Kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistenti tomonidan tayyorlangan “Kimyoviy elektr tok manbalari” nomli darslikga taqriz
Download 29.41 Kb.
|
КТ. ТАҚРИЗ ташқи (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi: JDPU “Kimyo o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi . M.Sultonov
“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistenti __________________ tomonidan tayyorlangan “Kimyoviy elektr tok manbalari” nomli darslikga TAQRIZ Mazkur darslikga qo‘yilgan barcha talablar va Davlat ta’lim standartlariga mos keladi. Uning mazmuni shu fan bo‘yicha tuzilgan namunaviy dasturda ko‘rsatilgan barcha talablarga javob beradi. Elektrning kimyoviy manbai – akkumulyator ishlab chiqarish texnologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda batareyalarning tayyorlanishi, plastinkalarni pastalari ularni tayyorlash, tarkibini eng maqbul variantlari, surtish, quritish, bu jarayonlarda ishlatiladigan texnologiyalar, saqlash va iste’molchiga etkazish jarayonlari haqida axborot beradi. Bu borada mualliflar tomonidan yaratilgan ushbu darslikning ahamiyati juda katta degan fikrdaman. Darslik o‘z ichiga 6 ta bobdan iborat materiallarni qamrab olgan bo‘lib, ularning har birida elektrokimyoviy ishlab chiqarishlar uchun zarur bo‘lgan elektrolitlarning mohiyati, kimyoviy oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida hosil bo‘layotgan energiya to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr energiyasiga KTM ning tashqi zanjirga energiya berayotgan jarayoni zaryadsizlanishi, faqat bitta elektrokimyoviy yacheykadan iborat KTM – galvanik element deb hisoblanshi. U alohida elektr energiyasi manbai yoki batareyaning asosiy qismi hisoblanishi. Demak gal`vanik batareya ikki yoki undan ortiq gal`vanik elementlarning ketma-ket yoki yonma-yon ulab, yagona korpusga joylashtirib, umumiy tok o‘tkazgichlari bilan ta’minlangan qurilmasi kabi ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Darslik batareyalarning asosiy vazifasi – dvigatelni ish holatiga keltirish ya’ni harakatga keltirish, ikkinchi vazifasi ishlab turgan dvigatelda energetik bufer hosil qilishdir. Bular qatoriga yana birqancha: haydovchi uchun qulay sharoit, harakat xavfsizligini ta’minlash vazifalari ham yuklatilgan. Batareyalarning uchinchi vazifasi – ish holatida bo‘lmagan dvigatelni energiya bilan ta’minlash. Dvigatel to‘xtab turgan vaqtda elektr asboblardan foydalanganda batareyaning zaryadi ko‘p sarflanib, starterni bir qancha tafsiflari tushib ketishi. Mashinadagi batareya generator, to‘g‘rilagich relelar, generator kamari uzulganda yaqin o‘rtadagi ustaxonaga etgunga qadar xavfsizlikni ta’minlash uchun ham zarurdir jarayonlari ham yetarli darajada bayon etilgan. Umuman olganda, mazkur o`quv qo`llanma talabalar va undan bevosita foydalanuvchilar uchun yetarli darajadagi fanning namunaviy dasturidagi barcha ma’lumotlarga ega. Bu esa mualliflarning kerakli ma’lumotlarni to‘plashda samarali mehnat qilganliklaridan dalolat berib turibdi. Taqrizchi: JDPU “Kimyo o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi. M.Sultonov Download 29.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling