Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori
MILLIY VALYUTA BOZORINING ASOSIY SEGMENTLARI
Download 256.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA BIRJASI (O’RVB)
- BIRJADAN TASHQARI VALYUTA BOZORI
1.2.
MILLIY VALYUTA BOZORINING ASOSIY SEGMENTLARI Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining milliy valyuta bozori quyidagi segmendardan iborat: BANKLARARO BIRJA VALYUTA BOZORI - asosan O’zbekiston Respublika Valyuta Birjasidan iborat bo’lib, ushbu birja paydo bo’lishidan boshlab, to xozirgi kungacha O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorining asosiy va yirik segmenti bo’lib kelmoqda. Birja valyuta bozorining O’zbekiston valyuta muomalasi tarkibiy tuzilishdagi o’ziga xos o’rni, valyuta operatsiyalarini asosiy xajmini ushbu birjada amalga oshishidadir. 1994 yilni 15 oktyabridan boshlab, so’m uchun rasmiy almashuv kursini aniqlash maqsadida, valyuta birjasida xaftada bir marotaba savdo amalga oshiriladigan bo’ldi. So’mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan rasmiy almashuv kurslari so’mning AQSH dollariga nisbatan rasmiy almashuv kurslari va ushbu valyutalarning xalqaro valyuta bozorlaridagi AQSH dollariga nisbatan joriy kross-kurslari orqali xisoblanadi. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA BIRJASI (O’RVB) quyidagi turdagi operatsiyalarni amalga oshiradi: -savdolarni tashkil etadi va savdo ishtirokchilari bilan xorijiy valyutani oldi- sottisi bo’yicha bitimlarni to’zadi; -O’RVB tuzilgan bitimlar bo’yicha xorijiy valyuta va so’mlardagi banklar aro hisob-kitoblarni tashkil etadi; 5 -birjada, O’zbekiston Respublikasi xududida asosiy rasmiy almashuv kursi bo’lmish, milliy valyuta «so’m»ning kursi shakllanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov diplomatik korpus boshliqlari, xalqaro tashkilodarning vakillari va O’zbekistonda akkreditatsiya qilingan jurnalistlar bilan uchrashuvda (1996 yil dekabr oyining oxiri) ta’kidlaganlaridek O’zbekiston valyuta bozori rivojianishining istiqboli birjadan tashqari banklararo valyuta bozorini shakllanishi bilan bog’liq. Shu sababli, valyuta bozoridagi muhim tuzilmaviy o’zgarishlardan birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar hajmi o’sishini xisoblash mumkin. Valyuta birjasi, valyuta bozorini shakllanishi va rivojlanishidagi o’z rolini bajarganidan so’ng, vaqti kelib o’zining etakchilik ahamiyatini yo’qotadi. O’zbekiston Respublikasining BIRJADAN TASHQARI VALYUTA BOZORI O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan 1997 yil 1 yanvaridan boshlab, markazlashmagan eksport bo’yicha olingan valyuta tushumining 30 foizlik majburiy sotuvi markazlashtirilgan xolda emas, balki birjadan tashqari bozorda majburiy sotuvga qo’yilishidan boshlab o’z rivojini topdi. Bunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zaxiralari, majburiy tarzda valyuta tushumining bir qismini majburiy sotuv sifatida ajratilishi hisobiga emas, balki uning valyuta bozoridagi operatsiyalari evaziga shakllanadigan bo’ldi. Banklararo savdo sessiyalarida Markaziy bank va vakolatli banklar ishtirok etadi. Ayni paytda bunday savdo sessiyalari har kuni o’tkazilmoqda. Vakoladi banklar o’z mijozlari tomonidan xorijiy valyutani harid qilish va sotish bo’yicha taqdim etilgan buyurtmalar asosida ana shu savdo sessiyalarida qatnashadilar. Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida vakolatli banklar zimmasiga bir qator majburiyadar yuklatildi. Sababi - ular bunday bozorning asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Vakolatli banklar korxona va tashkilotlar bilan bevosita ish olib borib, ular nomidan banklararo savdo sessiyalarida ishtirok etibgina qolmasdan, balki mijozlar tomonidan konvertatsiyaga taqdim etilgan buyurtmalarning to’g’riligi, harid qilingan valyutaning o’z vaqtida va samarali ishlatilishi hamda boshqa talablarning bajarilishini ham nazorat qiladi. Birjadan tashqari valyuta bozorini rivoji uchun yana bir qator chora-tadbirlar ko’rilgan, masalan vakolatli tijorat banklariga investitsiya loyihalariga xorijiy valyutada ssudalar berishga ruxsat etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 1 iyuldagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasidagi chora- tadbirlar to’g’risida”gi farmoniga muvofiq vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutani oldi- sottisi paytida kurs almashuvining yangi tartibi o’rnatilgan edi. Birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirganda vakolatli banklar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chegaraviy parametrlar doirasida, xorijiy valyutaga bo’lgan talab va taklif nisbatidan kelib chiqqan xolda valyutaning sotib olish va sotish kursini belgilaydilar. Vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyuta sotilgan paytda rasmiy almashuv kursiga bo’lgan 12 foizli marjaning olinishi bekor qilindi. Markazlashmagan eksport bo’yicha valyuta tushumining birjadan tashqari bozorda majburiy sotuvning foiz miqdori 30-dan 50 foizgacha oshirildi. Bu albatta birjadan tashqari valyuta bozorini 6 raq’badantiradi. Biroq, boshqa tarafdan eksport tushumidan qilinadigan majburiy sotuvni amalga oshirishda malum bir kamchilik vujudga kelmoqda. Ushbu kamchilikning mohiyati shundaki majburiy sotuv rejasini bajaraqtgan korxona, Tashkilodar qiyin axvolga tushib qolmoqda. Chunki, majburiy sotuvning amalga oshirilishi kerak bo’lgan summasi oldindan belgilanib qo’yilmoqda hamda majburiy sotuv bo’yicha ushbu rejani belgilanib, uning bajarilishini talab etilishi bozor tomoyillariga mutlaqo zid deb o’ylaymiz. Modomiki, bozor o’z talab va taklif mexanizmiga ega bo’lib, ushbu talab va taklif u yoki bu tarafga keskin o’zgarishi mumkin. Xozirgi kunda Hukumat va Markaziy bank tomonidan birjadan tashqari valyuta bozorini erkinlashtirish va rivojlantirish borasida izchil siyosat amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari endi xorijiy valyutaga bo’lgan talab va taklif nisbati, banklar va mijozlarning o’zaro manfaatidan kelib chiqqan xolda, mustaqil ravishda, almashuv kurslarini belgilay oladilar. Download 256.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling