Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi


Gastrit paydo bo‘lishining endogen sabablari


Download 1.93 Mb.
bet11/14
Sana05.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1079588
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI

Gastrit paydo bo‘lishining endogen sabablari


Gastritga organizmda quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin:
Oshqozon-ichak kasalliklariga genetik moyillik;
Duodenal refleks;
Immun tizimi darajasida hujayralar himoya funktsiyasining kuchsizlanishi;
Gormonal buzilishlar;
Zararlangan organlardan xastalikning avtomatik ravishda qo‘shnilariga o‘tishi.
Duodenal refleks – o‘n ikki barmoqli ichakdan safroning oshqozonga noto‘g‘ri tushishidir. Oqibatda oshqozon devorlarining yallig‘lanishi sodir bo‘lib, oshqozon shirasi kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Dastlab mazkur patologiya oshqozon antral qismida sodir bo‘ladi va keyin organni butunlay zararlaydi.
Hujayralar himoya funktsiyasining kuchsizlanishi esa ularning normal faoliyati buzilganini ko‘rsatadi. Bular o‘z navbatida qator salbiy patologik jarayonlarga sabab bo‘lib, oshqozon shirasi pH-balansini o‘zgartiradi va uning devorlarini yallig‘laydi. Oqibatda ichki zaharlanish sodir bo‘lib, oshqozon o‘zi ishlab chiqargan shiraning sho‘rligiga salbiy reaksiya ko‘rsata boshlaydi.
Gastritga oshqozonning turli qatlamlaridagi yemirilishlar sabab bo‘ladi. Aksariyat holatlarda, kasallik deyarli sezilmasligi mumkin, ammo bemor taom iste’mol qilganidan so‘ng qorinda og‘irlik, qo‘qqisdan sodir bo‘ladigan sanchiqlar, ko‘ngil aynishi, ishtahaning yo‘qolishi, vazn tushib ketishi va shunga o‘xshash salbiy holatlardan shikoyat qiladi. Gastrit rivojlanishining barchaga taalluqli, yagona alomatlari yo‘q: ular paydo bo‘lishi va keyin yo‘qolishi, alomatlari va ularning qaytalanishi jarayoni kasallikning qay tarzda kechayotgani va qabul qilinayotgan dori vositalariga qarab o‘zgarib turadi.

Kasallikning o‘tkir shaklida quyidagi alomatlar kuzatiladi:
qorin sohasida og‘riq hissi: og‘riq to‘satdan paydo bo‘lib, o‘tib ketishi yoki aksincha, sezilar-sezilmas va davomiy bo‘lishi mumkin. Aksariyat holatlarda og‘riq ovqat tanavvul qilinganidan keyin paydo bo‘ladi: och qoringa taom eyilsa va ovqatlanib bo‘lgandan keyin qorinda noxushlik yanada ortadi.
ko‘ngil aynishi (doimiy yoki takrorlanuvchi, odatda ovqat iste’mol qilgandan keyin paydo bo‘ladi);
jig‘ildon qaynashi (qizio‘ngachda achishtiruvchi og‘riqli noxush holat);
kekirish (ovqatdan keyin yoki och qorinda ham; ba’zan og‘izda sho‘r hid hosil bo‘ladi);
o‘xtin-o‘xtin qayt qilish (avvaliga organizm oshqozondagi yegulik va ichkilikni qabul qilmasdan kishi qayt qilib tashlaydi, keyinchalik qayt massasiga yashil yoki sarg‘imtir tusda shilliq modda aralashadi);
ko‘p miqdorda so‘lak ajralishi (tanamiz ovqat hazm qilish jarayonining buzilishiga reaksiya biliradi); ba’zan og‘iz bo‘shlig‘i quriydi (bu qayt qilish natijasida organizmning suvsizlanishdan darak beruvchi omil hisoblanadi);
qabziyat yoki ichburug‘;
umumiy darmonsizlik, bosh aylanishi, boshog‘rig‘i, kuchli terlash, varaja, qon bosimining pasayishi, yurakning tez urib qolishi (taxikardiya).
Surunkali Xelikobakterioz normal, past yoki yuqori kislotaviylik bilan ham xarakterlanishi mumkin. Bular o‘z navbatida anatsid, giperatsid va gipoatsid gastrit deyiladi.
Kislotaviylik me’yorida yoki yuqori bo‘lsa, bemor og‘riq, jig‘ildon qaynashi va ovqatdan keyingi og‘irlikdan shikoyat qiladi. Aksariyat paytlarda defekatsiya muammolari uchraydi.
Surunkali gastrida yuqori kislotaviylik shuningdek, kekirganda og‘izda sho‘r ta’m sezilishi, ko‘ngil aynishi, och qolganda oshqozonda og‘riq va tunda noxushlik singari alomatlar bilan kechishi ham mumkin.
Aksincha, past kislotaviylik tilda noxush ta’m, ishtaha buzilishi, qorin quldirashi va ich buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Past kislotaviylik sababli kechuvchi surunkali Xelikobakteriozni so‘lakning ko‘p miqdorda ajralishi, qorinda to‘lib ketgandek hissiyot, ovqatlanishga moyillikning yo‘qligi bois anemiya alomatlari bilan ham aniqlash mumkin. Kasallik bir necha yil davom etadigan bo‘lsa, kishi ozib ketib, doimiy behollikni his qiladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling