Analiz metodining nomi
|
Analiz qilinadigan modda miqdori
|
Namuna massasi, g
|
Namuna hajmi, ml
|
Makroanaliz
|
Gramm-metod
|
1 – 10
|
10 – 100
|
Yarimmikroanaliz
|
Santigramm-metod
|
0,05 – 0,5
|
1 – 10
|
Mikroanaliz
|
Milligram-metod
|
0,01 – 10–6
|
0,1 – 10–4
|
Ultramikroanaliz
|
Mikrogram-metod
|
10–6 – 10–9
|
10–4-10–6
|
Submikroanaliz
|
Nanogram-metod
|
10–9 – 10–12
|
10–7– 10–10
|
Analitik reaksiyalar umumiy va xususiy reaksiyalarga bo‘linadi. Qo‘llanilgan reagentlar esa birinchi holda guruh reagent, ikkinchi holda esa xususiy reagent deb ataladi. Analitik reaksiyalar quruq va ho‘l usullarda o‘tkaziladi. Quruq usulda tekshirilayotgan modda ham, reagent ham qattiq holda bo‘ladi, olingan modda bilan reagentni yuqori haroratgacha qizdirish yoki quruq moddalarni ishqalash yo‘li bilan reaksiyalar amalga oshiriladi. Ho‘l usuldagi analitik reaksiyalar eritmalarda o‘tkaziladi. Sifat analizi biror ionni aniqlashga kirishishdan oldin tanlangan reaksiyaning sezuvchanligi va tanlab ta‘sir etish xususiyatiga e‘tibor beriladi. Faqat
kamroq sondagi ionlar bilan bo‘ladigan analitik reaksiyalar tanlab ta’sir etuvchi yoki selektiv reaksiyalar hisoblanadi. Selektiv o‘ziga xos, (spesifik) reaksiyalar yordamida eritmaning ayrim ulushlarida o‘tkaziladigan analiz bo‘lib – bo‘lib, xalaqit beruvchi ionlarni ketma – ket ajratib bajariladigan analiz, sistematik analiz hisoblanadi. Sistematik analizda ta’sir etuvchi reagent turiga qarab kationlar vodorod sulfidli,kislota – asosli, ammiak – fosfotli va boshqa usullarga bo‘linadi. Kationlarning alohida guruhlarga ajralishi ularning guruh reagentlariga bo‘lgan munosabatiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |