Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi


“Men sportchiman, ichmayman, chekmayman”


Download 1.93 Mb.
bet6/14
Sana05.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1079588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI

“Men sportchiman, ichmayman, chekmayman”
Amerika profilaktika bo‘yicha ishchi guruhi (U.S. Preventive Services Task Force) gepatit S ni yuqtirib olish xavfi mavjud bo‘lgan barchani unga tekshirishni tavsiya qiladi.
“2013-yilda aksiya o‘tkazdik: biz barcha istovchilarga tekin tekshirish o‘tkazdik. Bir yildan so‘ng bu tajribani takrorlashga qaror qildik. Laboratoriya xodimlaridan birining hikoya qilishicha, bir homilador qiz yigiti bilan analiz topshirish uchun kelgan. Yigitga ham gepatitga tekin tekshirishdan o‘tish taklif etilganda, u ‘Men sportchiman, ichmayman, chekmayman’, deb tekshirishdan o‘tishdan bosh tortgan. Biroq uni ko‘ndirishganda, unda gepatit S aniqlangan va u virusni qayerdan yuqtirib olganligi haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan”, — deya hikoya qiladi “Gepatitga qarshi birga” tashkiloti vakili Nikita Kovalenko.
Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy xizmati qulog‘ini teshtirgan, pirsing yoki tatuirovka qildirgan, sterillanmagan asboblar bilan akupunktura yoki elektroepilyatsiya jarayonidan o‘tgan barchaga gepatit S ga tekshirishdan o‘tishni tavsiya qiladi. Asboblarning sterillangan-sterillanmaganligini esa tekshirib ko‘rishning deyarli imkoni yo‘q. Biroq qoidalarga amal qilinganligini taxmin qilish mumkin bo‘lgan ikkilamchi belgilar mavjud.
“Asboblar avtoklavdan olinishi lozim. Pergament qog‘ozchasi yoki paketchasi bir martadan ortiq qo‘llanuvchi tibbiy materialga to‘g‘ri ishlov berilgandan keyin foydalaniladigan maxsus o‘ramdir”, — deya aniqlik kiritadi gepatolog Marina Mayevskaya. O‘ram sizning ko‘z o‘ngingizda ochilishi kerak. Agar mutaxassis asboblarni shunchaki spirt bilan artayotgan bo‘lsa, buni ishlov berish deb atash mumkin emas. Agar manikyur mijozning uyida qilinayotgan bo‘lsa, mijozning shaxsiy asboblaridan foydalanilishi lozim.
Kasallikni yuqtirib olish va mazkur tashxisni qo‘yish o‘rtasida uzoq vaqt o‘tib ketishi tufayli uni qayerda yuqtirib olganlikni aniqlash va virus o‘chog‘iga qarshi nimadir qilish deyarli imkonsiz.
Gepatit S jinsiy aloqa davomida ham o‘tishi mumkin, biroq buning ehtimoli juda past bo‘lganligi tufayli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu infeksiyani jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga kiritmaydi ham.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling