Kirish. 2 Asosiy qism: I. Bob. Chet el sotsial psixologiyasida guruhlararo munosabatlarning organilishi
Download 99.52 Kb.
|
RAMAZON..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy nazorat.
- Guruh maqsadlari.
Guruhiy jarayonlar. Ijtimoiy psixologiya fani shaxsning jamoadagi orni, xulqi, guruhdagi shaxslararo munosabatlar natijasida paydo boladigan psixologik jarayonlarni organadi. Bu haqdagi bilim jamoani boshqarish uchun yangi imkoniyat yaratadi. Masalan, mehnat jamoasidagi ijobiy munosabatlarga asoslangan psixologik muhit xodimning ishchanligini 30% ga oshirishi mumkin. Va aksincha, jamoadagi munosabatlarning taranglashuvi, salbiy qarashlarning ustunligi, xodim mehnati samaradorligini pasaytiradi va ish sifatiga ham putur yetkazadi. Guruhiy jarayonlar, ularga xos qonunlarni bilish, hatto, guruh azosi xulqini ozgartirish imkonini beradi. Aniqlanishicha, inson oziga qaratilgan bevosita individual tasirdan kora, guruh fikriga koproq etibor beradi.
Ijtimoiy nazorat. Odatda inson oz xulqini ozi xohlaganicha amalga oshirolmaydi. U hohlasin-hohlamasin jamiyat tomonidan qoyilgan malum talablarga rioya etib yashashi shart. Har qanday inson ulѓayishi davomida turli guruh va jamoalarga a’zo bo‘lib boradi. Bu guruhlar esa nafaqat o‘zining maqsadi, balki ichki qoidalari bilan ham bir-biridan farq qilib turadi. Demak, har qanday guruhda, u yoki bu ichki qoidalar, normalar majmuasi hukm suradi. Odatda, mehnat jamoalarida bu normalar rasmiy tan olingan va hatto yozma shaklda ham bayon etilgan. Bazi bir norasmiy guruhlarda esa «yozilmagan» lekin, nazardagi qoidalar hukm suradi. Xatti-harakatni cheklash borasidagi mavjud guruhiy qoidalar, normalar esa ijtimoiy nazoratning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Jamoada ornatilgan cheklashlar asosida xatti-harakat yoki xulq andozasi shakllanadi. Bunday andozaning jamoada mavjudligi va uni qay tarzda ifodalanishi kop jihatdan amal qilish samaradorligini belgilaydi. Masalan, mehnat jamoasidagi xulq kodekslari qanchalik aniq va ravon bayon etilgan bolsa, xodimning unga rioya qilish ehtimoli shunchalik oshadi. Guruh maqsadlari. Guruh maqsadlariga tezkor va unumli erishish, ushbu maqsadlarning guruh azolari tomonidan qabul qilinishiga boѓliq. Ma’muriyat tashkilot mohiyatini ifodalovchi tadbirlar ishlab chiqar ekan, ko‘pincha xodimlar bu tadbirlar dolzarb va muhim muammolarni hal etishga qaratilganligidan, hattoki shubhalanmaydilar. Lekin, rahbarning bu sohadagi asosiy vazifalaridan biri – guruhiy tadbirlarni xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishdan iboratdir. Buning uchun u xodimlarni raѓbatlantirish, motivatsiyalash shartlarini yaxshi bilishi lozim. Har bir xodimning oilaviy muhiti, yashash sharoiti va indiviudal-psixologik xislatini hisobga olish ushbu yonalishdagi muvaffaqiyatni amalga oshishidagi asosiy omildir. Download 99.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling