Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori


BOB 2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI


Download 256.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana02.05.2023
Hajmi256.08 Kb.
#1423316
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx

BOB 2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI
2.1.
VALYUTA SIYOSATI
2003
yilda O’zbekiston Respublikasi hukumati va Markaziy banki tomonidan
tasdiqlangan "Milliy valyutaning joriy xalqaro operastiyalar bo’yicha konvertastiya 
qilinishini ta’minlashga doir harakat rejasi"ni ijro etish maqsadida birjadan tashqari 
valyuta bozori, naqd valyuta bozoridagi operastiyalar, shuningdek, tashqi savdo 
operastiyalari bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi mavjud ayrim 
cheklovlarni bekor qilish yuzasidan tegishli me’yoriy hujjadar qabul qilindi.
Xususan, birjadan tashqari valyuta bozori dagi operastiyalar bo’yicha:
- savdo-vositachilik tashkilodari tomo nidan chet el valyutasini xarid qilishni, 
shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ekdarda byudjet oldida qarzdorlik yoki 
o’zlarining bo’sh valyuta mablag’lari mavjud
bo’lgan takdirda ularning chet el valyutasini xarid qilishlarini taqiqlovchi talablar 
bekor qilindi;
-qarz mablag’lari hisobiga chet el valyutasini xarid qilishga ruxsat etildi; -birjadan 
tashqari valyuta bozorida so’m mablag’larini konvertastiya qilish uchun xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar tomonidan vakolatli banklarga takdim etiladigan hujjadar 
ro’yxati keskin qisqartirildi;
- korxonalaming so’mdagi mablag’larini chet el valyutasiga konvertastiya qilish 
tartibini soddalashtirish bilan bir qatorda ularning so’mdagi mablag’larini 
konvertastiya qilish uchun buyurtmalarni ko’rib chiqish mudstati bir haftadan 3 
kungacha qisqartirildi;
-ichki valyuta bozorida ayirboshlash kurslarini birxillashtirish to’liq yakunlandi va 
hozirgi paytda barcha operastiyalar banklararo savdo sessiyalarida belgilanadigan 
kurs asosida amalga oshirilmoqda.
Naqd valyuta bozoridagi operatsivalar bo’yicha:
- vakolatli banklarning ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslarga 
naqd chet el valyutasi hamda yo’l cheklarini sotish muddati va miqdori yuzasidan 
o’rnatilgan cheklovlar bekor qilindi;
- jismoniy shaxslar-rezidentlarga respublika tashqarisiga 2000 AQSh dollari 
ekvivalenti miqdoridagi naqd chet el valyutasini erkin olib chiqishga ruxsat etildi. 
Tashqi savdo operastiyalari bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida: 
-import shartnomalari bo’yicha oldindan to’lovni amalga oshirishga doir
cheklovlar, shuningdek, chet el banki kafolatnomasini talab qilish va avans to’lovi 
summasiga teng miqdordagi mablagni milliy valyutada band qilib qo’yish haqidagi 
talablar;
-ko’rsatilgan xizmatlar uchun offshor hududlarga avans to’lovlari yoki to’lovlarni 
amalga oshirishga oid cheklovlar;
-import shartnomalari bo’yicha uchinchi shaxs - norezidentlar foydasiga 
to’lovlarni amalga oshirishni taqiqlovchi cheklovlar hamda chet el kreditlarini jalb 
qilish munosabati bilan foiz va boshqa
to’lovlar miqdori bo’yicha cheklovlar;
- nosavdo to’lov va o’tkazmalarni amalga oshirish bilan bog’liq cheklovlar;
- MDH davlatlari xo’jalik sub’ektlari bilan hisob-kitoblarni faqat kliring asosida
yoki erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshirish haqidagi talablar bekor
1
8


qilindi.
Bundan tashqari, import shartnomalarini Tashqi iqtisodiy aloqalar agendigida
oldindan ro’yxatga olish tartibi bekor qilindi va uning o’rniga import
shartnomalarining bojxona monitoringi tizimi joriy etildi.
Valyuta bozorini erkinlashtirish borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
doirasida ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 11
dekabrdagi o’n uchinchi sessiyasida yangi tahrirdagi "Valyutani tartibga solish
to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro Valyuta Fondi o’rtasidagi samarali
hamkorlik harakat rejasida ko’zda tutilgan barcha chora-tadbirlarning mudstatidan
oldin bajarilishiga olib keldi. Valyutani tartibga solish tizimini o’zgartirish borasida
ko’rilgan chora-tadbirlar O’zbekiston Respublikasiga 2003 yil 15 oktyabrdan
boshlab, Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi Moddalari VIII moddasining 2(a), 3 va 4
-bo’limlarida ko’zda tutilgan majburiyadar, ya’ni milliy valyutaning joriy xalqaro
operastiyalar bo’yicha erkin ayirboshlanishini ta’minlash majburiyadarini o’z
zimmasiga olish imkonini berdi,
Xalqaro Valyuta Fondining Ijrochi Direktorlari Kengashi O’zbekiston Respublikasi
o’z zimmasiga milliy valyutaning joriy xalqaro operastiyalar bo’yicha erkin
ayirboshlanishini ta’minlash majburiyatini olganligini ma’qulladi. Chunonchi,
Xalqaro Valyuta Fondining 2003 yil 11 noyabrdagi rasmiy matbuot xabarida
O’zbekiston o’z milky valyutasining erkin ayirboshlanishini ta’minlash bilan xalqaro
hamjamiyatga o’zining bozor iqtisodiyotiga sodikligini yana bir bor namoyish
etganligi va xalqaro to’lov tizimi rivojiga o’zining munosib hissasini qo’shganligi
qayd etib o’tildi.

Download 256.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling