Kimyoviy jarayonlarning ko’pchiligi ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradi, ya’ni reaksiya boshlangan vaqtda avval mahsulotlar hosil bo’ladi, birmuncha vaqt o’tgandan keyin bu mahsulotlar bir-biriga o’zaro ta’sir etib, qisman
Download 104.41 Kb.
|
Kimyoviy muvozanat Azambekov Izzatillo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Temperaturaning tasiri.
- Bosimning tasiri.
1. Konsentrasiyaning ta'siri.
Muvozanatda turgan sistemadagi biron moddaning konsentrasiyasi oshirilsa, sistemada mumkin bolgan reaksiyalardan shunday reaksiya kuchayadiki,natijada konsentratsiya oshirilgan modda sarf boladi va kimyoviy modda shu modda sarf bulishi tomonga siljiydi. Masalan, CO + H = CO + H O tenglamasi bilan ifodalanadigan muvozanatdagi sistama berilgan bolsa, bu sistemaga qoshimcha CO bersak, sistema CO konsentratsiyasini kamaytirishga intiladi. Aksincha, agar CO ning miqdorini kamaytirsak, sistema uni kopaytirishga intiladi, yani kimyoviy muvozanat chap tomonga siljiydi. 2. Temperaturaning ta'siri. Le Shatelye prinsipiga muvofiq, agar muvozanatda turgan sistemaning temperaturasi ozgarsa, temperature kotarilganda sistemaning muvozanati issiqlik yutiladigan, temperatura pasayganda esa issiqlik chiqadigan jarayon tomoniga siljiydi. Masalan, 2SO +O = 2SO +225,4 kJ tenglama bilan ifodalanadigan muvozanatda turgan sistemani olsak, SO ning hosil bolishi ekzotermik reaksiya bolib, Le Shatelye prinsipiga muvofiq temperature oshirilganda SO ajraladi, yani muvozanat 2SO = 2SO +O reaksiyasi tomonga siljiydi: aksincha, temperatura pasaytirilganda SO bilan O birikib, SO hosil qiladi, yani muvozanat 2SO + O =2SO reaksiyasi tomon siljiydi. Bosimning ta'siri. Muvozanatdagi sistemaning bosimi oshirilsa, muvozanat xajm kamayadigan ya'ni molekulalar kam hosil boladigan reaksiya tomonga siljiydi. Masalan, ammiak siyetazi reaksiyasida ishtirok etayotgan gazlar nisbati 1:3:2 dan iborat yoki 3H2 + N2 = 2NH3 ya'ni 4 xajm dastlabki gazlardan ikki xajm maxsulot xosil buladi. Binobarin, bosim oshirilganda muvozanat NH3 hosil bolish reaksiyasi tomonga siljiydi. Agar tenglamaning chap va ong tomonidagi molekulalar soni teng bulsa bosimning uzgarishi kimyoviy muvozanatga ta'sir etmaydi. Masalan: CO2 + H2 = CO + H2O reaksiyasining muvozanati bosim uzgarganida uzgarmay koladi. Le-Shatelye prinsipi gomogen sistemalargagina kullanib kolmay, geterogen sistemada uchun xam tadbik yotiladi. Masalan, SO2 ning kaytarilish reaksiyasi: C + CO2 = 2CO -172 kJ Keltirilgan kimyoviy sistemada kattik (uglerod) va gaz (CO va CO2) fazalar aralashmasi ishtirok etyapti. Demak sistema geterogen. Le-Shatelye prinsipiga kura: a) temperaturaning kutarilishi muvozanatni CO ortishi tomonga siljitadi, chunki CO2 kaytarilishi ekzotermik prosessdir. b) temperaturani pasaytirsak, muvozanat chap tomonga siljiydi; v) bosimni oshirish muvozanatni xajm kamayadigan reaksiya ya'ni CO2 xosil bulishi tomonga siljitadi, chunki chap tomonda gazsimon moddadan bir molekula, ung tomonda esa CO molekulasidan ikki molekula mavjuddir. Bu reaksiya muvozanatining matematik ifodasi kuyidagi kurinishga ega: ya'ni muvozanat fakat gazsimon moddalarning nisbatlariga (konsentrasiyalariga) boglik. Geterogen sistemada gazsimon moddalarning molekulalar soni uzgarmasa bosim reaksiya muvozanatiga ta'sir etmaydi. Masalan, MnO+CO = Mn+CO2 ning muvozanati bosim uzgarishi bilan uzgarmaydi. Yuqori (1000°, 10000°) temperaturalarda kimyoviy reaksiya tezligi shunchalik katta buladiki, amalda ularni aniklab bulmaydi. Bunda moddalar dissosilanishini kuchayishidan tashkari, juda murakkab moddalar xosil buladi va ularning konsentrasiyasi temperatura kutarilishi bilan ortadi. Masalan, V2O5 buglarida V4O10, V4O8, V4O12 kabi moddalar xosil buladi. Temperatura kancha yukori bulsa elementlar shuncha uziga xos bulmagan oksidlanish darajalarini namoyon etadi. Bunga sabab yukori temperaturadagi buglar xosil bulishida tuyinmagan valentli radikallarning ishtirok etishidir. Masalan, suv bugida 2000° da H2, O2, OH-, H+ va O2- bundan yukori temperaturada esa, ionlanish maxsulotlari ON-, N+ va O2- lar buladi. Bosimni oshirish gazlarning dissosilanish darajasini kamaytiradi. Masalan, 300000 atmosfera bosimda vodorod metall strukturasiga ega boladi. Kimyoviy muvozanat holatiga temperatura, bosim va ishtirok etuvchi moddalar konsentratsiyasining tasirini organihga asoslanib kimyoviy jarayonlardan yaxshi unum olish uchun qanday sharoit yaratish kerakligini aniqlash mumkin. Agar ixtiyorimizdagi reaksiya hajmi kamaysa va issiqlik yutilsa, bunday jarayonda reaksiya unumi maksimal bolishi uchun uni yuqori temperature va bosimlarda olib borishga togri keladi. Agar jarayon issiqlik chiqarish va hajmning kichiklashuvi bilan borsa, unda jarayondan yuqori unum olish uchun mumkin qadar past temperature va yuqori bosimdan foydalaniladi. Nihoyat, ayni jarayonni qanday sharoitda olib borish masalasini uzil-kesil hal qilishda reaksiya tezligiga tasir etadigan faktorlarni ham nazarda tutishga togri keladi. Masalan, ammiak sintezi: 3H + N = 2NH +92kJ Yuqori bosim (100-1000 atmosfera) 500-550 gradusda va katalizator (temir) ishtirokida olib boriladi. Sanoatda bu jarayonni yuqori temperaturada olib borish Le Shatelye qoidasiga zid keladi. Lekin temperature pasayganda reaksiyaga kirishuvchi zarrachalarning energiyasi nihoyatda past bolishi jarayonini muvozanat holatga kelishini qiyinlashtiradi. Yueori temperaturada muvozanat holat oson qaror topadi. Lekin hosil bolgan ammiakning parchalanishini toxtatish maqsadida aralashma darhol sovitiladi va chapga boradigan reaksiya tezligi keskin kamaytiriladi. Shu sababli katalizator bilan toqnashgan H va N aralashmasi kontakt aparatidan chiqarilgan onda kuchli sovitgich hajmiga kiritiladi. 1.Kopchilik kimyoviy reaksiyalar qaytar tarzda sodir boladi. Haqiqiy kimyoviy muvozanat harakatchan (dinamik) xususiyatga ega bolib, u ikki tomonga keta olishi mumkiin. 2.Kimyoviy muvozanat konstantasining ifodasi masalalar tasiri qonunining ta'rifini aks etiradi. Bu konstanta kimyoviy jarayon uchun juda muxim amaliy ahamiyatga ega. U ma'lum bolsa, reaksiyaning unumining hisoblab topish mumkin. 3.Geterogen sistemalarda muvozanat konstanta ifodasiga geterogen sistemadagi faqat gomogen sistema moddalarning konsentrasiyalarigina yoziladi 4.Gaz fazada sodir boladigan reaksiyalarning muvozanat konstantalarini yozishda konsentrasiyalar ornida parsela bosimlardan foydalaniladi. 5.Agar muvozanat xolatidagi sistemani tavsiflovchi porametrlar (R,T va S) ozgarmasa, sistemadagi muvozanat ozgarmaydi. Muvozanat xolatining ozgarishi (siljishi) Le Shatele qoidasiga boysunadi. Kimyoviy reaksiyalarning mexanizmi Tasirlashuvchi moddalarning tabiatiga va sharoitga kora kimyoviy reaksiyalarda atomlar,molekulalar,radikallar va ionlar ishtirok etadi. Erkin radikallar molekulalarning parchalanishidan hosil bolgan qismlardan iborat boladi. Masalan, *OH( H2Omolekulasining qismi), *NH2 ( NH3 molekulasining qismi), *HS (H2S dan hosil bolgan), Erkin radikallarga erkin atomlar ham kiradi. Erkin ragikallarning reaksion qobiliyati juda yuqori , lekin ular ishtirok etadigan reaksiyalarning aktivlanish energiyasi kichik(O-40 kJ/mol). Erkin radikallar hosil bolishi qizdirish, yoritish, yadroviy nurlanish,mexanik tasirlar hamda elektr razryadlari tasiri natijasida yuzaga keladi. Ionlar ishtirokida ketadigan reaksiyalarning aktivlanish energiyasi 0-80 kJ/mol ni tashkil etadi. Molekulalar ishtirokida ketadigan reaksiyalarning faollanish energiyasi juda yuqori boladi.Masalan, HJ hosil bolish reaksiyasining aktivlanish energiyasi 150 kj/mol ga teng FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI Parpiev N.A., Rahimov H.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo (nazariy asoslari).-Toshkent:Ozbekiston, 2000.-479 bet. Axmetov N.S. Obhaya i neorganicheskaya ximiya. Uchebnik dlya Vuzov 4-e izd., Moskva, Vosshaya shkola, 2002.-743 s. Ugay YA.A. Obhaya ximiya i neorganicheskaya ximiya.- Moskva: «Vosshaya shkola», 2002.-527s. Parpiev N.A., Muftaxov A.G., Rahimov H.R. Anorganik kimyo.-Toshkent: Ozbekiston, 2003.-504 bet. Download 104.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling