Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi


Download 1.93 Mb.
bet12/14
Sana05.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1079588
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI

Gastritni tashxislash


Surunkali gastrit bir necha bosqichda aniqlanadi:
Klinik tadqiqotlar (shifokor bemorning shikoyatlarini eshitadi, kasallik tarixini tuzib chiqadi, bemorni ko‘zdan kechiradi, dastlabki tashxis va bemorga ma’qul keladigan muolajalar rejasini belgilaydi
Endoskopik tadqiqotlar + biopsiya (organizmda Xelikobakter Pilori bakteriyasi bor-yo‘qligi, oshqozon shilliq pardasining o‘ziga xos tuzilishi va shilliq pardasining saratonoldi moyilligi aniqlanadi). Biopsiya kamida 5 biomaterial asosida o‘tkaziladi (2 tasi antral bo‘lmasidan, 2 tasi asosiy bo‘lma va bittasi oshqozon burchagidan olinadi).
Laborator tadqiqotlar (bemorning qoni, peshobi va axlati klinik tahlil qilinadi, qon biokimyo tekshiruvi hamda axlatida yashirin qon majudligi tekshiriladi). Bu ham organizmda gastrit bakteriyasi bor-yo‘qligini aniqlash imkonini beradi.
Jigar, oshqozonosti bezi va o‘t pufagi UTT o‘tkaziladi (bular orqali shifokorlar ovqat hazm qilish tizimiga yo‘ldosh boshqa xastaliklarni ham aniqlaydi).
Oshqozon ichki pH-metriya (bu muolaja oshqozon shirasi kilotaviyligini va ovqat hazm qilish tizimining kislotaviylikka bog‘liq xastaliklarini aniqlash uchun qo‘llanadi).
Elektrogastroenterografiya (bu ovqat hazm qilish tizimi ishlash mexanizmi va duodenogastral reflyuksni aniqlash uchun qo‘llanadi).
Ovqat hazm qilish tizimi yuqori bo‘lmalari manometriyasi (reflyuks-gastritni aniqlaydi). Bunday kasalligi bor bemorlarda 12 barmoqli ichak bosimi taxminan suv ustunining 200 mm.ni tashkil etadi. Sog‘lom kishilarda esa bu ko‘rsatkich 130 mm.dan oshmaydi

Gastritni qanday davolash kerak


Gastrit mutaxassislari uni davolash uchun bir necha tipdagi preparatlarni tavsiya qiladi:
Detoksikatsiyalovchi dorilar (antidotlar)
Antatsidlar;
Dezinfeksiya uchun antiseptiklar;
Ichburug‘ga qarshi vositala;
Tetratsiklin tarkibli antibiotiklar;
Sorbentalar (Filtrum);
Allergiyaga qarshi vositalar (H2 podtip);
Ferment preparatlar («Mikrazim»).
Gastritga qarshi terapiyaning asosiy vazifasi – kasallik sabablarini bartaraf etish hamda uning rivojlanishini rag‘batlantiruvchi va og‘irlashtiruvchi omillarni bartaraf etishdir (masalan, noto‘g‘ri ovqatlanish, infeksion omillar va h.k.). Oshqozon shilliq pardasi tiklanish jarayonini faollashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari qator proiflaktika choralari ham mavjud. Shunday qilib, kasallikka qarshi majmuaviy kurash dori-darmon muolajalari, to‘g‘ri ovqatlanish va gastrit xuruj qilganida qo‘llanadigan profilaktika choralarini o‘z ichiga oladi.
Gastritni davolash majuaviy printsipga ega bo‘lib, kasallik nima sababdan kelib chiqqanini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Odatda, shifokorlar antibiotiklar ularga parallel ravishda oshqozon shirasi kislotaviyligini pasaytiruvchi vositalar tavsiya qiladi. O‘zbilarmonlik bilan davolanish yaramaydi: terapiya kursi va miqdorini davolovschi shifokorgina belgilashi mumkin. Odatda, sog‘ayish jarayoni 7-14 kunni tashkil qiladi.

Yana bir bor ta’kidlamoqchimiz – kislotaviylik darajasini pasaytirish muolajaning muhim bosqichi hisoblanadi. Bu shilliq pardani himoyalash, noxush hislarni bartaraf etish, shuningdek, preparatlar umumiy ta’sirchanligini oshirishga ko‘maklashadi.
Nihoyat, gastrit terapiyasi vismut dori vositalarini qabul qilishni ham o‘z ichiga oladi. Ular shilliq pardaning ustki himoya qatlamini shakllantirishga yordam beradi va natijada shillik parda hujayralari oshqozon shirasining yuqori kislotaviyligi va bakteriyalarning salbiy ta’siridan bir muncha uzoq bo‘ladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling