Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori
BOB 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIMILLIY VALYUTA BOZORI
Download 256.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx
BOB 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIMILLIY VALYUTA BOZORI
1.1.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA BOZORI VA VALYUTA OPERATSIYALARI O’zbekiston Respublikasida valyuta bozori va valyuta operatsiyalarini rivojlantirish hamda ularni takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish taklif etiladi: 1. Birjadan tashqari valyuta bozorini, ayniqsa banklararo valyuta bozorini yanada rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoidar yaratish. Buni, banklararo bozor faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi qonun qoidalarni qabul qilish, ushbu bozor faoliyatini ta’minlovchi moliyaviy vositachilar va erkin muhit hamda moliyaviy maulumotlar yoki axborotlar ochiq-oydinligini ta’miniash. 2. ”Qora bozor”ni yo’q qilish va valyuta kursini Markaziy bank tomonidan nazorat etilishi hamda muvofiqlashtirilishini ta’miniash uchun birinchidan, naqd xorijiy valyuta muomalasi borasida mavjud valyuta cheklovlarini bekor qilish, ikkinchidan, valyuta birjasi savdo jarayonida ishtirok etuvchi sub’ekdar va operatsiyalar ko’lamiga bo’lgan cheklovlar bekor qilinishi lozim. buni, Markaziy bank va tijorat banklari valyuta resurslari yordamida valyuta ayirboshlash shahobchalari orqali jismoniy shaxslarning naqd valyutaga bo’lgan talabini qondirish va ushbu orqali naqdli valyuta kursini nazorat qilish va muvofiqlashtirish. Valyuta birjasida bo’ladigan savdo sessiyalarida xorijiy valyutaga bo’lgan talab va taklif tendensiyalarini hisobga olgan holda valyuta zahiralari hisobiga interventsiya instrumentidan foydalangan holda davlatning iqtisodiy siyosatiga muvofiq valyuta kursiga ta’sir etish va uni muvofiqlashtirish jarayonlarini o’z nazoratiga olish. 3. Naqd valyuta muomalasi, ya’ni valyuta ayirboshlash shahobchalari operatsiyalarini soddalashtirish va ko’lamini kengaytirish uchun shahobchalarning sotuv va sotib oluv opreatsiyalariga mavjud barcha cheklovlar va sotuvchi hamda sotib oluvchilarni maxsus ro’yxatga olish tartibini bekor qilish zarur. Bundan tashqari, valyuta shahobchalari nafaqat valyutalarni oldi-sottisi, balki muomala uchun yaroqsiz bo’lib qolgan kupyuralarni yaroqlilariga almashtirish operatsiyalari bilan shuQullanishi lozimligini maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. 4.0’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralarini kengaytirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rivojlantirish va ularni xorijiy valyutada tushumlar olishini yanada kengaytirishga manfaatdorligini kuchaytish maqsadida ushbu valyuta tushumlaridan tovar turlariga muvofiq amalga oshiriladigan majburiy sotuv me’qrlarini pasaytirish zarur. 5.Shu bilan birgalikda, respublikaga xorijiy investitsiyalarni keng ko’lamda jalb etish, respublika milliy iqtisodini ko’tarish va qo’shma korxonalar barpo etilishini jadallashtirish maqsadida mamlakatimiz hududlarida tadbirkorlikning erkin iqtisodiy hududlarini tashkil etish lozim. 6. Milliy valyuta “so’m”ni xorijiy valyutalarga erkin ayirboshlanish muammosini xal etish uchun, valyuta munosabatlari va operatsiyalari borasida hukumatimiz tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalangan erkinlashtirish jarayonlarini amalga oshirilishi natijasida 2003 yilning oxiriga barcha valyuta cheklovlarini bekor qilinishiga erishish kerak. O’z navbatida ushbu muammoni 4 xal etib borilishi bilan mamlakatda valyuta operatsiyalarining turlari va bozorlarini rivoji uchun yanada kengroq sharoit tug’iladi. 7. Respublika makroiqtisodiy muammolaridan biri bo’lmish tashqi savdo balansi holatini yaxshilash uchun eksport faoliyati mavjud yoki ichki bozor uchun eksport mahsuloti o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqaruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, faoliyatning ushbu turlarini yanada rivojlantirishga raq’badantiruvchi imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish lozim. Zikr etilgan imtiyozlar soliqlardan va valyuta tushumidan amalga oshiriladigan majburiy sotuvni butunlay bekor qilinishidan iborat bo’lishi mumkin. 8. Yuqorida bayon etilganlardan tashqari pul-kredit munosabadarining zamonaviy infrato’zilmasi rivoji uchun sharoitlar yaratib berish lozim (mustaqil bank Tashkilotlari, dilerlik idoralari, qimmatli qoq’ozlarning ikkilamchi bozori va boshqalar). 9. Tashqi iqtisodiy va moliyaviy faoliyatga bo’lgan davlat sirini bekor qilish, to’lov va savdo balanslari, oltin-valyuta zaxiralari to’g’risidagi yillik maulumotlarni va xalqaro standartlarga muvofiq boshqa maulumotlarni matbuotda chop etish. 10. Valyuta tavakkalchiliklarini bartaraf etish yoki ularni samarali boshqarish, risklarni kamaytirish uchun tijorat banklarida muddatli valyuta operatsiyalari turlarini (forvard, fuyuchers, optsion) rivojlantirish zarur. Download 256.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling