qoshi orasiga tufroq surtaman deb o‘zini qiynamaydi. Andin keyin yana qo‘lini tufroqqa urib, o‘ng qo‘lining barmoqlari uchini jam’ qilib, chap kafti uzra qo‘yib, o‘rta va nomsiz barmog‘i hamda jimjilog‘i va chap kaftining yarmisi bilan o‘ng qo‘li barmoqlari orqasidan oxiriga yetkazib, qaytaradi. Va chap qo‘lining bosh barmog‘i va ko‘rsatkich barmog‘i va kaftining qOltan yarmi bilan o‘ng bilagini ichi tarafidin silab, qo‘lining uchiga yetkizadi. Va chap qo‘lini ham o‘ng kaftining ichiga qo‘yib ushbu tariqa birla tayammum qiladi. Bas, tayammumda niyat qilmoq farzdur. Va har farz namoz uchun tayammum qilinadi. Ammo navofilni - nafl namozlarini xohlagancha o‘tash mumkii. Ikkinchi qism tahorat - soqollarini pok qilmoqdur. Bas, bu ikki nav’dur. Avvalg‘i soch va soqol orasida kir bo‘lsa, ani taramoq va yuvmoq birla pok qilish sunnatdur, hazrati rasuli akram (.s.a.v.) safarda soqol taramoqni hargiz kanda qilmas edilar. Ko‘z va quloq kirini tahorat qilurda barmoqlari uchi bilan pok qilg‘ay, og‘iz va burunni g‘ar-g‘ara va istinshoq va misvok bilan pok qilish va barmoqlar bandi orasidagi (tovoni va tirnoq orqasidagi kirni issig‘ suv bilan va yo hammomg‘a kirish bilan pok qilish sunnatdur. Va badanda kir bo‘lsa tahorati botil bo‘lmas. Agar kir qalin bo‘lib badanga suv o‘tishiga mone’ bo‘lsa, kechirarli emas. FASL Hammomga kirmak kayfiyati bayonida Avrati yalang‘och hammomga kirguvchilarni man’ qilmoq vojibdur. Kishikim, bularni bajo kelturmasa hammomdan gunohkor. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan naql qilibdurlarki, u kishi hammomga kirsalar, yuzlarini devorga qilib, ko‘zlariga parda tortib o‘tirar edilar. Va xotinlarga ham ushbu mazkur vojibdur. Xotinlarning umumiy hammomiga kirishi yaxshi emas. Agar uzri kuchli bo‘lsa joizdur. Ammo sunnat uldurkim, namoz uchun pok bo‘lmakni niyat qilg‘ay va xalqning nazarig‘a xo‘b ko‘rinmoqni niyat qilmagay va hammom haqini hammomga kirmasdan avval bergay. Va hammomga chap oyog‘i birla kirgay, bu duoni o‘qugay: Bismillohir rohmanir rohiym. A’uzu billohi minar rijil xabiysil muhabbasi. Mazmuni: «Alloh taoloni nomini zikr qilib, iflosliklardan va tamomi palid, razil, noxushliklardan sening o‘zingdan panoh tilayman» deb, mazkur duoni o‘qib, chap oyog‘ bilan hammomga kirgay. Aslida hammom shaytonning makonidur. Hammom holi vaqtida kirgay. Va hammomning issig‘ xonasiga keyinroq kirgay. Va suvni ko‘p isrof qilmagay. Va hammomda kishiga salom qilmagay. Va agar kishi salom qilsa, afvakalloh degay (Alloh kechirsin) va qo‘l berib ko‘rishishda zarar yo‘qtur. Agar qur’on o‘qisa, ohista o‘qigay. Ovoz birla a’uzu billohi minash shaytonir rajiym demak joizdur. Oftob botgan vaqtda, namozi shom va namozi xuftanning orasida hammomga kirmag‘aykim, bu vaqtlarda shaytonning ifrodalari yakka-yakka olam yuzig‘a tarqaydurg‘on vaqtdur. Hammomning sarobli issig‘ uyig‘a kirsa do‘zaxni yodig‘a kelturgayki, do‘zax zindonida holi nechuk kechkusidur. Balki oqil uldurki, hammomning ichidagi har nimarsani oxiratdin namuna bilg‘ay. Chunonchi, hammomning‘ qorong‘uligini yodig‘a kelturgay. Agar ilon ko‘rsa do‘zaxning ilonlaring tasavvur qilg‘ay. Va agar xunuk surat ko‘rsa Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com кутубхонаси 89 «Munkar, Nakir» suratlarini mulohaza qilg‘ay. Agar qattig‘ ovoz eshitsa nafxai sur (Isroil nomli farishta qiyomat kuni karnay chalganda hamma murdalar tirilar ekan) yodig‘a kelturg‘ay. Va agar xalqdin rad va qabul anglasa, savol-javob vaqtidagi rad va qabulni mushohada qilg‘ay. Bas, shar’i sunnatlar ushbudur. Ammo tib kitoblarida aytibdurlar, har oyda bir marotaba kirib qatiq iste’mol qilsa, bisyor manfaatlikdur. Vaqtiki hammomdan chiqsa, ayog‘ini iliq suvda yuvg‘ayki, niqris (barmog‘lari, bo‘g‘inlari qattig‘ og‘riydigan bod) kasalidan emin bo‘lur va boshi og‘rimas. Va boshig‘a sovuq suv quymag‘ay. Va bahor faslida hammomga kirsa, hammoamdan chiqib uxlamag‘ay. Va hammomdan chiqqanda sharbat ichgay. FASL Turli a’zolarning tahorati bayonida Uchinchi qism tahorat - odam badanini makruh nimarsalardan pok qilmoqdur. Bu yetti qismdur: Avvalg‘i qism - boshning sochini olish yaxshiroq va poklikg‘a yaqinroqdur. Magar riyozat uchun qo‘ymog‘i joizdur. Ammo ba’zan oldirib, ba’zan yoyib qo‘yish, ba’zi xalqning odatidur, makruhdurkim, nahiy voqe’ bo‘libdur. Ikkinchi- burutni (mo‘ylabni) lab birla barobar olmoq sunnatdur. Olmagan gunohdur. Bas, haftada bir navbat oldirgay. Uchinchi, qo‘ltiq tukini qirq kunda bir marotaba olmoq sunnatdurki, odat qilsa osondur. Agar odat bo‘lmag‘on bo‘lsa ustara birla olmoq yaxshiroqdur. Toki o‘zig‘a azob qilmag‘ay. To‘rtinchi, mo‘yi avratkim, ohak surtib va yo ustara bilan tushurmak sunnatdurkim, qirq kundin kechiktirmagay. Beshinchi, tirnoq olmoq sunnatdurki, orasiga kir to‘lmag‘ay. Agar kir bo‘lsa, tahoratni botil qilmas. Charoki hazrati rasuli akram s.a.v. bir guruhning tirnog‘ining orasiga kir to‘lg‘onini ko‘rub, tirnog‘ini olmakka farmon qildilar. Namozning qazosini o‘tamakka farmon qilmadilar. Xabarda kelibdurkim: tirnoq o‘ssa shaytong‘a o‘tirgali makon bo‘lur. Bas, tirnoq olurda sunnat uldurki, o‘ng qo‘lini shahodat barmog‘idan olishni boshlab, jimjilog‘iga yetkurgay. Andin keyin chap qo‘lni jimjilog‘idin olib, bosh barmog‘iga yetkurgay. Va tirnoq olmoqg‘a uch kunni ixtiyor qilibdurlar. Dushanba, panjshanba, jum’a. Oltinchi, tug‘ulg‘on vaqtda kindik kesmak va kichiklik xolatda xatna qilmoq sunnatdur. FASL Soqol qo‘yish odobi bayonida Soqol uzun bo‘lsa bir tutamdan ziyodasini olmoq joizdur. Ibn Umar roziyallohu anhu, tobe’iynlar jamoasi ushbu tariqa qilibdurlar. Va bir guruh odamlar aytibdurlarki, soqolni o‘z holig‘a qo‘yg‘ay. Va hech nimarsa qilmag‘ay. Bilgilki, soqolda o‘n nimarsa makruxdur. Avval soqolni qoraga bo‘yamog‘liq. Xabarda kelibdurkim, qoraga bo‘yamoq axli do‘zaxning shiori va kofirlarning tariqasidur. Ul kishiki soqolini qoraga bo‘yadi, Fir’avn erdi. Ibn Abbos roziyallohu anhu hazrati rasuli akram s.a.v.dan naql qilibdurlarki, oxir vaqtda bir qavm bo‘lurki doimo soqollarini qoraga bo‘yarlar.Ul toifa bihisht bo‘yini hidlamas. Bihishtning bo‘yi besh yuz yillik yerga yetkusidur. Xabarda kelibdurkim qariyalarning yomonrog‘i o‘zini yigitlarga o‘xshatg‘ay. Bu nav’ ishlardin nahiy (qaytarish) qilinibdur. Iblisning fe’lidurkim, bu nav’ ishlarni qilmoq xo‘b ermasdur. Ikkinchi soqolini qizilga, sariqqa bo‘yamoq g‘oziylarning tariqasidurki, kofirlar ularga pirliq va za’ifliq nazari birla qaramag‘ay. Ushbu g‘araz birla bo‘yoq sunnatdur. Va ba’zi ulamolar ham ushbu g‘araz birla soqollarini qoraga bo‘yabdurlar. Ammo bu g‘araz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling