harakterlanadigan atomlar turidir". Undan tashqari Dalton fanga "atom
og'irlik" (ya'ni atomning nisbiy og'irligi) tushunchasini kiritdi. vodorodning
atom og'irligini shartli ravishda 1 ga teng deb qabul qildi.
Lomonosov ta'limoti (1-ma`ruzada yoritilgan) turli xossali atomlar bilan bir
qatorda bir xil xossali atomlarning ham o'zaro birika olishga yo'l qo'yar edi.
Molekula bu berilgan moddaning kimyoviy xossalariga ega bo'lgan eng kichik
zarrachasidir. Molekulaning kimyoviy xossalari uning tarkibi va kimyoviy tuzilishi
bilan aniqlanadi.
Atom bu kimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga
kiradigan eng kichik zarrachadir. Elementning kimyoviy xossalari uning atomini
tuzilishi bilan aniqlanadi.
Atom - bu musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy zaryadlangan
elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachadir. Kimyoviy element - bu
yadrosining musbat zaryadi bir xil bo'lgan atomlarning muayyan turidir. Masalan,
xlorning massasi 35 va 37 bo'lgan atomlari uchraydi. Bu atomlarning yadrolarida
protonlar soni bir xil, lekin neytronlar soni har xil bo'ladi.
Dal’ton ta’limotida kamchiliklar borligi o’sha vaqtdayoq ma’lum bo’ldi.
Birinchidan, oddiy moddalarning molekulalari real mavjud bo’lishini inkor etdi.
Ikkinchidan, murakkab moddalarning tuzilishini talqin qilishda bir elementning bir
atomi ikkinchi elementning faqat bir atomi bilan birikadi, deb faraz qildi. U holda
suv H
2
O, ammiak NH
3
, etilen C
2
H
4
kabi formulalar bilan ifodalangan moddalar
noto`g`ri bo’lar edi. Shuning uchun ba’zi elementlarning atom massalari ikki xil
qiymatli bo’lib chiqdi. Demak, atom bo’linishi mumkin deb faraz qilishga to’g’ri
keladi, bu esa atom bo’linmaydi degan fikrga ziddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |