Izolyatsiyalangan tizim oʻzining atrof-muhiti bilan modda ham, energiya ham almashmaydi. Mukammal izolyatsiyalangan tizimni topish qiyin, lekin qopqogʻi zich yopiladigan maxsus sovitkich idishlar izolyatsiya qilingan tizimga oʻxshaydi. Idish ichidagi narsalar bir-biri bilan energiya almashishi mumkin, shuning uchun muz biroz eriydi va ichimlikni sovitadi, ammo tashqi muhit bilan juda kam energiya (issiqlik) almashadi.
Termodinamikaning o’zi nima?
Termodinamika bu fizikaviy kimyoning energiyadan foydalanish va uning o’zgarishini o’rganadigan bo’limidir.
Termodinamikaning asosiy postulatlari:
1. Sistema o’zgarmas tashqi muhit bilan chegaralanganda vaqt o’tishi bilan muvozanat holatida keladi.
(t → ∞).
2. Termodinamik sistemaning barcha xossalari (shu jumladan ichki parametrlar) tashqi parametrlar va sistema tarkibiga bog'liqdir.
Termodinamik tizim o’zi nima?
Termodinamik sistema - bu tashqi muhitdan haqiqiy yoki xayoliy qobiq bilan ajratilgan boshqa jismlar yoki moddalar bilan energiya almashinadigan modda (yoki moddalar aralashmasi).
Termodinamik jarayon o’zi nima?
Termodinamik jarayon - bu termodinamik parametrlarning kamida bitta-sining o'zgarishi bilan sistema holatining o'zga-rishidir
Jarayonlarning turlari
Qaytar jarayonlar
Agar jarayon davomida sistema va atrof-muhit avvalgi holatiga qaytarilishi mumkin bo'lsa, u holda jarayon qaytar jarayon deb nomlanadi.
Misol: gazning idishda ishqalanishsiz kengayishi.
Ishqalanish sharoitida, avvalgi holatga o'tish uchun ish sarflash kerak, bu esa atrof-muhit energiyasining o'zgarishiga olib keladi va jarayon orqaga qaytarilmaydi.
Qaytar jarayonda bajarilgan ishlar maksimal hisoblanadi.
Qaytmas jarayonlar
Agar jarayon davomida sistemalar va atrof-muhit o'zgarishsiz avvalgi holatiga qaytarilmasa, bunday jarayonlar qaytmas jarayonlar deb nomlanadi.
Qaytmaydigan barcha jarayonlarda ish issiqqa aylanadi.
Qaytmaydigan barcha jarayonlarda termodinamik parametrlar (T, P) tenglashtiriladi. Sistema muvozanat holatiga keladi.
Masalan: energiyaning muhitga
issiqlik harakati shaklidagi tarqalishi
(energiyaning xaotik tarqalishi)
Termodinamik sistemalar turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |