Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori
Real samarali ayirboshlash kursi
Download 256.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4.3. HM3Ma. CyMHMHr pean cawapann aiikipSoiunaiu Kypcw (oeKa6p 1994 =100) MaH6a: International Financial Statistics (IFS). IMF;
Real samarali ayirboshlash kursi. 2005 yilning 1-yarim yillik yakunlariga
ko’ra so’mning real samarali ayirboshlash kursi 0,6%ga o’sdi. Bunday o’sishga so’mning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash kursining nisbatan sekin devalivastiyalashuvi, shuningdek, O’zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari valyutalariga nisbatan so’mning nominal kursining mustahkamlanishi sabab bo’ldi. Bu mahalliy mahsulodarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligining mustahkamlanganligidan hamda O’zbekiston milliy valyutasi - so’mni xarid quvvatining mustahkamlanganligidan dalolat beradi. Oldingi yillardagi kabi - Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Turkiya, Ukraina va Qozog’iston O’zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari hisoblanadi.____________________ So’mning real samarali ayirboshlash kursi(dekabr 1994=100) 1.4.3. HM3Ma. CyMHMHr pean cawapann aiikipSoiunaiu Kypcw (oeKa6p 1994 =100) MaH6a: International Financial Statistics (IFS). IMF; «E>aHKOBCKMe BeflOMocin» ra3eTacn, Myannn Manba: International Financial Statistics (IFS), IMF;«Bank axborotnomasi» gazetasi,mualliflar _______________________________________hisob-kitoblari______________________________________ Valyuta bozorining barqaror faoliyat yuritishi hamda so’mning AQSh dollariga nisbatan juda sekin devalvastiyalashuvi tovar va xizmadar eksporti xajmining o’sishiga ma’lum ma’noda ta’sir qildi, natijada savdo balansining ijobiy saldosini ta’minlandi, shuningdek, mamlakat oltin valyuta zahiralari ko’paydi. Bu esa o’z navbatida, tashqi qaramlikni kamaytirishga hamda mamlakat ichkarisida valyutani tartibga solish va pul muomalasini barqarorlashtirishga sharoit yaratib XULOSA Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda zarur shart-sharoit mavjud emas edi. O’tgan o’n to’rt yil davomida esa aynan shu shart- sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Jahon tajribasidan malumki, ko’pgina mamlakatlar bozor munosabadari ma’lum darajada shakllanib, iqtisodiyotning rivojlanishi muayyan bosqichga etganidagina milliy valyuta konvertatsiyasiga erishishgan. Ushbu davlatlarda amalga oshirilgan barcha islohotlar asosida, shu jumladan, tashqi iqtisodiy aloqalarda ham o’z mamlakati manfaatlari ko’zda tutilgan. Agarda ulardagi islohotlar jarayoni hamda XVF Nizomining 8-moddasini qabul qilish vaqtiga e’tibor qaratsak, ushbu fikrimiz yana bir bor o’z tasdig’ini topadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o’tkazilgan tahlillarga suyangan holda, O’zbekiston hukumati va Markaziy bank o’z imkoniyatlarimizni puxta chamalab, milliy valyuta konvertatsiyasiga boshichma-bosqich o’tish siyosatini olib bordi. Hukumatimiz tomonidan olib borilgan oqilona valyuta siyosati natijasida ko’plab investitsion loyihalar amalga oshirildi. Bu borada, ayniqsa, xorijiy kredit yo’nalishlarini o’zlashtirish asosida xususiy sektorda amalga oshirilayotgan loyihalarning o’rni salmoqli bo’lmoqda. Pirovardida mustaqillik yillarida respublikamizda meva va sabzavotni qayta ishlash, go’sht va sut maxsulotlari, sariyog’, pishloq, yogurt, qandolatchilik, non va non maxsulotlari, shuningdek, dori-darmon ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko’plab korxonalar tashkil etildi. O’zbekistonda XVF Nizomining 8-moddasini imzolash, ya’ni joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning erkin konvertatsiyasini joriy etish uchun real iqtisodiy asos yaratilganmi, degan savolga to’la ishonch bilan “xa” deb javob berish mumkin. Chunki hozirda, mamlakatimizda so’mning erkin ayirboshlanishiga o’tish jarayonining uzviyligini tauminlash hamda bu boradagi majburiyadarni samarali bajarish imkonini beruvchi mustahkam poydevor yaratildi. Respublikamizda islohodarning keyingi bosqichidagi vazifalarga mos ravishda valyuta siyosati ham takomillashtirib borilmoqda. Hozirgi bosqichda ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda milliy valyutamizning joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyasini joriy etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, valyuta siyosatini erkinlashtirish iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan tarmoqlarini raq’batlantirishda muhim turtki bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, iqtisodiyotning an’anaviy va yangi tarmoqlarida markazlashmagan eksport hajmining oshishiga, kichik va o’rta biznes korxonalarining tashqi bozordagi faoliyati jadallashuviga hamda xalqaro bozor konuyunkturasiga moslashib borishiga va oxir- oqibat ularning mamlakat YalMdagi salmog’ining ortishiga olib keladi. Shuningdek, valyuta bozorining erkinlashtirilishi banklarning moliyaviy vositachilik rolini oshirish, ularning depozit va investitsiya faoliyatini jadallashtirish, korxonalar o’rtasidagi to’lovlarni tezlashtirish hamda iqtisodiyotdagi o’zaro qarzdorlikni kamaytirishga ijobiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, so’mning almashuv kursini barqaror ravishda saqlab turilishi respublikamizning valyuta, pul va moliya bozorlarini mustaxkamlaydi, inflyatsion jarayonlarni hamda valyuta kursi bilan boq’liq xavf-xatarni kamaytiradi, xo’jalik yurituvchi subuektlarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini yuritish, soliqlar, bojxona hamda boshqa to’lovlarni amalga oshirish jarayonini engillashtiradi. Shuni ham alohida taukidlab o’tish joizki, valyuta rejimining erkinlashtirilishi nafaqat xo’jalik yurituvchi subuekdarga, balki aholi uchun ham xorijiy valyutalarga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishga keng imkoniyadar ochib beradi. Nihoyat milliy ishlab chiqaruvchilar, xususan, xalq istemoli mollari, oziq-ovqat va engil sanoat korxonalarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yangi 2 6 imkoniyadar yaratiladi. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan va xorijdan keltiriladigan xom - ashyo hamda ehtiyot qismlarni import qilish uchun valyuta mablag’larini erkin sotib olish imkoniyati yanada kengayadi. Bu esa ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqariladigan sifadi iste’mol mahsulodari bilan to’ldirishga olib keladi. Bir so’z bilan aytganda, valyuta rejimining erkinlashtirilishi O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimizdagi investitsion muhitni yaxshilash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish, iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish orqali iqtisodiyotimizga salmoqli ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonda valyuta siyosatining ta’sirchanligini oshirish borasida bir qator muammolar mavjud. Hozir ularni hal qilish dolrzarb masalalardan biridir. Mazkur muammolar hal qilinsa, valyuta siyosatini takomillashtirish va demakki, valyuta siyosati iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish va milliy valyuta qadrini oshirish uchun xizmat qilishiga zamin yaratiladi. 2 7 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling