Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori


Download 256.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana02.05.2023
Hajmi256.08 Kb.
#1423316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx

To’rtinchi muammo, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta
zaxiralarini shakllantirish bilan bog’liq. Ma’lumki, ushbu zaxirani to’latishning muhim
manbasi, bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tashqi iqtisodiy faoliyati natijasida olgan
xorijiy valyutadagi tushumdan majburiy sotuv shaklida to’laydigan to’lovidir. Ushbu
to’lovning xajmi esa bevosita xorijiy valyutadagi tushum xajmiga bog’liqdir. Demak,
respublikadagi xorijiy valyuta zaxiralarini to’latish va uning xajmini kengaytirish
uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning eksportga yo’naltirilgan faoliyatini
rivojlantirish va respublikaga xorijiy investitsiyalarni keng oqib kelishi, ularning
zaminida qo’shma korxonalar barpo etilishiga shart-sharoidar yaratib berish lozim.
Shunday sharoitlardan bin, bizning fikrimizcha, tadbirkorlikning erkin iqtisodiy
xududlari bo’lishi mumkin.
Beshinchi muammo, albatta yuqorida bayon etilgan barcha muammolar bilan
bevosita bog’liq bo’lgan milliy pul birligi “so’m”ni boshqa xorijiy valyutalarga erkin
ayirboshlanish muammosidir. Albatta, milliy valyutani erkin ayirboshlanish
muammosini xal etilishi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib
bergan bo’lur edi. Ammo, ushbu masalani bir zumda xal etib bo’lmaydi. Hukumatimiz
tomonidan valyuta cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi, ushbu
muammoni xal etishni yagona to’g’ri yo’li deb atasak ham bo’ladi. Shubhasiz, ichki
9


valyuta bozorini va iqtisodiyotning barcha tashqi aloqalarini rivojlanishiga milliy
valyutani konvertatsiya bo’lmasligi to’sqinlik qilmoqda. Iqtisodiqtni qayta qurishni
boshlang’ich davridan boshlab faoliyat ko’rsataqtgan mavjud mexanizm iqtisodiy
ko’rsatkichlar va mablag’lar harakatini bo’g’ilishi sababli ayni vaqtda oqsoqlanmoqda
va o’zida valyuta zaxiralarini qayta taqsimlashning bozor munosabatlariga to’g’ri
kelmaydigan ko’rinishini aks ettirmoqda. Lekin ushbu muammo ancha murakkab
bo’lib, iqtisodiy tizimning tarkibiy tuzilishni o’zgartirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni
kengaytirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator chora tadbirlarni amalga oshirishni talab
etadi. Joriy operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyaga bosqichma bosqich o’tish xo’jalik
sub’ektlari uchun teng sharoit yaratib berishi va eksporterlar manfaatini ko’zlashi zarur.
Ushbu muammoni kelgusida hal etishning yana bir vositasi bu respublikada banklararo
valyuta bozorini rivojlantirishdir va bu yo’nalish valyuta bozorini erkinlashtirishning
asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lib qoladi.

Download 256.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling