Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1527455
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Er
kin A’zam

Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) 
sirlashuviga xufiya 
guvoh bo‘ldi. «Anovi yerpakanani boshiga uradimi, Dilfuz, 
o‘zing aytgin? Jahongir balo-ond bo‘yli, sochlari jingala…» 
Pakana metroda ketmoq bo‘lib «Paxtakor» bekatiga tushayotsa, chiqib 
qelayotganlar orasidan kimdir ko‘ziga issiq ko‘rindi. Yo‘lini kesib ro‘baro‘ chiqtsi. 
Arofat. U g‘aribona yerga boqib past ovozda salom berdi. 
— Yaxshi yuribsanmi, Arof? Nega kelmay ketding? Qiz ko‘zini yerdan uzib, 
ta’naomuz bir qarab qo‘ydi. 
— Borsam, tag‘in jahlingiz chiqmasin deb… 
Bu gapdan allanechuk iyib ketgan Pakana 
tirsagidan ushlab uni yo‘ldan chetga 
olib chiqdi. 
— Qayoqqa ketyapsan? 
— Yotoqxonaga. 
— Qanaqa yotoqxona? Nima qilasan u yerda? 
— Bir tanishimning xonasida turibman. Vaqtincha. 
— Menga qara, nima bo‘ldi o‘zi? — Pakana uni iyagidan olib o‘ziga qaratdi-yu, 
javdiroq ko‘zlardan shuvillab oqayotgan yoshni ko‘rib yuragi orqaga tortib 
ketgudek bo‘ldi. So‘ng boshdan-oyoq razm solib chiqdi. Aftodahol. Bu qizga bir 
balo bo‘lgan. Yonoqlarining eti qochib, battar turtib chiqqan, burun so‘rraygan. 
Egnidagi keng, uzun a
tlas ko‘ylakning oldi ko‘tarilib, orqasi osilib turibdi. Ahvol 
ma’lum. 
Uyidagalar sezib qolib, haydab yuborishibdi. Vassalom. 
— Nega mening oddimga kelmading? — dedi Pakana sarosimada boshqa gap 
topolmay, zil ketib. 
— O‘zingiz, endi kelma, degan edingiz. 
Yon-verlaridan u yoq-bu yoqqa yasan-
tusan suluvlar o‘tib turar, ko‘z qamashar, 
dil talpinar, orziqar… ular orasida xunugi, balki eng xunugi mana shu qiz edi 
hozir. 
Shunday bo‘lgani bilan Pakana yaxshi odam edi, olijanob edi. Ayni tobda ana shu 
benavo bandai 
ojizaga nisbatan tug‘ilgan shafqat hissi uning serna’ma ko‘nglini 
to‘ldirib, qolgan barcha xudbin tuyg‘ularni siqib chiqardi. 
— O‘zimning xunugi-im! — dedi bandi dili bo‘shashganicha uni bag‘riga olib. — 
Uyga yur. 
Arofat indamay ergashdi. 
Keyin… ozgina mojaro bo‘ldi — nomiga, oqibati— shaharda kichkina, qishloqda 
kichkina to‘y bo‘ldi. Keyin to‘ng‘ich qizlari tug‘ildi. Shiringina, talpinchoq. Keyin — 
yana, yana. Xullas, bir vaqtlar nodon qiz bashorat qilmish «ishqilib, baxtli bo‘lsak 
bo‘ldi». 
Pakana baxtlim
i? To‘g‘ri, uy-joyi bor, xotin, bola-chaqasi bor. Ammo… xotiniga 
ko‘ngli ilimadi-ilimadi. Unga qaragisi kelmaydi, ta’bi tortmaydi. Uni o‘ylasa, g‘ussa 
bosadi. Xudoning o‘zi kechirsin-u, uchala farzandi ham mastlikda bo‘lgan. Ajabki, 
biri biridan ziyrak, bi
jildoq. Demak, anov gap bid’at ekan-da. Necha bor 
ajralmoqni qasd qildi. Lekin bunday sarishta ro‘zg‘orni, beminnat xotinu shirin-



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling