«kimyoi saodat»


FASL   Jamoatning fazilati bayonida


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35

FASL  
Jamoatning fazilati bayonida 
 
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Jamoat birla o‘talgan bir rakaat namoz tanho o‘talgan 
yigirma yetti rakaat namoz birla barobardur». Kishi namozi xuftonni jamoat birla o‘tasa 
yarim kechani bedorliq birla o‘tkargandek bo‘lur. 
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: Kishi namozni qirq kun jamoat birla o‘tasa, bu muddat 
ichida muqaddas takbirni qo‘ldan bermasa, ul kishi otig‘a ikki ozodliq xati bitilur: biri 
nifokdan, ikkinchisi do‘zaxdan. Ushbu sababdan Salaf rahmatullohi alayh: agar muqaddas 
takbir zoe ketsa, yetti kun ta’ziya tutar edilar. Va Sa’id ibn Musayyib aytur: yigirma 
yildurki, azondan ilgari masjidga hozir bo‘lubdurmen. Va aksar ulamolar aytibdurlar, 
beuzr jamoatni tark qilsa, namozi durust emasdur. Bas, jamoatni ham ahamiyatli 
bilmak kerak. 
 
FASL 
Imomatlik bayonida 
 
Imom qavmning xohishiga qarab imomatlig‘ qilg‘ay. Agar qavm kimni xunuk, yoqimsiz 
ko‘rsa, imom bo‘lmoqdin o‘zini tiygay. Agar qavm xohlagan bo‘lsa, imomatlikning fazilati 
muazzinliqtsan ziyodadur. Imom doimo pokiza kiyingay va namozning vaqtini yaxshi bilgay. 
Avvalo vaqtida namoz o‘tagay. Jamoatga intizor bo‘lub, namozni kechiktirmagay, chunki 
vaqtida o‘qishning fazilati ziyodadur. Va sahoba roziyallohu anhumlar ikki kishi namozga 
hozir bo‘lsa ham uchinchi odamni kutmay, namozni boshlar edilar. 
Janoza namoziga to‘rt kishi hozir bo‘lsa, beshinchiga muntazir bo‘lmas edilar. Bir kuni 
hazrati rasuli akram s.a.v. namozg‘a kechikdilar. Sahobalar to‘xtamay Abdurahmon ibn 
Avf roziyallox
1
u anxu imom bo‘lub, namozga turdilar. Bir rakaat o‘tagandan keyin 
rasulullloh chiqib, iqtido qildilar. Namozdan forig‘ bo‘lib, sahobalarga aytdilar: «Yaxshi 
qildinglar, har bora xuddi shunday qilg‘aysizlar». Imomliqni bir Xudo uchun ixlos 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
97
birla qilg‘ay va to saf rost bo‘lmag‘uncha, imomatlikni olmagay va takbirni baland ovoz 
birla aytgay. Imomatlik niyatin qilg‘aykim, savobi ziyoda hosil bo‘lur. Agar niyat qilmasa 
ham, jahran baland ovoz birla o‘qigay. Ruku’ga borishida takbirni suraning oxirig‘a 
ulamagay. (Takbir suraning boshida aytiladi) Ruku’ va sujudda uzoq turmagay. 
Tasbihni «Subhonalloh» so‘zini uchdin ziyoda aytmagay. Hazrat Anas roziyallohu anhu 
aytur: «Hech kishi rasuli akram s.a.v. dan ko‘ra namozni to‘liq va osonroq o‘taguvchi 
emasdi. Sabab bu erdiki, qavm uchun namozda malol bo‘lmag‘ay. Namozda salom birla 
uzoq o‘lturmagay. Bu duoni o‘qigay: «Allohuma antas-salom va minkas-salom taborakta 
rabbano va taolayta yo zuljaloli val ikram». Qavm tarafiga boqib o‘tirib duo qilg‘ay. 
Qavmning ham duodan ilgari turib ketishi makruhdir». 
 
 
FASL  
Namozi jum’aning bayonida 
 
Bilgilki jum’a ulug‘ kundur. Fazilati benihoyat, mo‘‘minlarning hayitidur. Xabarda 
kelibdurkim, Xudo taolo har odina (jum’a) kuni olti yuz ming gunohkorni do‘zaxdan 
ozod qilg‘usidur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Do‘zaxni har kuni zavol 
vaqtig‘acha qiziturlar, faqat odina kuni qizitmaslar. Kishi odina - jum’a kuni vafot 
bo‘lsa, aning nomai a’molig‘a bir shahidning savobini biturlar. Unga qabr azobi 
bo‘lmas». 
Bilgilki, har nimarsa besh vaqt namozda shart erdi, jum’ada ham shartdur. Mundin 
o‘zga olti shart namozi jum’aga xosdur. 
Avvalg‘i shart vaqtidurki, peshinning vaqti o‘lsa, namozi peshinning qazosini 
o‘tamak lozimdur. Namozi jum’aning qazosi lozim emas. 
Ikkinchi shart joygohtsur. Namozi jum’ani shaharda va shaharga yaqkn kentlarda, 
agar yiroqbo‘lsa, podshoxdin izn bo‘lg‘on bo‘lsa durustdir. Va sahroda masjiddin bo‘lak 
yerda durust ermas. 
Uchinchi shart miqdoriydir. Imomdan bo‘lak uch kishi bo‘lmaguncha namoz 
durust ermas. 
To‘rtinchi shart jamoatdur. Qavmning namozni imomsiz, o‘zi o‘tamagi durust emas. 
Agar imomni oxirg‘i rakaatida va yo tashahudda topib iqtido qilsa, qOltanini tanho 
o‘tamasa bo‘lur. 
Beshinchi shart har shaharda bir masjidda o‘tagay. Va agar masjidga sig‘masa 
va yo izdihom bo‘lsa, yana bir masjidda o‘tamak joizdur. 
Oltinchi shart xutba o‘qimokdur. Tasbihva tamjidga mashg‘ul bo‘lgay. Bilgilki. 
xotinlarga va gudaklarga va musofirg‘a xutba vojib emasdur. Va uzr birla tark 
qilmoqjoizdur. Chunonchi qattig‘ yomg‘ir yog‘sa, yo kasal bo‘lsa, Ushbu uzrlar birla 
tark qilmoq joizdur. Va lekin yaxshisi ulki, xaloyiq jum’a namozidan forig‘ bo‘lgandan 
keyin bu toifa peshinni o‘tagay. 
 
Jum’a odobi 
 
Jum’a kunida o‘n nimarsa sunnatdur. Avvalg‘i odob - panjshanba kuni jum’aga 
tayyorlangay, jum’aga yetganiga shodu xurram bo‘lub,  libos-jomani pokiza qilib, 
har nav’ mashg‘ulotini tark qilib, ertadan kechgacha namozga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va 
panjshanba kuni asr namozidan keyin tasbih va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Bu 
vaqtning fazilati nihoyati ulug‘dur. Juma kunining vaqtiga barobardur. Va aytibdurlar, 
odina kechasi xotini birla suhbat qilmoqlik sunnatdur, tokim har ikkisining g‘usl 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
98
qilmog‘iga sabab bo‘lg‘ay. 
Ikkinchi odob - odina kuni erta birla g‘usl qilmoqqa mashg‘ul bo‘lg‘ay. Hazrati rasul 
alayhissalom jum’ani ta’kid birla farmon qilibdurlar, to ulamolardan bir guruhi jum’a 
quni farz bo‘lg‘ay deb. Madina xalqi agar kishiga qattig‘ dag‘al so‘zlamakni lozim 
tutsalar. «Jum’a kuni g‘usl qilmagan kishidin yomonroqsen», der edilar. Va kishi jum’a 
kuni junub bo‘lsa, jum’a g‘usli niyatida badanig‘a bir qator suv quyg‘ay. Agar g‘usli 
junubat va g‘usli jum’a niyatini bir qilsa kifoyatdur, g‘usli jum’aning fazilati ham hosil 
bo‘lg‘usidir. 
Uchinchi odob - orasta va pokizalik birla masjidga kelgay. Mo‘y va tirnog‘ini olg‘ay. Va 
mo‘ylabini tuzatg‘ay va orastalik bilan oq egin kiygay. Rasuli akram s.a.v. oqeginni toza 
tutardilar. Namoz va masjidning ta’zimi niyatida o‘zini xushbo‘y qilg‘ay. 
To‘rtinchi odob - masjidi jome’ga ertaroq kirgayki, buning fazilati bisyor ulug‘dir. 
Sahoba va tobe’inlar subh mahalida chirog‘ birla masjidga kelur erdilar. Ko‘rdilarki, uch 
kishi bulardan ilgari masjidga kirib o‘ltiribdur. Uzlarig‘a xitob qilib aytdilarki, sen 
to‘rtinchi darajada bo‘lursen, xoling na kechkusidir? Va aytibdurlar, ba’zi bid’atlarki 
islomda paydo bo‘ldi va ushbu sunnatni qo‘ldin yubordilar. Bas, tarso  va  juhudlar 
shanba va yakshanba kuni ertaroq ibodatxonalariga borurlar. Odina (jum’a) 
kuni musulmonlarning fazilatlik va ulug‘ qunidur. Masjidi jome’ga ertaroq bormoqni 
tark qilmoq durust emas, va rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishi jum’a kuii 
vaqtliroq masjidi jome’ga borsa, tuya qurbonlig‘ qilg‘onning savobini topg‘ay. 
Agar ikkinchi soatida borsa sigir qurbonlig‘ qilg‘on savobini topg‘ay. Uchinchi soatida 
borsa tovug‘ qurbonlig‘ qilg‘on savobini topg‘ay. To‘rtinchi soatida borsa, tovug‘ tuxumini 
sadaqa qilg‘on savobini topg‘ay. 
Vaqtiki imom xatib xutba o‘qigani chiqsa, farishtalar qurbonlig‘ savobini bitgan 
nomalarni olib turib, xutba eshitmakka mashg‘ul bo‘lurlar». 
Beshinchi odob - namozga o‘turgan xalqni bosib o‘tmagay. Xabarda kelibdurki
xalqning gardanini bosib o‘tkuvchilarni qiyomat kuni nido qilurlar va xaloyiq uning 
tepasidan bosib o‘tarlar. Hazrati rasuli akram s.a.v. bir kishini ko‘rdilarki, xalqni bosib 
o‘tdi. Namozdan forig‘ bo‘lub, aytdilarki, «Nima uchun namoz o‘tamading?» Ul kishi 
aytdi: «Xazratlari birla o‘tadim». Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Ko‘rmadimmi, xalqning 
gardaniga ayog‘ qo‘ydingkim, xalqning gardaniga ayog‘ qo‘ysa, namoz o‘tamagan 
bo‘lur». Agar avvalg‘i saf xoli bo‘lsa, ikkinchi safda o‘tirmoq durust emasdur. 
Oltinchi odob - namozda turgan kishining oldidan o‘tmagay. Agar namozga tursa, 
ustunlar ro‘baro‘sida turg‘aykim, xalqning o‘tmagiga mone’ bo‘lmag‘ay. 
Yettinchi odob -. avvalg‘i safda o‘tirgayki, fazilati ziyodadur. Agar avvalgi safda 
abrishim (ipak) kiygan kishi bo‘lsa, va yo xatibning shamshirida oltini bo‘lsa, 
ulardan yiroq o‘tirish yaxshirokdur. 
Sakkizinchi odob - vaqtiki xatib minbarga chiqsa, sen so‘zlamagin. Va yana bir 
kishi so‘zlasa, ani ishorat birla jim bo‘l, so‘zlama, deb ovoz chiqarma. 
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Birov xutba o‘qub turganda yana birovni so‘zlamag‘il 
va yo xutbaga quloq solg‘il desa, namozi durust ermasdur. Agar xatibdin yiroq o‘tirsa, 
xutba eshitmasa ham jim o‘ltirgay. Bu vaqtda masjid tahiyyatidan o‘zga namoz durust 
emasdur». 
To‘qqizinchi odob - odam namozdan forig‘ bo‘lsa, yetti marotaba surai fotiha 
(Alhamdu surasi)ni, «Qul huvallohu ahad»ni, yetti marotaba «Qul a’uzu birabbil falaq» 
bilan «Qul a’uzu birobbin-nosi»ni o‘qig‘ay. Xabarda kelibdurki, kishi bu suralarni shu 
tariqa o‘qisa, shaytonning sharridin (yomonligidan) va hamma balolardan Haqtaolo 
o‘z panohida saqlar. Andin so‘ng bu duoni o‘qig‘ay: «Allohuma yo G’aniyyu yo Mubdiyu, 
yo Mu’iydu, yo Rahiymu, yo Vadudu, ag‘niniy bi-jalolika, an haramika va bifazlika 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
99
aimman...». 
Bu duoni har doim o‘qib yursa kutmagan yerlardan rizqu nasiba yetgay. Va 
nomardga muhtoj bo‘lmagay. Va olti rakaat namoz o‘tag‘ayki, sunnatdur. 
O’ninchi odob - namozi asrgacha o‘tirgay. Agar masjidda o‘tira olmasa uyida tanho 
o‘tirib Haq taoloning zikridan g‘ofil bo‘lmag‘ay, jum’a kunining savoblaridan o‘zini 
mahrum qilmag‘ay. 
 
FASL 
Jum’a kunining fazilati bayonida 
 
Hamma musulmonlarga lozimdurkim, yetti fazilatni jum’a kuni talab qilg‘ay. 
Avvalo buki, bomdod namozidan forig‘ bo‘lib, ulamolar suhbatiga hozir bo‘lg‘ay. Va 
qissaxonlar suhbatidan yiroq bo‘lg‘ay. Va ul kishining majlisida hozir bo‘lg‘aykim, 
dunyoning rag‘batini kam qilg‘ay. Va oxiratg‘a undagay. Ul so‘zlarkim, bu xosiyatni 
bermas, ulamo majlisi emasdir. Xabarda kelibdurki, agar kishi bu soatda ulamo 
majlisiga hozir bo‘libdur, ming rakaat namoz o‘tagandin behrokdur. 
Ikkinchi fazilat: bu kunda bir soat bordurki, aziz va sharifdur. Xabarda kelibdur, har 
kishi ushbu soatda har nav’ hojat tilasa, ijobat bo‘lur va xilof muningdadurkim, bu soat 
qaysi vaqtdadur? Oftob chiqqan vaqtdamu yo namozi digar vaqtdamu va yo kun botgan 
vaqtdamu. Bas, bu soat qadr kechasida maxfiy bo‘lg‘onga o‘xshash odina kuni ichida 
masturdir (bekitilgan). Xullas, banda bu kunning ichida zikr ibodatdin xoli bo‘lmag‘ay. 
Uchinchi fazilat: hazrati rasuli akram s.a.v.ga durudni (maqgov, duo, salom) to‘la 
aytgay. Va rasuli akram alayhissalom aytdilar, kishikim Odina kuni manga sakson 
martaba durud aytsa, Alloh uning sakson yillik gunohini mag‘firat qilg‘ay. So‘radilar, 
Yo rasulalloh, qazratingga qaysi durudni yuborurmiz? Rasul alayhissalom aytdilar: «Bu 
durudni aytingizlar: «Allohumma sallialo Muhammadin va ala oli Muhammad, kamo 
sallayta ala Ibrohim va ala oli Ibrohim, innaka hamidum majid». Va shu durudni yana 
«borak ala» so‘zi birla aytg‘aysiz».  
Aytibdurlar: «har kishi yetti jum’a kuni bu durudni yetti marotabadan aytsa, rasuli akram 
s.a.v.ning shafoatlarini albatta topg‘usidur. «Allohumma salli alo Muhammadin va ala oli 
Muhammad», desa ham kifoyat qilur». 
To‘rtinchi fazilat - bu kunlarda qur’onni ko‘p tilovat qilgay. Va surai Kahfni 
o‘qig‘ayki, aning fazilati xabarda ko‘p vorid bo‘libdur. Sahoba va tobe’in obidlari jum’a 
kunida ming marotaba durud va ming marotaba ixlos (qul xuval-lohu ahad) surasini, 
ming marotaba subhonallohni to oxirigacha o‘qimoqni odat qilibdurlar. 
Beshinchi fazilat - bu kunlarda navofilni (Alloh taoloni bandalariga buyurgan besh vaqt 
namozdan tashqari o‘qiladigan qo‘shimcha namoz, hadya namozining birligi nafl, 
ko‘pligi navofil) to‘laroq o‘tagay. Xabarda kelibdur, kishi masjidi jome’ga borib, 
to‘rt rakaat namoz o‘qisa, har rakaatiga «Qul xuval-lohu ahad»ni ellik marotaba o‘qisa, 
bu olamdan bormas, to jannatda joyini ko‘rmaguncha mustahabdur. Odina kuni to‘rt 
rakaat namoz o‘tamak surai «An’om» va surai «Qahf» va surai «Toho» va «Yosin» birla. 
Agar bu tariqa birla o‘ta olmasa, surai «Yosin» va «Luqmon» va surai «Duxon» va 
surai «Mulk» birla o‘tagay. 
Va Ibn Abbos raziyallohu anhu namozi tasbih ushbu debdurlar va hech jum’ani tark 
qilmabdurlar. Bu namoz mashhur va ma’rufdur. Avvalo ulki, to zavol vaqtig‘acha namoz 
o‘tagay. Andin keyin namozi jum’adan forig‘ bo‘lib, namozi digargacha ulamo majlisida 
bo‘lg‘ay. Andin to namoz shomg‘acha tasbih va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay. 
Oltinchi fazilat - jum’a kunlari sadaqa bermoqdan xoli bo‘lmag‘ay. Agar bir burda non 
bo‘lsa ham bu kunda berilgan sadaqaning fazilati ziyodadur. Va imom xutba o‘qigan vak^da 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
100
gadoga bir nima bermoq makruxdir. 
Yettinchi fazilat - jum’a kuni ertadan kechgacha oxiratlik ishini qilg‘ay. Dunyolik ishini 
haftaning qOltan kunlarida qilg‘ay. Haq taolo aytur: «Fa iza qazaytas-salota fantashiruu fil 
arzi vabtag‘uu min fazlillohi». 
Ya’ni: Namoz qazo bo‘lsa ham yer yuzida yaxshiliklar qilish ilohiy fazilatlardandir. 
Anas ibn Molik roziyallohu anhu ayturkim, olmoq va bermoqning ma’nosi faqat 
dunyolik topish emasdur, balki ilm talab qilmoq va birodari mo‘‘minni ziyorat qilmoq va 
bemorlarni so‘ramoq, vafot etganlar bo‘lsa janozalarida qatnashmoq va munga 
o‘xshash xayrli ishlarni qilmoq odamiylikning taqozosi va oxiratlik ishlardir. 
 
Mas’ala 
 
Onchakim, namozda lozimdur, bayon qildim. Va hamma masoilni (masalalar) bu kitobg‘a 
sig‘dirish imkoni yo‘qtur. Namozga niyat qilurda vasvasa bisyor bo‘lurki, anga ishorat 
qilurmen. Bilgilki, vasvasa ul kishiga voqe’ bo‘lurkim, aqlida xalali bo‘lsa. Va yo savdoviy 
bo‘lg‘ay. Va shariatga johil bo‘lg‘ayki, niyatning ma’nisini bilmagay. Bas, niyat uldurki, 
rag‘bati va xohishi paydo bo‘lub, Haq taoloning farmonini bajo qilish uchun o‘rningdan 
turub, qiblaga yuz kelturursen. Ushbu niyat basdur. Chunonchi, birov senga «Falon olim 
kishi seni ko‘rgali keldi» desa sen darhol o‘rningdin turub, ta’zim va ikrom qilasan, 
ko‘nglingda ul olimning hurmatiga turishga bo‘lgan xohish niyatdur. Aytmassanki, «Falon 
olimni oldig‘a turmoqni niyat qildim, falon kishini farmoni birla». Bas, niyat ko‘ngilda paydo 
bo‘lg‘on rag‘batdur. Til birla va yo ko‘ngil birla aytmoq shart emasdur. Ko‘ngil birla aytganini 
nafs derlar. Niyat demaslar. Ammo obid, o‘qiydurg‘on namozining peshin va yo boshqa 
ekanini aniq bilsin. Aniq vaqti bo‘lsa, «Allohu akbar» deb tahrima aytgay. Va agar g‘ofil 
bo‘lsa, yodig‘a kelturgay. Masalan, «Namozi peshinning to‘rt rakaat adosini» deb tafsili 
birla niyat qilmoq lozim emasdur. Ushbu sababdin hazrati rasuli akram s.a.v.ning 
zamonlarida sahobalarda niyat qilish vasvasasi yo‘q edi, muni oson ish bilur edilar. 
Kishikim bu mazkur bo‘lg‘on tariqani bilmabdur, johildur. 
 
 
BESHINCHI ASL  
Zakot bermoq farzi 
 
Bilgilki, zakot musulmonchilikning ruknlaridandur. Hazrati rasuli akram s.a.v. 
aytibdurlar: «Musulmonchilik binosi besh asldur: Avval kalimai tayyiba - «Lo iloha 
illallohu Muhammadur-rasululloh»ga ishonish. 2. Namoz o‘tamoqlik; 3. Zakot 
bermoqlik; 4. Ro‘za tutmoq; 5. Haj ado qilmoq. Xabarda kelibdurki, kishi nisobg‘a 
yetguncha oltun kumushi bo‘lib, zakot bermasa, qiyomatda ul oltin birla siynasiga 
dog‘ qo‘yarlar, orqasidin zohir bo‘lur. Va mulkdor to‘rt oyoqli molidan zakot 
bermasa, ul to‘rt oyoqli mOlta bu kishini qul qilib berurlar. Ul to‘rt oyoqli mol bu 
kishini urib-tepib, a’zolarini parcha-parcha qilur. Yana jam’ qilurlar, to‘rt 
oyoqlilar bosib, yana a’zolarini parokanda qilur. Ushbu tariqa hamma xulqini 
hisobini olib bo‘lg‘uncha, bu azob uqubatga giriftor bo‘lur. Va bu hadis sahihdur. 
Bas, bilg‘ilki, zakot olti nav’dur: 
Avvalgi nav’ - to‘rt oyoqli hayvonlar zakoti: Tuya, sigir va qo‘ydan zakot bermak 
vojibdur. Xachir va eshakdan zakot bermak vojib emas. Va zakot to‘rt shart birla 
vojibdur. Avvalgi shart ulki, yem-xashak yeb turadurgon mol, yaylovda 
o‘tlaydurgon moldan zakot vojibdur. Ikkinchi shart ulki, bu to‘rt oyoqlilar bir yil 
o‘z egasida bo‘lg‘ay. Agar bir yilning ichida egasidan chiqsa, zakot soqit (zakot 
bermas) bo‘lur. Ammo chahorpoyning bolasi va molning sudi (foydasi) yilning 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
101
oxirig‘a qo‘shilsa, aslining ta’yinida zakot vojibdur. Uchinchi shart - zakot 
beruvchi odam boy, davlatmand bo‘lishi kerak. (Kambag‘aldan zakot olinmaydi). 
Agar mol-mulki yo‘qolib ketgan bo‘lsa, va yo zolim tortib olsa, zakot berilmas. 
Magarkim, ul zolim (zo‘rlab, tortib Oltan) moldan egasi avvalgi yili foyda Oltan 
bo‘lsa, u o‘tgan yilning zakotini berishi zarur. Birovning nisobg‘a yetguncha molini 
boshqa odam boqayotgan bo‘lsa, bu odam - cho‘pon uchun zakot vojib emasdur, 
darhaqiqat darvish uldur. 
To‘rtinchi shart - moli to nisobg‘a yetmaguncha zakot vojib bo‘lmas. Mulkdorning 
tuyasi beshta bo‘lmaguncha hech nima lozim bo‘lmas. Vaqtii, tuyasi beshta bo‘lsa, bir 
qo‘y bermak vojibdur. To o‘nta tuya bo‘lguncha yilda bir qo‘y bermak vojibdur. Vaqtiki, 
o‘nta tuyasi bo‘lsa, ikki dona qo‘y bermak vojibdur. Ushbu tariqa birla o‘n besh tuyadan 
uch qo‘y va yigirma tuyadan to‘rt qo‘y zakot bermak vojibdur. To yigirma beshta 
bo‘lguncha shunday. Bu qo‘ylar bir yoshni tamom qilg‘on bo‘lg‘ay. 
Vaqtiki, tuya yigirma beshta bo‘lsa, bir yoshni tamom qilg‘on, ikki yoshga qadam 
qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. To o‘ttuz besh bo‘lguncha bu tariqa berib 
turilar. Vaqtiki, o‘ttiz olti tuya bo‘lsa, ikki yoshni tamom qilib, uch yoshqa qadam 
qo‘yg‘on bir moda tuya bermak vojibdur. To qirq besh bo‘lmag‘uncha yilda bu tariqa 
berib turilar. Qirq olti bo‘lsa, uch yoshni tamom qilib, to‘rt yoshga qadam qo‘yg‘on 
bir moda tuya bermak vojibdur. To oltmish bo‘lg‘uncha. Vaqtiki, oltmish bir tuya 
bo‘lsa, to‘rt yoshni tamom qilib, besh yoshga qadam qo‘yg‘on bir moda tuya bermak 
vojibdur. Vaqtiki, yetmish olti bo‘lsa, ikki yoshni tamom qilg‘on ikki moda tuya 
bermak vojibdur. Vaqtiki to‘qson bir bo‘lsa uch yoshni tamom qilg‘on ikki moda tuya 
bermak vojibdur. To yuz yigirma bo‘lguncha ushbu tariqada berib turar. 
Vaqtiki, tuyalari yuz yigirmadan ziyoda, masalan yuz yigirma besh bo‘lsa, uch 
yoshni tamom qilg‘on ikki tuya birla bir qo‘y berur. Ushbu tariqa birla har gal besh tuya 
ko‘paysa bir qo‘y ziyoda qo‘shub bermak vojibdur, to yuz qirq besh bo‘lg‘uncha. 
Vaqtiki, yuz qirq besh bo‘lsa, uch yoshni tamom qilg‘on ikki tuya, bir yoshni tamom 
qilg‘on bir tuya bermak vojibdur. Vaqtiki, yuz ellik bo‘lsa, uch yoshni tamom qilg‘on 
uch tuya bermak vojibdur. Bas, bu mas’alani tafsili o‘zga masoil kitoblarida 
mazkurdur. 
Ammo sigir o‘ttiz bo‘lmaguncha zakot vojib bo‘lmas. Vaqtiki, sigir o‘ttiz bo‘lsa, 
bir yoshni tamom qilg‘on bir sigir bermak vojibdur. Qirq bo‘lg‘onda ikki yoshni 
tamom qilg‘on bir sigir bermak vojibdur. Vaqtiki, oltmish bo‘lsa, bir yoshni tamom 
qilg‘on ikki sigir bermak vojibdur. Vaqtiki, oltmishdan ziyoda bo‘lsa, hisoblab, 
har o‘ttuzdan bir yashar sigir va har qirqdan ikki yashar bir sigir vojibdur. Bas, 
sigirning zakotida erkak va urg‘ochisining farqi yo‘qdur. Ammo tuyadan urg‘ochisini 
bermak lozimdur. 
Ammo qo‘yning nisobi qirqdur. Vaqtiki, qo‘y qirqqa yetsa bir qo‘y zakot bermak 
vojibdur. Yuz yigirma qo‘ydin ikki qo‘y berur. Ikki yuz bir qo‘ydin uch qo‘y berur, to to‘rt 
yuz bo‘lguncha. Vaqtiki, to‘rt yuz bo‘lsa, har yuziga bir qo‘y bermak vojibdurki, zakotg‘a 
bir yoshni tamom qilg‘on qo‘y bermak vojibdur. Ammo ikki kishi (tasarruf) qilg‘on 
bo‘lsa, vaqtiki, qirqqa yetsa, ikkisi yarimtadan bir qo‘y bermagi vojibdur. Agar yuz 
yigirma bo‘lsa, har biri bir qo‘y bermagi vojibdur. 
 
FASL 
Ikkinchi nav’ zakot - ushr bayonida 
 
Yerda o‘sgan barcha ekinlardan ushr (o‘ndan biri) zakotga beriladi. Masalan, arpa va 
bug‘doy, tamomi don, balki mevalardan ham o‘n hissadin bir hissasini bermak vojibdur. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
102
Vaqtiki, meva rang olsa, va arpa, bug‘doy don gutsa, ehtiyot qilg‘ayki, darveshlarning 
nasibasini ayirib qo‘ymaguncha, o‘zi tasarruf qilmag‘ay. 
Uchinchi nav’ - oltin va kumushning zakotidur. Bas, kumushning nisobi ikki yuz dirhamdur. 
Birovning ikki yuz dirham kumushi bo‘lsa, besh dirham kumush zakot bermagi vojibdur. 
O’n dirhami yetti misqoldur. Bu hisob birla zakot bermak vojibdur. Ammo oltinning nisobi 
yigirma misqoldur. Vaqtiki, yigirma misqol xolis oltini bo‘lsa, yarim misqol oltin zakot 
bermagi vojibdur. Yigirma misqoldan yarim misqol ushrning hisobida va ushrning to‘rt 
hissasining bir hissasi bo‘lur. To yigirma to‘rt misqol bo‘lg‘uncha yarim misqol oltin zakot 
berur. 
Vaqtiki, yigirma to‘rt misqol oltini bo‘lsa, yarim misqol va uch nuhud oltin zakot berur. 
Ushbu qiyos birla har to‘rt misqolda ziyoda hisob qilinar. Ammo kumushda ham ikki yuz 
dirhamdin ziyoda bo‘lsa, ushrning rub’i (to‘rtdan biri) hisobida hisoblab, zakotini berur. 
Oltin, kumushdin qiling‘on qilich, o‘q, tilla uzuk, tilla tamg‘a, va ayol yasanmog‘i 
uchun foydalanayotgan oltin-kumushdan zakot bermak vojibdur. 
To‘rtinchi nav’ - tijorat zakoti bermoq bayonida. Vaqtiki, yigirma misqol oltin va yo ikki 
yuz misqol kumush pulig‘a bir nimarsa olsa, bir yil tamom bo‘lg‘onda zakotini bermak 
vojibdurkim, bu yil ichida bo‘lgan foydasini hisoblab, sarmoyasining zakotini bergay. Xoh 
sarmoyasi oltin va kumush bo‘lsin, xoh o‘zga mollardan bo‘lsin, zakot vojibdur. 
Beshinchi nav’ zakot - fitr, ya’ni sadaqai fitr bayonida. Bilgilki, sadaqai fitr vojibdur - ul 
musulmong‘aki, ozod bo‘lsa va hovlisida uy asbobi va egni va oti va salohi va bandasi 
(quli)dan bo‘lak nisobg‘a yetguncha molg‘a ega bo‘lsa, o‘zi uchun va kichik bolalari uchun va 
bandasi uchun bug‘doydan kishi boshiga yarim so’, arpadan bir so’ vojibdur. Bilgilki, sadaqai 
fitr, ro‘za iydi (hayit) kunining subhi sodiq vaqtida vojib bo‘lur. Sadaqai fitrni iyd namozi 
o‘taguncha bermak mustahabdur. Namozdan keyin bermakni ham joiz debdurlar. Ahkomi 
zakot munchalik bayon qilindi. qOltan mas’alalarni (o‘z sohasidagi) kitoblarda ko‘rgaysan. 
 
FASL 
Zakot bermoqning farzligi bayonida 
 
Bo‘lg‘ayki, musulmon odam zakot berurda besh (muhim) ishni bilgay. Avvali buki, farz 
bo‘lgan zakotni bermakni niyat qilgay. Va agar zakot bermak uchun (boshqa bir odamni) 
vakil qilib qo‘ysa, vakilga ham ijozat bergay. 
Toki zakot moli deb niyat qilib bergay. Va agar norasidaning molidan akasi zakot berur 
bo‘lsa (ukasi uchun), niyat qilib bergay. 
Ikkinchi ulki, vaqtiki yil tamom bo‘lsa, shitob qilgaykim, zakotni uzrsiz kechiktirmoq 
makruxdir. Ammo sadaqai fitrni ramazon ichida berish joizdur. Ramazon oyidan keyin berish 
durust emasdur. Ammo zakot mollarini shitob qilib, yilning avvalida berish durustdir. 
To‘rtinchi shart ulki, zakotni mazkur mol-mulk turgan shaharning faqirlariga bergay. 
Yana bir shaharning faqirlariga yubormagayki, magar o‘sha shaharda faqir xeshi bo‘lsa 
o‘shanga bergay. 
 
Beshinchi ulki, zakotni sakkiz toifaga bergay. Bu sakkiz toifadan uch guruhi bizning 
zamonada kamroqdur: g‘oziylar, mualliful qulub va omil zakot. Ammo faqir, miskin 
va yetimlar (muhtoj musofir) va qarzdorlar borki, shu toifalarga zakot berish 
kerak. 
Bu sakkiz toifaning sifati va siyratining bayoni: 
Avval - faqirlarga. Dunyoliqdan hech narsasi bo‘lmasa faqirdur. Agar bir kunlik rizqi 
bo‘lib, usti-boshi but bo‘lsa - faqir emasdur. Agar yarim kunlik ro‘zonasi (rizqi) bo‘lsa, 
ko‘ylagi bo‘lib, dastori bo‘lmasa, va yo dastori bo‘lib, ko‘ylagi bo‘lmasa - faqirdur. Agar 
tolibi ilm bo‘lsa, kasbu hunarga mashg‘ulligi tahsiliga mone’ bo‘lsa - faqirdur. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling