Kirish. 2 Asosiy qism: I. Bob. Chet el sotsial psixologiyasida guruhlararo munosabatlarning organilishi
Ochiqdan ochiq yuz beradigan nizolar
Download 99.52 Kb.
|
RAMAZON..
Ochiqdan ochiq yuz beradigan nizolar odatda tortishib qolgan shaxslarning togridan-togri, bevosita xatti-harakatlari tarzida namoyon boladi. Bunday nizoni kuzatish, qayd etish va unga keark bolsa, aralashish ham mumkin boladi. Yashirin nizo esa ochiq namoyon bolmaydi, balki u turli xufyona usullar bilan amalga oshiriladi. Tashqaridan qaragan odam bunday nizoning mavjudligini sezmaydi.
Bazan nizolar obyektiv sabablar, shart-sharoitlar bois vujudga keladi. Masalan, agar bu ishlab chiqarishda bolsa ish sharoitlarining yomonligi, xizmat vazifalarining noorin taqsimlanganligi, kadrlar salohiyatiga beetiborlilik, mehnatni ragbatlantirishdagi adolatsizlik kabilar odamlar ortasida muayyan tangliklarni keltirib chiqaradiki, bu shaxslararo ozaro munosabatlarda oz aksini topib, ularning ozaro va xodimlarning rahbarlar bilan urushib qolishiga, yashirin yoki ochiq konfrontatsiyaga olib keladi. Bu kabi nizolarni bartaraf etish uchun uni keltirib chiqqan obyektiv shart-sharoitlarni ozgartirish yoki kamchiliklarni yoqotish orqaligina amalaga oshiriladi.Chunki jamoadagi bunday nizolar oziga xos signal funksiyasini bajaradiki, u orqali rahbarlar mehnat jamoasida nomaqul psixologik muhit paydo bolayotganligidan xabardor boladilar. Subyektiv sabablar yoki omillar tufayli kelib chiqadigan nizolarga aksariyat holatlarda odamlarning ozlari, ularning shaxsiy xususiyatlari, ulardagi ehtiyoj, istak va maslaklarning nomutanosibligi asos boladi. Bunda qaror qabul qiluvchining qarori boshqalarga nomaqul bolishi, ular mehnati adolatsiz baoolanishi, ayrim shaxslarning esa ochiq tabiatan janjalkash ekanligi sabab boladi. Bundan tashqari, nizolar quyidagicha toifalanadi: gorizontal bir-biriga boysunmaydigan, tobe bolmagan oddiy xodimlar ortasida; vertikal ozaro bir-biridan amal pogonasi boyicha farq qiluvchilar, masalan, rahbar bilan xodim ortasida; aralash - shaxslararo munosabatlarda u va bu holat uygun kelganda. Odatda ishlab chiqarish faoliyatida eng kop tarqalgan nizo turi vertikal va aralash bolib, ular jami nizolarning 70-80 foizini tashkil etadi. Nizolarning oldini olish yoki u paydo bolgan bolsa, bartaraf etish uchun uning kelib chiqish sababini, asosiy aybdorlarni yoki obyektiv sabablarni aniqlash lozim. Mutaxassislar nizolarni bartaarf etishning koplab usullari va yollari borasida tavsiyalar ishlab chiqqanlar. Masalan, X.Kornelius va Sh.Feyyerlar uni hal qilish uchun nizo xaritasini tuzishni taklif etadi. Unga kora, nizoli vaziyatni aniqlash uchun quyidagilar inobatga olinishi lozim: 1) nizoni keltirib chiqqan muammoning umumiy qirralarini ochish, masalan, agar ishlab chiqarishdagi nizo ish xajmining tola bajarilmaganligi sababli kelib chiqqan bolsa, avvalo ish taqsimoti diagrammasini tuzish kerak; 2) nizoning asl sababini aniqlash, zero, aynan shu ish odatda eng mushkul ish hisoblanadi; 3) nizoning haqiqiy ishtirokchilarini aniqlash alohida shaxsmi, guruhmi yoki uyushmami; 4) nizoga sabab bolgan shaxsiy xohish, istaklar, nizokashlarning aynan nimani istayotganligini aniqlash; 5) nizoga qadar nizokashlarning ozaro munosabatlari qanday bolganligini bilish; 6) bevosita nizoda ishtirok etmagan, lekin uning ijobiy hal etilishidan manfaatdor bolgan shaxslarning nizoga munosabati. Guruhlararo munosabatlar psixologiyasining amaliy muammolari. Har bir shaxs oz faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar tasirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qoshilmaydigan individning ozi yoq, inson jamiyatda yashar ekan, u doimo turli oziga ohshash shaxslar bilan muloqotda, ozaro tasirda boladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida roy beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni organish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir. Psixologik manoda guruh bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bolishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar kop: oquv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (ospirin yoshlar), malum oquv yurtida talim olish istagi va hokazo. Kochada biror tasodif roy berganligi uchun toplangan kishilar uchun ham umumiy bolgan narsa bor bu qiziquvchanlik bolib otgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir. Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va oziga xos qonuniyatlariga boysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlargi boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchmilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Guruhlarning turlari kop, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreyevaning Ijtimoiy psixologiya darsligidagi klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini oz ichiga qamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga boladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda toplangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bolinadi. Konkret faoliyat va odamlarning ehtiyojlari asosida tashkil boladigan bunday tabiiy guruhlarning ozi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bolinadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa oz navbvtida endi shakllanayotgan diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pogonasiga kotarila olgan jamoa turlariga bolinadi. Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga tarif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini organishni maqsad qilib qoygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlarini organishga otamiz. Download 99.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling