Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) Mayli, gap hozir bularda emas. Chaman gulzor bilan marmar favvora o‘rtasiga joy qilingan edi. Dasturxon boshida yetti- sakkiz chog‘liq odam — er-xotin, er-xotin. Ko‘rinishdan ziyoli, o‘ziga yarasha mavqeli bu kishilarning bari bir joydan yetishib chiqqan, birga o‘qigan teng-to‘shlar, boshlab borgan do‘stining hamqishloqlari ekan. Olis bir qishloqdan kelib shahri azimda shu qadar tomir otgan bu jamoaga Pakana chinakamiga havas qildi: biz ham o‘zimizni odam bo‘ldik deb yurgan ekanmiz-da! Bazmning qahramoni ikkita edi. Avvalo, hammaning diqqat- e’tibori davra to‘ridan joy olgan to‘porisifat kimsada. Eshonga o‘xshab betakalluf qo‘r to‘kib o‘tirgan bu odam o‘sha yoqdagi qandaydir yirik, serdaromad xo‘jalikning egasi ekan. Chamasi, ziyofat «otaxonning poytaxtga yurishi» sharafiga bo‘lmoqda edi. Katta-katta fan ulamolarining tandirkabob chaynab, oliy mehmonning og‘ziga tikilib o‘tirishi erish tuyulardi. Nachora, hayot haqiqati shu. U kishining diqqat- e’tibori esa, davraning yana bir qahramoni, yo‘q-yo‘q, gultoji desa arzigulik Zubaydaxon ismli benihoya sohibjamol juvonda edi; asosan shu b ilan so‘z berishib, shu bilan so‘z olishadi, qolganlarniki bor-yo‘g‘i — izoh, ilova, yaltoqlanib kulish, gap ma’qullash, xolos. Yolchib o‘tirar-o‘tirmas, Pakananing davradagi vazifasi ayon bo‘ldi-qoldi. «Ulug‘ mehmon»nyng muborak qiyofasini hozircha xomakiroq aks ettirib berishi lozim ekan, esdalikka. Bebiliska ziyofatga sudragan pismiq do‘stning ishi. Pakana davradan chetroqqa kursi qo‘yib, doim yelkasida yuradigan qalin jilddan bir taxta qog‘oz oldi-da, qoratosh bilan chor-nochor ishga kirishdi. Lekin, qiyofa birpasda bitdi. Tep- tekis, ma’no-ifodasiz manman bir bashara — nimasi qiyin? Egasi rasmni rosa zehn solib, maroq bilan ko‘zdan kechirgach, «Da-a, talant!» deb baho berdi va «bashara»sini davra ahli hukmiga havola etarkan, rassomni yoniga imladi. Uning qo‘lini siqib, e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan xufiya bir qat’iyat bilan cho‘ntagiga nimadir tiqdi-da, «Zubaydaxonni ham!» deya amr qildi. Boyagisi qanchalik oson bo‘lsa, bu tolshiriq shunchalik murakkab, ayni choqda maroqli edi. Ish asnosi Pakanani nozik bir jumboq band etdi. Tanishtiruvdan ma’lum bo‘lishicha, kattakonlar davolanadigan maxsus shifoxonada bo‘lim mudiri lavozimida ishlaydigan bu barkamol xonimning eri yonida mushtdekkina bo‘lib nochor ishshayib o‘tirgan, davradagi eng ko‘rimsiz, pachoq kimsa ekan. Pakana qattiq taajjublandi. Avvalo, poytaxtdagi manaman degan kiborona oliymaqom bazmlarni bezamoqqa qodir bul aslzoda xonimning huv dala- dashtlarda tug‘ilib o‘sganiga aql bovar qilmasdi. Qolaversa, u nega kelib- kelib shunday shumshuk ta’viyaga erga tekkan? Axir, mana, tanlasa tanlagudek maktabdoshu sinfdoshlari bor ekan, hechqursa, ana, qudratli to‘pori… Bu chigallikning tarixi esa oddiygina. Mana shu hozir qisinib- qimtinib o‘tirgan pachoq kimsa bir paytlar maktabning oldi, davradoshlarning eng zo‘ri, eng a’lochisi bo‘lgan. (Unda anovi to‘rda taltayib o‘tirgan akamiz maktabda zo‘rg‘a o‘qir, besh karra besh — yigirma besh, desa birov, «Jo‘g‘-e, yellik besh bo‘lsa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling