Kirish. 2 Asosiy qism: I. Bob. Chet el sotsial psixologiyasida guruhlararo munosabatlarning o‘rganilishi


Download 99.52 Kb.
bet4/12
Sana16.06.2023
Hajmi99.52 Kb.
#1505547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
RAMAZON..

Ahillik. Guruhiy ahillik jamoaning jipsligi, ichki qo‘poruvchi nizolarning yo‘qligi bilan ifodalanadi. Ahillik, guruhiy qarorni tez qabul qilishga, umumiy maqsad yo‘lida guruh a’zolarining bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashiga, xodim jamoani o‘z oilasiday qabul qilishiga asos bo‘ladi. Guruh a’zolari o‘rtasida ahillik yuzaga kelishi uchun quyidagi shart-sharoit zarur:

  • guruh va uning a’zolari atrofidagilarda iliq-issiq kayfiyat uyѓonishi;

  • guruh a’zolarining qadriyatlari, qarashlaridagi o‘zaro moslik shakllanishi;

  • guruh oldidagi umumiy maqsad har bir a’zoning shaxsiy manfaatiga uyѓun bo‘lishi;

  • ado etilayotgan ish yuzasidan o‘zaro aloqaning mavjudligi;

  • jamoada ishlashdan, shuningdek, guruhiy faoliyatdan qoniqish;

  • qaror qabul qilishda barchaning ishtiroki va xodimlar manfaatiga yo‘nalgan boshqaruv uslubi;

  • barchaning manfaat va qiziqishlariga bir xil e’tibor, jamoadagi ijtimoiy tenglik va adolat;

  • guruh miqdori (aniqlanishicha, guruh a’zolari 7-12 kishi atrofida bo‘lganda o‘zaro ahillik yaxshiroq shakllanadi);

  • guruh hayotidagi an’analar tashkilotga xos madaniyatning bir qismidir.

Rahbar ushbu sanab o‘tilgan shart-sharoitdan mavjudlarini rivojlantirish, qolganlarini esa shakllantirish orqali guruh a’zolari o‘rtasidagi ahillikni kuchaytirishi mumkin. Biroq, hayotda shunday voqealar uchraydiki, ular beixtiyor guruh ichki rivojlanishiga ta’sir etadi. Masalan, tashkilot ichidagi ikki guruh o‘rtasida nizoli vaziyatning paydo bo‘lishi guruh ichidagi ahillik hissiyotini oshiradi. Lekin rahbar guruh ahilligini yaratishda ushbu omilni qo‘llashi shart emas. Bu usuldagi ahillik vaqtinchalik ko‘rinishga ega bo‘lib, «jang» tugagandan so‘ng o‘z ta’sirchanligini yo‘qotadi. Bunday ahillikdan so‘ng guruh ichida guruhchalar tashkil topish extimoli ham bor.
Jamoada ahillikni kuchaytirishdagi birlamchi tadbir guruh a’zolarini tanlashda amalga oshirilishi mumkin. Umumiy qadriyatlarga, insonparvarlik xislatiga ega xodimlarning keyinchalik umumiy maqsad sari ixtiyoriy birlashishlari ehtimol. Guruh ahilligi va mehnat samaradorligi o‘rtasidagi boѓliqlik ham bir oz bahstalabdir. Aniqlanishicha, agar guruh a’zolari kundalik meyoridan oshiqroq mehnat xajmini bajarishga intilishsa, jamoadagi ahillik unumdorlikni oshirishga ijobiy ta’sir etadi. Agar jamoada mehnat motivatsiyasi past bo‘lsa, baxtga qarshi, ahillik ish unumdorligini pasaytirishi mumkin.


  1. Download 99.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling