Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori
Download 256.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi muammo
To’rtinchi muammo, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta
zaxiralarini shakllantirish bilan bog’liq. Ma’lumki, ushbu zaxirani to’latishning muhim manbasi, bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tashqi iqtisodiy faoliyati natijasida olgan xorijiy valyutadagi tushumdan majburiy sotuv shaklida to’laydigan to’lovidir. Ushbu to’lovning xajmi esa bevosita xorijiy valyutadagi tushum xajmiga bog’liqdir. Demak, respublikadagi xorijiy valyuta zaxiralarini to’latish va uning xajmini kengaytirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning eksportga yo’naltirilgan faoliyatini rivojlantirish va respublikaga xorijiy investitsiyalarni keng oqib kelishi, ularning zaminida qo’shma korxonalar barpo etilishiga shart-sharoidar yaratib berish lozim. Shunday sharoitlardan bin, bizning fikrimizcha, tadbirkorlikning erkin iqtisodiy xududlari bo’lishi mumkin. Beshinchi muammo, albatta yuqorida bayon etilgan barcha muammolar bilan bevosita bog’liq bo’lgan milliy pul birligi “so’m”ni boshqa xorijiy valyutalarga erkin ayirboshlanish muammosidir. Albatta, milliy valyutani erkin ayirboshlanish muammosini xal etilishi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib bergan bo’lur edi. Ammo, ushbu masalani bir zumda xal etib bo’lmaydi. Hukumatimiz tomonidan valyuta cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi, ushbu muammoni xal etishni yagona to’g’ri yo’li deb atasak ham bo’ladi. Shubhasiz, ichki 9 valyuta bozorini va iqtisodiyotning barcha tashqi aloqalarini rivojlanishiga milliy valyutani konvertatsiya bo’lmasligi to’sqinlik qilmoqda. Iqtisodiqtni qayta qurishni boshlang’ich davridan boshlab faoliyat ko’rsataqtgan mavjud mexanizm iqtisodiy ko’rsatkichlar va mablag’lar harakatini bo’g’ilishi sababli ayni vaqtda oqsoqlanmoqda va o’zida valyuta zaxiralarini qayta taqsimlashning bozor munosabatlariga to’g’ri kelmaydigan ko’rinishini aks ettirmoqda. Lekin ushbu muammo ancha murakkab bo’lib, iqtisodiy tizimning tarkibiy tuzilishni o’zgartirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator chora tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Joriy operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyaga bosqichma bosqich o’tish xo’jalik sub’ektlari uchun teng sharoit yaratib berishi va eksporterlar manfaatini ko’zlashi zarur. Ushbu muammoni kelgusida hal etishning yana bir vositasi bu respublikada banklararo valyuta bozorini rivojlantirishdir va bu yo’nalish valyuta bozorini erkinlashtirishning asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lib qoladi. Download 256.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling