2.2.Stexiometrik
qonunlar.
Stexiometriya
kimyoning
reaksiyaga
kirishayotgan moddalar orasidagi massa va hajmiy nisbatlar ko’rib chiqiladigan
bo’limidir. «Stexiometriya» so’zi grekchadan tarjima qilinganda «tarkibiy qism»
va «o’lchayman» degan ma’nolarni anglatadi.
Stexiometriyaning asosini stexiometrik qonunlar: moddalar massasining
saqlanish qonuni, ekvivalentlar qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar
qonuni va Avagadro qonuni tashkil etadi.
Moddalar massasining saqlanish qonuni. M.V.Lomonosov reaksiya uchun
olingan modda va reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning og’irligini
o’lchash yo’li bilan kimyoviy reaksiyalarning borishini o’rgandi. Natijada u
birinchi marta 1748 yilda moddalar massasining saqlanish qonunini ta’rifladi. 1756
yilda metallarni og’zi kavsharlab berkitilgan idish (retorta)da qizdirish yo’li bilan
bu qonunni to’g’riligini tajribada isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |