Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori


 MILLIY VALYUTA BOZORIDAISLOHOTLAR VA O’ZGARISHLAR


Download 256.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana02.05.2023
Hajmi256.08 Kb.
#1423316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx

1.4. MILLIY VALYUTA BOZORIDAISLOHOTLAR VA O’ZGARISHLAR
Markaziy bank 2003 yil avgust oyida XVF bilan kelishuvning 8 moddasining
2(a) va 3 bo’limlari talablariga javob beruvchi nosavdo tusdagi to’lov va pul
o’tkazmalarini amalga oshirish bilan bog’liq me’yoriy akdarni ishlab chiqdi.
O’zbekiston Respublikasi tomonidan XVF bilan kelishuvning 8 moddasini 2(a), 3 va 4
bandlariga muvofiq, rasmiy asosda majburiyadarni qabul qilinishi paytiga naqdli
valyuta bozorida ayirboshlash shahobchalari orqali valyuta sotilishining eng katta
hajmiga va chorakda bir sotilishiga bo’lgan cheklovlar bekor qilinadi. Bir vaqtning
o’zida norezident-jismoniy shaxslar tomonidan, avval so’mlarga almashtirilgan xorijiy
valyuta hajmida, xorijiy valyutani sotib olinishiga bo’lgan valyuta cheklovlari, ularning
xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyalashuviga qarama-qarshi bo’lmagan
zailda, o’zgartiriladi.
Respublika valyuta birjasi 1992 yilda yopiq aktsiyadorlik tashkiloti shaklida
tashkil etilgan. Uning asosiy ta’sischilari TIF Milliy banki, aktsiyadorlik tijorat
Sanoatqurilish banki, aktsiyadorlik tijorat Paxta Bank va shu kabi boshqa yirik tijorat
banklar bo’ldi.
Naqdsiz chet el valyutasi bilan operatsiyalarni O’zbekiston Respublikasi Valyuta
birjasining (O’zRVB) a’zosi bo’lgan va savdo sessiyalarida ishtirok etuvchi 27 ta
tijorat banki amalga oshiradi. O’zRVB sotish hajmida asosan, sotib olinayotgan chet el
1
1


valyutasining miqdori tijorat banklarining import miqdoriga, xizmat ko’rsatilayotgan
tashqi qarz hajmiga, foydaning chiqib ketishiga, chet el investorlari dividendlariga
bog’liq.
Birjadan tashqari bozor O’zbekistonda faqatgina 1997 yildan o’z rivojini topdi.
Hozirgi kundagi valyuta bozoridagi xolat respublika moliya bozorining
konyunkturasiga katta ta’sir ko’rsatadi.
2000-2002 yillarda valyuta rejimida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. 2001 yil 1
noyabrdan boshlab, rasmiy va birjadan tashqari almashinuv kurslari birxillashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyunda “Valyuta
bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 263 raqamli qarori qabul
qildi. Ushbu qarorga asosan, 2001 yil 1 iyuldan boshlab:
-erkin muomaladagi valyutada Birlashtirilgan barqarorlik jamq’armasini to’zish
belgilandi;
-mikrofirmalar, kichik va o’rta korxonalarni o’zi ishlab chiqargan tovar
eksportidan tushgan valyuta tushumlarini majburiy sotishdan ozod etish ko’zda tutildi;
-chet el kompaniya va firmalariga kafolatlangan hajmlarda yuqori likvid
mahsulodarni erkin muomaladagi valyutaga auktsion shartlari asosida sotib olish
huquqi berildi;
-eksport qiluvchilar tomonidan valyuta tushumlarining 50 foizini majburiy
sotilishini, jihozlar, xom-ashq va materiallar importini, yangidan jalb qilinuvchi chet el
kreditlari bo’yicha xizmat ko’rsatishni, daromadlarni olib chiqib ketishni, dividendlar
va chet el investorlarining boshqa daromadlarini, xizmat safari harajatlarini birjadan
tashqari valyuta bozorida talab va taklif asosida shakllanuvchi erkin kursga o’tkazish
belgilandi;
-chet el valyutasini birjadan tashqari bozorning erkin kursida sotib oluvchi
korxonalarni erkin muomaladagi valyutani sotib olinganda to’lanadigan 5 foizlik
to’lovdan ozod etish joriy etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2001 yil 25 oktyabrda
«Ichki valyuta bozoridagi ayirboshlash kurslarini birxillashtirishga doir chora-tadbirlar
to’g’risida»gi qarorining qabul qilinishi kurslarni birxillashtirishga doir amaliy
vazifalarni hal qilishga qaratilgan eng muhim chora-tadbirlardan hisoblanadi. Hujjat
talablariga binoan, 2001 yilning 1 noyabridan boshlab avval Markaziy bank kursi
bo’yicha o’tkaziladigan barcha operatsiyalar talab va taklif asosida shakllanadigan
erkin kurs bilan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda, valyuta operatsiyalari
bo’yicha buxgalteriya hisobi va statistik hisobodar birjadan tashqari valyuta bozoridagi
ayirboshlash kursi, pul massasini dinamikasi va inflyatsiya darajasini xisobga olgan
holda belgilanadigan Markaziy bank kursi bo’yicha yuritilmoqda.
2002 yil 27 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston
Respublikasi xududida naqd chet el valyutasi muomalasini tartibga solish bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni qabul qilinib, unga asosan 2002 yil
1 iyuldan boshlab, O’zbekiston Respublikasi xududida yuridik va jismoniy shaxslar-
rezident va norezidendar tomonidan barcha turdagi tovar, ish va xizmadarni
to’lanishiga, hisob-kitob va to’lovlarni naqd chet el valyutasida amalga oshirilishi
taqiqlab qo’yildi.
2002 yilni 1 oktyabridan ijtimoiy ahamiyatga ega xalq iste’moli tovarlari va
dori-darmonlarni import qiluvchi korxona va Tashkilodar uchun vakolatli banklar
tomonidan birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani harid qilishga doir
1
2


choraklik limidar bekor qilindi.
Shu bilan birgalikda, 2002 yilda valyuta bozorini erkinlashtirish bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, tashqi iqtisodiy aloqalar
agendigida import kontrakdarini ro’yxatga olish tartibi bekor kilindi. Xo’jalik
yurituvchi sub’ekdar tomonidan berilgan xorijiy valyutani sotib olishga doir
buyurtmalarni ko’rib chiqish va ular bo’yicha xulosa tayqrlash xuquqi bevosita
vakolatli banklarga berildi.
11
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 30 iyundagi
“Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashinuvi operatsiyalarini
kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan etarli mablag’larga ega bo’lgan
vakolatli banklarga respublika xududida chet el valyutasini maxsus almashinuv
punkdari orqali sotish va sotib olish operatsiyalarini o’tkazish xuquqi berildi.
Hozirgi kunda ichki valyuta bozorida asosiy rasmiy almashinuv kursi
quyidagilardir: a)O’zRVB savdo sessiyalarining o’rtacha kursi asosida aniqlangan
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining almashinuv kursi, u buxgalteriya hisobi,
statistik va boshqa hisobodarda hamda bojxona to’lovlarini hisoblashda qo’llaniladi;
b)chet el valyutasi naqd operatsiyalari uchun almashinuv shahobchalari tijorat kursi, u
vakoladi banklar bilan birgalikda aniqlanadi.
2000 yil 1 iyulda almashinuv shahobchalarning kursi 62%ga devalvatsiyalangan
va keyinchalik 2001 va 2002 yillarda asta-sekinlik bilan pasaydi. 2002 yilda
almashinuv shahobchalarning kursi va parallel almashinuv kurs orasidagi farq sezilarli
pasaydi.
Shu bilan birgalikda, respublika valyuta bozorida quyidagi sifat o’zgarishlari
ko’zga tashlanmoqda:
-ichki valyuta aylanma va tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtiruvchi
me’qriy akdarni qabul qilinishi tufayli valyuta bozori jahon standardari va andozalariga
mos shaklga ega bo’lib bormoqda;
-bozor ishtirokchilari orasida raqobat muhiti aktivlashganligi sababli valyuta
bozori mustaqil rivojlanishining mexanizmi shakllanib bormoqda;
-valyuta kursi dinamikasini muvofiqlashtirish shaklida valyuta bozori
operatsiyalarida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining aktiv ishtiroki tufayli
ushbu kursga tasodifiy va odindan bilib bo’lmaydigan omillar ta’siri kamayib
bormoqda;
-O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi valyuta muomalasini
yanada rivojlanishi va likvidligini oshishini talab etadi.
Valyuta bozorining asosiy ishtirokchilari bo’lib vakoladi tijorat banklari
xisoblanadi va ular quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradilar:
-bankning o’z mablag’lari va xizmat ko’rsatilaqtgan mijozlar mablag’lari
xisobiga xorijiy valyutani oldi-sottisi;
-tovarlar va xizmatiar eksporti hamda turli notavar ko’rinishidagi bitimlarni
amalga oshishi bilan boq’liq xorijiy valyutadagi hisob-kitoblar;
-respublikaning boshqa vakoladi va xorijiy banklari bilan vakillik
munosabatiarini o’rnatish;
-passiv va aktiv valyuta operatsiyalari - xalqaro valyuta bozoridagi konversion
va depozit operatsiyalar;
-aholi uchun so’mlarni xorijiy valyutalarga va xorijiy valyutalarni so’mlarga
11 «Bozor, Pul va Kredit» jurnali 2003 yil 4-son, 9 bet.
1
3


ayirboshlash;
-xorijiy valyutadagi cheklar va boshqa qimmatli qoq’ozlar bilan operatsiyalar.
Mamlakatning valyuta bozorining rivojlanganlik ko’rsatkichi bo’lmish valyuta
operatsiyalarining hajmini va sonini ko’paytirishning to’g’ridan to’g’ri yo’li bu
banklarning va mijozlarning valyuta resurslarini kengaytirish hamda iqtisodiqtning real
sektoridagi valyuta tushumlarini ko’paytirish va uning eksport potentsialini orttirishdir.
Bu erda biz shuningdek valyuta bozori va iqtisodiqtning real sektori o’rtasida
chambarchas boq’liqlikni ko’ra olamiz.
Ixtiqriy mamlakatning bozor o’lchovi birinchi navbatda davlatning YAIM (yalpi
ichki mahsulot) xajmi qki uning o’sishi bilan belgilanadi. YAIM o’sishi umum
iqtisodiqtning yaxshi xolati haqida, ishlab chiqarishning o’sishi, xorijiy
investitsiyalarning oqib kelishi va eksport salohiyatini o’sishi haqida dalolat beradi.
2002 yilda yukorida ta’kidlanganidek, iqtisodiqtning barcha sohalarida yaxshi
va dinamik o’sish ko’zatildi. Sanoat, qishloq xo’jalik mahsulodari, iste’mol tovarlari
ishlab chiqarish o’sdi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy tarkibiy to’zilmaning
keskinlashuviga barham berilganligidan va barqaror iqtisodiy o’sishga asos
yaratilganligidan dalolat beradi. «Moliyaviy vositalar etishmovchiligi shart sharoitida
qisqa muddat ichida iqtisodiy o’sishni ta’miniash (ushbu muammo barcha o’tish
iqtisodiqti davladariga tegishlidir) moliyaviy vositalardan shuningdek valyuta
zaxiralaridan ratsional foydalanmasdan erishib bo’lmas edi».
12
O’zbekistonda so’m mablag’larini erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya
qilish tizimi birinchi navbatda xalq iste’moli mahsulodari va eksportbop tovarlarni
ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi, iqtisodiqtning asosiy va etakchi ob’ektlarin
realizatsiya qilish bilan boq’liq, xorijiy investorlarning foydasining bir qismi va
dividendlarini repatriatsiyasi bilan shug’ullanuvchi korxonalarning (xorijiy kapital
ishtirokidagi korxonalar ham shular jumlasidan) ehtiqjini qondirishga yo’naltirilgan.
1994-2000 yillar davomida ishlab chiqarish korxonalari tomonidan xorijiy
texnologiyalarni, xom ashq va butlovchi qismlarni sotib olish maqsadida jami 4 mlrd.
AQ’SH dollari konvertatsiya qilingan. Bu esa o’z navbatida yoqilq’i va energetika
kompleksi, oltin qazib chiqarish va avtomobil ishlab chiqarish, samalqtsozlik, qurilish
mollarini ishlab chiqarish va iqtisodiqtning boshqa muhim yo’nalishlarida yirik
investitsiya dasturlarini amalga oshirishga imkoniyat yaratib berdi va bu mamlakat
eksport salohiyatini oshishiga olib keldi.
Iqtisodiqtning ustuvor yo’nalishlari uchun amalga oshirilgan konvertatsiya
natijasi to’g’risida quyidagilarni misol sifatida keltirsa bo’ladi. Agar 1990 yilda
Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston o’rtasida to’zilgan hukumatlararo kelishuvga
asosan jami 1 mln. AQSH dollarlik 600 ming tonna paxta tolasi evaziga neft va neft
mahsulodari hamda boshqa energetik ashqlar sotib olingan bo’lsa, Buxorodagi neftni
qayta ishlash zavodi va boshqa ob’ektiarni ishga tushirilishi ushbu mahsulotiarni
import qilishga chek qo’ydi va ularni eksportidan tushadigan valyuta tushumlarini
oshishiga olib keldi.
Ichki valyuta bozorini rivojlanishi va barqaror faoliyat ko’rsatishi, mamlakat
iqtisodi va moliyaviy sektorning rivojlanishi, milliy valyuta erkin ayirboshlanishiga
bevosita boQliq. Valyuta munosabatiari borasida erkinlashtrish jarayonlarini
chuqurlashtirish, valyuta cheklovlarini bekor qilish, milliy valyuta erkin
12 F. Mullajanov «Mustaqil O’zbekiston bank tizimining asosiy maq'sadlari» Bozor, Pul, Kredit.
N»8/02.
1
4


ayirboshlanishiga erishish uchun hukumatimiz tomonidan shart-sharoitiar yaratilib
borilmoqda.
Respublika hukumati va Markaziy banki ko’rayotgan tadbirlarning asosiy
mazmuni va mohiyati, shu yilning oxiriga qadar Xalqaro Valyuta Fondi Bitimlari
moddalarining sakkizinchi moddasi bo’yicha majburiyadar qabul qilish uchun
mustahkam qonuniy negizni bunyod etishga va valyutani tartibga solish bo’yicha
qonun hujjadarini yuqorida tilga olingan Modda talablariga muvofiqlashtirishga
qaratilgandir.
Xalqaro Valyuta Fondi Bitimlari Moddalari sakkizinchi moddasining talablari
mohiyati shundan iboratki, mazkur Fond a’zosi bo’lgan har bir davlat joriy xalqaro
operatsiyalar bo’yicha o’z milliy valyutasining erkin konvertatsiyasini hamda
ayirboshlash kurslarining unifikatsiyasini (birxillashuvi) ta’minlashi lozim.
Shu munosabat bilan ta’kidlash lozimki, hozir 200 dan ko’proq davlat Xalqaro
Valyuta Fondining a’zosidir va shulardan faqatgina 150 davlat Xalqaro Valyuta Fondi
Bitimi sakkizinchi moddasi yuzasidan o’z zimmalariga majburiyadar olishgan.
O’tgan davr mobaynida davlatimiz milliy valyutasi “so’m”ning joriy xalqaro
operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyasini ta’miniash uchun bosqichma-bosqich barcha
zarur sharoidar yaratildi. Xususan, 2002 yilda O’zbekiston hukumati bilan Xalqaro
Valyuta Fondi o’rtasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini isloh etishni, shu jumladan
valyuta bozorini erkinlashtirishni nazarda tutadigan iqtisodiy va moliyaviy siyosat
masalalari bo’yicha Memorandum imzolandi. Ko’rilgan chora- tadbirlar natijasida
mazkur Memorandumda ko’zda tutilgan barcha shardar bajarildi.
Ana shu yo’nalishdagi chora-tadbirlarning amaldagi davomi sifatida
O’zbekiston Respublikasi hukumati va Markaziy banki “Joriy xalqaro operatsiyalar
bo’yicha milliy valyuta konvertatsiyasini ta’minlash yo’zasidan harakat rejasi”ni ishlab
chiqib, Xalqaro Valyuta Fondi rahbariyatiga taqdim etishdi.
Ta’kidlash joizki, Xalqaro Valyuta Fondi rahbariyati O’zbekiston hukumatining
joriy xalqaro operatsiyalarni o’tkazishda valyuta bozorini batamom erkinlashtirish
to’g’risidagi qaroriga yuqori baxo berdi va mazkur Tashkilot O’zbekistonga tegishli
yordam berish yo’zasidan barcha ishlarni qilishga tayyorligini izhor etdi.
Joriy valyuta operatsiyalar bo’yicha milliy valyuta konvertatsiyasini ta’minlash
yo’zasidan harakat rejasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
-ichki valyuta bozorida almashtirish kurslarini unifikatsiyalash;
-korxonalar va Tashkilotiar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini
yanada ham soddalashtirish;
-naqd chet el valyutasini sotish va harid qilishda axoliga qulayliklar yaratish;
-tashqi iqtisodiy aloqaga oid operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha amaldagi tartibni
yanada soddalashtirish.
Hukumat va Markaziy bank harakat rejasiga muvofiq quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirdilar. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 2003 yil 11 iyunidagi “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va
ayirboshlash kurslarini unifikatsiyalash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 260-sonli
Qaroriga muvofiq birjadan tashqari valyuta bozorida almashtirish kurslari unifikatsiya
qilindi. Shunday qilib, naqd va naqdsiz valyuta bozorida chet el valyutasini harid qilish
va sotish operatsiyalari yagona kurs bo’yicha amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 16 iyulida “O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining ba’zi Farmonlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi
1
5


PF-3276 sonli Farmoni va Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 16 iyulidagi “Ichki
valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 317-sonli Qarori
qabul qilindi.
Ana shu qonunchilik hujjatlariga muvofiq, byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzi
bo’lgan, shuningdek majburiyadardan xoli chet el valyutasidagi mablag’lari bo’lgan
xo’jalik yurituvchi sub’ekdarning so’mdagi mablag’larini ichki valyuta bozorida
konvertatsiyalashga doir cheklovlar bekor qilindi.
Avans to’lovlari miqdori xususidagi cheklovlar, amalga oshirilaqtgan avans
to’lovi summasiga chet el bankining kafolatini taqdim etish to’g’risidagi talab hamda
mijozning aloxida blok hisobvaraQida so’m mablag’larini zaxirada ushlab turish (bu
mablag’ning miqdori import qilinaqtgan tovar kelib tushishiga qadar amalga
oshirilaqtgan avans to’lovi summasiga barobar bo’lishi kerak) to’g’risidagi talab bekor
qilindi. Shuni ta’kidlash zarurki, o’tkazilgan avans to’lovi summasiga barobar bo’lgan
so’mdagi mablag’larni oldindan zaxirada ushlab turish to’g’risidagi talabning bekor
qilinishi xo’jalik yurituvchi sub’ekdarni xo’jalik faoliyatini yuritish uchun zarur
bo’lgan pul mablag’larini “mo’zlatib” qo’yish va muomaladan chiqarish kabi
cheklovchi majburiyadardan xoli qiladi.
Shuningdek, xom ashq, materiallar va uskunani sotish yo’zasidan savdo-
vositachilik faoliyatini amalga oshiraqtgan korxonalar va Tashkilotiarga chet el
valyutasini hand qilish va sotishda ichki valyuta bozori operatsiyalarida qatnashishga
ruxsat berildi.
Shuni ta’kidlash o’rinliki, yuqorida tilga olingan qaror chiqishidan ilgari moddiy
texnika resurslari importini amalga oshiraqtgan ishlab chiqarish korxonalari va
vazirliklar hamda idoralarni markazlashtirilgan yo’sinda moddiy- texnika ta’minoti
bilan shug’ullanaqtgan korxonalarga, shuningdek, iste’mol tovarlari va dori-darmon
import qilaqtgan vositachilik korxonalarigagina birjadan tashqari valyuta bozorining
eshiklari ochib qo’yilgan edi.
Bugun esa, vakil banklarda hisobvaraqlar ochgan, import kontraktlari to’zib,
ularni belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazgan barcha yuridik shaxslarga amalda
so’m mablag’larini konvertatsiya qilish imkoniyati bor.
Naqd chet el valyutasi bozori va undagi operatsiyalarni rivojlantirish bo’yicha,
yuqoridagiga singari, erkinlashtirish tadbirlari amalga oshirildi. Xususan, valyuta
ayirboshlash shaxobchalari soni bir necha barobar ko’paydi. Xozirgi kunda 1200 yaqin
shahobcha ishlab turibdi. Naqd xorijiy valyutani sotib olish tartibi ham ancha
soddalashdi. Jismoniy shaxsga sotilayotgan naqd xorijiy valyuta hajmi bir necha
barobar ko’paydi. Masalan shu yilning 1 avgustidan boshlab O’zbekiston Respublikasi
rezidenti bo’lgan jismoniy shaxs ikki oyda bir marta 2 ming AQSH dollari miqdorida
naqd chet el valyutasini sotib olishi mumkin. Ilgari naqd
1
6


valyutaning shuncha miqdorini har chorakda bir marta sotib olish mumkin bo’lur edi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 28 iyulidagi PF-3284 sonli Farmoniga
muvofiq 1 avgustdan boshlab, rezidendarga 2 ming AQSH dollariga teng bo’lgan chet el
valyutasini respublikadan tashqariga erkin olib chiqib ketishga ruxsat berildi.
Yuqorida nomi tilga olingan harakat rejasining ikkinchi bosqichida quyidagi chora-
tadbirlarni ko’rish mo’ljallanmoqda. Xususan, bir qancha muhim masalalar yo’zasidan hukumat
qarorlarini qabul qilish mo’ljallangan. Bular orasida quyidagilar bor:
-chet el valyutasini sotib olish bobida biror-bir qiyinchilik paydo bo’lishining oldini
olish uchun shu yil sentyabr oyi oxiriga qadar, import kontraktlarini barvaqt ro’yxatdan
o’tkazish o’rniga bojxona monitoringi tizimi joriy jtiladi.
Buning mohiyati shundaki, tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida xo’jalik hisobi asosida
faoliyat yuritayotgan xo’jalik sub’ektlari uchun import kontraktini oldindan ro’yxatdan
o’tkazish to’g’risidagi talab bekor qilinadi. Shuningdek, yashirin yo’l bilan olingan foyda va
sarmoyani q’ayriqonuniy tarzda olib chiqib ketish ustidan monitoringni amalga oshirish
yo’zasidan chora-tadbirlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, “Valyutani tartibga solish
to’g’risida”gi Qonun loyixasining yangi tahriri tayyorlanmoqda. Ana shu yangi qonunda
O’zbekistondagi valyutani tartibga solish tizimi Xalqaro Valyuta Fondining Bitimlari,
Moddalarida ko’zda tutilgan majburiyadarga muvofiqlashtiriladi.
Umuman, ko’rilayotgan chora-tadbirlardan quyidagi natijalar kutilmoqda: -ichki valyuta
bozorida qatnashayotgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga teng shart-sharoidar yaratiladi.
Ishlab chiqarish bilan mashq’ul bo’lgan korxonalarning faolligi ortadi;
-valyuta bozorini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar eksport
hajmining o’sishiga olib keladi;
-axolining naqd chet el valyutasiga ehtiyoji qondiriladi;
-xalqaro moliya muassasalarining mamlakatimizga qiziqishi ortadi, bu esa ana shu
Tashkilodar tomonidan ko’rsatilayotgan moliyaviy yordamning jadallashuviga olib kelishi
mumkin.
1
7



Download 256.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling