Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori
(FORVARD, FYUCHERS, SVOP, OPTSION) BOZORI
Download 256.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. MILLIY VALYUTA BOZORI RIVOJLANISHIDAGIMUAMMOLAR
(FORVARD, FYUCHERS, SVOP, OPTSION) BOZORI hali shakllangani yo’q.
O’tish iqtisodiqdarida ayirboshlash kursi siqsatini tanlanishi bir qator omillarga tayanadi. Ushbu omillar, taaluqli mamlakatda, iqtisodiy vaziyat bilan shakllanadi. «So’m» hali ham qpiq turdagi valyuta bo’lib qolmoqda, ya’ni xalqaro bozorda bank xisob-varaQlari bo’yicha hamda naqd pul shaklida muomalada yo’q. Ushbu vaziyatni o’zgartirish, moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy mutanosiblik qaror topishining yakuni sifatida yaqin kelajakda ruqbga chiqishi mumkin. Xozirgi kunda esa «so’m»ni normal milliy valyuta qilish, aholini unga bo’lgan ishonchini ko’tarish vazifalari dolzarb masalalardandir. Valyuta bozorini, so’mni ichki konvertatsiyasi bilan, nisbiy erkinlashtirilishi iqtisod va tashqi iqtisodiy aloqalarni «xususiylashtirish» va O’zbekistonni jahon iqtisodiga integratsiyasining umumiy yo’nalishiga mosdir. O’zbekiston bozorini import uchun keng ochiqligi, ichki ishlab chiqaruvchilarni kattaroq samaradorlikka erishishga turtki bo’lguvchi xorijiy raqobat kuchayishini bildiradi. Respublikada to’lov balansi, valyuta resurslarining sezilarli kamomadi sharoitida valyutalar yirboshlanishining cheklovlari tabiiy ravishda mavjud bo’ladi. Boshqa tomondan, so’mlarni erkin muomalada yuradigan valyutalarga konvertatsiyasining mavjud imtiqzli rejimi va unga xos bo’lgan valyuta kursini belgilash tartibi, respublikadan kapitallarni chetga oqib ketishiga, ichki bozorga past sifatli import tovarlarini oqib kelishiga sabab bo’lgan. Buning oqibatida esa valyuta cheklovlari yanada kuchaygan. 1.3. MILLIY VALYUTA BOZORI RIVOJLANISHIDAGIMUAMMOLAR O’zbekiston Respublikasidagi valyuta munosabatiarini takomillashtirish, valyuta bozori va undagi mavjud valyuta operatsiyalarini yanada rivojlanishi bu borada hozirgi kunda mavjud bir qator muammolar va ularni xal etilishi bilan bog’liqdir. Ushbu muammolardan birinchisi, respublikada valyuta bozori shakllari rivojlanmaganligida. Hozirgi kunda valyuta amaliyotida faqat Respublika Valyuta Birjasi va Birjadan tashqari bozorlar mavjud. Valyuta birjasi faoliyati va milliy valyuta “so’m” kursini shakllanishiga tijorat banklari sezilarli ta’sir eta olmaydilar, chunki birjadagi savdolarning asosiy ishtirokchisi Markaziy bank bo’lib, u savdoni nazoratini olib boradi va valyuta kursini belgilaydi. Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini o’rgangan holda biz shunday xulosaga keldikki, ushbu bozor birja bozoriga nisbatan bir muncha qulayliklarga ega. Buni: -birjadan tashqari bozorda valyutani ayirboshlash operatsiyalari vakoladi bank uchun tekinga amalga oshiriladi, birjadagi savdo ishtirokchilaridan esa, sotilgan valyuta mablag’lari yoki milliy valyuta summasining xajmiga bog’liq bo’lgan, vositachilik haqi olinadi; -hisob-kitoblarning nisbatan kattaroq tezligi. Chunki, birjadan tashqari bozor to’la operatsion kun mobaynida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Birjadagi ish kuni esa vaqt jixatidan nisbatan cheklangan. Ushbulardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasida valyuta 8 to’lovlarni hamda jalb etilayotgan va joylashtirilayotgan vaqtincha bo’sh valyuta mablag’lari va xorijiy kapital muomalasini tezlashtirish imkonini beradigan banklar aro valyuta bozorini yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish zarur. Download 256.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling