Kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa)
Download 0,7 Mb. Pdf ko'rish
|
Er
kin A’zam Pakananing oshiq ko‘ngli (qissa) Pakanamizning o‘ziga kelsak, bobo-buvilari o‘rtabo‘y o‘tgan. Otasi bilan onasi ham shunday. Ukalari, singillari bo‘ychan-bo‘ychan. O‘zining uch qizi-ku biri biridan shamshod bo‘lib o‘sayotir. Birgina Pakana — pakana. «Kimga tortding-a, bolam? — deydi onasi qayg‘urib. — Bolalikdan anoviningni (etyudnikni nazarda tutadi) ortmokdab yuraverib, shunday (pakana deyolmaydi — onada) bo‘p qolding- ov». Ul emas, bul emas, Pakananing yetti pushtidan kimdir pachoqroq o‘tgani aniq. Goho u o‘sha avlodidan norozi bo‘lib so‘kib qoladi. Demak, o‘zining ham yetti pushtidan kimdir qaqshamog‘i muqarrar, uni so‘kmog‘i-da muqarrar. Pakana ba’zan ana shu bo‘lajak nasli — nevarasimi, chevarasi oldida o‘zini behad aybdor sezadi. Axir, ehtimol, naslning biron bir o‘yin-zamzamasi bilan bu hol, bu qusur aynan undan boshlanayotgandir… 4 Bu dunyoda chorasiz dard yo‘q, o‘limdan boshqasiga tadbir topsa bo‘ladi, deydilar. Xo‘sh, bo‘yni qanday o‘stirish mumkin, buning yo‘li bormikan? Bor ekan- da. Qayoqdandir eshitdi: har kuni bir kilodan qizil sabzi tanovul etilsa, qad raso bo‘larmish. Pakana shunga amal qilmoqqa bel bog‘ladi. Har hafta bozorga tushib, bir to‘rva-bir to‘rva sara sabzi oladi, boshqa taomni yig‘ishtirib, sabzixo‘rlik qiladi. Ikki oylardan keyin shu ahvolga yetdiki, sabzini ko‘rsa bezillaydigan, ko‘ngli ayniydigan bo‘ldi. Bozorga qatnamoqqa ham hafsalasi qolmadi. Qad-qomatda esa biron bir o‘zgarish sezilmasdi: o‘sha 154 sm. — o‘sha 154. Bir enlik ham siljish yo‘q. Chamasi, bu ham biron bekorchi o‘ylab topgan ermak. Yoki o‘smirlik ortda qolib, suyak- zuvalasi qotib ulgurganidan muolaja kor qilmadimikan? Ko‘hna tabobat kitoblarida bitilganidek, «Bir hissa sariq halilaga qizil batilani qo‘shib, bir chimdim omila, bir misqoldan makkai sano va toshbaqa safrosiga aralashtirib, ustiga bir paysadan shaqoqul urug‘i, seylon dolchini va boqilla sepib, so‘ng bir diram Abu Jahl tarvuzining danagini tuyib, piyozchasi o‘n yillik nargis suvida qaynatib laylatulqadr kechasi tanovul qilinsa…» qabilidagi tadbirlarga esa ixlos sezmadi — natija chiqadimi, yo‘qmi, umr shu tashvishda o‘tadi. Xullas, bu ishlarga qo‘l siltadi. Endi «o‘zimiz bilgan» paxtaband choralarni qo‘llamoqdan o‘zga iloj yo‘q edi. Qoramtirga moyil kiyim-boshga zo‘r berdi: odamni sal xipcharoq ko‘rsatib, sal… Bundan ham samara kutilganidek bo‘lmagach, qo‘polroq usulini tutdi. Bir qarich poshnali poyabzal xarid qilib, shunda yura boshladi. Poshna hisobiga o‘sgan bo‘y ko‘ngilni ham andak raso qilarkan. Shunisi chatoqki, qurg‘ur, oyoqni rosa qaqshatarkan, sal yurmay akashak bo‘lib qoladi. Lekin — nachora, qurbonsiz g‘alaba — g‘alabami? Toqqa chiqmasangiz, do‘lona qayda! Ko‘p o‘tmay bu usulning misi chiqdi. Jamoat yoppasiga yerposhna poyabzalni urf etgan zamonda bitta uning lo‘killab yurishi kulgili edi. Ilgari qiyo boqmagan jononlar endi poshnasiga qarab ma’noli iljayib o‘tadigan bo‘lishdi: bu kuningdan o‘l, kishloqi pakana! Xayr, jafokor poshna! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling