Kimyoviy termodinamikaning birinchi qonuni. Termokimyo. Gess qonuni
Ikkinchi qonunning asosiy vazifasi
Download 0.85 Mb.
|
Sardor aka. referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adbiyotlar
Ikkinchi qonunning asosiy vazifasi jarayonning yo`nalishi va borish chegarasini oldindan nazariy, ya’ni tajriba o`tkazmasdan aytib berishdan iboratdir.
Agar biror jarayonning tashqi belgilariga qarab, u qaysi jarayonga mansubligi aniqlansa, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunidan foydalanib, jarayonning qaysi tomonga yo`nalishini oldindan aytish mumkin. Buni aniqlashda termodinamik funksiyalar deb atalgan kattaliklar Gelmgols funksiyasi, Gibbs funksiyasi, kimyoviy potentsial qiymatlarining o`zgarishidan foydalaniladi. Bu funksiyalarning o`zgarishi kimyoviy muvozanatning qanday sharoitda qaror topishini ko`rsatadi, ya’ni muvozanatning termodinamik shartlarini aniqlab beradi. Shunga ko`ra, termodinamikaning II bosh qonuni asosan, yuqorida nomlari keltirilgan funksiyalarning turli jarayonlardagi o`zgarishini o`rganadi. Karno sikli. Foydali ish koeffitsiеnti. II bosh qonun 1824 yilda S. Karno tomonidan ochilgan va Karno sikli bilan bog’langan. Shunga ko`ra, bu sikl amaliy hamda tarixiy ahamiyatga egadir. Karno siklida, o`z-o`zicha bormaydigan – issiqlikni ishga aylanish jarayoni o`z-o`zicha boruvchi jarayonni issiqdikning issiq jismdan sovuq jismga o`z-o`zicha o`tish jarayoni bilan qo`shib birgalikda olib borganda amalga oshishi mumkinligi, shu bilan birga texnikada amaliy ahamiyatga ega bo`lgan foydali ish koeffitsienti ning nimalarga bog’liqligi va uni oshirish usullari ko`rsatilgan. Karno sikli T1 – temperaturali issiqlik manbai va T2 – temperaturali sovitkich rezervuaridan iborat. Ular juda katta hajmda bo`lib, isitkichdan issiqlik olinganda va sovitkichga issiqlik berilganda, ularning temperaturasi deyarli o`zgarmaydi. Hamma jarayonlar kvazistatik muvozanat holatidan cheksiz kichik farq qiladigan holatda bosqichlab olib boriladi. Bular esa hamma jarayonni termodinamik qaytar ravishda olib borishni ta’min qiladi. Karno sikli aylanma jarayon bo`lib, jarayondan so`ng sistema va tashqi muhit o`zining oldingi holatiga qaytadi. Ikki rezervuar o`rtasida ishchi jism – ideal gaz o`rnatilgan, gaz kengaygan-siqilganda porshen ideal holatda harakat qiladi. Karno sikli. Karno siklida ish bajarish siklik, ya’ni aylanma jarayon natijasida amalga oshiriladi. Bu sikl birin-ketin boradigan to’rtta qaytar jarayondan iborat: a) gazning izotermik kengayishi – AB izotermasi; b) gazning adiabatik kengayib, sovishi – BC adiabatasi; v) gazning izotermik siqilishi – CD izotermasi; d) gazning adiabatik siqilib, isishi – DA adiabatasi; Foydalanilgan adbiyotlar 1. Akbarov H.I., Tillayev R.S., Sagdullayev B.U. Fizikaviy kimyo. “Universitet”, 2014, 431 bet. 2. Akbarov H.I., Sagdullayev B.U., Xoliqov A.J. Fizikaviy kimyo. “Universitet”, 2019, 540 bet. 3. Akbarov H.I. Fizik kimyodan amaliy mashg'ulotlar. Т., 0 ‘zR 0 0 ‘MTV, 1991. 4. Akbarov Н.1., Tillayev R.S. Fizik kimyodan amaliy mashg‘ulotiar. Т., “0 ‘zbekiston”, 1999 5. Akbarov H.L, Xoliqov A.J. Fizikaviy kimyo mutaxassisligi magistrantlari uchun elektrokimyodan uslubiy qo'llanma. T.,: 0 ‘zMU, 2005 Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling