Kirish. 2 Asosiy qism: I. Bob. Chet el sotsial psixologiyasida guruhlararo munosabatlarning organilishi
Download 99.52 Kb.
|
RAMAZON..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Informatsion-axborot omillari
- Jamiyat miqyosidagi ayrim tizimlarning faoliyatiga bogliq omillar
- Qadriyatlarga aloqador omillar
- Munosabatlar omili
- Xulq-atvor bilan bogliq omillar
Konflikt, nizo yoki ziddiyat bu ayrim alohida olingan shaxs ongida, yoki shaxslararo muloqot jarayonida, guruh doirasida yoki guruhlararo ozaro muloqot va tasir paytlarida biror muammo, masala yoki qarashlar borasida bir-biriga togri kelmaydigan, qarama-qarshi fikr, qarash va pozitsiyalarning toqnashuvi oqibati paydo bolgan salbiy hissiyotlarga tola munosabatlar maromini bildiruvchi ijtimoiy-psixologik hodisadir.
Konfliktni keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar nihoyatda kop, lekin ularni 5 asosiy guruhga bolib organish mumkin: 1. Informatsion-axborot omillari: muloqot jarayonida sheriklarga notogri tarzda yetib keladigan notoliq, noaniq faktlar, mish-mishlar; shubhalar, tola aniqlik kiritilmagan ataylab yoki bilmay turib deyarli xufyona tarzda yetkazilayotgan malumotlar; axborot manbaiga nisbatan ishonchning yoqligi; ayrim hodisa, voqealarga aloqador bolgan tortishuv va klishmoqchiliklarga sabab bolgan qoidalar, aqidalar, chaqiriqlar, qonun normalari va boshqalar ham shaxslararo yoki guruhlararo ziddiyatlarning omili bolishi mumkin. 2. Jamiyat miqyosidagi ayrim tizimlarning faoliyatiga bogliq omillar: mulkchilikka oid muammolar, ijtimoiy maqom talashish, xokimiyat yonalishidagi amal va hisobotlarga oid janjallar, turli ijtimoiy normalar, ananalar, standartlar, xavfsizlik masalalaridagi qarama-qarshiliklar, ragbatlantirish va jazolash, uy-joy, mulk tortishuvlari, resurslar, tovar, xizmat va foydalar taqsimoti jarayonlarida kuzatiladigan nizolar; 3. Qadriyatlarga aloqador omillar (ozimiz etirof etgan yoki rad etgan tamoyillar): jamoaviy, gruppaviy yoki shaxsiy etiqod, ishonmagan va ishongan qadriyatlarimiz va ularning xulqda namoyon bolishi, mafkuraviy, madaniy, diniy, axloqqa oid, siyosiy, professional qadriyatlar va ehtiyojlar borasida kelib chiqishi mumkin bolgan nizolar; 4. Munosabatlar omili: bunday omillar bevosita ozaro aloqalar va muloqotdan insonning qoniqishi yoki nomaqul, deb etirof etishidan kelib chiqadi. Shaxslararo ozaro munosabatlarda koproq bir shaxsning kutishlariga boshqa bir insonning yoki odamlarning muomalasi mos kelmasligi holatlarida shaxsiy nizolar kelib chiqadiki, ularning bartaraf bolishi turli vaziyatlarda turlicha tus olishi, chozilib ketganda, battar gazzak otishi, qisqa fursatda hal etilsa, muammo hal bolishi ham mumkin. Shaxsiy muloqotdagi nizolar shaxsning hayotiy tajribasi, malumotliligi darajasi, professional mahoratiga bogliq ravishda turli korinishlarda oz yechimini topishi mumkin; 5. Xulq-atvor bilan bogliq omillar: manfaatlar, qiziqishlar, oziga bolgan bahoga zid keladigan yoki xavf-xatar tugdiruvchi vaziyat paydo bolishi bilan goyoki, himoya vositasi sifatida paydo boluvchi omillar turkumi bolib, bu ikkinchi tomonning xudbinligi, adolatsizligi, masuliyatsizligi yoki loqaydlik, beparvolik oqibatida kelib chiqadi. Nizokashlar bunday sharoitda ozlariga nisbatan bolayotgan salbiy munosabatni xatti-harakatda korib, sezib turganlari bois xafagarchilik kelib chiqadi va bu konflikt bilan tugaydi. Konflikt yoki nizolar ozaro munosabatlardagi odamlarning subyektiv xatolari sababli ham kelib chiqishi mumkinki, shu nuqtai nazardan ham konfliktlarning turlari farqlanadi: Download 99.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling