Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori


Download 256.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana02.05.2023
Hajmi256.08 Kb.
#1423316
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx



REJA
KIRISH------------------------------------------------------------------------------------------------------------------ 2
BOB 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIMILLIY VALYUTA BOZORI------------------------------------4
l.l.O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA BOZORI VA VALYUTA OPERATSIYALARI---4
1.2. MILLIY VALYUTA BOZORINING ASOSIY SEGMENTLARI-----------------------------------------------------5
1.3. MILLIY VALYUTA BOZORI RIVOJLANISHIDAGIMUAMMOLAR---------------------------------------------8
1.4. MILLIY VALYUTA BOZORIDAISLOHOTLAR VA O'ZGARISHLAR-------------------------------------------12
BOB 2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI--------------------------------------------19
2.1. VALYUTA SIYOSATI-------------------------------------------------------------------------------------------------- 19
2.2. VALYUTA SIYOSATINING ASOSIYSHAKLLARI-----------------------------------------------------------------20
2.3. O’ZBEKISTON VA XALQARO VALYUTA FONDI---------------------------------------------------------------22
BOB 3.O’ZBEKISTON VALYUTA SIYOSATIING NATIJALARI-------------------------------------------24
XULOSA--------------------------------------------------------------------------------------------------------------- 32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR---------------------------------------------------------------------------- 33
INTERNET SAHIFALAR
33


KIRISH
Jamiyat xo’jalik faoliyatining baynalmilallashuvi, bir turdagi milliy valyutalarni
boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga ob’ektiv zarurat tug’diradi. Bunday
zarurat, talab va taklifning ta’siri asosida valyutani o’ziga xos bahosi - valyuta kursi
shakllanadigan maxsus bozorda tug’ilib, amalga oshadi. Mazkur bozor o’z ichiga,
xorijiy valyutalarni bir-biriga ayirboshlash bilan bog’liq jami munosabadarni olgan
holda, ularning mohiyati, hukmron valyuta tizimini xarakteri bilan belgilanadi. Jahon
bozori tizimida xorijiy valyutalar bozori, tovarlar va kapitallar bozoriga nisbatan
ob’ektiv ravishda ikkilamchi o’rinni egallab, ularga xizmat ko’rsatadi.
Rivojlangan davlatlar iqtisodchilari, ko’p hollarda, valyuta bozorini milliy,
xorijiy banklarni va broker firmalarni o’zaro bog’lovchi zamonaviy aloqa vositalarni
tizimi deb atashadi. Ba’zi paytlarda, valyuta bozori deganda, uning asosiy sub’ekdari
sifatida, odatda banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar yig’indisi tushuniladi.
Masalaga bunday yondoshish, bozorni tashqi tashkil etilishini o’ziga xos
xususiyatlarini aks ettirgan holda, uning mohiyatini ochib bermaydi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda valyuta siyosati muhim o’rinni egallaydi.
Valyuta siyosati milliy valytani barqaror saqlab turishda eng yaxshi vosita hisoblanadi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin, biz eng avvalo, o’z milliy valyutamizga ega
bo’lish muammosini o’rtaga tashladik. Chunki milliy valyuta ega bo’lgan davlatda o’z
fuqarolari uchun, qisqasini aytganda o’z hududida erkin savdoni amalga oshirish oson
bo’ladi. Shu bilan birga o’z milliy valyutasining qadrini jahon miqyosida oshirishga
qaratilgan siyosatlar olib borildi. Milliy valyutamiz ta’sis etilgandan keyingi davrlada
O’zbekiston milliy valyuta qadrini oshirishni ko’zda tutgan valyuta siyosati, eksport va
import siyosatlarini olib borishdi. 1994
9
yilda milliy valyutamiz qadri chet el
valyutalarga nisbatan ancha past bo’lgan bo’Isa, bir qancha vaqt o’tgandan keyin, 1998
- 1999
10
yillarda milliy valyutamiz qadri ko’tarildi. Hozirgi davrga kelib milliy
valyutamizning qadri esa chet el valyutalariga nisbatan anchagina yaxshi holatda desak
adashmagan bo’lamiz.
Keyingi yillarni tahlil qiladigan bo’lsak, O’zbekistonda chet el investorlarini
jalb qilish juda ham katta yordam beiyapti. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga
erishishga qaratilgan bo’lib, iqtisodiy o’sish barqarorligi, inflyatsiya, narxlar, ishsizlik
va makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni barqaror ushlab turishni ta’minlashga qaratilgan
siyosatdir.
Milliy valyuta qadrini oshirish har bir davlatning oldiga qo’ygan maqsadlaridan
bin hisoblanadi. Har bir davlat o’z valyutasi qadrini oshirishda chet el tashkilodarining
ularga qaratgan yordamlaridan kelib chiqsa ham bo’ladi. Chunki bunday tashkilodar
davlatga uzoq muddadi kreditlar kiritish natijasida, davlatdagi bozor muhitini yanada
rivojlantirib yuboradi. Qo’shma korxonalar
9
Bu yillarda O’zbekitonda inflyatsiya darajasi 1100% deb baholangan.
10
Bu davrga kelib, inflyatsiya darajasi 24 - 28 % ga tushdi, bu valyuta siyosatining qay darajada olib borilganidan
dalolat beradi.
2


faoliyati aynan shu narsalar bilan bog’liq. Ular ishlab chiqargan mahsulotlar
mamlakat bozorlarida o’z haridorligini namoyish qiladi, balki chet elda ham o’z
hardidorlariga ega bo’ladi. Bu o’sha davlatga bo’lgan qiziqishni keltirib chiqaradi.
Eksport qilish ortadi. Milliy valyuta qadri chet el valyutalariga nisbatan yaxshilanadi.
Biz shunday milliy valyuta siyosatini olib borishimiz mumkinki, natijada milliy
valyuta qadrini oshirish va valyuta operatsiyalari harakatini erkinlashtirish yuzaga
chiqish mumkin bo’ladi.
2003 yil 15 oktabrdan boshlab O’zbek so’mining joriy operatsiyalari bo’yicha
cheklanmagan ichki konvertatsiyaga ega ekanligi va respublika valyuta bozorining
holati O’zbekistonning valyuta siyosatining maqsadi va yo’nalishlarining o’ziga
xosligini yuzaga keltirdi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimida Markaziy bankning valyuta
siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapitallarni eksport va import qilishni
rag’badantirishda namoyon bo’ladi. Buning mazmuni milliy valyuta kursini barqaror
saqlab turish bilan belgilanadi. Milliy valyuta kursini barqaror ushlab turish uchun
esa, hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga oltin - valyuta
zaxiralarini boshqarish topshrilgan. So’mning nisbiy barqarorligiga faqat
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni bir maromda yetkazilgadagina erishish mumkin.
Keyingi yillarda ichki inflyatsiya darajasining pasayishi O’zbekiston tovarlarining
eksportini importga qaraganda ancha foydali qilib qo’yishi kerak edi. Lekin aslida
tamoyil shuning teskarisini ko’rsatadi. O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan
tovarlarning jahon bozoridagi jozibadorligiga ta’sir ko’rsatishi, shuningdek, o’zbek
ishlab chiqaruvchilarining maxsulotni eksport qilishdan manfaatdorligini oshirishga
ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan kuchli vosita milliy valyutaning real kursini
devalvatsiya qilishdan(devalvatsiya sur’adari inflyatsiya sur’atlaridan yuqori
bo’lganda) iboratdir. Shu maqsadda so’nggi yillarda O’zbek so’mining AQSH
dollariga nisbatan silliq devalvatsiyasi amalga oshirib kelindi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki valyuta siyosati, o’ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqmoqda. Markaziy Bankning valyuta siyosati ta’sirchanligi
qancha oshsa, shu darajada iqtisodiyotimiz barqarorligi kafolatlanadi.
3



Download 256.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling