Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori


Download 256.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana02.05.2023
Hajmi256.08 Kb.
#1423316
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx

Oltinchi muammo, respublikamiz ichki bozorida forvard, fyuchers, optsion, svop
valyuta operatsiyalari va ularga taaluqli bozorlarini rivojlanmaganligidir. Ushbu
operatsiyalarning rivojlanmaganligiga yuqorida barcha ko’rsatib o’tilgan mamlakatimiz
ichki valyuta bozorida mavjud muammolar sabab bo’la oladi. O’z navbatida ularni xal
etib borilishi bilan ushbu valyuta operatsiyalari turlari va 
g
Bir qator mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, milliy valyutani erkin
ayirboshlanishiga ular iqtisodiy rivojlanishning hamda bozor iqtisodiyotiga o’tishning
qaysidir bosqichida erishganlar. Bunday maqsadga erishish tovar ishlab chiqarishning,
mehnat samaradorligini, milliy mahsulotlarning sifatini, eksport salohiyatini
oshirishning yanada tubdan yaxshilanishini talab etadi. Misol tariqasida shuni aytish
lozimki, xatto jadal ravishda rivojlanib kelayotgan Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya,
Isroil, Janubiy Koreya, Tailand kabi davladar milliy valyuta konvertatsiyasini
ta’minlashga tegishli XVFning VIII moddasiga faqat 90-yillarga kelibgina imzo
qo’yganlar.
Yana shuni aytib o’tish joizki, Rossiya va Qozog’istonda o’tish jarayoni
mobaynida vaqtidan oldin valyuta tizimini erkinlashtirish va tashqi savdo aylanmasini
tartibga solish iqtisodiqtni barqaror rivojlanishiga olib kelmadi va natijada xalq
xo’jaligining muhim ob’ektlari xorijiy investorlar tomonidan arzon narxda sotib olindi
hamda yirik miqdordagi valyuta mablag’larini xorijiy davladarga oqib ketishi vujudga
keldi.
Yettinchi muammo, Respublikaning yana bir jiddiy makroiqtisodiy
muammolaridan biri bu uning tashqi savdo balansining holatidir. Bu erda bir fikrni
aytib o’tish joizki, O’zbekiston paxta, oltin va boshqa rangli metallar ko’rinishidagi
eksport salohiyatiga ega bo’lib ushbu bozorlarda jahon konyukturasini barqaror halati
mavjud bo’lganda o’zining savdo balansida ijobiy saldoni hamda kerakli oltin va
valyuta zaxiralarini shakllantirish bo’yicha katta imkoniyatlarga ega.
Bir vaqtning o’zida bu erda bir qator jiddiy cheklanishlar ham mavjud.
Birinchidan, bu paxta, oltin va mis kabi eksport mahsulotlarini doimiy ravishda ishlab
chiqarishni ko’paytirishni ilojisi bo’lmasligidadir. Ikkinchidan, ushbu mahsulodarning
eksport qilinishining qiymat xajmi jahon bozoridagi narxlarning o’zgarishiga
boq’liqligidir va shu sababli ularning narxi o’zoq vaqt mobaynida barqaror bo’lmasligi
mumkin. Uchinchidan, iqtisodiqtning yuqori sur’adarda o’sishi import xajmini (xom-
ashyo, budovchi qismlar va materiallar) ortishini talab etadi, bu esa o’z navbatida
eksport xajmini keskin ravishda o’stirishni taqazo etadi.
1
0


Bu erda qarama-qarshilik shundan iboratki, import bo’yicha cheklovlar mavjud
bo’lganda yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish juda ham qiyin. Biroq, importni
o’sish sur’atlari eksportdan ortib ketishi to’lov balansi kamomadini keltirib chiqaradi
va mamlakatning makroiqtisodiy holatini qmonlashuviga olib keladi. Bunday holat,
oqibatda haqiqatda kerak bo’lgan investitsion dasturlarni moliyalashtirishni
qiyinlashtiradi va iqtisodiy o’sish bo’yicha bir qator mummolarni keltirib chiqaradi.
Muammolarni turli xil bo’lishi va ularni xal qilish yo’llarini izlash, valyutani
birjadan tashqari kursini devalvatsiya qilish, valyuta kurslarini ko’p xilligini bartaraf
etish, jixozlar, butlovchi qismlar va xom ashyoni hand qiluvchi korxonalarni hamda
ahvolini ancha qiyin axvolga solib qo’yishi aqn. Bu jarayon o’rta va o’zoq muddatli
davrda amalga oshishi kutilayotgan qayta qurish sur’atlarini va iqtisodiy o’sishni
sekinlashtirib qo’yadi.
Respublikadagi valyuta bozorining makroiqtisodiy muammolarini hal etish,
valyuta operatsiyalarini amalga oshirishni kengaytirishning asosi sifatida xizmat
qiluvchi banklar va real sektor korxonalarining valyuta mablag’larini ko’paytirish
milliy valyuta bozorida ushbu korxona va banklar faoliyat ko’rsatishini yanada yangi
pog’onaga yoki darajaga olib chiqadi. Ushbu yangi daraja ularga quyidagilarni
ta’minlaydi:
-xalqaro to’lovlarni amalga oshirishda va eksport-import operatsiyalari bo’yicha
real sektor korxonalariga o’z vaqtida xizmat ko’rsatish;
-valyuta va kredit tavakkalchiliklarini boshqarish;
-valyuta, kredit, moliya bozorlarida kapitalni erkin oqishi va muomalada
bo’lish;
-banklar, korxonalar va davlatning valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalash;
-valyuta kurslarini mutanosib boshqarilishi va muvofiqiashtirilishi; -artbitraj
foydasini ko’rish;
-bozor kanallari orqali davlat tomonidan iqtisodiqtni boshqarish maqsadida
muqobil valyuta siqsatini o’tkazish.

Download 256.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling