Kirish. 2 Asosiy qism: I. Bob. Chet el sotsial psixologiyasida guruhlararo munosabatlarning o‘rganilishi


Download 99.52 Kb.
bet5/12
Sana16.06.2023
Hajmi99.52 Kb.
#1505547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
RAMAZON..

Tashkil topish bosqichi. Guruh tashkil topishi paytida yangi a’zolar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar tizimi o‘rnatiladi va guruhdagi vaziyat o‘rganiladi: guruhdagi ustuvor qadriyatlar, normalar va ustanovkalar aniqlanadi. Bu davrda o‘zaro muloqot normalari shakllanadi. O‘zaro hamkorlik tartiblarini aniqlash maqsadida xodimlar rahbar bilan tez-tez uchrashishga, o‘z vazifa va mas’uliyatlariga aniqlik kiritishga ehtiyoj sezadilar.

  • Nizo bosqichi. Bu bosqichda har bir xodim jamoadagi o‘z mavqeini tasdiqlashga intiladi, a’zolar o‘rtasida o‘zaro musobaqa va o‘zaro himoya, kichik guruhlarga bo‘linish va o‘ziga sheriklar topish, ѓoliblikka intilish kuzatiladi. Natijada, jamoda nizolar kelib chiqadi, rahbariyat tomonidan shakllantirilayotgan qadriyatlar va majburiyatlarga putur yetadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan xodimlar bir-birlarini tushunib boradilar, o‘zaro kelishuvga keladilar, jamoa umummaqsadlarga erishish yo‘lida hamkorlik harakatlarini ishlab chiqa boshlaydi.

  • Normalar shakllanishi bosqichi. Bu bosqichda xodimlarning diqqat markazida mahsulot ishlab chiqarish, mavjud texnologiyalarni o‘zlashtirish masalasi turadi. Rollar taqsimoti asosida o‘zaro hamkorlik shartlari qabul qilinadi. Munosabatlar iliqlashadi va o‘zaro ishonch, yordam uchun zamin yaratiladi. Jamoaga mansublik kayfiyati shakllana boshlaydi va guruh maqsad sari yo‘nalishga imkon topadi.

  • Ijro bosqichi. Bu bosqichda guruh samarali faoliyat olib boradi, tizim tashkil topadi, o‘zaro munosabatlar mustahkamlanadi, har bir xodimning mehnat imkoniyati, shuningdek, qobiliyati ayon bo‘ladi. Jamoa umummaqsad yo‘lida o‘zaro yordam qo‘lini cho‘zadi va hamkorlik negizida faoliyat yuritadi. Shu tarzda guruh samarali funksional birikmaga aylanib boradi.

    Tugallanish bosqichi. Bu guruh rivojlanishining yakuniy bosqichi bo‘lib, loyiha ustida olib borilgan faoliyat tugaydi, guruhning malakali mutaxassislari tarqalishadi yoki yangi jamoa tashkil topadi.
    Psixologlarning fikricha, agar jamoa biron bosqichdan uzil-kesil shakllanib o‘tmagan bo‘lsa, bu shakllanmaganlik jamoani doim bezovta qilib turadi. Guruhning samarali faoliyati ko‘p jihatdan mazkur bosqichlarda amalga oshishi lozim bo‘lgan guruhiy dinamikaga oid vazifalarning qanchalik to‘la-to‘kis ado etilganligiga boѓliq.
    Ijtimoiy hayotda, shaxslararo munosabatlarda ayrim alohida nizolar,o‘zaro kelishmovchiliklarni bo‘lib turishi muqarrar. Shuning uchun ba’zan olimlar ziddiyat yoki nizolarning nafaqat salbiy, balki ijobiy tomonlari ham bo‘lishi mumkinligini ochiq e’tirof etadilar. Masalan, G.Andreyeva ayrim ziddiyatlarning konstruktiv oqibatlari to‘g‘risida yozadi. Uning fikricha, ba’zan ikki shaxs o‘rtasida kelib chiqqan nizo ularning istiqbolda to‘g‘ri xulosa chiqarib, shunady harakatni boshqa qaytarmaslikka, omilkorlikka, hushyorlikka undaydi. Yoki bir qarashda tanbehga assolangan shaxslararo ziddiyat shaxsni o‘z ustida muttasil ishlashga, o‘z xulqini o‘zi tuzatishiga sabab bo‘ladi. Bunday nizolar oqibatida ko‘ra konstruktiv deb ataladi. Destruktiv nizoning oqibati esa ko‘pincha salbiy bo‘lib, u shaxslararo antogonizmni keltirib chiqaradi, tomonlarning asablari charchaydi, ular xastalanib qolishi ham mumkin. Yoki er va xotin o‘rtasida, yohud qaynona va kelin o‘rtasidagi nizo oila ajrimiga sabab bo‘lishi va bir butun oila buzilib ketishi mumkin.
    Ho‘sh, ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida nizo yoki ziddiyatga qanday ta’rif berish mumkin?

    Download 99.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling