Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi


Gepatit bilan zararlanmaslik uchun nima qilish kerak?


Download 1.93 Mb.
bet5/14
Sana05.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1079588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI

Gepatit bilan zararlanmaslik uchun nima qilish kerak?
Gepatitning vaksinasi bor turlariga qarshi emlaning. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling. Tibbiyot muassasalari va go‘zallik salonlarida bir martalik asboblardan foydalanish va ularni sterilizatsiyalanganiga e’tiborli bo‘ling. Iloji boricha bir yilda bir marta gepatitga qon tahlili topshiring. Gepatitning ba’zi turdagi viruslari qonga tushganidan keyin 20 yilgacha o‘zini namoyon qilmasligini unutmang. Salomatligingizga befarq bo‘lmang.

1.2. Gepatit S yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?


Kasallik yuqishining asosiy yo‘li qon orqali ro‘y beradi. Ba'zi hollarda jinsiy yo‘l orqali va tug‘ruq jarayonida onadan bolaga o‘tishi mumkin, ammo bu juda kam uchraydi.
Gepatit S quyidagi yo‘llarda yuqmaydi:
ovqat, suv, ko‘krak suti orqali;
so‘zlashuv, quchoqlashish, o‘pishish, bir idishdan foydalanish orqali;
chivinlar va boshqa hasharotlar orqali.
Eng muhim qoida bu gigiyenaga rioya qilish va begona qondan ehtiyot bo‘lishdir:
Shprits va boshqa insonlarning biomateriallari bilan ishlash jarayonida qoidalarga amal qiling;
Jamoat joylarida tirnalishlar orttirmaslikka harakat qiling. Chunki sizdan oldin boshqa bir odam ham tirnalgan bo‘lishi mumkin;
Tish tozalash vositangizdan boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymang;
Go‘zallik salonlari gigiyenasiga diqqatli bo‘ling;
Giyohvand moddalar iste'mol qilmang.
Va yana bir bor eslatamiz: gepatit S — davosi bor kasallik. Ammo eng yaxshisi unga yo‘liqmaslik. Ehtiyotkor va diqqatli bo‘ling.

Gepatit S to‘liq davolash mumkin bo‘lgan kasallik. Insoniyat “xushmuomala qotil”ni qanday yengishga erishdi?


Bir necha yil avval surunkali gepatit S davosi yo‘q xastalik hisoblanar edi: mavjud dori vositalari hammaga ham yordam bermas, davo kursini o‘tishga qaror qilganlarning aksariyati esa salbiy asoratlar tufayli uni oxirigacha yetkaza olmas edi.
Biroq oxirgi yillarda virusdan og‘riqsiz va ehtimol uch oy ichida qutulish imkonini beruvchi yangi vositalar paydo bo‘ldi. Shunga qaramasdan, ko‘pchilik odamlar gepatit S dan aziyat chekishda davom etmoqda: kimdir bu kasallikka chalinganidan bexabar, kimdir davolash kursi taxminan kichikroq shahardagi bir xonali uyning narxi bilan teng ekanligi uchun. Meduza nega gepatit S ni har bir kishi yodda tutishi va ushbu tashxis qo‘yilganda qanday yo‘l tutishi lozimligi haqida hikoya qiladi.

Gepatit S aniq statistikasi yo‘q jiddiy xastaliklardan biri hisoblanadi. Uni stomatologda yuqtirib olish mumkin, 20 yil davomida hech qanday asoratsiz xastalikni boshdan kechirish va faqat 40 yoshlarga kelganda kutilmaganda sirroz haqida xabar topish mumkin.
Avval gepatit S haqida nimadir bilganlar uning hech bir kasallik belgisisiz sirroz va o‘limga olib kelishini hisobga olib, uni “xushmuomala qotil” deb atagan. Biroq 2013-yildan farmkompaniyalar 100 kishidan 90 nafariga virusdan xalos bo‘lish imkonini beruvchi dori chiqara boshladi. Bungacha faqat interferonlar yordamida davolanish mumkin bo‘lib, u keltirib chiqaradigan asoratlar tufayli inson hayotdan yarim-bir yilga uzilib qolar, bunday muolaja 40—80 foiz holatlardagina muvaffaqiyatli yakunlanar edi. Kimlar uchundir bunday davo muolajasini qabul qilish mumkin emasligi tufayli ular faqat jigarini kuzatib yurish va sirrozga chalinmaslikka umid qilish bilan kifoyalanar edi. Yangi dori vositasi Rossiyada allaqachon ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, bir kursi 900 ming rubl atrofida turadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling