«kimyoi saodat»


FASL  Oxirat ishida mutahayyir ablahlar bayonida


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35

FASL 
Oxirat ishida mutahayyir ablahlar bayonida 
 
Ablahlardan bir guruhi borki, ularda na haqiqatni basirat birla tanimoqqa quvvat 
va tavfiqi ilohiy birla shariat hukmlarini qabul qilmoqqa qudrat bo‘lg‘ay. Oxirat 
ishida mutahayyirdurlar (hayronlikda qOltan). Shak (shubha) ularga g‘olibdur va nafs 
tug‘yonidan oxiratga munkirdurlar (ishonmaslar). Va shaytoni la’iyn ularni 
tarbiyat qilur. 
Bas, gumon qilurlarki, «do‘zax borasida nozil bo‘lgan oyatlar va hadislar xalqni 
qo‘rqitmoq uchun to‘qib chiqarilgan, behisht haqidagi oyat va hadislar hammasi 
havoyidur». Shu sababdan bu munkirlar oyi-havas birla mag‘rurdirlar. Va shariathukmini 
vojib deb bilmaslar. Bas, bu nav’ ahmoqlar oyat va hadislarning ma’nosini nechuk fahm 
qilg‘aylar? Ul ahmoqlarni zohir so‘zlari birla mulzam qilmoq kerak. Va anga aytg‘aysanki, 
agar oxirat ishiga munkir bo‘lsang, yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar alayhi salomlar, 
hamma hukamo, ulamo va avliyolar g‘alat (xato) qilurlarmi? Sen oxirat haqiqatini 
bilmassan va azobi ruhoniyni fahm qilmassan. Ruhoniy olamni mahsusot (sezgilar) 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
70
olamidan farqlay olmassan. Va agar ul ahmoqlar desalar: «Bilurmizki, ruhning haqiqati yo‘q 
va abadiy emas va o‘lgandan keyin ruhga ranju osoyish yetmas...» Bilgilki, ul ahmoqlar 
mazohibi taboh (mazhablari vayron) bo‘libdur. Va ul toifalardan Haq taolo xabar berur: 
 
«Vain tad’uhum ilalhuda, falan yahtadu». 
 
Oyatning tafsiri: «Agar undasang ularni rohi rostga (haq yo‘lga) hargiz hidoyat 
topmaslar». (Qahf, 57). 
 
Va agar ul ahmoqlar aytsalarki, «Oxirat haqiqatini bilish bizlarga zarur emas, va 
lekin mumkindir. Haqiqati ma’lum emas narsa uchun gumoni za’if bilan butun umr 
ichida o‘zini riyozat va taqvo kunjida tutmoq bu olamning naqdinoti va 
osoyishidan ko‘ngil sovutmoqning ma’nosi bo‘lmag‘ay». 
Bas, ul ahmoqlar javobida aytgaymizki, «Endi munchaga qoyil bo‘lding, bas hukmi 
aql senga vojibdurki, shariat yo‘lini mahkam tutg‘aysan. Vaqtiki, xabari ulug‘ bo‘lsa, gumoni 
zaif bilan undan ehtiyot bo‘lmoq lozimdur. 
Chunonchi, taom yemoqni xohlasang, birov aytsaki, bu taomga yilon zahrini sOltandir, 
albatta ul taomdan qo‘lingni yig‘arsan. Agarchi yilonning zahar solmog‘i gumoni za’ifdur, bu 
kishiniig yolg‘on aytmog‘i g‘olibroqdur va lekin rost bo‘lmagi mumkindur. Aytursanki bu 
taomni yemasam, ochlik ranji osonroq. Agar taomni yesam, ul kishining so‘zi rost bo‘lsa 
o‘lgumdur», deb bu taomni yemakdan o‘zingni tiyarsan. 
Bunga o‘xshash, agar bemor bo‘lsang, agar halokat xatariga yetsang, duoxon senga 
aytsaki, bir diram bergil, tumor yozib berurman, ul tumorni o‘zing birla tutsang sihhat 
bo‘lursan. Va yo munajjim aytsaki, «Oy falon burjga yetganda bu doruni ichgil». Bas, 
agarchi ta’viznavis va munajjimning so‘zi yolg‘onligi g‘olib bo‘lsa ham za’if gumon bilan 
achchig‘ doruni icharsan va naqsh (tumor)ni o‘zing bilan tutarsan. 
Bas, hech bir oqil nazarida bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar alayhissalomning 
so‘zlari, avliyo va ulamolarning ittifoqlari munajjim va ta’viznavis va tabibning so‘zidan 
hargiz kam emasdur. 
Vaqtiki, kimdir hisob aytsaki, bu dunyoda umring miqdori sahl - yengildur, ozdur va 
abadni mulohaza qilsa-ki, aning oxiri yo‘qdur, bas oxiratniig abadul - abad azob 
uqubatidan xalos bo‘lmoq uchun bu olamda ozmi - ko‘pmi ranj, mashaqqat chekmoq 
osondir, ishonmassan. 
Va abadning ma’nosi uldurki, agar hamma olamdagi tariq donalarini bir joyga yig‘salar, bir 
tovuqg‘a farmon bo‘lsaki, har ming yilda tariq dona.iridan birini yegay, ushbu tariqa birla 
olam yuzidagi tariq donalari tamom bo‘lsa, abaddan bir lahza o‘tar. Bu borada ablah 
munkirlar mutlaqo andisha qilmaslar va o‘zini ehtiyot qilmoqni vojib deb bilmaslar. 
Bas, har kishining o‘z nafsiga shafqati va marhamati bo‘lsa, shariat yo‘liii mahkam 
tutg‘ay. Amiral - mo‘miniyn Ali karamallohu vajhahu dini islomni harchand dalillari bilan 
sharh qildilar, mulhid (dinsiz, dahriy) ishonmadi. Oxiri hazrat Ali s.a.v. aytdilarki, «Agar 
so‘z sening deganingdek bo‘lsa, sen ham xalosdursan, men ham. Agar mening so‘zim haq 
bo‘lsa, men xalos bo‘lurman, sen azobi abadiyga giriftor bo‘lursan, dedi. Bas, hazrat 
Alining bu so‘zlari mulhidning e’tiqodi za’ifligi jihatdan emas. (Unda oxiratga, Alloh va 
farishtalarga, qiyomat kuniga ishonch, etiqod yo‘q). 
Bas, oxiratda mo‘‘minlar (iymonlilar)ning rohati va kofirlarning azob-uqubati hamma 
musulmonlarga aniq-ravshan ma’lumdir. Bilgilki, har kishi bu olamda oxirat uchun zodi 
roh (yo‘l ozig‘i, ma’rifiy, ruhiy oziq) topishdan o‘zga ishlar, hoyu-havas bilan 
shug‘ullansa bag‘oyat ahmoqdur. 
Buning sababi g‘aflatdurki, bu dunyoning lazzati va rohati oxiratni andisha qilgali 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
71
qo‘ymas. Ba’zi toifalar aniq ravshan dalillar bilan, ba’zi toifalar turli za’if gumon, shubhalar 
bilan behisht va do‘zaxning haqligini bilibdurlar, hammasiga vojibdurki, farosat aql-idrok 
birla ul azim xatardan hazar aylab, shariat yo‘liga, payg‘ambar alayhissalom yo‘liga 
pokizalik birla qadam qo‘yg‘aylar. 
«Musulmonchilik unvoni» bayoni tamom bo‘ldi o‘zni tanimoq va Haq taoloni va oxiratni 
tanimoq birla. Bas, bundan keyin «Musulmonchilik muomalasi» ruknlarini ibtido qilgum 
(boshlagum)dir. Inshoollohu taolo. Vahdahu va lo sharika lah. Lahul-mulku va laxul-
hamdu yuhyi va yumit. Haq taolo yagonadir, Uning sherigi yo‘kdir. Olamning bor mulki 
Uniki. Hamdu sanolar faqat Ungadir. U tiriltiruvchi va o‘ldiruvchidur. 
 
NAZM 
 
Ey, yaxshi oting fidosi jonim, 
Avsofinga yuz tuman jahonim. 
Vasfingga fido demak jahonni, 
Zar bilmak erur sarig‘ somonni. 
Ajzig‘a rasuling o‘lsa iqror, 
Ne til bila hamding aylay izhor. 
To bandangman, ne qilg‘um, qabul et, 
Boshim uza rahmating nuzul et. 
Nafs ilgida xorman, giriftor, 
Sharmandayu ma’siyat, nigunsor. 
Nafsim itin aylagil asirim, 
Aylab kalomingni dastgirim. 
Qulluq kamarin belimga chust et, 
Nafsim havosin ko‘ngilga sust et. 
Tavfiqni aylagil rafiqim, 
Toqat sari aylagil tariqim. 
Lutfing qo‘li tutmasa qo‘limni, 
Shaytoni la’yin ozdurur yo‘limni. 
Fikringni ko‘ngilga ayla mahbub, 
Yodingni jonimg‘a ayla matlub.  
Jon dardig‘a marham et g‘amingni, 
Majruh dilimg‘a marhamingni.  
Ishq o‘tiki, jonu dilg‘a urg‘ay, 
Tan tufrog‘ini dog‘i sovurg‘ay. 
O’zluk yukidin xalos aylab, 
Lutfu karamingga xos aylab.  
Ehson ila aylabon inoyat.  
Qilg‘il manga ro‘ziyi hidoyat.  
Oinai dilda zangi isen,  
Ko‘pdurki, aritmog‘i na imkon.  
Afvu karamingni masqal etkil. 
Dil oinasini sayqal etkil.  
Rahmat nazarig‘a ayla manzur,  
Zavqing bila ko‘nglum ayla masrur.  
Ishq o‘tig‘a ko‘nglim ayla maskan,  
Shavqingg‘a jonim harimi ma’man.  
Zotingni tanurg‘a ayla orif,  

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
72
Ganjinai dil pur az maorif.  
Ey soqiy, ketur mayi jigarchun
Hajr ayladi tah-batah jigarxun.  
Kayfiyati ravzai Salsabili,  
Hayot suvidur aning xijili.  
Zavq ila bu maydan aylagach no‘sh,  
Lutf ila menga ichurgaysan qo‘sh.  
Bo‘lg‘och g‘amimga farax mubaddal,  
Mushkullarim aylagil dag‘i hal.  
Itmomig‘a yetti to‘rt unvon,  
Og‘oz etay emdi to‘rt arkon.  
Har ruknlarining iktizosi,  
O’n asl bila topar ziyosin.  
To safha uza qilay muzayyan,  
Tong yo‘qki, mastur o‘lsa gulshan.  
Har gulshan ichida yuz tuman gul,  
Har shoxida turluk savti bulbul.  
Gar qaysini uzmakka bo‘lsa komi,  
Guli aslga aylasin xirome’. 
 
FASL 
Ma’rifatning to‘rt ustuni ruknlari 
 
Avvalgi rukn. Ibodat. O’n asldan iborat: 
 
Birinchi asl. Ahli sunna val jamoa e’tiqodlarini durust qilmoq bayonida. 
Ikkinchi asl. Ilm talab qilmoq bayonida. 
Uchinchi asl. Tahorat bayonida. 
To‘rtinchi asl. Namoz bayonida. 
Beshinchi asl. Zakot bermoq bayonida. 
Oltinchi asl. Ro‘za bayonida. 
Yettinchi asl. Haj safari bayonida. 
Sakkizinchi asl. Qur’on tilovat qilmoq bayonida. 
To‘qqizinchi asl. Zikr aytmoq va duo qilmoq bayonida. 
O’ninchi asl. Avrod (virdlar, vazifalar) tartibi bayonida. 
 
Ikkinchi rukn. Muomalot. Bu rukn ham o‘n asldan iborat. 
 
Avvalgi asl. Taom yemak odoblari. Mehmondorchilik odoblari. 
Ikkinchi asl. Nikoh, oila odoblari. 
Avvalgi bob. Nikohning foyda va ofatlari. 
Ikkinchi bob. Akdi nikohning foydalari. 
Uchinchi bob. Maishat odoblari. 
 
Nikohning shartlari. 
Ahli ayolga muomala odoblari. 
Uchinchi asl. Kasb va tijorat odoblari. 
To‘rtinchi asl. Halollik savobi va fazilati. 
Beshinchi asl. Suhbat tutmoq bayonida. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
73
Oltinchi asl. Uzlatda (yolg‘izlikda) bo‘lmoq odoblari. 
Yettinchi asl. Safar qilmoq odoblari. 
Sakkizinchi asl. Simo’ (zikr, musiqa tinglash), vajd (zavq-shavq holatiga tushish) 
odoblari. 
To‘qqizinchi asl. Amri ma’ruf va nahyi munkar (Haq taolo buyurgan yaxshi ish-
amallar va U ta’qiqlab, «qayting, qilmang», degan yomon ishlardan saqlanish 
bayonida. 
O’ninchi asl. Podshohning raiyat (el-yurt, xalq) ahvolidan xabar olmog‘i va 
mutasaddiylar tariqasi (yo‘l-yo‘rig‘i) bayonida. 
 
Uchinchi rukn. Muhlikot (halok qiluvchi, gunoh ishlar) bayonida. O’n asldan iborat. 
 
Avvalgi asl. Nafsni riyozat birla tutmak bayonida. 
Ikkinchi asl. Yemak va ichmakning lazzati va aysh-ishratning xohishiga iloj 
qilmoq bayonida. 
Uchinchi asl. So‘zlamak sharri (yomonligi) va til ofati. 
To‘rtinchi asl. Xasm (dushmanlik) va hasad bemorlig‘ini tuzatish bayonida. 
Beshinchi asl. Dunyo muhabbati ilojida. 
Oltinchi asl. Mol, dunyoga do‘stlik ilojida. 
Sakkizinchi asl. Ibodatda riyo va nifoq (munofikushk) ilojida. 
To‘qqizinchi asl. Kibr va ujb (manmanlik) ilojida. 
O’ninchi asl. G’urur va g‘aflat ilojida. 
 
To‘rtinchi rukn. Munjiyot (najotga yetkazuvchi yaxshi ishlar, fazilatlar) bayonidadur. 
O’n asldan iborat. 
 
Avvalgi asl. Tavba qilmoq va gunoxdan xalos bo‘lmoq bayonida. 
Ikkinchi asl. Shukr va sabr bayonida. 
Uchinchi asl. Xavf va rajo (umid) bayonida. 
To‘rtinchi asl. Darveshlik bayonida. 
Beshinchi asl. Tavxid va tavakkul bayonida. 
Oltinchi asl. Shavq va muhabbat bayonida.  
Yettinchi asl. Sidq va ixlos bayonida. 
Sakkizinchi asl. Muroqaba (Allohga yuzlanish) va muhosaba (yaxshi-yomonni 
sar hisob qilmoq) bayonida. 
To‘qqizinchi asl. Tafakkur qilmoq bayonida.  
O’ninchi asl. O’lumni yod etmoq va oxiratning ahvoli bayonida. 
 
BIRINCHI RUKN IBODAT 
 
Bu rukn o‘n asldan iborat: 
 
1.
 
Musulmonchilik e’tiqodini durust qilmoq; 
2.
 
Ilm talab qilmoq; 
3.
 
Tahorat qilmoq; 
4.
 
Namoz o‘tamoq; 
5.
 
Zakot bermoq; 
6.
 
Ro‘za tutmoq; 
7.
 
Haj qilmoq; 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
74
8.
 
Qur’on tilovat qilmoq; 
9.
 
Zikrqilmoq; 
10.Duolar tartibini bilmoq bayonidadur. 
 
Vaqtiki, musulmonchilik unvonin tanimoqdan forig‘ bo‘lding, o‘z nafsingni, Haq 
taoloning zoti, vojibul vujudini, dunyo va oxiratni taniding, keyin musulmonchilik 
muomalasi ruknlariga mashg‘ul bo‘lg‘il. Shu jumladan, ma’lum bo‘ldiki, odamning 
saodati Haq taoloni tanimoq va anga bandachilik qilmoqdadur. Bas,asli ma’rifat bu 
to‘rt unvon, to‘rt rukn birla hosil bo‘lg‘usidur. 
Avvalgi rukn: o‘zingni Haq taologa ibodat birla orasta tutg‘aysan. Bu ruknni Ibodat 
atarlar. 
Ikkinchi rukn: tirikchilik, xalqchilik, harakat va sukunat, balki hamma ahvolingni odob 
va sunnatg‘a muvofiq tutg‘aysen. Bu ruknni Muomalot atarlar. 
Uchinchi rukn: o‘zingni yomon xulkugardan pok qilg‘aysen. Bu ruknni Muxlikot (halok 
etuvchi fe’llar) deb atarlar. 
To‘rtinchi rukn: o‘zingni sifoti maxmuda (yaxshi,ma’qul sifat, fe’llar) birla orasta 
qilg‘aysan. Bu ruknni munjiyot (najotga eltuvchi, go‘zal xislatlar) deb atarlar, bu rukn birla 
dil imoratini ta’mir qilg‘aysan. 
 
Avvalgi asl.  
Ahli sunna val jamoa e’tiqodlari 
 
Bilg‘ilki, har kishi musulmon bo‘libdur, eng avval kalimai tayyiba: «Lo iloha ilallohu 
Muhammadu -r-rasululloh» kalimasin tilida aytgay va dilida ham ma’nosini fahmlab, 
Haq taolodan o‘zga hech topinishga loyiq ma’bud yo‘q ekaniga va hazrati 
Muhammad Mustafo s.a.v. Haq taoloning payg‘ambari ekaniga ko‘nglida tasdiq qilg‘ay. 
Hech shak va shubhaga yo‘l bermag‘ay.Asli musulmonchilikda bu tariqa iqror va 
tasdiq kifoyadir. Xudoi taoloning yagonaligini va hazrati Mustafo s.a.v.ning barhaq 
payg‘ambarligini dalil va burxon birla bilmak hamma musulmonlarga farzi ayn 
emasdur. Negaki on hazrat s.a.v. arab xalqini iymonga da’vat qildilar, (ularni) Haq 
taoloning yagonaligini dalil, hujjat va daf’i shubhatga (shubhani dalil bilan yo‘qotishga) 
farmon qilmadilar. Balki, iqrori bilisoni (til birla) va tasdiqi bil-qalbga kifoya qilur 
edilar. Musulmonlar darajasi mundin ziyoda emasdur (ularga shuning o‘zi yetarlikdur). 
Ammo lozimdurki, musulmonlar orasida toifai ulamolar bo‘lg‘ayki, ilmi aqoidani dalillari 
birla bilg‘ay. Toki omiylar e’tiqodida shubha voqe’ bo‘lsa, shubhani dalil birla daf’ 
qilg‘aylar.Va buni ilmi kalom atarlar. Bu ilmi kalomni bilmak farzi kifoyadurkim, har 
shaharda ilmi kalom biladurg‘on olimlardan ikki-uch kishi bo‘lg‘ay. Bas, ilmi kalom 
ulamolari mazhab va millatning podshohi misllikdurki, musulmonlar vujudi shahristonidagi 
aqida muxoliflarini badarg‘a qilib quvarlar. 
Ammo ma’rifat haqiqati boshqacha yo‘ldurki,bu ikki maqomdan o‘zgadur va aning 
muqaddimasi riyozat (mashaqqat chekish)dur. To kishi riyozat va mujohadani kamoliga 
yetkazmaguncha, bu darajaga yetolmas. Va ma’rifat da’vosini qilmoqpigi bilan muslim 
bo‘lmas. 
Muning misoli ul kishining holiga o‘xsharkim, parhez tutmay doru ichgay. Bunday 
kishi xavfu-halokdadur. Bu dorularning me’da xiltlariga aralashuvi birla (dori ham) 
xiltlar sifatida bo‘lur. (Bunday dorudin) shifolik bo‘lmas, balki kasali ziyoda bo‘lur. 
Bas, har (qanday) kishi ma’rifat haqiqatini talab qilolmas, magar ul kishikim, 
dunyoning hech aloyiqi (bordi-keldisi) bo‘lmasa, Haq subhonahu va taoloning 
talabi va amri farmoniga amal qilishdan o‘zga hech narsaga mashg‘ul bo‘lmasa 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
75
(shunda) ma’rifat hosil qilur. Va bu tariqada bo‘lmoq juda qiyindur. 
Bas, hamma musulmonlarga oncha muhim va lozimdur, ani bayon qilurmanki, ul-
ahli sunna val jamoat e’tiqodlaridur. To har kishi bu e’tiqodni dilda barqaror 
qilibdur, ul e’tiqod dunyo va oxiratda tuxmi saodat bo‘lg‘usidur. 
Bilg‘ilki, sen maxluqsen (ya’ni Xoliqning yaratganisen), va seni xalq qilg‘uvchiborkim, 
hamma olamning yaratuvchisi Uldur. Va hamma mavjudot aning bandasidur. (Ul) Ahad, 
ya’ni birdurkim, ani zotida sherigi yo‘kdur. Va davomvordurki, vujudig‘a bidoyat 
(boshlaiishi) yo‘q. Va hamisha bo‘lg‘uvsidurki oxiriga nihoyat yo‘q. Va Haq taoloning 
vujudi azal va abadda vojibul vujuddir, yo‘klig‘ anga yo‘l topmas. Va (asli) Qoyimi biz-
zotdurkim, hech sababga ehtiyoj(i) bo‘lmas. Balki Haq taoloning qiyomi ( qoyim turishi) 
o‘z zoti birla, va hamma mavjudotning qiyomi Haq taoloning qudrati komilasi 
biladurkim, Qayyyumning ma’nisi ushbudur. Tanzihi (pokligi) zotidadur, ya’ni, Haq 
subhonahu taolo nuqson va zavOlta dalolat qiladig‘on sifatlardin pokdur. 
Haq taolo jism va javhar emasdur. Chunki, jism va javhar makonda bo‘lmakni taqozo 
qilur. Haq taolo makonda bo‘lmakdin munazzaxdur. Haq taolo araz emasdur, chunki 
araz jism va javharga tobe’dur. Va Haq taolo hech bir qolipga tushmas. 
Va hech nimarsa unga o‘xshamaski, (Haq taolo) suvratdan munazzaxdur, poqdur. 
Chun va chigunalik (nima va nima uchun? savollari) Unga to‘g‘ri kelmas. Va har 
nimarsaekim,xayol va xotirada kechadur, kamiyat va kayfiyat (mikdori va hol-ahvoli 
sifatlari)din xolidur, kamiyat va kayfiyat maxluqotning (ya’ni Holiq yaratgan 
mavjudotlarning) sifatlaridandur. Va Xudoi .taolo maxluqning sifatida ermasdur. 
Balki har narsaki (bordur) va ham xayol qilur, Haq taoloning maxluqidur. Cho‘ngluq 
(kattalik) va kichiklik miqdor anga yo‘l topmaskim, bular ham jismlar olamining 
sifatlaridur. Haq taolo jism emas va aning hech nimarsaga payvandi bo‘lmas. Va 
makonda bo‘lmas. 
Aslo joygir va joypazir ermasdurkim, har nimarsaiki, olam ichidadur, Arshning 
ostidadur. Va Arsh Haq Taolo qudrati komilasi ostidadur. Va Haq taolo Arshdin baland 
va oliydurki, bir jism yana biri ustida bo‘lg‘onga o‘xshash emasdur. Haq taolo jism 
ermaski, Arsh ham Haq taoloni ko‘targuvchi ermasdur. Balki Arshni ko‘taradurgon 
farishtalarni ko‘targuvchi Haq taoloning lutf va qudratidur. 
Bu kunda (ham) ul sifat birladurkim, Arshning yaratmasidin ilgari azalda ham 
ul sifatlar birla muttasif (sifatlangan) erdi. To abadda ham ushbu sifatlar bilan 
bo‘lg‘usidurki, tag‘yir va tabdil (o‘zgarishi va almashishi) Haq taoloning zotig‘a 
xos emas. 
Sifatning o‘zgarishi nuqsondurkim, Xudoliqg‘a yaramas. Bas, (musulmonlik) 
- bu Xudoi taoloni olamdagi hama mahluqot sifatlaridan pok deb tushunmoq joiz. 
Va oxiratda ham ushbu sifatlar bila ko‘rmoq chin haqiqatdur. Chunonchi, 
musulmonlar bu olamda Haq taoloni savol, javobsiz bilurlar, oxiratda ham 
sofdil, chin insonlar ko‘rgaylarkim oxiratdagi diydor bu olamdagi ko‘rishuv kabi 
emasdur. 
Haq subhonahu va taolo qodir, qudratlidur. Ya’ni Haq taoloning qudrati komilasiga 
hech mushabbih - o‘xshaguvchi yo‘qtur. Va hamma narsaga qodirdur. Tavonolig‘i 
(kuchi, qudrati) komildurkim, hech nuqson va  ojizliq  va  za’iflik  anga  yo‘l  topmas. 
Balki xoxlag‘onini qilg‘ondur. Va har nimarsani xoxlasa qilur. Yetti osmon va zamin va 
Arsh, Kursi va hamma mavjudot aning qudrat qabzasida musaxxardur. Va hammaning 
vujudi Haq taolodinkim, Xudoi taoloning qudratida hech yoriy (yordam) berguchi va 
sherigi yo‘qdur. Olimdur, ilmi qadimi birla har nimarsani va har nimarsani bilguchidur. 
Va ilmi hamma narsaga muhitdurkim, a’loi oliyyindin taxtus sarog‘acha aninga 
donishidan tashqari hech nimarsa yo‘qtur. Chunki hamma mavjudot aning ilmi qudrati 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
76
bilan yaratilgandir. Balki biyobonlardagi qumlar donasi va daraxtlar bargi va muxtalif 
mavjudot, nafslar va ko‘ngillar aning yaratganlaridur. Va daryolar qatrasi va havo 
zarrasi Haq taoloning ilmi qadimida andog‘ ma’lum va makshuf (kashf etilgan)durki, 
osmonlar adadini o‘zidan o‘zga zot bilmas. 
Bizlarning xotiramizda ma’lum misllik har nimarsaki, olam arsasida (sahnida) mavjuddur 
hammasi Haq taoloning xohishi va irodasi birlandur. 
Va hech nimarsa oz, to‘la, katta, kichik, xayr u shar (yaxshi, yomon) toat va ma’siyat, 
kufr va imon, foyda va ziyon, ziyodat va nuqson, ranj va rohat, bemorlik va 
tandurustlik, g‘aniylik (boylik) va darveshlik faqatgina Haq taoloning taqdir va irodasi va 
qazosi hukmi bilan mavjud bo‘lg‘usidur. 
Va agar insu jin va shayotin (shaytonlar) va maloyika hamma olam xalqi jam’ bo‘lsalar, 
toki bir zarrani o‘rnidan qo‘zg‘atmoq yoki kam va ziyoda qilmoqni xohish qilsalar, Xudoi 
taoloning irodasi bo‘lmaguncha hamma ojiz erurlar. Har narsaki bordur va bo‘lg‘usidur, 
hammasi Haq taoloning takdiri va tadbiri bilan bo‘lg‘usidur. 
Sami’(eshituvchi, xabardor) va Basiyr(uzoqni ko‘ruvchi) Haq taolo hammani 
bilur. Chunonchi, hamma narsani bilguvchi, hamma ko‘rilur va eshitilur nimarsalarni 
ko‘rguvchi va eshitguvchidur. Andog‘ki, yirog‘ va yaqin Hudoyi taoloning eshitmagida 
barobardur. Qorong‘u va yorug‘ ham ul zotning ko‘rishi uchun birdir. Qorong‘u kechada 
murcha (chumoli)ning yurgan ayog‘ sharpasi, Haq taoloning eshitmagidan 
tashqari ermas. Va taxtus-sarodagi ( e r   ostidagi) qurtning rangi aning nazarida uzoq 
emasdur.Va ko‘rmagiga ko‘z lozim emas, eshitmagiga quloq kerakmas. Yaratmoqqa 
asbob ham zarur emas. 
Haq taoloning sifati qadimiydur. Xudoi taoloning farmonini tutmoq xalqg‘a vojibdur. 
(Olloh) har nimarsaiki xabar beribdur, rostdur, va’da va va’idi (jazodan 
ogohlantirishi) haqdur. 
Farmoni va xabari, qavlu-kalomi, va’da va va’idi Haq taoloning kalomidur. Chunonchi, 
Haq taolo zinda( tirik) va dono va tavono va shunavo( ko‘ruvchi, eshituvchi)dur. Go‘yo -
so‘zlaguvchidurkim, Muso alayhisalomga bevosita so‘zladi. Haq taoloning so‘zlamagi kom va 
zabonlab va dahon birla ermasdur. Chunonchi Tangri odam ko‘nglidagi so‘zdan, harf va 
suratdan pokdir. Haq taoloning sifati kalomi budardin pok va munazzahroqdur. 
Tavrot va Injil va Zabur va Furqon (Qur’on)va hamma payg‘ambarlarga nozil 
bo‘lg‘on kitoblar-hammasi Haq taoloning kalomidur va Kalom Tangri sifatidur va 
hamma sifatlari qadimdur, hamisha bo‘lg‘usidur.Chunonchi Haq taoloning zoti 
vojibul-vujudi qadim erdi, Kalom sifati ham qadimdurkim, ko‘ngillarda yod 
oling‘uvchi va zabon birla o‘qilg‘uvchi va safhalarda bitilguchidur. 
Bas kalom nafsi qadim va g‘ayri maxluqdur. Qiroat qilmoq va yod olmoq va kitobat 
maxluqdur. Af’oli olam har nimarsaiki olam ichida mavjuddur, hammasi Haq taoloning 
maxluqidur. Har nimarsakim xalq qilibdur, andin xo‘broq suratda tasavvur qilmoq 
mumkin ermas. Va agar hamma oqillar jam’ bo‘lub olam mamlakatini yana bir suratda 
bo‘lmog‘ini va yo bir nimarsani kam qilmoq va ziyoda qilmoqni xohlasalar hargiz rost 
kelmas. Va olamni ushbu nizomdin yana bir (boshqa) suratda bo‘lmog‘i mumkin 
deyish-xatodurkim ani hikmat va maslahati siridin g‘ofillikdur. Buning misoli ko‘rning 
holig‘a o‘xsharkim bir saroyga kirgay, ul saroy ichida har mato’ va qumoshni (to‘qima 
mato’) o‘z joyida qo‘yg‘on bo‘lg‘aylar. Ul nobiyno (ko‘r) ko‘rmay ul mato’lar uzra 
qadamin qo‘yar.Va ayturkim, bu mato’larni bilmasdan, yo‘l ustida 
qo‘yibdurlar.Vaholanki ul mato’lar yo‘l ustida emasdur. Va lekin ko‘rning o‘zi yo‘lni 
ko‘rmas. 
Bas, Haq taolo har nimarsaikim, yaratibdur, adl va hikmat birla qilibdur, har 
mavjudni tamom kamol martabasida qilg‘ondur.Va agar mundin ziyoda kamol 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling