Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1527455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Er
kin A’zam

Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) 
Ko‘nglining tubida miltillagan bir ilinj yo‘q emasdi. 
— Iya, shahar to‘la qiz-ku! — dedi Levon amaki jig‘ibiyron bo‘lgandek va shu 
yerdagi ko‘zni qamashtirib yurguvchi hamshira qizlarni misol qila ketdi: — Mana, 
o‘zimizda qancha! Salima, Ra’no, Gavhar, Arofat… hammasi yaxshi qizlar. O‘zim 
gaplashib beraman, agar xo‘p desang. Ayt, qaysisini? 
Kuyov bo‘lmish, aniqrog‘i, havaskor kuyov shoshib qoldi. Himmatli hamxonasi uni 
qizlar ko‘rgazmasiga boshlab kirgan edi go‘yo: mana, sayla saylaganingni, tanla 
tanlaganingni! Nochor, notavon odamning ko‘ziga u bir zum Xizr bobo ham bo‘lib 
ko‘rindi: tila tilagingni! 
— To‘g‘ri, Ra’no erga tegayotganmish, eshitishimcha,— dedi Xizr bobo Levon 
amakiga aylanib. 
— Gavhar ham tuzug-u, lekin… «…senga to‘g‘ri kelmaydi. Bo‘yi 
baland». 
— Yaxshi ular hammasi. Ammo ko‘ngildagi emas-da. 
— A, bunday de. Konechno, rassomsan, poeziya, fantaziya! — Levon amaki 
yana tadbir qidirib o‘yga toldi, so‘ng astoydil hafsala bilan yostiqqa yonboshlab 
oldi.
— Ke, bunday qilamiz. Shulardan birortasi bilan nikohdan o‘tasan, keyin… 
— Nikoh? 
— Soxta nikoh-da. 
— Soxta nikoh?! — Pakananing yuragi yorilgudek bo‘ldi. 
— Shoshmay tursang-chi! Keyin sizlarni, yosh kelin-kuyovni biror joyga ro‘yxatga 
tirkab, uy olib beramiz. Ikki-
uch oy birga yashagandek bo‘lasizlar. Shoshmagin-
da, nomiga, qog‘ozda. Kizni butkul ko‘rmasliging ham mumkin, pasporti bo‘lsa 
bas. Pasport nima, besh-
o‘n so‘mga yangilab beradi. Qotiramiz. Keyin esa 
rasman ajrashasizlar. Bahonada uyli bo‘lib qolasan, xumpar. Ana u yog‘i 
xohlaganingga… Uy-joyli odamga lyubboyi jon deydi. Qarasam, bu yurishda, bir 
boshing bilan hech kim senga uy bermaydi. Tem bolee, teatring. Bersa, yotoq-
potoq berar. Senga to‘g‘ri kelmaydi. Yaxshi yigit ekansan, menga yoqib qolding. 
Barmoqlaring shifobaxsh, biotoking bor sen bolaning, jonimga ora kirdi. (Aslida, 
gavdasi nozikroq bo‘lgani bilan Pakananing qo‘llari chayir, sirtdan ozoda 
ko‘rinadigan rassomchilikning qora ishlarida pishib, pay boylab ketgan, xolos.) 
Senga shunday bir yaxshilik qilmasam, nomardlikka kiradi. Qalay, ma’qulmi reja? 
— Ma’qul-u, qiyin ishmi deyman-da. Aql bovar qilmaydi, — dedi afsunlanib 
qolgan Pakana. 
— Lanjlikni qo‘y. Ishning osoni bor ekanmi? Albatta, sovg‘a-povg‘a berib qizni 
rozi qilish kerak bo‘ladi. Mayli, bu yog‘ini menga qo‘yib ber, o‘zim gaplashaman. 
Qaysisi tuzuk? Arofat, a? Mehnatkash, kamtar, yuvosh. Vdrug, a?.. 
— Levon 
amaki sho‘xlik bilan ko‘z qisib qo‘ydi. — Sen ko‘nsang bas, ishni boshlayveramiz. 
Qotiramiz! 
Pakana indamadi. Hang-
mang edi. Taqdir podshosi ularni atay shu yerga yig‘ib, 
ayni lahzalarda kelajak hayoti hal qilinayotganini u hali bilmasdi, bunga sira-sira 
ishonolmasdi. 
Rassom bo‘linmadagi hamshiralar bilan apoq-chapoq bo‘lib ketgan, davolovchi 
do‘xtiridan tortib bu qaqajonlargacha — kattayu kichik barining aksini qoratosh 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling