Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi
Download 1.93 Mb.
|
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alkogol
- Gijja invaziyasi
- Buni qanday bartaraf etish mumkin
Tartibsiz ovqatlanish
Quruq yeguliklar, ovqatni tez chaynash, haddan tashqari issiq, sovuq va achchiq taom - bularning bari oshqozon devorlariga ziyon yetkazadi. Shu bilan birga, sho‘r taomlar ham gastritni keltirib chiqarishi mumkin, zero u Helicobacter pylori faolligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Alkogol Etil spirtini muntazam iste'mol qilish oshqozon shilliq qavati uchun zararlidir. Spirtli ichimliklar qancha o‘tkir bo‘lsa, ularning organizmga ta'siri shuncha jiddiy bo‘ladi. Dorilar Gatroenterologiyada shunday bir diagnoz bor - medikamentoz (dorivor) gastrit. U ko‘pincha o‘zboshimcha davolanish asorati bo‘ladi. Bemorlarning taxminan 20 foizida kasallik shamollashga qarshi preparatlar, antibiotiklar, insulin, glyukokortikoid gormonlar va silga qarshi vositalarni uzoq vaqt noto‘g‘ri qo‘llash natijasida namoyon bo‘ladi. Bu va boshqa ba'zi dorilar oshqozon shilliq qavatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, lekin dorixonalarda retseptsiz sotiladi. Gijja invaziyasi Ba'zi tadqiqotchilar gastritning parazitlar bilan zararlanishga bog‘liqligini ta'kidlashadi. Gastrit har ikkinchi odamda bo‘lsa-yu, aksariyat bu haqida hatto bilmasa, uni davolashga hojat bormikan? So‘nggi ilmiy kashfiyotlar sharofati bilan bugunga kelib gastrit muvaffaqiyatli davolanmoqda. Biroq ba'zilar agar hech nima bezovta qilmasa (yoki ko‘p bezovta qilmasa), tashxisga e'tibor bermaslik mumkin, deb hisoblashadi. Ammo bunday yondashuv xavfli: oshqozon faoliyati buzilishi davolanmasa, uning ko‘lami kengayib, yaraga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, yillar davomida rivojlanuvchi oshqozon kasalliklari - bu onkologik kasalliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l degani. Oshqozon saratoni holatlarining 70-90 foizi Helicobacter pylori bilan zararlanish va o‘z vaqtida davolanmaslik natijasida boshlanadi. Buni qanday bartaraf etish mumkin? Avval shifokorga uchrashing, ayniqsa gastritning biror belgilari sizni bezovta qilgan bo‘lsa. Deyarli har qanday kasallikni muvaffaqiyatli davolash garovi erta tashxis qo‘yishdir. Zamonaviy tibbiyot darajasi kasallik yoki uning qo‘zg‘atuvchilari mavjud yo yo‘qligini tez va aniq belgilash imkonini beradi. Quyidagi bir necha murakkab bo‘lmagan tavsiyalar Helicobacter pylori bilan zararlanishning oldini olishda yordam beradi: Ovqatdan oldin qo‘llaringizni yuving; Birovning idishidan ovqat yemang; Shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalaning. Va albatta, barchaga ma'lumu mashhur qoidalar o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi: chekishni tashlang, spirtli ichimliklar ichmang, o‘zboshimchalik bilan davolanmang va tartibli ovqatlaning - bu tamoyillar nafaqat gastrit, balki ko‘plab boshqa kasalliklarni chetlab o‘tishga yordam beradi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling