Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1527455
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Er
kin A’zam

Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) 
bilan bir taxta-
bir taxta qalin qog‘ozga solib bergan edi. Hammasi undan 
minnatdor. Qarangki, qelib-
kelib birgina Arofatning rasmini chizmabdi. O‘zi 
so‘ragani ham yo‘q bir og‘iz. Ishdan boshqasini bilmay yerga qarab yuradigan, 
dugonalariga nisbatan xunukroq bu kamgap qizni chizish istagi ham tug‘ilmagan 
edi. 
Tavba, Levon amaki u bilan nim
a deb gaplashdi, nima va’da qildi (keyin ma’lum 
bo‘lishicha, quruq gapdan boshqa hech vaqo), ikki kundan so‘ng Arofat xona xoli 
paytda kirib, gazetaga o‘ralgan pasportini Pakananing yostig‘i ustiga qo‘yib 
ketibdi. 
Ertasi kuni Levon amakining o‘ziga o‘xshagan tadbirkor bir og‘aynisi yosh «kelin-
kuyov»ni mashinasiga o‘tqazib, xufiya yo‘l bilan birpasda nikohdan o‘tkazib keldi. 
Qaytganlarida mehribon «ota va qaynota» bir dasta lolayu bir shisha shampanni 
tayyorlab o‘tirgan ekan… Hammasi osongina hal bo‘ldi. Xuddi tushda 
kechayotgandek. 
«Ota-bola» oldinma-ketin shifoxonadan tuzalib chiqishgach, Pakana Arofatning 
oldiga kelib-ketib, qolgan mayda-
chuyda qog‘ozlarni hozirladi. Keyin ularni eltib 
uy-
joy boshqarmasida kattakon bo‘lib ishlaydigan Levon amakining qo‘liga 
topshirdi. Hafta o‘tmay «kelin-kuyov» asosan qizinikida yashaydigan to‘qson 
yashar bir o‘ris kampirning hujrasiga rasman ro‘yxatga tirkaldi. Bir xonayu gaz 
o‘choqli bir dahlizdan iborat bu boshpana shaharning qoq markazida, Inqilob 
xiyoboniga yaqin qisi
r daraxtlarga ko‘milgan sersoya hovlilardan birida edi. 
Hovlining to‘rt tarafi mana shunaqa pastqam-pastqam uy-joylar, o‘zidan qolgan 
qari-
qartang istiqomat qiladi. O‘rtadagi kattakon quvurdan kun-uzzukun suv 
shaldirab yotadi 
— teskari favvora. Birov bilan birovning ishi yo‘q. Boshqa nima 
kerak bo‘ydoq yigitga! 
Pakanaligiga qaramay, uni shu yerdagana rasmona odam deb bilishar, hurmat 
qilishar edi. O‘ziyam ularga o‘rganib qoldi. G‘arib-benavo chol-kampirdan nima 
ziyon! Vakti-vaqti bilan ularning hojatini chi
qaradi: do‘kondan ul-bul keltirib beradi, 
kuyib qolgan lampochkalarini almashtiradi, dazmol-pazmolni tuzatadi. Kim yaxshi 
— baraka topkur Pasha yaxshi, Pashavoy yaxshi! Yana nima kerak Pakanaga! 
Otasi qilmagan yaxshilikni qilgan serhimmat, muruvvatpesha Levon amakiga 
nima javob qaytarishni bilmay uzoq bosh qotirib yurdi. O‘ylay-o‘ylay, uning 
kaftdek suratini so‘rab oldi-da, bir quloch matoni dastgohga tortib, ikki hafta 
mobaynida mehr-
hafsala bilan ter to‘kdi. Chakkalaridagi jingalaklaridan tepakal 
boshiga 
ham ko‘chirib, xiyla oro berib, atay yashartirib chizdi. Bezakdor 
qasnoqqa solingan bejirim portretni ko‘rgach, Levon amakining ko‘zlaridan yosh 
chiqib ketdi. «Rahmat, jigarim, rahmat! — dedi Pakanani quchoqlab ko‘tarib 
peshonasidan o‘parkan. — To‘ppa-to‘g‘ri chizibsan. Yoshligimda xuddi shunday 
edim, sochlarim jingala-
jingala. Buni hali Marina xolang ko‘rsami!..» 
Keyinchalik ham talay yil ota-
bola bo‘lib, bordi-keldi qilib yurdilar. Belog‘rig‘i 
qo‘zg‘aldimi, Levon amaki kelib, «Sening qo‘ling yengil, shifobaxsh», deya 
Pakanani mashinasiga solib uyiga olib ketardi. Qaytishida qo‘liga konyak-ponyak
bunisi Arofatga, bunisi qizaloqlaringga, deb ul-
bul berib jo‘natardi. Kampir 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling