Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «analitik fizik kolloid kimyo»


Kationlarni vodorod sulfidli analiz metodi bo‘yicha klassifikatsiyasi


Download 2.09 Mb.
bet6/115
Sana25.10.2023
Hajmi2.09 Mb.
#1721420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Kationlarni vodorod sulfidli analiz metodi bo‘yicha klassifikatsiyasi
2-jadval

Guruh

Kationlar

Guruh reagenti

Birikmalarning eruvchanligi

I

K+, Na+, NH4+,
Mg2+

Mavjud emas

Sulfidlar, karbonatlar va gidroksidlar suvda eriydi, xloridlar

II

Ba2+, Sr2+, Ca2+

(NH4)2CO3,
NH3·H2O + NH4Cl,
pH = 9,25

Karbonatlar suvda erimaydi

III

Fe2+, Fe3+, Cr3+,
Al3+, Mn2+, Ni2+,
Zn2+, Co2+

(NH4)2S,
NH3·H2O + NH4Cl,
pH = 8 – 9

Sulfidlar suvda erimaydi,
lekin suyultirilgan mineral
kislotalarda eriydi

IV

Cu2+, Hg2+, Bi3+,
Sn2+, Sn(IV),
Sb(III), Sb(V),
As(III), As(V)

H2S, HCl, pH = 0,5

Sulfidlar suvda va suyulti-rilgan
mineral kislotalarda erimaydi

V

Ag+, Pb2+, Hg22+

HCl

Xloridlar suvda va suyulti
rilgan mineral kislotalarda
erimaydi

Kationlarni ammiak-fosfatli analiz metodi bo‘yicha klassifikatsiyasi
3-jadval

Guruh

Kationlar

Guruh reagenti

Birikmalarning eruvchanligi

I

Ag+, Pb2+, Hg22+

HCl

Xloridlar suvda erimaydi

II

Sn2+, Sn(IV),
Sb(III), Sb(V)

HNO3

Metastibiat va metastanat kislotalar suvda erimaydi.

III

Ba2+, Sr2+, Ca2+,
Mg2+, Mn2+, Fe3+,
Al3+, Cr3+, Fe3+

(NH4)2HPO4,
kons. NH3·H2O

Fosfatlar suvda va mo‘l ammiak
eritmasida erimaydi.

IV

Cu2+, Cd2+, Hg2+,
Co2+, Ni2+, Zn2+

(NH4)2HPO4,
kons. NH3· H2O

Fosfatlar suvda erimaydi, lekin
mo‘l ammiak eritmasida eriydi.

V

Na+, K+, NH4+

Mavjud emas

Xloridlar, nitratlar va fosfatlar
suvda eriydi.

Mg2+dan tashqari
Cr
3+, Al3+ sulfidlari suvda parchalanadi va eritmada mavjud bo‘lmaydi

Kationlarni kislota-asosli analiz metodi bo‘yicha klassifikatsiyasi
4-
jadval

Guruh

Kationlar

Guruh
reagenti


Olinadigan
birikma


Birikmalarning
eruvchanligi


I

Na+, K+, NH4+,

Yo‘q

Hosil qilgan
tuzlari eruvchan

Xloridlar, sulfatlar va
gidroksidlar suvda eriydi.

II

Ag+, Pb2+, Hg22+

2 n HCl
eritmasi

AgCl, PbCl2,
Hg2Cl2 cho‘kmasi

Xloridlar suvda erimaydi

III

Ba2+, Sr2+, Ca2+

2 n H2SO4
eritmasi

BaSO4, SrSO4,
CaSO4 cho‘kmasi

Sulfatlar suvda erimaydi.

IV

Al3+, Zn2+, Cr3+,
Sn(II), Sn(IV),
As(III), As(V)

4 n NaOH
yoki KOH ni
mo‘l miqdori

ZnO22-, AlO2-,
CrO2-, SnO22-,
SnO32-, AsO33-,
AsO43- eritmalari

Gidroksidlar suvda
erimaydi, lekin mo‘l
ishqorda eriydi.

V

Fe2+, Fe3+, Mg2+,
Mn2+, Bi3+,
Sb(III), Sb (V)

NH3 ni 25% li
eritmasini
mo‘l miqdori

Mg(OH)2,Mn(OH)2,
Bi(OH)3, Fe(OH)2,
Fe(OH)3, Sb(OH)3,
H3SbO4

Gidroksidlar suvda, mo‘l
ishqorda va ammiakda
erimaydi.

VI

Co2+, Ni2+, Cd2+,
Cu2+, Hg2+

NH3 ni 25% li
eritmasini
mo‘l miqdori

[Cu(NH3)4]2+,
[Hg(NH3)4]2+,
[Cd(NH3)4]2+,
[Co(NH3)4]2+,
[Ni(NH3)6]2+,

Gidroksidlar suvda mo‘l
ishqorda erimaydi, lekin
mo‘l ammiakda eriydi.



Kationlarni kislota-asosli klassifikatsiyasi
Kationlarni mazkur klassifikatsiyasi guruh reagenti sifatida kislota HCl, H2SO4 ishqor KOH, NaOH (H2O2-ishtirokida) va ammiakdan foydalanishga asoslangan. Bu tasnif vodorod-sulfidli klassifikatsiyasidek mukammal bo‘lmasada unda zaharli vodorod sulfid ishlatilmaydi. Dori vositalari yoki xomashyo tahlilida bu usulning tizimli tartibi to‘laligicha qo‘llanmasdan, farmatsevtik tahlilda uning ayrim elementlari qo‘llaniladi. Kislota-asosli klassifikatsiyasiga ko‘ra, kationlar oltita guruhga ajratilgan.
Birinchi analitik guruhga litiy Li+, natriy Na+, kaliy K+ va ammoniy NH4+ (ba‘zan litiy bu guruhga kiritilmaydi). Guruh reagenti mavjud emas.
Ikkinchi analitik guruhga kumush Ag+, simob (I) Hg22+ va qo‘rg‘oshin Pb2+ kationlari kiradi. Guruh reagenti sifatida HCl kislotaning 2 molyarli eritmasi, ayrim hollarda suvda eruvchan xloridlar eritmasi ishlatiladi. Eritmadagi ikkinchi analitik guruh kationlari guruh
reagenti ta’sirida oz eruvchan xloridlar AgCl, PbCl2, Hg2Cl2 holida oq cho‘kma hosil qiladi. Bu xloridlarni eruvchanlik ko‘paytmasi tegishlicha 1,7810-10, 1,610-5, 1.3.10-18. Bulardan PbCl2 eruvchanlik ko‘paytmasi nisbatan katta bo‘lganligi sababli uning suvdagi eruvchanligi ham
(ayniqsa isitilganda) kattaroq bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin xloridning suvdagi eruvchanligi
(g/100 g suv) 25°C da 0,99, 80°C da esa 2,62 ga teng. Guruh reagent ta’sirida qo‘rg‘oshin kationlari to‘liq cho‘kmaydi qisman eritmada qoladi.
Uchinchi analitik guruhga kalsiy Ca2+, stronsiy Sr2+ va bariy Ba2+ kationlari kiradi. Ba’zan shu guruhga qo‘rg‘oshin Pb2+ kationi ham kiritiladi. Guruh reagent sifatida bir molyarli H2SO4 eritmasi, ayrim hollarda suvda eruvchan sulfatlar ishlatiladi. Guruh reagenti ta’sirida
uchinchi analitik guruh kationlari suvda oz eruvchan sulfatlar holida cho‘kadi. Ularning uy
haroratidagi eruvchanlik ko‘paytmalari Ks0(CaSO4)=2,510-5, Ks0(SrSO4)=3,210-7, Ks0(BaSO4)=1,110-10, Ks0(PbSO4)=1,610-8. Kalsiy sulfatning eruvchanlik ko‘paytmasi nisbatan katta, binobarin boshqalariga nisbatan eruvchanligi kattaroq bo‘lgani sababli kalsiy kationlari to‘liq cho‘kmaydi va Ca2+ ni bir qismi eritmada qoladi. Kalsiy sulfatni to‘liqroq cho‘ktirish maqsadida eritmaga etanol qo‘shiladi (spirt ta’sirida CaSO4 eruvchanligi kamayadi). Kalsiy,
stronsiy, bariy sulfatlari suyultirilgan kislota va ishqor eritmalarida sezilarli darajada erib, Ba(HSO4)2 nordon tuzini hosil qiladi. Kalsiy sulfat (NH4)2SO4 ning suvli eritmasida (NH4)2Co[(SO4)2] kompleks birikma hosil qilib eriydi, bariy va stronsiy sulfatlari esa erimaydi.
To‘rtinchi analitik guruhga aluminiy Al3+, xrom Cr3+, rux Zn2+, mishyak As3+
va As5+, qalay Sn2+ va Sn4+ kationlari kiradi. Ba’zan bu guruhga surma (III) Sb3+
kationi ham kiritiladi. Guruh reagenti sifatida NaOH (yoki KOH) suvli eritmasi H2O2
vodorod peroksid ishtirokida, ko‘pincha H2O2 ishtirokida ortiqcha 2 molyarlik
NaOH eritmasi ishlatiladi, ba’zida H2O2 ishlatilmaydi. Guruh reagentining ta’sirida
to‘rtinchi analitik guruh kationlari, ortiqcha ishqorda gidroksokompleks hosil qilib
eruvchan gidroksidlar holida cho‘kadi. Masalan:
Al3++3ОН-→Al(OH)3↓ Al(OH)3+3ОН-→[А1(ОН)6]3-
Сг3++3ОН-→Cr(OH)3↓ Cr(OH)3+3ОН-→[Cr(OH)6]3-
Zn2++2OH-→Zn(OH)2↓ Zn(OH)2+2OН-→[Zn(OH)4]2-
Sn2++2OH-→Sn(OH)2↓ Sn(OH)2+4OН-→[Sn(OH)6]2-
H2O2 vodorod peroksid ishtirokida Cr3+, As3+, Sn2+ kationlari tegishlicha xromat CrO42-
arsenat AsO43- va geksagidroksostannat (IV) Sn[(OH)6]2- anionlarigacha oksidlanadi. To‘rtinchi analitik guruh kationlarining gidroksidlari suvli ammiakda erimaydi, bundan Zn(OH)2 mustasno, suvli ammiakda Zn(OH)2 erib, ammiakli [Zn(NH3)4]2+ kation kompleksini hosil qiladi. To‘rtinchi analitik guruh kationlaridan mishyak (III) va mishyak (V) larni As3+, As5+ holida yozilishi ramziy, aslida suvli eritmalarda bu kationlar kation holida emas, balki arsenit kislotasining H3AsO3 anioni AsO33- arsenit ionlari yoki arsenat kislotasining H3AsO4 anioni AsO43- arsenat ionlari holida mavjud bo‘ladi. HCl kislotasining konsentrlangan eritmasida bu kationlar [AsC14]- va [AsCl6]- holida mavjud bo‘ladi. Dastlabki tekshiriluvchi moddalar AsCl3,
As2O3, As2O5, va hokazo tarkibida rasman mishyak kationlari mavjud bo‘lsada suvli eritmalarda ular gidrolizlanib anion shaklidagi mishyak (III) va mishyak (V) ga aylanadi:
AsCl3+3H2O=H3AsO3+3HC1
As2O3+3H2O=2H3AsO3=2HAsO2+2H2O
As2O5+3H2O=2H3AsO4 va hokazo.
Ana shu ma’lumotlarga, asosan, kislota-asos usulidagi tahlilda mishyak (III) va mishyak (V) kationlariga emas, balki arsenat AsO43- va AsO33- anionlariga xos reaksiyalar bajariladi.
Beshinchi analitik guruhga magniy Mg2+, marganes Mn2+, temir Fe2+ va temir Fe3+, surma Sb3+ va surma Sb5+, vismut Bi3+ kationlari kiradi. Guruh reagent sifatida 2 molyarli ishqor yoki 25% suvli ammiak ishlatiladi. Guruh reagent ta’sirida beshinchi analitik guruh kationlarining gidroksidlari Mg(OH)2, Mn(OH)2, Fe(OH)2, Fe(OH)3, Sb(OH)3, SbO(OH)3, Bi(OH)3 hosil bo‘ladi, ular to‘rtinchi analitik guruh kationlaridan farqli o‘laroq guruh reagentining ortiqcha miqdorida erimaydi. Temir (II) va marganes (II) gidroksidlari havoda sekin - asta oksidlanadi:


4Fe(OH)2+O2+2H2O→4Fe(OH)3
2Mn(OH)2+O2→2MnO(OH)2
Guruh reagenti vodorod peroksid ishtirokida ta’sir etilsa, temir (II) → temir (III) ga, marganes (II) → marganes (IV) ga, surma (III)→ surma (V) gacha oksidlanadi:
2Fe(OH)2+H2O2→2Fe(OH)3
Mn(OH)2+H2O2→MnO(OH)2+H2O
Sb(OH)3+H2O2→SbO(OH)3+H2O

Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling