Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) o‘lgach, uyni birato‘la Pakananing nomiga o‘tkazib bergan ham, hovli buzilib, o‘rniga tijoratchilar uchun hammom tushadi deganda, Yunusoboddan xonadon olishiga ko‘maklashgan ham ana shu Levon amaki bo‘ladi. 7 Voqean, Arofat… U ishga o‘tish-qaytishida tutingan singil sifatidami, hojatbaror bir tanish sifatidami, ba’zan «uyi»ga kelib-ketib turardi. Biror qilig‘ida yo gap- so‘zida ta’ma ohangi sezilmas, qaytaga, birpas o‘tirib, Pakanaga choy- poy damlab, kir-chirini yuvib berib ketar edi. Uning yakkam-dukkam javoblaridan Pakana uncha- muncha narsani bilib oldi. Arofat chala yetimcha bo‘lib, opa-singil o‘gay onaning qo‘lida ekanlar. O‘gay ona deganda Pakananing ko‘z oddiga ertaklardagi bir yalmog‘iz kelib, buni aytganida, «Yo‘q, yaxshilar, — dedi qiz siniq kulimsirab: — Yaxshi bo‘llaring deb urishadilar-da». Suhbat asnosi Pakana shuni sezdiki, katt a qiz sifatida Arofat shu kunda bamisoli onaning tomog‘iga tiqilgan tosh, chunki singlisiga ustma- ust ikki joydan sovchi kelayotganmish. Ko‘rimliroq bo‘lsa kerak-da. So‘rashga iymandi. Ko‘nglidagani bilib bo‘lmaydigan g‘alati bu mushtiparga ichi achidi. Bi ron yaxshilik qilay desa, qo‘lidan nima keladi? Mabodo bu qizning niyati boshqa bo‘lib, yomonlikka olsa bormi, biror yoqqa qimirlayolmay qolasan, to‘rt tarafing devor, qayoqqa qarasang — Arofat! Xudo saqlasin, xudo saqlasin! Ne-ne orzular bilan yashayotgan ko‘ngil barbod, yigit umri xazon bo‘ladi-ya! Agar ta’bi tortganida, shu choqqacha bu qizni sog‘ qo‘yarmidi? Mana, gah desa, qo‘liga qo‘nib turibdi. O‘zi kelsa, o‘zi ketsa. Yo‘q-yo‘q. Boshimiz kal bo‘lsa ham ko‘nglimiz nozik. Pachoqqina, tep-tekis, qo‘lga ilinadigan joyi yo‘q, oyoqlar egri, kalta- kalta, yonoq suyaklari xunuk bo‘rtib chiqqan… Yo‘q-yo‘q. Lekin, boshini ko‘tarib qarasa — tushuniksiz, odamni dovdiratib qo‘yadigan bir anduh cho‘kkan ko‘zlari!.. Shu uchunmikan, ular o‘zaro kelishib olgandek, ko‘pincha bir-birining yuziga qaramay so‘zlashardi. Shartlashuvga ko‘ra, «ajralish» fursati yaqinlashar, biroq qizdan churq etgan sado chiqmas edi. Pakananing o‘zi gap ochay desa… yo‘q, aslo, qaysi yuz bilan, nima deb? Fig‘oni chiqib, o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi. Qanaqa qiz o‘zi bu? Bir tulki armanining gapiga laqqa tushib, darrov rozi bo‘ladimi? Pismiq desangiz pismiqqa o‘xshamaydi. O‘lgudek sodda, hatto laqma. Shu shaharda shunday qizning borligiga, o‘ldiring agar, odam ishonsa. Dovdir desangiz — es-hushi joyida, ishiga pishiq-puxta. Saranjom-sarishtali. Ishxonasida ham, Pakana ko‘zi bilan ko‘rgan odam-da, bir dam tek o‘tirmaydi. Pazanda. Uyidan bir-ikki marta somsa yopib keldi, yeb to‘ymaysiz. Xullas, chinakam ro‘zg‘orbop xotin chiqadi. Lekin… lekin Pakananing na’mayu tamannoli ko‘ngli-chi, unga butkul zid-ku bu qiz?.. Tavba, shunday qizga ham o‘rganib qolar ekan odam. Bir-ikki hafta ko‘rinmasa, kutadigan bo‘ldi Pakana. Sezishicha, oyisi bilan arazlashgan shekilli, navbatchilik bahona, bir kecha tunab h am ketdi. Bo‘lak-bo‘lak yotishdi, albatta. Pakananing bir tuki jimir etgani yo‘q. O‘libdimi! Ahmoq emas u. Odamzodga ishonib bo‘lmas ekan. Bir oqshom xizmatdoshlari bilan oshxo‘rlik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling