A.Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi
va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini
aniqladi. Bunga asoslanib A.Lavuaze har qanday kimyoviy toza moddani tashkil
etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas nisbatda bo’ladi, degan xulosani
chiqardi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning
to’g’riligini barcha olimlar e’tirof etdilar. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertole
qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida hosil
bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi moddalarning massa nisbatlariga
bog’liq bo’ladi, degan xulosani chiqardi. Bu xulosaga dalil sifatida bir qancha
analizlarning natijalarini keltirdi.
J.L.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqib, kimyoviy toza
moddalarni puxta analiz qildi va toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil
bo’lishini o’zining juda ko’p analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning
asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi:
Do'stlaringiz bilan baham: