«kimyoi saodat»


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/35
Sana15.07.2017
Hajmi5.05 Kb.
#11282
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35

www.ziyouz.com кутубхонаси 
90
birla bo‘lmasa, talbisdurkim, joiz emasdur. 
Uchinchi, soqolini oqqa bo‘yamog‘liq makruhdur, to xaloyiq qari deb aning izzat va 
hurmatini ziyoda qilg‘aylar. Bas, bu g‘oyat hamoqat (ahmoqlik)durki, izzat va hurmat ilm 
birla va aql birla bo‘lg‘usidur, qariliq va yigitliq birla emasdur. Anas roziyallohu anhu 
ayturlar: hazrati rasuli akram s.a.v. vafot bo‘lg‘on vaqtlarida yigirma tolag‘a yetib 
soqollari oqarmagan edi. 
To‘rtinchi ulki, o‘zini yigit ko‘rsatmoq uchun qariliqdan or qilib, soqolining oqini yulish 
makruhdur. Bunday qilmoq Haq taolo ato qilg‘on nurdan or qilmoq bo‘lur. Bu kamoli 
jaholatdur. 
Beshinchi, yigitlikning boshlanishida o‘zini yosh, soqolsiz ko‘rsatmak uchun 
havoyu-havas jihatdan soqolini yulmoq johillikdur. Haq taoloning farishtalari bo‘lur; 
ularning tasbihi uldurkim: 
«Alhamdu lillohil-laziy zayyanar rijola bil-loho va zayyanan nisoa bizzavoib», ya’ni 
«Poklik birla yod qilurmiz ul xudoni, zebu oroyish berdi erkaklarga soqol birla va 
xotunlarga zulf, kokil birla. 
Oltinchi, boshning sochidan quloq tarafga zulfg‘a o‘xshash qo‘ymoq makruhdur. 
Sakkizinchi, soqolning qarolig‘i va oqlig‘iga mag‘rurlik va ajab birla qarash makruxdur. 
To‘qqizinchi, odobi sunnat uchun emas, balki xalqning ko‘ziga yaxshi ko‘rinish uchun 
soqol qo‘yish makruhdur. 
Uninchi, soqoli jo‘lida (paxmoq) va parishon qo‘yish makruxdur. Bu pindor (kibr, 
mag‘rurlik) birlakim, xalq ani zohid va darvish kishi, toat va ibodatg‘a mashg‘ul bo‘lib, o‘zini 
saklamoq va yasamoqg‘a fursati yo‘q deb o‘ylasin, deb qilg‘aylar. Bas, tahorat ahkomini bu 
miqdor bayon qilmoq kifoyatdur. 
 
To‘rtinchi asl  
Namoz bayonida 
 
Bilg‘ilki, namoz musulmonchilik binosining ustunidur. Va dinu mazhabning 
bunyodi va hamma ibodatning peshravi (yo‘lboshlovchisi) va sayyididur. Har kishiki 
besh vaqt namozning shartlarini bajo kelturib, o‘z vaqtida ado qilsa, Haq taolo birla 
ahd qilishg‘on bo‘lurki, qiyomat kuni Haq subhonahu va taoloning himoyatida 
bo‘lib, azobu uqubatdan xalos bo‘lg‘usidur. Va gunohi kabiradan o‘zga gunohlarga bu 
besh vaqt namoz kaforat  bo‘lur. Hazrati  rasuli  akram  s . a . v .   aytibdurlarkim, 
besh vaqt namozning misoli sof va oqar suvg‘a o‘xshashdurkim, har kishining saroyi 
oldida oqib turgan. Va har kuni ul suv birla besh marotaba g‘usl qilg‘ay. Rasuli akram 
s.a.v. aytibdurlarki, namoz dinning ustunidur, har kishi namozni qo‘ldin yuboribdur, 
dinni vayron qilibdur. 
Sahobalar so‘radilar: Yo rasulalloh! Amallar orasida qaysi amal fozilroqdur? Dedilar: - 
Namoz behishtning kalididur. Hazrati rasululloh s.a.v. aytibdurlar, Haq taolo 
bandalariga tavhiddin keyin o‘zig‘a namozdan yaqinroq, do‘stroq hech nimarsani 
farz qilmadi. Agar namozdan do‘stroq ibodat Haq taoloning dargohida bo‘lsa edi, 
farishtalarni ul ibodatg‘a farmon qilur erdiki, farishtalar hammalari 
namozdadurlar. Ba’zilari ruku’da, ba’zilari sujudda, guruhi qiyomda va guruhi 
qa’dadadurlar. 
Va hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar, qiyomat kuni amallar orasida avval 
namozni hisob qilurlar. Agar namoz arkonlari tamom bo‘lsa, garchi o‘zga amallari noqis 
bo‘lsa ham, namozi tufayli hamma amallarini qabul qilurlar. Hazrati rasuli akram 
aytibdurlarki, kishi tahoratni yaxshilab olsa va namozni o‘z vaqtida ruku va sujudini 
yaxshi bajo keltirib va dilni xushu’ va tavoze’ birla tutib namozni ado qilsa, ul namoz 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
91
zamindin to arshg‘acha oftob shoyi’ (yoyilgan misllik) bo‘lur. 
Namoz aytur: Haq taolo seni aziz tutsin, andog‘ki sen meni aziz tutding, der. Har kishi 
namozni vaqtida ado qilmay, va tahoratini odoblari birla olmasa, ruku’ va sujud, qiyom ul 
namoz to osmong‘acha tutun misllik tiyra va qorong‘uluq bo‘lub aytur: Xudoi taolo seni 
zoe’ qilg‘ay, andog‘ki san mani zoe’ qilding. Farishtalarg‘a farmon bo‘lurki, ul namozni 
sakutab turib qiyomat kuni ul bandaning yuzig‘a ururlar. Va rasululloh s.a.v. aytibdurlarki, 
duzdlarning (o‘g‘rilarning) yomonrog‘i ulkim, namozni o‘g‘irlag‘ay. 
 
FASL 
Namoz kayfiyati bayonida 
 
Bilgilki, namozning zohir amallari badanga o‘xshashdur. Ul amallar vaqtida badanni 
va kiyimni pok qilsa yerda yuzini qiblaga qilib turgay. Ikki qadamining orasini to‘rt 
barmoq (to‘rt enlik) qo‘yib, qadamini rost(to‘g‘ri), bo‘ynini andek pastroq tutib, 
sajdagohiga qarab turgay. Shundan keyin shaytonni o‘zidan yiroq qilmoq uchun «Kul, a’uzu 
birobbin-nos»nts o‘qig‘ay. Va azonni baland ovoz birla o‘qig‘ay. Va o‘qiydigan namozini 
niyat qilib, ikki qo‘lini ko‘tarib, barmoqlar uchini qulog‘iga yetkizib takbir aytadi. Chap 
qo‘lini kindigining ostida qo‘yib, o‘ng qo‘lini chap qo‘lining ustiga qo‘yib, o‘rta qo‘li va 
shahodat barmog‘ini bilak ustiga qo‘yib, uch barmoq bilan bilagini xalqador tutib turgay. 
Va takbirni mubolag‘a birla aytmag‘ay. Chunonchi Allohning oxirida, akbarning 
orasida alif paydo qilmag‘aykim, to «Allo hu akbar» demagay. Bu tariqa demak 
vasvasada qOltan kishilar va johillarning ishidur. Vaqtiki, «Allohu akbar!» degach, 
«Subhonaka allohuma va bihamdika va taborakasmuka va taolo jadduka va lo iloha 
g‘ayruk» degay. Tokim hamma mazhablar va hamma rivoyatlarni jam’ qilg‘on bo‘lur. 
Andin keyin «A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym, Bismillohir rahmonir rohiym» deb 
surai fotihani o‘qig‘ay va tashdidlarni bajo kelturgay. Va harflarni mubolag‘a birla 
o‘zgartirmagay. Zod va zoni farq birla aytgay. 
Agar tajvidni ado qila olmasa ham ko‘nglida harfni bilgay. Fotiha surasini tamom qilib, 
omin degay. Bas, omiynni suraga muttasil qilmagay. Andek to‘xtab aytg‘ay. 
Andin keyin boshqa surai zam qilg‘ay. Namozi bomdod va namozi shom va namozi 
xuftanni ovoz chiqarib o‘qigay. Va ruku’ qilmoq uchun takbir aytgay. Takbirni suraning 
oxirig‘a muttasil qilmag‘ay. So‘ng ruku’da ikki tizzani tutib, tayanib, barmoqlarini 
ochiq tutib, orqasini va boshini taxta misllik tutib, ikki bilagini iki sonidan yiroq qilib, 
rost tutib, uch marotaba «Subhona rabbal aziym» deydi. Agar imom bo‘lmasa yetti 
marotaba va yo besh marotaba aytmoq avlodur. 
Andin keyin ruku’dan bosh ko‘tarib, qaddini rost qilib turib, «Samiallohu li man 
hamida»ni tamom qilib «Robbano lakal hamd» degay. Andin keyin takbir aytib, sajdag‘a 
borgay. Va sajda qiladigan a’zolardan qaysinisi yerga yaqin bo‘lsa, avval ani sajdag‘a 
qo‘yg‘ay. Chunonchi, tizzasini, keyin burnini, keyin peshonani ikki kaftini, ikki 
qulog‘ining ro‘baro‘siga qo‘yib, bilagini, yerdan qornini sonidan yiroq tutib, uch 
marotaba «Subhona rabbiyal-a’lo» degay. Agar imom bo‘lmasa ziyoda aytsa 
yaxshiroqdur. 
Shundan keyin takbir aytib, sajdadan bosh ko‘tarib, chap oyog‘ini bosib, rost o‘lturib, 
yana takbir aytib, ikki sajdani tariqa birla ado qilib, so‘ng yana ruku’ga turib, ikkinchi 
rakatni avvalg‘i rakatg‘a o‘xshash ado qilib, ruku’, sujuddan forig‘ bo‘lib tashahhudga 
o‘tiriladi. So‘ng chap oyog‘ini bosib o‘ltirib, o‘ng oyog‘ini tiklab, barmoqlari uchini 
qiblag‘a qilib, ikki qo‘lini ikki tizza ustig‘a qo‘yib, o‘ltirib, avvalg‘i qa’dada «At-
tahiyot»ni «abduhu va rosuluh»ga qadar, oxirid duog‘acha o‘qib, salom berg‘ay. Va 
har tarafg‘a salom berarda, orqada o‘lturg‘on kishig‘a tamom ko‘ringay. Va bu 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
92
salomda hozir mo‘min va farishtalarni niyat qilg‘ay. 
 
F A S L  
Namozda makruh narsalar bayonida 
 
Ochlik, tashnalik, g‘azab bilan namozg‘a turmoq makruhdir. Va ko‘ngli g‘ash bo‘lmoq, ikki 
oyog‘ini bir-biriga juda yaqin qilmoq va bir oyog‘ini ko‘tarib turmoq makruhdur. Sajda 
qilurda oyog‘larining uchini yerdan ko‘tarib turmoq va siynasini yerdan ko‘tarib sonig‘a 
yetkuzib turmoq va qo‘lini yengining ichida tutmoq va egnini tuproqdin ayab, ko‘tarib 
turmoq va har tarafg‘a qaramoq va barmoqlari bandini tortib chiqarmoq va badanni 
qashlamoq va esnamoq va soqolini silamoq va sajdagohdan sangrezani (tosh va mayda 
narsalar)ni olib tashlamoq va sajda qilur yerni puflamoq va bir nimarsaga suyanib 
turmak makruhdur. Bas, hamma a’zolarni adab birla tutgay. Tokim o‘tagan namozi zodi 
oxirat bo‘lg‘ay. 
Ammo namozning farzlari bukim, «Allohu akbar» deb tahrima bog‘lamoq, qiyom, 
qiroat, ruku’, sujud va qa’dai oxir miqdor tashahhud. 
Ammo vojiblari uldurki, surai fotiha o‘qimoq va surai zam qilmoq va tartibg‘a rioya qilmoq, 
avvalg‘i o‘tirishda «at-tahiyot»ni «abduhu va rasuluh»gacha o‘qimoq va ikki hayit 
namozlarda takbir aytmoq va namozi vitirda duoi qunut o‘qimoq va ovozli namozda 
qiroat qilmoq va maxfiy o‘qur namozda maxfiy qiroat qilmoq vojibdur. Bomdod namozini 
mazkur tariqa birla ado qilsa, yaqin ijobat bo‘lg‘usidur. Ammo odoblari bajo keltirmay 
o‘talgan namoz anga o‘xsharki, kishi podshohga quloq va burni yo‘q kanizakni hadya 
kelturganday. Bas, bu kanizakning podshohga maqbul bo‘lmog‘i ehtimoldan yiroqdur. 
Namozning haqiqati va ruhining bayonida bilgilki, yuqorida mazkur bo‘ldi.Zohiriy namoz 
ibodatning surati edi. Bas, bu suratning haqiqiti bordur, bu haqiqat namozning ruhidur. 
Bilgilki, namozning amallaridin har bir amalning va zikrlaridan har bir zikrning xos (alohida) 
ruhi bordur. Agar ruh bo‘lmasa namoz jonsiz badang‘a o‘xshaydi. Va agar namozning asli 
bo‘lsayu va lekin a’mol va odoblarini bajo keltirmasa, quloq burni kesilgan odamg‘a 
o‘xshaydi. 
Agar namozni bajo keltirsa, lekin ruhi va haqiqatini bajo keltirmasa ko‘zi ko‘rmas 
va qulog‘i eshitmas kishig‘a o‘xshash bo‘lur. Bas, namozning asl ruhi xushu’-zavq, 
shodliqdur. Va hamma namozda dilni shod tutmoqdur. Namozdan maqsud dilni Haq 
taolog‘a rost tutmoq, Haq taoloni haybati azaati birla zikrni tom va hozirlik birla 
ado qilur. 
Chunonchi Haq taolo aytar: 
 
Aqimis-salota li-zikriy 
 
Oyatning tafsiri: Utagil namozni mani yod qilmoq uchun. 
 
Va rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Bisyor xalqlarki, ularning nasibasi namoz 
o‘tamokdin ranj, mashaqqatdin o‘zga nimarsa ermasdur. Bu ul toifadurkim, 
badanlari namozda bo‘lur va dillari fikri fosid birla g‘aflatda bo‘lur». 
Va yana aytibdurlarki, namozni albatta dil shodligi bilan o‘tamasa namozi durust 
bo‘lmas. 
Hasani Basriy alayhi rahma aytibdurlarki, namozning olti hissadan bir hissasini va 
yo o‘n hissadan bir hissasini nomai a’moliga bitilur. Va rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, 
namozni andog‘ o‘qig‘ilki, hamma nimarsalar birla vido’ qilg‘aysen. Ya’ni o‘zing birla, 
havo va havas birla vido’ qilg‘aysen. Balki Haq taolodan o‘zga kimsalar birla vido’ 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
93
qilg‘aysen. Va jonu dilni batamom namozg‘a qo‘yg‘aysen. Ushbu ma’noda hazrati Oisha 
raziyallohu anho aytibdurlar: Hazrati rasuli akram s.a.v. namozning vaqti bo‘lsa, Haq 
taolo azimati haybatidan mani tanimas erdilar. Har namozkim, dil hozir bo‘lmasa, Haq 
taolo ul namozg‘a rahmat nazari birla qaramas. 
Ibrohim Xalilulloh namozg‘a tursalar, dillarining shodligi sadosi ikki milliq yerga 
eshitilur erdi. 
Va Hazrati Ali karamullohu vajha vaqtiki namoz o‘tamoqqa tursalar, tamom 
a’zolarig‘a larza tushib, ranglari o‘zgarar edi. Va aytur edilarki, ul omonatni vaqti 
yettikim, yetti osmonu zaminga arz qildilar, toqat keltirolmadi. 
Sufyon Savriy rahmatullohi aytur: «Har namozda dil hozir va ogohlik birla 
bo‘lmabdur, uqubatg‘a yaqindur». 
Maoz bin Jabal roziyallohu anhu aytur: «Kishi namozda turub, o‘ng va chap 
tarafimda kim turibdur deb qarasa, ul namozi namoz ermas». 
Hazrati Imom A’zam va hazrati Imom Shofi’iy va aksar ulamo (alloh barchalarini rahmat 
qilgan bo‘lsin) fatvo beribdurlar: «Kishi, takbir aytganda dilni hozir tutsa namozi 
durustdur». Bas, fatvo zarurat jihatidandur, g‘aflat xalqg‘a g‘olibdur. Va durust namozning 
ma’nosi ulki, ul kishi farzini bajarur. Namoz zodi oxirat bo‘lmog‘i uchun dil hozir bo‘lmog‘i 
lozimdur. 
Umiddurki, sofdil kishining holi asli namoz o‘tamagan kishidan behroq bo‘lg‘ay. 
Ammo vahshatdurkim, sahv-xato va kohillik (sustlik) birla xizmatga kelgan 
kishi itobga yaqinroqdur. Ushbu sababdan Hasan Basriy rahmatullohi alayhi 
aytibdurlar, bu namoz uqubatg‘a yaqindur. Xabarda kelibdur: odam o‘zini nahiy (Xudo 
qaytargan) ishlardan yiroq tutmasa, ul namoz Haq taolodan yiroq bo‘lishdan o‘zga 
hosil bermas. 
Bas, to‘liq namoz uldurki, hamma namozda dil shodligi bo‘lg‘ay. Ul kishikim, takbir 
tahrimadin o‘zgada dilni hozir tutmabdur, namozda ruhning ramaqdan (jon chiqar 
chog‘dan) ziyoda nasiba yo‘qtur. 
 
FASL 
 Namozning haqiqati bayonida 
 
Bilgilki, avval nimarsakim, senga yetadur tong namozidur. Vaqtiki, azon 
o‘qiganni eshitsang, shod bo‘lg‘aysen va har ishg‘a mashg‘ul bo‘lsang, darhol tark qilib, 
namoz o‘tamakka kelgaysen. Sahoba va tobe’in rizvonallohi taolo alayhim ajma’in ushbu 
tariqa qilibdurlar: agar temirchi bo‘lsalar, temir tobg‘a kelgan bo‘lsa ham tashlab 
qo‘yibdurlar. Agar kafshdo‘z bo‘lsalar, bigiz sanchilg‘on bo‘lsa, tortib olmay qo‘yar 
edilarki, bu nidodan nidoi ro‘zi qiyomatni yod qilur erdilar. Va bilur erdilar, kishi azon 
ovozini eshitib, shodlik va sur’at birla tursa, qiyomat kuni shodlik birla turg‘usidur. 
Bas, bo‘lg‘aykim azon o‘qig‘onda shodlik va rag‘bat birla turg‘ilkim, qiyomat kuni ham 
shodu xurram bo‘lg‘aysen. 
Tahoratning boshi va ruhining bayoni-dilni pok qilmokdur. Tavba va pushaymonliq 
birla va axloqi mazmumdan yiroq bo‘lmoq birla namoz o‘qisa, vojibki, dil Haq taoloning 
nazargohidur. Va namoz haqiqatning joyi dildur. Ammo badan namoz suratining joyidur. 
Ammo avratni yopmoqning ma’nosi ulki, anchakim zohiringni xalqg‘a ko‘rsatmaklik 
xunuk va nodurustdur. Avratni xalqning nazaridan pinhon qilg‘il. Bas, avratni 
yopmoqning ruhi va boshi uldurki, anchakim egningdagi xunuk va oludalikni Haq 
taoloning nazaridan pinhon qilg‘il. Bilgilki, hech nimarsa Haq taoloning nazarida 
maxfiy, yashirin emasdur. Namoz ruhi: Hamma gunohlaringdan pushaymon bo‘lib, 
ikkinchi bora ul gunohni qilmag‘aysen. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
94
 
Attoyibu minaz-zanbi zanbalahu. 
 
Ya’ni Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, gunohdin tavba qilib qaytuvchi aslo gunoh 
qilmagan kishig‘a o‘xshaydur, tavba gunohni yo‘q qilg‘uvchidur. 
 
Agar tavba qilolmasang xijolat va sarnigunlik birla (bosh egilgan holda) turmoq 
lozimdur. Va istiqbol qibla ma’nosi ulki, zohir yuzingni hamma taraflardan o‘gurib, hazrat 
xona-ka’ba tarafiga qarab turgaysen. Muning asli va ruhi uldurkim, ro‘yi dilni hamma 
mosivodan o‘gurib, Haq taolog‘a mashg‘ul tutg‘aysen, tokim bir taraf bo‘lg‘ay. 
Chunonchi qiblai zohiriy birdur. Va qiblai dil ham Haq subhonahu va taolodur. 
Vaqtiki ro‘yi dilni Haq taolog‘a mutavajjih qilsang, andishai botil bir taraf 
bo‘lg‘usidur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar «Kishi namozda turub yuzi va dili 
va hissiyoti Haq taolog‘a mutuvajjih bo‘lsa, namozdan turg‘onda onasidin 
tug‘ilg‘ondek bo‘lg‘ay, ya’ni hamma gunohlardan pok bo‘lur». 
Bilgilki,zohir yuzingni qibladan o‘girmak birla zohir namozing botil bo‘lur. Bas, ro‘yi dilni 
Haq taolodan o‘girib o‘zga andishaga mashg‘ulluq qilmoq birla namozning ruhi, haqiqati 
botil bo‘lg‘usidur. Balki andin ziyodaroqdurkim, zohir g‘ilofga o‘xshashdur, e’tibor yo‘qdur. 
Qiyomning zohiri uldurki, namoz o‘taguvchi ojizlik birla banda qulday Haq 
taoloning dargohida turmoqdur. Muning asli va ruhi uldurkim, dilni hamma 
harakatdagi xayoldan to‘xtatib, Haq taoloning xizmati va mulozamatida sabilu ta’zim 
va uzrxohliq birla turmoqdur. Bas, bu vaqt qiyomatda Haq taoloning xuzurida turmoqni 
yodg‘a keltirg‘ay. Va bilgaykim, hamma asrorlari Haq taolog‘a oshkoradur. Haq taolo 
odamning ko‘nglidagi har nimarsadan, zohiriy olami va botiniy holidan xabardor, 
ogoxdur. 
Taajjubdurki, ba’zilar namoz o‘tar holatda axli solihni ko‘rsa, aningdan uyalib namozini 
adab shartlari birla ado qilur. Ammo tanho o‘tasa, adabiga rioya qilmay, shitob birla 
o‘tar. Bas, bu g‘oyat xijolatdurkim, bandai bechoradan uyalgay va Hazrati Halloqi 
olamdan uyalmag‘ay. Va sahoba raziyallohu anhum namozda o‘zini andog‘ sukunat va 
xushu’ birla tutar erdilarkim, vahshiy jonivorlar ulardin qochmas, gumon qilur erdikim 
jamod (jonsiz tosh) bo‘lg‘ay. Va kishi, Haq taoloning azamati aning ko‘nglida barqaror 
bo‘libdur, hamma aning ko‘ngli xushu’da bo‘lg‘usidur. 
Bas, rasul alayhissalom birovni ko‘rdilarki, namozda turub soqolni silar edi, 
dedilarkim agar bu kishini dili xushu’da bo‘lsa erdi, qo‘li ham dilning sifatida bo‘lur 
edi. 
Bilgilki, ruku’ va sujudning zohiri badan birla Haq taologa tavoze’ qilmoqdur. Ani 
haqiqati va ruhi dilni tavoze’ birla tutmoqdur, hamma a’zolarning ulug‘rog‘i va 
sharifrog‘i yuzdurkim, yuzni xor va past tufroqg‘a qo‘yg‘ondin bilg‘aykim, odamning 
asl tufroqdur. Bas, o‘z asliga munosib boqib, takbir qilg‘ay.Bekaslik va bechoraligini 
tanig‘ay. Bunga o‘xshash har amalning va asli haqiqatidan g‘ofil bo‘lsa, suratdan 
ziyoda nasiba topmas. 
 
FASL  
Namozdagi kalimalar bayonida 
 
Bilgilki, har namozda aytadigan barcha kalimalarning haqiqati bordur. Bas, namoz 
o‘taguvchi aytgan kalimalarig‘a muvofiq bo‘lib ado qilsa rostgo‘y bo‘lg‘usidur. Masalan, 
Allohu akbarning ma’nosi ulki, Haq taolo hamma mavjudotdan baland va ulug‘dur. 
Agar namozxon bu ma’noni bilmasa johildur. 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
95
Agar ma’nosini bilib, lekin ko‘nglida yana bir narsani Haq taolo zikridin azizroq bilsa, ul 
kishig‘a farishtalar ayturlarki, aytqon kalimang rostdur va lekin o‘zing 
yolg‘onchidursen. Inson Haq taoloning farmonidan yana bir nimarsaga moyilroq bo‘lsa, ul 
kishining nazdida ul nimarsa buzruk va ulug‘durkim, aning ma’budi va ilohi ul nimarsadur. 
Chunonchi Haq taolo aytibdur:  
Afara-ayta man-ittahaza ilahahu havahu? Ey, Muhamad, havoyi nafsini o‘ziga iloh qilib 
Oltan kimsani ko‘rganmisiz? («Josiya» surasi, 23-oyatdan.) 
 
Yana: Inni vajjahtu lillaziy. Fatara s-salavoti val-arza xaniyfan va mo antinal mushrikiyna. 
Ma’nosi ulki, ro‘yi dilimni hamma olamdan o‘gurub, Haq taologa mutavajjih bo‘ldim (yuzimni 
Achloh tomonga qaratdim) «An’om» surasi, 79-oyat, 
 
Va agar kalimani aytgan vaqtda dilni yana bir nimarsaga mutavajjih bo‘lsa, aytgan 
kalimasida yolg‘onchidur. Inson Haq taologa munojot qilur vakl-ida ul kalomda yolg‘on aytsa 
aning xatari hammaga ma’lumdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Musulmon 
uldurki, musulmonlar aning qo‘lidin va tilidan salomat qolsa». 
Namoz o‘taguvchi ushbu sifatlar birla bo‘lmasa, ushbu sifatda bo‘lmoqni niyat qilg‘ay. 
Vaqtiki alhamdulilloh desa, bo‘lg‘aykim, Haq taoloning ne’matlarini dilida toza 
saqlagay. Yana «ihdinas sirotal mustaqim» desa dilini zoriy va tazarru’ birla tutg‘aykim, 
hidoyat talab qilg‘on bo‘lur. 
 
FASL 
Namozda dilni g‘aflatdan saqlamoq bayonida 
 
Bilgilki, namozda dilga ikki g‘ubor o‘tirib qoladi.Biri zohiriy, biri botiniydir. Zohiriy illat 
ulki, bir nimarsani ko‘rib yoki eshitib turadigan yerda namoz o‘taganda g‘aflat bo‘lur. Dil ul 
nimarsaga mashg‘ul bo‘lurki, dilga ko‘z va quloqdan ta’sir yetar. Buning iloji uldurki, hech 
ovoz kelmaydigan yerda namoz o‘tagay. Va agar qorong‘uroq yer bo‘lsa yaxshiroqdurki, 
aksar obidlar qorong‘u va kichik ibodatxona ta’yin qilibdurlar. Ibn Umar r.a. har namozga 
turar bo‘lsalar, oldilaridan kitob va qilich, va nimarsaikim, nazarni mashg‘ul qiladur. ani olib 
qo‘yib namozga turar edilar. 
Ikkinchi sabab botiniydurki, hardam xayollik sababidan bo‘lur. Munga iloj qilmoq 
qiyinroqdur. Va bu g‘aflat ikki sababdan paydo bo‘lur: Biri-ishga mashg‘ul bo‘lgan vaqtda 
namozga tursa, dil ul ishga mashg‘uldir. Aning tadbiri - avval o‘shal ishni tamom qilib, keyin 
namozga turgay. Chunonchi, rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: Agar taom yemak va namoz 
o‘qimoqning vaqti bo‘lsa, avval taom yeng‘lar, andin keyin namoz o‘tanglar». Bir taom 
oqshomlik  va  bir  taom  xufton  vaqtidadir.  Munga  o‘xshash,  agar  bir  odamga  so‘z  aytish 
lozim bo‘lsa, avval so‘zni tamom qilib, andin keyin namoz o‘qigay. 
Ikkinchi sabab: boshqa ishlarni o‘ylashdan g‘aflat paydo bo‘lurkim, bir soatda tamom 
bo‘lmas. Aning iloji, dilni qiroat va tasbihlar ma’nosiga mashg‘ul qilgaykim, g‘aflat daf’ 
bo‘lur. Agar kuchliroq bir andisha dilda qaror topgan bo‘lsa, bu birla ham daf’ bo‘lmas. Aning 
tadbiri: bu andishani bilkullihi (batamom) ko‘ngildan chiqarib tashlamoq kerak. Agar 
ko‘ngildin chiqarolmasa, namozi hamisha vasvasa va parokandalikdin xoli bo‘lmas. Bu 
tariqa namoz o‘taguvchining holi nimarsaga o‘xsharkim, qulog‘iga chumchuqlarning ovozi 
eshitilgay. Kuliga tayoqolib ul chumchuklarni haydasa yana kelur. Agar chumchuqlarning 
ovozidin xalos bo‘lmoqni xohlasa, o‘sha daraxtni tubi birla yo‘qotgay, tokim daraxt bordur, 
chumchuq ovozi andin xoli emas. 
Shunga o‘xshash, tokim bir nimarsaning orzusi ko‘ngulda barqaror bo‘libdur, turli 
parokandaliklar doimo paydo bo‘lg‘usidur. Rasulullohga bir purkor (ko‘p mehnat qilib 

Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
96
tikilgan) kiyim tuhfa keltirdilarki, juda chiroyli matodan bog‘ichi bor erdi. Ul zot 
egnini kiyib, namozda turib, nazarlari ul bog‘ichga tushdi, ersa namozdan bo‘shab ul 
eginni egasiga qaytarib berdilar. Va ko‘hna egnilarini kiydilar. 
Yana bir rivoyatda rasululloh etiklarini guldor ettirib edilar, namozda turgan 
vaqtlarida ko‘zlariga chiroyli ko‘rindi. Namozdan bo‘shab ani so‘ktirib, ko‘hna yamoqni 
yamatdilar. Darhol turib, dedilarki, «Ey, Xudovando, bu nazarim jihatdan meni 
dushman tutmagil», Deb ko‘chaga chiqib, uchragan soyilga (gadoyga) berdilar. 
Sahobalardan Talha r. a. xurmozor bog‘larida namozga turib edilar, bir xushsurat qush 
ko‘rdilarki, gohi uchib, gohi yo‘rg‘alab yurur erdi. Va nazarlari aning naqshiga mashg‘ul 
bo‘lib,necha rakaat namoz o‘taganlarini bilmadilar. Hazrati rasululloh qoshlariga 
kelib,bu ahvollaridan tavba qilib, kafforatiga xurmozor bog‘ini sadaqa qildilar.Va 
sahoba va tobein bu tariqa ishlarni ko‘p qilibdurlar. Va dilni ibodatga hozir tutmoqning 
ilojini bilibdurlar, to namozdin avval Haq taologa zikrni to‘liq aytmaguncha, namozda dil 
hozir bo‘lmas. 
Agar odam namozni dil huzuri birla o‘tamoqni xohlasa, namozdan ilgari aning 
ilojini qilgay. Hamma ashg‘oli dunyodan dilini xoli aylab,hojatga kifoya qilguncha 
mol-dunyoga qanoat qilgayki, dunyoliqdan maqsud ibodatga yordam bergunchaligi 
kifoyadir. Agar shunday qilmasa, dil hozir bo‘lmas. Nafl namozni to‘la o‘tamakni lozim 
tutgayki, dil huzurini ziyoda qilgay. Kishi namozi bomdodni jamoat birla o‘tasa, 
hamma kechani bedor o‘tkazganining savobini topar. 
 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling