Kirish 1 I bob. Xitoy tili grammatik terminologiyasining shakillanishi 1


Xitoy tili sintaksisiga xos ilk terminoligiya


Download 184.19 Kb.
bet7/20
Sana25.06.2023
Hajmi184.19 Kb.
#1654795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
xitoy tili grammatik terminologiyasi shakllanishi va taraqqiyoti

1.2. Xitoy tili sintaksisiga xos ilk terminoligiya


Tildagi so‘zlarning umumiy grammatik ma’no va vazifalariga ko‘ra ma’lum guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumlari deb yuritiladi.


Qadimgi xitoy tilida ham so‘z turkumlari ikkiga bo‘lingan: mustaqil so‘z turkumlari (实词shící) va yordamchi so‘z turkumlari (虚词xūcí).
Xitoy tilida aniq bir (real) ma’no ifoda etuvchi so‘zlarga mustaqil so‘z turkumlari deyiladi. Qadimgi xitoy tilidagi mustaqil so‘z turkumlari 5 guruhga bo‘lingan:
21 蒋介石(Jiǎng Jièshí)Szyang Szeshi (1887–1975) – Xitoy qurolli kuchlari qo‘mondoni, generalissimus, mutafakkir davlat arbobi. 1925 yili Song Yatsen ( 孙 逸 仙 Sūn Yìxiān) o‘limidan keyin Gomindang partiyasiga boshchilik qilgan. Umrining oxirgi 26 yilini Tayvanda o‘tkazib, shu yerda vafot etgan.
22 www.wikipedia.org

  1. Ot – 名词 míngcí.

  2. Fe’l – 动词dòngcí.




  1. Sifat – 形容词 xíngróngcí.




  1. Son – 数量词shùliàngcí.




  1. Olmosh – 代词dàicí.

Yordamchi so‘z turkumlari – yakka holda ma’no anglatmaydigan, gap bo‘lagi bo‘la olmaydigan, grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so‘zlardir. Ular mustaqil so‘zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so‘zga va gapning mazmuniga turli qo‘shimcha ma’nolar qo‘shadi.
Qadimgi xitoy tilidagi yordamchi so‘z turkumlari 6 guruhga bo‘lingan:23

  1. Ko‘makchi – 介词jiècí.




  1. Bog‘lovchi – 连词liáncí.




  1. Yordamchi so‘zlar – 助词 zhùcí.




  1. Yuklama – 语气词yǔqìcí.




  1. Undov so‘zlar – 叹词tàncí.

  2. Ravish – 副词fùcí.

Ko‘rishimiz mumkinki, qadimgi xitoy tilida son va hisob so‘zlar bir turkumga kiritilgan. Zamonaviy xitoy tilida esa ular alohida so‘z turkumlari hisoblanadi. Ravish so‘z turkumi qadimgi xitoy tilida yordamchi so‘z turkumi bo‘lgan, hozir esa mustaqil so‘z turkumiga aylangan.





Download 184.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling