Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «analitik fizik kolloid kimyo»


Download 2.09 Mb.
bet7/115
Sana25.10.2023
Hajmi2.09 Mb.
#1721420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   115
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Oltinchi analitik guruhga mis (II) Cu2+, kadmiy Cd2+, simob (II) Hg2+, kobalt Co2+ va
nikel (II) Ni2+ kationlari kiradi. Guruh reagenti sifatida 25% ammiakli suv ishlatiladi. Guruh reagentini oltinchi analitik guruh kationlariga ta’sir ettrilganda turli tarkibli birikmalar hosil bo‘ladi, ular guruh reagentining ortiqcha miqdorida (kobalt va simob gidroksidlari ortiqcha ammoniy NH4+ mavjud bo‘lgandagina) eriydi. Cu2+, Co2+ va Ni2+ kationlari xloridli tuzlarini eritmasidan CuOHCl, CoOHCl va NiOHCl asosli tuzlar holida kadmiy gidroksid Cd(OH)2
holida cho‘kadi. Simob (II) ning xloridlari yoki nitratlari eritmasiga guruh reagent ta’sir ettirilganda tegishlicha HgNH2Cl va [OHg2NH2]NO3 cho‘kmalari hosil bo‘ladi. Mis (II), nikel (II) va kadmiy gidroksidining asosli tuzlari guruh reagentining ortiqcha miqdorida erib, quyidagi kation komplekslarni hosil qiladi:
CuOHCl+4NH3→[Cu(NH3)]2++OH-+C1-
NiOHCl + 6NH3 → [Ni(NH3)6]2++OH-+Сl
Cd(OH)2+4NH3→[Cd(NH3)]2++2OH
Kobalt (II) va simob (II) tuzlari eritmalaridan hosil bo‘lgan cho‘kmalar guruh reagenti va ammoniy ionlarining ortiqcha miqdori ta’sirida quyidagicha ammiakli kation komplekslarini hosil qiladi:
CoOHCl+5NH3+NH4+→[Co(NH3)6]2++Сl-+H2O
HgNH2Cl+2NH3+NH4+→[Hg(NH3)]2++Сl-
[OHg2NH2]NO3+4NH3+3NH4+→2[Hg(NH3)4]2++NO3-+H2O
Sarg‘ish-malla rangli kobalt (II) ammiakli kompleksi qizil-olcha rang
kobalt (III) ammiakli kompleksigacha oksidlanadi.



Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling