Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi


Download 1.93 Mb.
bet13/14
Sana05.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1079588
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI

Gastrit asoratlari


Umuman olganda, gastrit xavfli xastaliklar qatoriga qo‘shilmaydi (kasallikning flegmonoz turidan boshqa). Shunday bo‘lsada, gastrit oqibatida quyidagi xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkin:
oshqozonda ichki qon ketishi;
oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralari;
oshqozon saratoni.
Yuqordagi o‘ta salbiy oqibatlardan tashqari, gastrit asosan ovqat hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikka chalingan bemorlar oshqozondagi og‘riq va jig‘ildon qaynashi singari noxush holatlardan cho‘chib, ovqatdan voz kechishga majbur bo‘ladi. Oqibatda kishi ozib ketishi, ba’zan esa organizm taomni qabul qilmasligi, kuchli qayt qilish va jig‘ildon qaynashi mumkin. Bulardan tashqari, gastrit avitaminoz va kamqonlik (anemiyaga) olib keladi.

Gastrit profilaktikasi


Aslida, har bir inson umri davomida gastritga yo‘liqmaslik uchun zarur choralarni ko‘rishi lozim. Buning uchun esa, zararli odatlar - chekishdan qoz kechish va spirtli ichimliklar iste’molini imkon qadar kamaytirish, foydali yeguliklar va mahsulotlarni tanavul qilishi, me’yorida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, o‘zini turli stresslardan himoyalashi kerak.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, jigarning gepatoinfeksiyalardan biri bo‘lgan S guruhi virusi bilan yallig‘lanishiga Gepatit S kasalligi deb aytiladi. Boshqa guruhdagi viruslar hmavjud, biroq ular sezdirmasdan zararlamaydi.
Aksariyat hollarda S-virus qon orqali yuqadi. Bundan tashqari, zararlanish kundalik hayot tarzida ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, manikyur jarayonida sizdan oldingi mijoz uchun ishlatilgan asboblarni yetarlicha sterillamaslik noxush holatni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi ehtimoli yuqori.
So‘ngra, inson o‘zida hech qanday g‘ayritabiiy alomatlarni sezmaydi. Virus jigarni deyarli sezdirmagan holatda qamrab oladi. Aynan shu sababli gepatit S’ning surunkali turi bilan og‘ruvchi bemorlarning 50 foizi kasallik haqida hattoki o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lishadi. Bu orada u rivojlanib boradi.
Statistikaga ko‘ra, gastrit belgilari kamida har ikkinchi odamga tanish. Makkor kasallik kattalarga ham, bolalarga ham hujum qiladi, zero sog‘lom hayot tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish ham sog‘lom oshqozon kafolati bo‘la olmaydi. Unda nima qilish kerak? O‘zingizni va yaqinlaringizni bu kasallikdan qanday himoyalash mumkin? "Zdorove s Yelenoy Malyshevoy"da gastrit qanday kasallik ekani va nima uchun uning bu qadar keng tarqalganiga doir ma'lumotlar taqdim etildi.
Qisqa qilib aytganda, bu - oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi. Gastritda oshqozon o‘z vazifasini normal bajara olmaydi: taom yaxshi hazm bo‘lmaydi, bu holsizlik va quvvat yetishmovchiligiga olib keladi. Bemorlar ko‘pincha qorin sohasida og‘riq his qilishadi, shuningdek ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich qotishi va ishtaha pasayishi kuzatiladi. Biroq kasallik deyarli belgilarsiz kechishi ham mumkin. Oshqozon-ichak trakti kasalliklarining 80 foizi - gastritning u yoki bu shakli.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling