1 Ma‘ruza:
KINETIKA VA KATALIZ FANIGA KIRISH MAQSAD VA VAZIFALARI. KIMYOVIY
REAKSIYALARNING TEZLIGI VA MEXANIZMI.
Reja:
1. Kinetika va kataliz faniga kirish.
2. Reaksiyalarning ketish tezligi.
3. Reaksiyalarga ta‘sir qiluvchi omillar.
Tayanch so’z va iboralar: kinetika, termodinamika ,katalizator ,tempratura, bosim,
qaytar va
qaytmas reaksiyalar,monomalekulyar,bimalekulyar,uch malekulra
Kimyo kinetika kimyoviy reaksiyalarning tezliklari haqidagi ta‘linot bo‘lib,
tezliklari,
kinetikadagi reaksiyalarning tezliklari, ularga ta‘sir qiluvchi faktorlar o‘rganiladi.
Kimyoviy
reaksiyalarni tekshirishda ikki amaliy masala muhim amaliy ahamiyatga ega. Bularning
birinchisi reaksiyaning muvozanati
qaror topgandagi unumi, ya‘ni ayni sharoitda dastlabki
moddalarning oxirgi mahsulotlarga o‘tishining maksimal darajasi
va ikkinchisi reaksiyaning
borish tezligidir. Reaksiyaning muvozanat holatidagi unumini hisoblashni termodinamika
o‘rganiladi. Lekin jarayonning qancha davom etishi kimyoviy kinetikada tekshiriladi.
Kimyoviy jarayonlarni
boshqaruvchi muhim faktlar, omillar to‘rtta:
1.Tempratura
2.Bosim
3.Reaksiyaga kiruvchi moddalarning konsentratsiyalari
4.Katalizatorlar
Bu to‘rtta faktorning uchtasi (temperatura, bosim va reaksiyaga kirishuvchi moddalarning
konsenratsiyalari) reaksiyaning kuzatiladigan tezligiga ham, muvozanatiga ham ta‘sir etadi:
to‘rtinchisi esa faqat reaksiya tezligiga ta‘sir etadi. Ba‘zi reaksiyalar (H2+Cl2=2HCl)
tezligiga
yorug‘lik ham ta‘sir qiladi, shu bilan birga jarayonni boshqaruvchi muhim omillar biri
moddalarning tabiati.
Kimyoviy kinetika qonunlari eritmalarda boradigan reaksiyalarni
tekshirish natijasida
topilgan quyidagi ikki prinsipga asoslanadi:
1. Reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyalari